03.02.2022 yildagi F-22-son

1.

Sh.M. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy kengash raisi

2.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Milliy kengash raisi o‘rinbosari

3.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Milliy kengash raisi o‘rinbosari

Milliy kengash a’zolari

4.

T.K. Narbayeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

5.

N.M. Ismoilov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

6.

U.I. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

7.

A.K. Qodirov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari — “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

8.

B.A. Abduhalimov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi

9.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

10.

S.O‘. Umurzoqov

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

11.

A.A. Abduxakimov

Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri

12.

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

13.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

14.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

15.

D.M. Kenjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

16.

R.Q. Davletov

adliya vaziri

17.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

18.

B.N. Qurbonov

mudofaa vaziri

19.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

20.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

21.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

22.

A.V. Shin

maktabgacha ta’lim vaziri

23.

A.H. Toshqulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

24.

I.Y. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

25.

B.A. Musayev

sog‘liqni saqlash vaziri

26.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

27.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

28.

A.X. Quldashev

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari

29.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

30.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

31.

U.N. Tashkenbayev

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i

32.

S.D. Toshboyev

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

33.

X.O‘. Umarova

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori

34.

M.M. Vaxobov

Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri

35.

A.J. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

36.

M.M. Xodjimatov

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

37.

B.O. Saidov

xalq ta’limi vaziri, Milliy kengash kotibi

1.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, hududiy kengash raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, hududiy kengash raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari

4.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha Milliy gvardiyaning boshqarma boshliqlari

5.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari

12.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari boshliqlari

13.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari

14.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari

15.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari

16.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari

17.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari

18.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

19.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari

20.

Lavozimiga ko‘ra

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha hududiy bo‘lim boshlig‘i

21.

Lavozimiga ko‘ra

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

22.

Lavozimiga ko‘ra

Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari rektori

23.

Lavozimiga ko‘ra

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari, hududiy kengash kotibi

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Hudud rahbarlarining maktablarni rivojlantirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish

1.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) tashkil etish.

1. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini tashkil etish.

2. Kengashlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish hamda kengash vazifalarini belgilash.

2022-yil 15-fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, o‘quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng muhokama qilish uchun Internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2022-yil 20-fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib, hududiy dasturlarning tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida taqdimotini o‘tkazish.

2022-yil 1-mart

3. Hududiy dasturlarni tasdiqlash va Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengashga (Keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) kiritish.

2022-yil 5-mart

4. Hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha hisobotni hamda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov boshchiligida tashkil etilgan shtabga kiritish.

Har oyning 20 sanasiga qadar

3.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini malakali rahbar kadrlar bilan ta’minlash.

1. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda:

tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining bilim va ko‘nikmalarini baholash;

baholash natijalaridan kelib chiqib tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni nazarda tutish.

2022-yil 1-aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

(S?idov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimini yaratish.

2022-yil 1-sentabr

II. Maktablarning moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash

4.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, jihozlanishini va infratuzilmasini tahlil qilish.

2022-yil 15-fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov)

2. Ta’mirtalab, infratuzilmasi nochor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini aniqlash.

2022-yil 1-mart

3. Mahalliy budjet mablag‘larini ta’mirtalab, infratuzilmasi nochor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yo‘naltirish.

2022-yil iyuldan boshlab

5.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

Bunda, maktablarning yangi binolarini qurish va ularni bevosita mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida foydalanishga qabul qilish mexanizmini joriy etish.

2022-yil 1-avgustdan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Bosh prokuratura

(E.Yuldashev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik holatini va hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini o‘rganish.

2022-yil 1-mart

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda jihozlashga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish.

2022-yil 1-noyabr

6.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda “Bolalar kutubxonalari” moddiy-texnika bazasi holatini tahlil qilish.

2022-yil 1-aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov)

2. Tahlil asosida ushbu muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan dastur ishlab chiqish.

2022-yil 1-may

3. Dastur asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Dasturda ko‘rsatilgan muddatlarda

7.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

maktablarning yer maydoni va binolaridan samarali foydalanish;

qo‘shimcha binolarni barpo etish orqali maktablarning quvvatlarni �shirish;

maktablarning binolari, inshootlari, sinf xonalari va jihozlarining (parta, doska, laboratoriya jihozlari) foydalanish uchun qulayligini ta’minlash;

maktablarga quyosh paneli va issiq suv kollektori o‘rnatishga e’tibor qaratishni nazarda tutish.

2022-yil 1-mart

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Kadastr agentligi

(Umarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

8.

Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga buyurtmachi bo‘lish vakolatini tugatish.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUKning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga buyurtmachi bo‘lish vakolatini tugatishni nazarda tutuvchi �ormativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-mart

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Qurilish vazirligi

(Zokirov)

9.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Bunda, dasturlarni ishlab chiqish uchun finlyandiyalik mutaxassislarni jalb etish.

2022-yil 15-mart

Toshkent shahri hokimligi

(Ortiqho‘jayev),

Sergeli tumani hokimligi

(Shukurov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov)

10.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-mart

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

(Yunusov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Qudratov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

11.

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki, YUNISEF, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini (National Compact) ishlab chiqish va xalqaro hamkorlar bilan birga tasdiqlash.

2023-yil iyun

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari

2. Strategiyani (National Compact) maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga joriy etib borish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan belgilash.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab har yili sentyabr oyida

III. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va pedagoglar salohiyatini oshirish

12.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Bunda, chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:

o‘qituvchilar uchun zamonaviy metodik qo‘llanmalar yaratish;

o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;

aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bog‘lash;

malakali xorijiy mutaxassislarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish.

2022-yil 1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

13.

Xorijiy nashriyotlarning darsliklarini amaliyotga joriy etish.

Xalqaro miqyosda keng foydalaniladigan darsliklarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov)

14.

Individual dasturlar orqali maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish.

Maktab o‘qituvchilarini “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali pedagoglarning bilim va pedagogik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kursiga jalb qilish.

2022-yil 1-maydan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti

(Radjiyev),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

15.

Maktab o‘qituvchilariga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

1. Har bir hududda yetakchi oliy ta’lim muassasasi huzurida professor-o‘qituvchilar, akademik litsey hamda umumta’lim maktablarining malakali va tajribali o‘qituvchilaridan tashkil topgan mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

2022-yil 1-mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

oliy ta’lim muassasalari rektorlari,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Har oyda mobil metodik guruhlar tomonidan hududlardagi kamida ikkitadan ta’lim sifati past, muhiti og‘ir bo‘lgan maktablarga borib, pedagoglarga ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘l�a qo‘yish.

2022-yil 1-apreldan boshlab

16.

Ta’lim sifatini oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

1. Har bir tuman (shahar) hokimligi tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari bo‘yicha xorijiy mutaxassis (metodist, o‘qituvchi)ni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jalb qilish va ularga barcha shart-sharoitlarni ta’minlash.

Bunda:

xorijiy mutaxassis tomonidan o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etish;

xalqaro standartlarga mos bo‘lgan darsliklarni Milliy o‘quv dasturi bilan moslashtirish;

jalb qilinadigan mutaxassislar tomonidan hududdagi maktablarda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida maktablar ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishish.

2. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan fizika va matematika fanlari o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

17.

Malakali va tajribali o‘qituvchilarni rag‘batlantirish.

1. Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasini tashkil etishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Qaror loyihasida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan, ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan, o‘quvchilari yuqori bilim ko‘rsatkichlariga erishgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tartibi belgilanadi.

2022-yil 15-fevral

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-mart

18.

Maktablarni rivojlantirish bo‘yicha jahondagi (global) ijobiy tendensiyalarni amaliyotga joriy etish.

1. Maktablar boshqaruvida zamonaviy va samarali modellarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqib takliflarni tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov)

2. Fanlarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quv jarayoniga amaliy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni keng joriy etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Fan dasturlariga raqamli savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

19.

Xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

pedagogika ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv reja va amaliyot jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;

Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining fakultetlarini maktablarga biriktirish;

pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun 1-kursdan boshlab darslarning 4 kunini oliy ta’lim muassasasida, 2 kunini maktabda bevosita amaliyot o‘tash tartibida tashkil etishni belgilash.

2022-yil 1-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

IV. Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

20.

Mahallalarda madaniy, sport va kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish.

Mahalladagi yoshlar uchun yoshlar yetakchilari tomonidan maktablarda darsdan tashqari vaqtda musobaqa, konsert, kitobxonlik, “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlar tashkil etish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev)

21.

Maktablarda besh tashabbus doirasida to‘garaklar tashkil etish.

1. Mavjud bolalar-o‘smirlar sport maktablarini ular joylashgan hududdagi maktablarga biriktirish hamda kamida 1 ta sport to‘garagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-mart

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-mart

Bunda:

bolalar va o‘smirlar sport maktablari metodistlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish;

har bir maktabda futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish;

sport musobaqalari bo‘yicha tuman va viloyat bosqichi g‘oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish;

maktablarni zarur sport anjomlari bilan ta’minlashni nazarda tutish.

3. Maktablarda, ularning joylashgan hududi hamda o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish.

2022-yil 1-iyun

22.

Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

1. Har bir harbiy okrugning 2022-yilga mo‘ljallangan maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2. Maktab o‘quvchilari uchun poligonlarda harbiy dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda ularni chavandozlar maktabiga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti sog‘lom bo‘lmagan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarga harbiy ta’lim muassasalari, “Temurbeklar maktablari”, harbiy qism ofitser va serjantlarini yakka tartibda biriktirish.

2022-yil 1-mart

Mudofaa vazirligi

(Qarshiyev),

Milliy gvardiya

(Jo‘rayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qo‘ldoshev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

T/r

Hudud nomi

Maktablar soni

O‘rganish sanasi

Shtab a’zolari

1.

Buxoro viloyati

534

2022-yil 1 — 5-fevral

1.

A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari

5.

O. Qo‘ysinov

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

2.

Navoiy viloyati

367

2022-yil 6 — 11-fevral

6.

F. Esonboboyev

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

7.

E. Murodov

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

A. Kirgizbayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

D. Nabiyev

Qarshi davlat universiteti rektori

10.

B. Sobirov

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

11.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

3.

Qashqadaryo viloyati

1 217

2022-yil 14 — 16-fevral

12.

M. Daminov

Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti direktori

13.

F. Maxammatqulov

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik lits�yi ijrochi direktori

14.

A. G‘aniyev

Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti direktori

15.

G‘. Jumaqulov

Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi ijrochi direktori

16.

I. Xushmurodova

Qarshi davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

4.

Samarqand viloyati

1 266

2022-yil 17 — 20-fevral

1.

A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

S. Buzrukxanov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari

5.

X. Ketmonov

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

5.

Jizzax viloyati

367

2022-yil 21 — 23-fevral

6.

Sh. Rasulov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi xodimi

7.

E. Murodov

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

9.

A. Begmatov

Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktori v.b.

10.

Sh. Sharipov

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori

6.

Sirdaryo viloyati

534

2022-yil 24 — 26-fevral

11.

F. Saidamatov

Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi

12.

M. Xadjiyev

Guliston davlat universiteti rektori

13.

A. Umarov

Samarqand davlat universiteti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

14.

J. Yusupov

Jizzax viloyati pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

7.

Andijon viloyati

767

2022-yil 28-fevral — 2-mart

1.

A. Abduvaxitov

Prezident maslahatchisi

2.

B. Saidov

Xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari

5.

O. Qo‘ysinov

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

8.

Farg‘ona viloyati

959

2022-yil 3-4-mart

6.

O. Toshpo‘latov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i

7.

E. Murodov

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

I. Raximov

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

9.

D. Xodjayeva

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori

10.

B. Rasulov

Andijon davlat universite�ining pedagogika instituti direktori

9.

Namangan viloyati

712

2022-yil 5 — 7-mart

11.

S. Turg‘unov

Namangan davlat universiteti rektori

12.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

13.

U. Valiyev

Andijon davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

14.

X. Davronov

Namangan davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Mahkamov

Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori v.b.

10.

Surxondaryo viloyati

929

2022-yil 9 — 12-mart

1.

A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

S. Buzrukxanov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari

5.

X. Ketmonov

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

11.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

726

2022-yil 14 — 16-mart

6.

B. To‘raqulov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi xodimi

7.

E. Murodov

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

B. Xodjayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri

9.

G‘. Raximov

Samarqand davlat universiteti Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

10.

Sh. Saidaxmatov

Termiz davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

Xorazm viloyati

549

2022-yil 17 — 19-mart

11.

B. Otemuratov

Nukus davlat pedagogika instituti rektori

12.

B. Abdullayev

Urganch davlat universiteti rektori

13.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

14.

Q. Kalxorozov

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Kutlimuratov

Urganch davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

13.

Toshkent viloyati

886

2022-yil 24 — 26-mart

1.

A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq ta’limi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri �rinbosari

5.

O. Qo‘ysinov

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

6.

F. Esonboboyev

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

14.

Toshkent shahar

340

2022-yil 28 — 30-mart

7.

E. Murodov

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

A. Kirgizbayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

G. Muxamedov

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori

10.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

11.

Q. Ruziyev

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

F. Nazarova

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori