04.11.2003 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OMMAVIY SPORT TARGʻIBOTINI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiada oʻyinlari va Jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani, markazda va joylarda jahon andozalariga mos muhtasham sport majmualari, zamonaviy stadion va kortlar barpo etilayotgani, oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” oʻyinlari tobora ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi rolini, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga oʻz qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishda sportning ahamiyatini ochib berish, dunyoda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yanada oshirish borasida ommaviy axborot vositalari oʻzining munosib oʻrnini hamon topa olmayotganini, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanmayotganini taʼkidlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni alohida qayd etish zarurki, bunday holat va kamchiliklarning sabablari avvalo matbuot sohasida jurnalistlarning ixtisoslashuvi talab darajasida emasligi, xususan, sport jurnalistlarining professional saviyasi pastligi, yurtimizning ayrim joylarida ota-onalar, mutasaddi rahbarlar oʻrtasida sport sohasiga loqaydlik bilan qarash hollari mavjudligi, bu masala boʻyicha jamoatchilik fikri sust shakllanayotgani bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada amalga oshirilayotgan katta ishlar va bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targʻibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Oʻzbekiston televideniyesining 4-“Xalqaro” telekanalini maxsus “Sport” telekanaliga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport” telekanalini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha “Oʻzteleradio” kompaniyasi taqdim etadigan hisob-kitoblar asosida 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan tegishli mablagʻlarni ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yildan boshlab har yili “Sport” telekanalini va radio eshittirishlarni davlat budjetidan moliyalashtirishni “Oʻzteleradio” kompaniyasining yillik xarajatlari doirasida hisobga olsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi “Sport” telekanali faoliyatini tashkil etish, uning dasturini mamlakat hududiga efir orqali uzatish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Jahon” axborot agentligi, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi hamda ommaviy axborot vositalariga mamlakatimizda ommaviy sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, mavzuga oid kitob, albom, plakat va bukletlarni muntazam va rejali asosda nashr etib borish tavsiya etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda oʻz tasarrufidagi nashrlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy jamoalarga malakali sport jurnalistlarini jalb etish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy sport targʻiboti boʻyicha alohida faollik koʻrsatgan jurnalistlarni ragʻbatlantirish uchun quyidagi miqdorda yillik mukofotlar taʼsis etsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofotlar toʻgʻrisidagi nizom bir oy muddat ichida ishlab chiqilsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofotlanganlar roʻyxatini 2004-yildan boshlab har yili 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ommaviy axborot vositalari uchun sport sohasiga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar tayyorlash maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpogʻiston Davlat universiteti va Jahon tillari universitetida istiqbolli yoʻnalishlarni hisobga olgan holda sport jurnalistikasi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, sport jurnalistikasiga ixtisoslashgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003/2004 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalari magistraturasida “Sport jurnalistikasi” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashga kirishilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekkino” kompaniyasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiyaga insonning maʼnaviy va jismoniy kamolotida ommaviy sportning muhim ahamiyatini hayotiy misollar orqali aks ettiruvchi badiiy asarlar yaratish boʻyicha maʼrifiy, ijodiy ishlar rejalarini ishlab chiqib, amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A. Azizxoʻjayev va R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 205-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda; 2017-y., 20-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 367-modda, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)