30.12.2021 yildagi 792-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori 12-bandiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tartibi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 10-sinflarda, 2023/2024 o‘quv yilidan — 11-sinflarda tashkil etiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va qisqa muddatli kurslar ochilgan ta’lim muassasalarining o‘quv binolari, shu jumladan, sinf xonalari va ustaxonalaridan bepul foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ta’lim muassasasi uchun ajratilgan mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umumta’lim muassasalari psixologi tomonidan o‘quvchilarning kasbga moyilligini o‘rganish va ularni kasbga yo‘naltirishda quyidagilarni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlash va ularning ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha bo‘lgan davrda to‘rt chorakka bo‘lingan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda o‘qish tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haftalik va umumiy o‘quv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotlar oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z hududidagi kasb-hunarga tayyorlash jarayonida o‘rgatiladigan kasblarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiqlashtirsin hamda 2022-yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur ish o‘rinlarini yaratish, ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kasb-hunarga tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun belgilangan tartibda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga zarur mablag‘larni ajratib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
792-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) 10-11-sinflari o‘quvchilarini (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunarga tayyorlash) tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ularning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun boshlang‘ich kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni shakllantirishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘quvchilar uchun kasb-hunar yo‘nalishini tanlash ixtiyoriy bo‘lib, ta’lim bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumta’lim muassasalari o‘ziga yaqin hududda joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunarga tayyorlash markazlari)ga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda umumta’lim muassasalari kasb-hunarga tayyorlash markazlariga tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari o‘quv jarayoniga mas’ul hisoblanib, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar bilan to‘lov-shartnoma asosida kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘quvchilarning kasb egallashlarining nazorati O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi o‘quvchilarni kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash hamda ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunar tanlashda ko‘maklashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kasb-hunarga tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning kasbiy moyilligini zamonaviy tashxislash metodlarini qo‘llagan holda baholash, kasbiy sinov orqali ularning qiziqishlarini aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar tomonidan kasb ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta’minlash, ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori uchun tegishli kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kasbiy ta’lim berishning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun kasb-hunarga tayyorlash markazlarida zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. O‘quvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Umumta’lim muassasalari psixologi tomonidan o‘quvchilarning kasbga moyilligi o‘rganiladi va ularni kasbga yo‘naltirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beriladi va yo‘naltiriladi. Har chorakda kamida bir marta “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchi umumta’lim muassasasida ta’lim olishni davom ettirishga rozilik bildirganda, muassasaga biriktirilgan kasb-hunarga tayyorlash markazidagi kasb turlaridan birini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘quvchilar 10-11-sinflarda o‘qishi davomida qiziqishlari, ota-onasining fikri hamda umumta’lim muassasasi psixologining xulosasiga muvofiq kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasblarga o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har yili iyun oyida tuman (shahar) hokimliklari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusida ehtiyoj mavjud bo‘lgan ishchi kasblarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda umumta’lim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining umumta’lim muassasalaridagi 10-11-sinflar o‘quvchilari soni, umumta’lim muassasasidagi texnologiya fani ustaxonalari va ularning sig‘imi, kompyuter sinflari soni hamda umumta’lim muassasasiga yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarining manzilli ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)dagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qitish sig‘imi, pedagoglari va o‘quv-ta’lim ustalari tarkibi, moddiy-texnika bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kasb-hunarga tayyorlash umumta’lim muassasasining moddiy-texnika holati, texnologiya fani ustaxonasi, kompyuter sinf xonalarining holatini inobatga olib tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining xulosasiga asosan, istisno tariqasida, tuman (shahar) hokimining qarori bilan umumta’lim muassasasida ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunarga tayyorlash umumta’lim muassasasida tashkil etilganda pedagoglar va o‘quv-ta’lim ustalari belgilangan tartibda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunarga tayyorlash markazlari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari maqomi bo‘yicha professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga tenglashtiriladi hamda ularga ushbu xodim uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablarini va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, kasbiy ta’lim berish jarayonini muvofiqlashtirish va metodik jihatdan ta’minlash, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish har yili iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kasb-hunarga tayyorlashda ta’lim berish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish umumta’lim muassasasi direktori va Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga asosan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarning dars jadvalida belgilangan vaqtda mashg‘ulotlarda ishtirok etishi umumta’lim muassasasi tomonidan nazoratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida o‘qish o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha bo‘lgan davrda to‘rt chorakka bo‘lingan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda o‘qish tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haftalik va umumiy o‘quv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotlar oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida mashg‘ulotlar kasblardan kelib chiqib tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbga qarab bir sinf (guruh)da o‘quvchilar soni 10 nafardan 20 nafargacha bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘quvchilarning kasbga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida quyidagi nazorat turlari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy nazorat — o‘quvchilar tanlagan kasbga oid kursning har bir bo‘limi yakunida ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, amaliy ish ko‘rinishida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat — o‘quvchi tanlagan kasbga oid kursning barcha bo‘limi to‘liq yakunlangandan so‘ng kasb bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarni amaliy namoyish etishi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yakuniy nazorat o‘tkazish muddatlari Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari va umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga Kasb-hunarga tayyorlash markazlari tomonidan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘quv yuklamasi hajmidan kelib chiqib o‘quvchilar bir necha kasblarni egallashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kasb-hunarga tayyorlash markazida o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kasb-hunarga tayyorlash markazida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda boshqa talablarga amal qilinishiga ushbu markaz rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi va Kasb-hunarga tayyorlash markaziga biriktirilgan (agar mavjud bo‘lsa) tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kasb-hunarga tayyorlash markazi faoliyatini moliyalashtirish Markazning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganayotgan o‘quvchilarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

I. O‘quvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish

1-bosqich

Umumta’lim muassasalari

7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni aniqlaydi va ularning ma’lumotlar bazasini yaratadi.

O‘quv yili davomida

2-bosqich

Umumta’lim muassasalari

8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beradi va yo‘naltiradi.

Har chorak yakunida

3-bosqich

Umumta’lim muassasalari,

Kasb-hunarga tayyorlash markazi

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha muayyan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi.

O‘quv yili davomida

II. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari,

maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari,

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari

Ehtiyoj mavjud bo‘lgan ishchi kasblarni aniqlaydi.

Umumta’lim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.

Har yili iyun oyida

5-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlaydi va amaliyotga joriy qiladi.

Har yili iyul oyida

6-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

O‘quvchilarga kasbiy ta’lim berishni va o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshiradi.

O‘quv yili davomida

7-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi sertifikatni beradi.

Kasb-hunarga tayyorlashning yakuniy bosqichida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/792/1221-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)