02.08.2022 yildagi 425-son
Hujjat 03.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, xalq ta’limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatini rag‘batlantirish hamda o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga va xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini to‘lash;
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
mobil metodik guruhlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga muvofiq hududlardagi ta’lim sifati past, muhiti og‘ir bo‘lgan maktablarga borib pedagoglarga ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan metodik guruhlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini to‘lash;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Malakali pedagog kadrlarga va ilg‘or xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini to‘lash ishlarini muvofiqlashtirish uchun doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuzadi.

Har yili 1-oktabrga qadar

2-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

(Ishchi guruh)

1. Har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini belgilaydi.

2. Davlat test markazi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvotani hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlaydi hamda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shah�r kengashlariga taqdim etadi.

Har yili 20-noyabrga qadar

3-bosqich

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari

Har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun Xalq ta’limi vazirligi (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.

Kvotalar tasdiqlangandan so‘ng 30 kun ichida

4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

(Ishchi guruh)

Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni 2 bosqichda saralaydi.

Nomzodlar taqdim etilgandan so‘ng 60 kun ichida

5-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Saralash natijalariga ko‘ra har oylik ustama belgilangan pedagog kadrlar ro‘yxatini tasdiqlaydi va Jamg‘arma hisobidan ustamalarni to‘lash bo‘yicha xalq ta’limi vazirining buyrug‘i qabul qilinadi.

Ustama olish huquqiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarning ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sahifasida e’lon qiladi.

Saralash yakunidan so‘ng 5 ish kunida

6-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Rag‘batlantirish uchun talab etiladigan mablag‘larni hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida

7-bosqich

Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari

Ajratilgan mablag‘larni tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga o‘tkazib beradi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mablag‘lar o‘tkazib berilgandan so‘ng 3 ish kunida

8-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari

Tegishli mablag‘larni xodimlarga har oy to‘lab boradi.

Har yili hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan mablag‘lar o‘tkazib berilgandan so‘ng 3 ish kunida

a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilova (Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizom)da:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
10-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14-band “rahbar xodimi tomonidan” so‘zlaridan keyin “uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 1, 2 va 3-bandlarning “a” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “jamg‘armasi va Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ularning” so‘zlari “jamg‘armasiga uning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“v” kichik banddan “Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasining hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1, 1a va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 25 va 251-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 26-band “uslubiy birlashmalari rahbarlari” so‘zlaridan keyin “o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 301 va 302-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 34-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maktab

Maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi.

Doimo, har yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Har yili 1-iyulga qadar

2. Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

3. Umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilaydi.

Mukofotlash lozim bo‘lgan davrda murojaatga asosan

3-bosqich

Maktab

1. Ishchi guruhning qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

2. Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joydagi axborotlar stendi hamda maktabning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.

Doimo

4-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi

Ishchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini to‘lab beradi.

Doimo

.

a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova (Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida nizom)da:
2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilovaning 3, 6 va 9-pozitsiyalaridagi “50 foizdan kam bo‘lganda” so‘zlari “50 foiz va undan kam bo‘lganda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-banddan “ta’lim jarayoniga moslashish darajasiga qarab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
27-banddan “nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog‘liq bola rivojlanishining o‘ziga xosliklarini bartaraf etish ishlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
40-bandning birinchi xatboshisidan “psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va korreksiyalashga ko‘maklashish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
44-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun” so‘zlaridan keyin ““Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun” so‘zlaridan keyin ““Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshidagi “Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun” so‘zlaridan keyin “Nurli maskan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) 7-ilova (Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi va kasb egallashiga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi)da:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari

Tasdiqlangan mezonlar asosida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga kiritiladigan maktablar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligiga taklif kiritadi.

Har yili 1-fevralga qadar

2-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-martga qadar

2. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qiladi.

Ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng 10 kun ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi

Elektron platformaga ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar to‘g‘risida, shu jumladan, ulardagi ajratiladigan vakant dars soatlari haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.

Har yili 15-mayga qadar

4-bosqich

O‘qituvchi-pedagoglar

O‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan manzilning axborot ma’lumotlari asosida maktab direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etadi.

Har yili 15-maydan 25-iyulga qadar

5-bosqich

Umumta’lim maktabi

1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

2. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bilan kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida suhbat o‘tkaziladi.

Har yili 1-avgustga qadar

3. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Har yili 5-avgustga qadar

6-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Har yili 10-avgustga qadar

7-bosqich

Umumta’lim maktabi direktori

Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar bilan yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilish bo‘yicha muddatli mehnat shartnomasi tuzadi va qonunchilikda belgilangan tartibda buyruqni rasmiylashtiradi.

Har yili yangi o‘quv yilining birinchi kuniga qadar

.

a) qaror nomidagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “9-11-sinflari” va “9-10-sinflarda” so‘zlari tegishlicha “10-11-sinflari” va “10-sinflarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilova (Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom)da:
nizom nomidagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7-bandning oltinchi xatboshisidagi, 12-bandning birinchi xatboshisidagi, 13-bandning birinchi xatboshisidagi, 96-banddagi, 110-bandning uchinchi xatboshisidagi, 116, 128 va 129-bandlardagi “hududiy markazlar” so‘zlari “pedagogika markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan Yo‘l xaritasining 54-pozitsiyasidagi “3. O‘qituvchining nufuzini oshirishga bo‘lgan rag‘bat qatorida, o‘qituvchi, murabbiylar uchun alohida “O‘qituvchi” ko‘krak nishoni ta’sis etish” so‘zlari chiqarib tashlansin.