Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 658-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 347-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejlarining, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-oʻqituvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati boʻyicha pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari deb ataladi) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslar buyurtmalariga binoan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ixtiyoriy ravishda, belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli davlat organi deb ataladi) tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy davlatlarda taʼlim muassasalarini tamomlagan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida oʻqishga bazaviy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjati nostrifikatsiyadan oʻtgandan keyin qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi va uni boshqarish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy mahorati darajasini lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoshlarda milliy gʻoyaga sadoqat, vatanparvarlik, maʼnaviy va jismoniy yetuklik, keng dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga layoqatlilikni hamda tashabbuskorlikni tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquv hamda sportchilar tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish darajasi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kadrlar salohiyatidan hamda mavjud moddiy-texnika bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli davlat organi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirishga doir maqsad va vazifalarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish mexanizmi va usullarini, taʼlim mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan davlat talablarini, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish jarayoni samaradorligini aniqlaydigan dinamik koʻrsatkichlarni hamda tinglovchilarning prognoz kontingentini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning moddiy-texnika bazasini, dinamik koʻrsatkichini va prognoz kontingentini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqaruv organlari deb yuritiladi), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar, nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar buyurtmachi hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish ularning bilim va mahoratini yanada takomillashtirish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoni belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat talablari, oʻquv reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachilarning navbatdagi kalendar yilda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha buyurtmalari mutaxassislarining familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqti koʻrsatilgan holda Markazga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz tomonidan umumlashtirilgan buyurtmalar asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha yillik reja vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng buyurtmachilarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachilar mazkur reja asosida jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining Markazga oʻqishga yetib borishlarini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka oshirish yoki qayta tayyorlashga yuborilgan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari Markaz rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning oʻquv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy maʼlumot, mutaxassislik, toifa va egallab turgan lavozimi, shuningdek buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni oliy taʼlim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmanomalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni, qoidaga koʻra, kamida 15 — 20 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh meʼyorida yigʻilmaydigan kam sonli alohida taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridagi oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashgʻulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ayrim oʻquv mashgʻulotlari ilgʻor taʼlim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlar negizida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida oʻtkazish, taʼlim samaradorligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish masʼuliyati Markaz rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tinglovchi quyidagi sabablarga koʻra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarini oʻzlashtirmagani (nazorat turlari boʻyicha testlarni topshira olmagani) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish (18 soatdan ortiq) yoki qayta tayyorlash (36 soatdan ortiq) kursidagi dars mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz qoldirgani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun (shartnoma asosida oʻqiyotgan tinglovchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda unga sabablari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma beriladi, shuningdek bu haqda buyurtmachiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan oʻta olmagan tinglovchi bir yil mobaynida buyurtmachi tashkilot tomonidan, unga ish haqi saqlanmagan holda, taʼtil berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uzoq hududlardan kelgan tinglovchilar shartnoma majburiyatlariga binoan oʻqish davrida taʼlim muassasasi imkoniyatlariga koʻra vaqtincha turar joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri malaka oshirish (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida (akademiya, institut, markaz, fakultet va kurslarda) oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy taʼlim muassasasida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ustoz-shogird” metodi boʻyicha taʼlim muassasasida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy malaka oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil oʻqib bilim orttirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy (ilmiy-pedagogik) Kengashning qarori boʻyicha ijodiy taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq oʻquv mashgʻulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va shu kabi tashkiliy tadbirlarda maʼruzalar bilan qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markazda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish kasbiy faoliyat, umumtaʼlim, umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha Davlat talablariga, tegishli ixtisoslikning sport sohasi kadrlariga qoʻyiladigan malaka va mehnat bozori talablariga muvofiq tinglovchilarning kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalarini chuqurlashtirishga moʻljallangan taʼlim dasturlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka oshirish muddati 4 hafta (144 soat)dan kam boʻlmagan hajmda belgilanib, asosiy ish joyidan toʻliq ajralgan va qisman ajralgan holda, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75 foiz — yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25 foiz — bevosita taʼlim muassasasida oʻqitish) amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi har haftada 36 soatni (54 akademik soatni), auditoriya mashgʻulotlarining eng koʻp hajmi har haftada 24 soatni (36 akademik soatni) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda rahbar kadrlar malakasini oshirish toʻgʻridan toʻgʻri shakllarining umumiy davom etish muddati, asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitishda, kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashgʻulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va malaka oshirish boʻyicha maxsus kurslar mavjud boʻlgan va zarur moddiy-texnik baza bilan jihozlangan, yetarli ilmiy-metodik va intellektual salohiyatga ega boʻlgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Ustoz-shogird” metodi boʻyicha taʼlim muassasasida malaka oshirish dasturlari taʼlim muassasasining oʻzida, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarida yoki sport sohasidagi muassasalarda yuksak kasbiy mahoratga ega boʻlgan yuqori malakali ustozlar rahbarligida, attestatsiya-baholash sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirishning “Ustoz-shogird” shakli asosiy ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi. Malaka oshirish taʼlim dasturining tuzilmasi, oʻtkazilish tartibi va baholash metodlari Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur shakldagi taʼlim dasturining davomiyligi tasdiqlangan taʼlim dasturidagi meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda) — jismoniy tarbiya va sport sohasining tegishli tarmoqlarida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish, amaliy bilimlar, koʻnikma va malakalarni chuqurlashtirish maqsadida yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xorijiy davlatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba orttirishning davomiyligi ehtiyojdan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda asosiy ishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi. Tajriba orttirish rejasi taʼlim muassasasi va tajriba orttirishga yuborayotgan tashkilot bilan birgalikda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining xorijda tajriba orttirishi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro sport tashkilotlari tomonidan mamlakatda jismoniy tarbiya va sport tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Masofaviy malaka oshirish — soha kadrlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining masofaviy malaka oshirish taʼlim dasturlari Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Masofaviy malaka oshirish kurslari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, malaka oshirish boʻyicha maxsus virtual kurslar mavjud boʻlgan va zarur moddiy-texnik baza bilan jihozlangan, yetarli ilmiy-metodik va intellektual salohiyatga ega boʻlgan, malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Masofaviy malaka oshirishni joriy etishda barcha taʼlim jarayonlarining asosiy komponentlari, oʻqitishning ilgʻor usullariga asoslangan, taʼlim oluvchi hamda taʼlim beruvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibi aniqlangan boʻlishi va taʼminlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Masofaviy malaka oshirish shakli yuqori salohiyatga ega boʻlgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashishga qodir boʻlgan soha kadrlari uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Masofaviy malaka oshirish kurslarida elektron multimediali qoʻllanmalar, virtual kutubxonalar, videokonferensiyalar, Internet yordamida muloqot va axborot olish imkoniyatlaridan foydalaniladi. Masofaviy taʼlim oluvchilar taʼlim sifatining nazorati uch turda (boshlangʻich, oraliq, yakuniy) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchisi Internet tarmogʻi orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari veb-saytlarining elektron roʻyxatidan oʻtishi uchun oʻz anketa maʼlumotlarini kiritadi. Roʻyxatdan oʻtgan tinglovchiga boshlangʻich test sinovlaridan oʻtish vazifasi topshiriladi. Boshlangʻich test sinovlarini topshirgan tinglovchiga kurs modullarini oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tinglovchilar masofaviy malaka oshirish kursining oʻquv jadvali boʻyicha modullarni veb-sahifada taqdim etilgan oʻquv-uslubiy materiallar asosida mustaqil ravishda oʻzlashtiradilar. Oʻquv modullarini oʻzlashtirish jarayonida reja asosida oʻtkaziladigan oraliq sinov topshiriqlari (test, referat, ishlanmalar, yozma ish va h.k.)ni biriktirib qoʻyilgan tyutorga elektron pochta orqali yuboradilar. Tinglovchilar mustaqil oʻzlashtirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolarni hal etish uchun tyutorga elektron pochta, telefon, chat va elektron forumlar orqali murojaat etishlari mumkin. Tyutor tomonidan baholangan topshiriqlar natijalari asosida (oʻzlashtirish koʻrsatkichi 75 foizdan yuqori boʻlgan) tinglovchilarga yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tinglovchilar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng, malaka oshirish muassasasi tomonidan yakuniy nazorat oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat test savollari va ilmiy-amaliy loyiha ishi himoyasidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat uchun Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi, tinglovchilar “yuzma-yuz” shaklida yakuniy test topshiradilar va ilmiy-amaliy loyiha ishlarini himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mustaqil oʻqib bilim orttirish — taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyilgan Davlat talablariga muvofiq oʻqitiladigan fan va kasbiy faoliyat boʻyicha yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarning soha kadrlari tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil oʻqib bilim orttirish shakli barqaror yuqori professional reytingga ega boʻlgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashishga qodir boʻlgan soha mutaxassislari uchun tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bilvosita malaka orttirish (taʼlim dasturlarisiz oʻqitish) yuqori professional reytingga, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalariga ega, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashuvchi, mustaqil oʻqib bilim orttirish shaklida malaka oshirish salohiyatiga ega boʻlgan soha mutaxassislari taʼlim muassasasi ilmiy (pedagogik) Kengashning qarori boʻyicha ijodiy taʼtil berish orqali amalga oshiriladi. Ijodiy taʼtil muddati qonunchilik doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash faqat asosiy ishdan ajralgan holda bevosita Markaz tomonidan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qayta tayyorlash dasturlarini oʻzlashtirish muddati 16 hafta (576 soat)dan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi. Oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soatni, shundan auditoriya mashgʻulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 24 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qayta tayyorlash boʻyicha Markazda oʻqitish buyurtmachining yakka tartibdagi topshirigʻi yoki aniq yoʻnaltirilgan dasturi asosida, Davlat talablariga, shuningdek taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qayta tayyorlash boʻyicha Markazda oʻqitish 2 + 2 yoki 3 + 1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75 foiz — yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25 foiz — bevosita taʼlim muassasasida) oʻqitish shakllarida ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash dasturlari xodimning bazaviy oliy taʼlim boʻyicha mutaxassisligiga kirgan umumkasbiy va maxsus fanlar hajmi qayta tayyorlanishga moʻljallangan fan yoki mutaxassislik uchun berilgan fanlar hajmining 60 foizidan ortigʻi mos kelgan taqdirda, yetishmaydigan fanlar hajmini taʼlim dasturlariga kiritish mumkin boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tinglovchilar oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarib, kursni toʻliq oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng, Markaz tomonidan yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat beriladi. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya test savollari va bitiruv malakaviy ish (yoki ilmiy-amaliy loyiha ishi) himoyasidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq malaka oshirish haqida sertifikat — kamida 4 hafta (144 soat) hajmida taʼlim dasturlaridan oʻtgan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uchun va kamida 3 hafta (144 soat) hajmida taʼlim dasturlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan rahbar kadrlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq qayta tayyorlash haqida diplom — jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uchun kamida 16 hafta (576 soat) hajmida taʼlim dasturlaridan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, yakuniy attestatsiya natijasiga koʻra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yakuniy attestatsiya natijasida oʻqitish dasturini oʻzlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturini oʻzlashtirganlik toʻgʻrisidagi diplom va sertifikat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlar uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimida taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini oʻqitish uchun buyurtmachilarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar hamda xorijiy kreditlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish uchun Markazga ishdan ajralgan holda oʻqishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi saqlanib qoladi va ularga oʻrnatilgan tartibda kafolatli toʻlovlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdan ajralgan holda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirish uchun Markazga oʻqish uchun boshqa joylardan yuborilgan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shartnoma asosida qayta tayyorlash kurslari uchun oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash tamoyillari asosida sarf-xarajatlar smetasi Markaz tomonidan tuziladi va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smetada kursning oʻquv dasturi va rejasida nazarda tutilgan barcha dars mashgʻulotlari uchun toʻlanadigan soatbay haq, kursning moddiy-texnika taʼminoti, kursni tashkil etish va oʻtkazishga jalb etilgan (rahbar, pedagog va texnik) xodimlarga toʻlanadigan ish haqi, ularni ragʻbatlantirish, shuningdek toʻlanadigan soliqlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi. Bunda qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun tinglovchi tomonidan toʻlanadigan mablagʻ mazkur kurslarni oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (smetadagi jami xarajatlarni tinglovchilar soniga boʻlish orqali) hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha moliyaviy hisobotlar qonun hujjatlari asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SERTIFIKAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(tavsifi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqshli rastr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri ) O`zbekiston Respublikasi Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT MO № 000000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DIPLOM

Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqshli rastr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri ) O`zbekiston Respublikasi Qayta tayyorlash haqida DIPLOM
qayta tayyorlsh kursida ta`lim olib, _____________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya komissiyasida ________________________________bahoga himoya qildi.
Muhr o`rni
Direktor ______________
Sana ________________
Qayd raqami____________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 609-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 22-son, 433-modda)