14.07.2022 yildagi PQ-319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2030-yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uran xom ashyo bazasini barqaror rivojlantirish, uni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, sohani transformatsiya qilish hamda unga investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, pirovard natijada geologik oʻrganishlardan chuqur qayta ishlangan mahsulot olishgacha boʻlgan jarayonni qamrab oladigan zamonaviy klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Navoiyuran” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Navoiyuran” DK) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran mineral xom ashyosi bazasini 100 ming tonnaga yetkazish, yangi konlarni ochishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, ularning samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DK transformatsiyasini jadallashtirish orqali zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan barcha boʻgʻinlarda yagona raqamlashtirilgan tizimni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirda oʻzlashtirilmagan va sanoat darajasida oʻzlashtirishga tayyorlanayotgan konlarda uran va yoʻldosh metallarni ajratib olish, shuningdek, oʻzlashtirilayotgan konlarda uran ajratib olish darajasini oshirish boʻyicha tajriba-sanoat ishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini ikki baravarga oshirish, shuningdek, nodir va kamyob metallarni ajratib olishda samarali texnologiyalarni joriy etish va ularni qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida uran xom ashyosini qayta ishlab, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot olish, jumladan, yadro yoqilgʻi siklini yadro reaktorigacha boʻlgan texnologik zanjiri boʻgʻinlari uchun mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istiqbollari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy, resurstejamkor raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xavfsiz texnologik yechimlarni joriy etish orqali uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining ekologik xususiyatlarini yaxshilash boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish, qoʻshimcha qiymat yaratish, sifatini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ilmiy izlanishlar oʻtkazish, shuningdek, uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash boʻyicha jahon amaliyotini oʻrganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran, nodir va kamyob metallarni qazib olish hamda qayta ishlash doirasida loyiha hamda injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni va innovatsiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran, nodir va kamyob metallarni qazib olish hamda qayta ishlash sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari orqali uran zaxiralarini koʻpaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran qazib olish va qayta ishlashning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan uran qazib olish va qayta ishlashni koʻpaytirish maqsadida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasini rivojlantirish va transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiyuran” DK mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq korxona tomonidan ishlab chiqarishni keskin oshirish va transformatsiya dasturlarini jadallashtirish boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini belgilangan muddatlarda ijrosini toʻliq taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Navoiyuran” DKning yillik biznes rejasida sof foydani taqsimlashda mazkur qarorga 3, 4 va 5-ilovalarda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar va chora-tadbirlarni moliyalashtirishni inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Navoiyuran” DK Kuzatuv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda “Navoiyuran” DK tashkiliy tuzilmasida transformatsiya jarayonlarini toʻlaqonli joriy etish maqsadida Loyiha ofisi tashkil etilishini, uning xarajatlar smetasi tasdiqlanishini va malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha choralar koʻrilishini taʼminlasin. Bunda Loyiha ofisiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning zamonaviy tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo hamda korxonaning rahbarlik lavozimlariga xorijiy tajribaga ega boʻlgan, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha xorijiy rekruting tashkilotlari bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekruting tashkilotlari hamda “Orano Mayning” kompaniyasi (Fransiya) mutaxassislari bilan birgalikda “Boshqaruv xodimlari qobiliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqqan holda, korxona xodimlarini xorijiy oliy taʼlim muassasalarida hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarda tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha rekruting tashkilotlari bilan lavozimlarni baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting kompaniyasi bilan birgalikda korxonaning 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy konsultantlar tavsiyalari asosida korxonaning operatsion samaradorligini oshirishni hamda uni texnik auditdan oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reyting agentliklari tavsiyalariga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va ularni doimiy takomillashtirib borish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting kompaniyalari bilan birgalikda uran zaxiralarini xalqaro standartlarga muvofiq bosqichma-bosqich baholash ishlarini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning xaridlar tizimini qayta tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish va “forenzik” auditidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlar asosida tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartiga bosqichma-bosqich oʻtkazishni tashkil etish va xalqaro tan olingan audit kompaniyalaridan auditdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning hisob-kitoblari, xaridlari, kadrlari, omborxonalari, mahsulotlar eksportini boshqarish hamda uran xom ashyosini qazib olish, dastlabki va oxirgi qayta ishlash bosqichlarini toʻliq raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxonada rejalashtirilayotgan har bir investitsiya loyihasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslar, zarur hollarda, xorijiy konsalting kompaniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilgan holda, puxta ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarga muvofiqligi boʻyicha Kuzatuv kengashi huzuridagi Strategiya va investitsiya qoʻmitasining ijobiy xulosasi olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi xorijiy konsultantlar ishtirokidagi ekspertlar kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng uni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror hamda asosiy texnik-texnologik yechimlar, iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlar, moliyalashtirish sxemalari belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “Navoiyuran” DK bilan birgalikda korxonaning transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish, operatsion samaradorligini oshirish, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va mavjud kadrlar malakasini oshirish hamda ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali korxonani zamonaviy va raqobatbardosh kompaniyaga aylantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-dekabrga qadar xorijiy rekruting tashkilotlarini jalb qilgan holda Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo hamda korxonaning boshqaruviga bosh geolog, bosh geotexnolog va boshqa rahbarlik lavozimlariga xorijiy tajribaga ega boʻlgan, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijdagi vatandoshlarni jalb qilsin hamda “Boshqaruv xodimlari qobiliyatini rivojlantirish” dasturini va korxonaning zamonaviy tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqqan holda lavozimlarni baholash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 20-dekabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DKning 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining operatsion samaradorligini oshirish hamda texnik-texnologik jihozlanganlik holatini yaxshilash maqsadida texnik auditdan oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting kompaniyalar tomonidan berilgan tavsiyalar va koʻrsatmalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 1-iyunga qadar xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konsalting kompaniyalaridan birini jalb qilgan holda uran zaxiralari Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DK rahbar xodimlarining kamida 30 foizini xorijiy davlatlarning sohada yuqori reytingga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida hamda yetakchi xalqaro kompaniyalarda tizimli ravishda qisqa va oʻrta muddatli oʻquv va qayta tayyorlash kurslarida malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda “Navoiyuran” DKning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-aprelga qadar xarid jarayonlarini “forenzik” auditdan oʻtkazish, shu jumladan mavjud xaridlar tizimini qayta tashkil etish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-oktabrga qadar moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida auditdan oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2023-yil 1-dekabrga qadar “Navoiyuran” DK moliya, xaridlar, kadrlar, omborxonalar va eksportni toʻliq qamrab oladigan resurslarni boshqarish (ERP) axborot tizimini yaratish hamda uran xom ashyosini qazib olish, dastlabki va oxirgi qayta ishlash bosqichlarini boshqarish boʻyicha (SCADA) raqamlashtirilgan tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 2024-yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi qoʻlga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiyuran” DK tuzilmasida bosh direktorning transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha oʻrinbosari — Loyiha ofisi rahbari hamda ilm-fan va innovatsion rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha oʻrinbosari — Loyiha ofisi rahbariga mazkur qarorning 4 va 5-bandlarida hamda korxonani transformatsiya qilish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va innovatsion rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarga — mazkur qarorda ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Navoiyuran” DKning iqtisodiy salohiyatini toʻlaqonli namoyish etish maqsadida quyidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran zaxiralari va resurslari geologiyasi, ularni qazib olish, qayta ishlash va eksport hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DKning 2021-yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari boʻyicha maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2022 — 2030-yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida uran, nodir va kamyob metallar prognoz resurslarini hamda zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari “Navoiyuran” DK tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Navoiyuran” DKga istiqboli yuqori boʻlgan uran maʼdanli maydonlarning zaxiralari hisoblangan bloklarida, geologik oʻrganishni davom ettirish va uran xom ashyosini qazib olish ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan istiqbolli va yangi istiqbolli maydonlar negizida topilgan konlarning uran zaxiralari Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng “Navoiyuran” DKning murojaati asosida ushbu konlarda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun ruxsatnomalarni toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Navoiy, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyati hokimliklari Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining murojaati asosida mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan istiqbolli maydonlar va konlar joylashgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi “Urankamyobmetgeologiya” AJning uran, nodir va kamyob metallar qazib olish boʻyicha istiqbolli maydonlarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan barcha aktivlari va majburiyatlarini “Navoiyuran” DK ga oʻtkazish hamda “Urankamyobmetgeologiya” AJni belgilangan tartibda tugatish va aksiyalarini davlat reyestridan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nurlikum mining Uzbek-French joint venture” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasidagi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining ulushini “Navoiyuran” DKga ustav fondida davlat ulushini mos ravishda oshirish hisobiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 243-moddasi 17-bandiga va 304-moddasi 8-bandiga muvofiq “Navoiyuran” DKga berilgan mol-mulklar va ulushlar soliqqa tortilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJ xodimlari bilan mehnat munosabatlari ushbu xodimlarning xohishiga koʻra Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq, ular bilan tuzilgan amaldagi mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali “Navoiyuran” DKda davom ettiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonunchilik bilan belgilangan tuman koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar uchun qonunchilikka muvofiq va jamoa shartnomasida belgilangan imtiyozlar, shuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barcha turlari (mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalliklari, sogʻliqqa shikast yetganlik, bola parvarishi va boshqalar uchun) saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DK xodimlari uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi” korxonasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 232-son qarori tatbiq qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJda mavjud boʻlgan ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya xaritalari amal qilishi saqlanib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Kadastr agentligi hamda boshqa vazirlik va idoralar yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmasdan tegishli ariza berilgan kundan boshlab 10 kalendar kunidan oshmagan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJdan “Navoiyuran” DKga oʻtkaziladigan avtotransport vositalari va boshqa harakatlanadigan tarkib ichki ishlar organlarida qayta rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJdan “Navoiyuran” DKga oʻtkaziladigan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqini beruvchi kadastr hujjatlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urankamyobmetgeologiya” AJdan “Navoiyuran” DKga litsenziya, sertifikat, patent va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilishini, roʻyxatdan oʻtkazilishini va qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Navoiyuran” DKning uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti (Rossiya Federatsiyasi) filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha ularning xarajatlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbai sifatida “Navoiyuran” DK tomonidan ularga homiylik yordami koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda “Navoiyuran” DKning ishlab chiqarish hajmlari keskin oshishini hisobga olgan holda mazkur qarorga 6-ilovada keltirilgan xom ashyolarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda uran qazib olish va qayta ishlash uchun zarur xom ashyoni uzluksiz va doimiy yetkazib berish boʻyicha yuk aylanmasi hajmlarini oshirish chora-tadbirlari dasturini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorga 1 — 5-ilovalar bilan tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar hamda belgilangan chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarida — Ishchi guruhi) 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga 1, 2, 3-ilovalarda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar, 4-ilovadagi yoʻl xaritasida hamda 5-ilovadagi chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishida manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni koʻrib chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uran, nodir va kamyob metallar qazib olish hamda qayta ishlashni rivojlantirish hamda ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muhokama qilib borish, shuningdek, yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilish maqsadida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov — uran boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va zaxiralarni 100 ming tonnaga yetkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” DK bosh direktori J.T. Xasanov — ishlab chiqarishni ikki baravarga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari O.Z. Nasritdinxodjayev — “Navoiyuran” DKni transformatsiya qilish va operativ samaradorligini oshirishga hamda Loyiha ofis faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul hamda shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlari orqali uran zaxiralarini koʻpaytirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tonna

T/r

Geologik obyektning nomi

2021-yil

(amalda)

Yillar kesimida

2021-yilga nisbatan oʻsish

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

Jami koʻpaytiriladigan uran zaxiralari

4 761

5 350

5 500

5 700

6 100

7 600

8 300

9 300

9 900

10 500

2,2 baravar

I

Oʻzlashtirilayotgan konlar boʻyicha (qanotlari bilan)

2 404

1 500

1 600

1 300

1 350

1 550

1 600

2 000

2 000

1 860

1.

Uchquduq

300

300

250

250

200

200

200

300

2.

Sugrali

300

400

400

400

3.

Kendiktyube

100

300

300

300

300

300

4.

Meylisay

300

300

100

5.

Shimoliy Konimex

371

200

6.

Janubi-sharqiy Jengeldi

534

700

200

7.

Aulbek

654

500

300

200

200

200

8.

Shimoliy Bukinay

845

100

9.

Janubiy Bukinay

600

600

600

600

600

600

600

600

10.

Sobirsoy

200

200

200

200

200

200

200

160

II

Geologik oʻrganilayotgan istiqbolli maydonlar boʻyicha

1 956

3 850

3 800

3 400

3 600

3 800

2 900

2 900

2 700

2 900

1.

Bolgʻali (Baymin)

500

500

600

2.

Ziyokon

538

1 050

600

400

400

400

300

3.

Mingbay

100

300

300

300

300

400

400

400

4.

Qizilqoq

200

200

400

400

400

400

400

400

5.

Tamdiquduq-Tulantosh

300

400

6.

Kuxnur markaziy qismi

886

1 150

600

500

500

400

7.

Nurkon

150

8.

Malikrabot

300

300

300

300

9.

Arnasoy

700

700

700

900

1 000

1 000

700

700

10.

Omad (Kuxnur koni gʻarbiy qanotlari)

200

500

300

300

300

300

200

11.

Agron (Sharqiy qanot)

477

500

12.

Janubiy Ingichki

55

800

500

300

300

300

200

13.

Tuvaktau

300

400

400

500

400

400

400

400

III

Yangi istiqbolli maydonlar boʻyicha

401

500

650

1 650

2 000

2 500

3 300

3 840

Mullali

200

300

300

Istiqbol

250

200

300

300

400

400

400

Saxoba

250

250

500

500

500

500

400

Qizilcha

250

400

500

500

400

Toshqura

200

300

300

Jarqum

400

600

Janubiy Nurota

200

500

Tutli

200

400

400

600

Ziyovuddin

200

400

400

Ovminza

200

200

300

400

400

IV

Investitsiyaviy obyektlar boʻyicha (Shimoliy va Janubiy Jengeldi, Mesheti, Oqberdi, Djasaga)

100

500

500

600

1 800

1 900

1 900

1 900

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Geologik obyektlar kesimidagi uran zaxiralarini koʻpaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari geologiya-qidiruv ishlarining natijalariga koʻra oʻzgarishi mumkin. Uran zaxiralarini aniqlash boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari yoʻnalishlari va hajmlari har yili mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida aniqlashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uran qazib olish va qayta ishlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xom ashyo nomi

Oʻlchov birligi

2021-yil

(amalda)

Yillar kesimida

2021-yilga nisbatan oʻsish

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Tabiiy uran konsentrati

tonna

3 526

3 556

3 650

3 800

4 200

5 100

5 500

6 000

6 500

7 100

2 baravar

2.

Ammoniy perrenati

kg

2 215

2 400

2 500

2 600

2 800

3 000

3 200

3 350

3 500

3 700

1,7 baravar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi “Navoiyuran” DKning Kuzatuv kengashi tomonidan maʼqullangan asosli takliflari asosida (zarur boʻlsa) ushbu koʻrsatkichlarga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uran qazib olish va qayta ishlash prognozida xorijiy investitsiyalar (“Nurliqum mayning” MCHJ QK (Fransiya), Jogmec (Yaponiya) va boshqalar) hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar inobatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan uran qazib olish va qayta ishlashni koʻpaytirish maqsadida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln AQSH dollari

T/r

Loyiha nomi

Amalga oshirish muddatlari

Loyihalar qiymati*

2022-yilda oʻzlashtiriladigan qismi

I. Amaldagi investitsiya loyihalari

216,3

32,4

1.

“Jingeldi” konining istiqbolli maydonlarida qazib olish uchastkalarini qurish

2020 — 2022 yy.

5,0

1,6

2.

“Aqtau” konida ruda qazish maydonini qurish.

2021 — 2023 yy.

5,0

2,5

3.

“Uchquduq” ishlab chiqarish maydonining qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini texnik va texnologik qayta jihozlash

2019 — 2026 yy.

22,5

6,0

4.

“Nurobod” ishlab chiqarish maydonining qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini texnik va texnologik qayta jihozlash

2021 — 2026 yy.

13,5

3,0

5.

“Zafarobod” kon boshqarmasining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishini texnik va texnologik qayta jihozlash

2020 — 2028 yy.

59,5

15,0

6.

Asosiy texnologik va transport uskunalar parkini kengaytirish

2022 — 2030 yy.

110,8

4,3

II. Istiqbolli investitsiya loyihalari

242,6

7.

Uran ishlab chiqarish zavodini kengaytirish va rekonstruksiya qilish

2023 — 2025 yy.

19,5

8.

Sulfat kislotasi sexining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish

2023 — 2025 yy.

27,1

9.

Istiqbolli maydonlarda qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini qurish

2023 — 2029 yy.

64,4

10.

Shimoliy va Janubiy Jingeldi maydonlarida qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini qurish

2023 — 2030 yy.

45,8

11.

“Arnasay” maydonida qazib olish va qayta ishlash majmuasini qurish

2023 — 2030 yy.

21,1

12.

Geologik-qidiruv ishlarining texnologik va transport uskunalar parkini kengaytirish

2023 — 2030 yy.

41,5

13.

Jasaga va Mesheti maydonlarida qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini qurish

2025 — 2027 yy.

13,4

14.

Texnik uskunalarni modernizatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish

2027-2028 yy.

9,8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga muvofiq loyihalar tarkibiga, qiymatiga hamda moliyalashtirish manbalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyihaning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan loyiha hujjatiga asosan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasini rivojlantirish va transformatsiya qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Uran xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish masalalari boʻyicha

1.

Uran mineral xom ashyo bazasini kengaytirish boʻyicha 50 tadan ortiq obyekt (Bukantogʻ-Tomditogʻ, Nurota, Ziyovuddin-Zirabuloq va Ovminza-Beltogʻ, Kuljuktogʻ uran maʼdanli maydonlari)larda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uran prognoz resurslari va zaxiralarni koʻpaytirish koʻrsatkichlarini taʼminlash, umumiy zaxiralarni 100 ming tonnaga yetkazish.

2022 — 2030-yillarda jami uran zaxira/resurslarini 68 250 / 140 300 tonnaga koʻpaytirishni taʼminlash.

2022-yildan boshlab

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Navoiyuran” DK (J. Xasanov)

1. Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish dasturi doirasidagi loyihalar boʻyicha 10,70 mln metr burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurslari — 59 050 / 128 300 tonna, shundan:

“Navoiyuran” DK (J. Xasanov)

a) 2022-yilda Agron, Aulbek, Shimoliy Konimex, Shimoliy Bukinoy, Jengeldi, Janubiy Ingichka, Nurkon, Ziyokon, Koʻhnur, Arnasoy, Tuvaktov va boshqa obyektlar boʻyicha 713 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 5 350 / 12 500 tonna;

2022-yil dekabr

b) 2023-yilda Aulbek, Ziyokon, Jengeldi, Nurkon, Arnasoy, Malikrabot, Shimoliy Bukinoy, Qizilqoq, Agron, Janubiy Ingichka, Ziyokon, Koʻhnur va boshqa obyektlar boʻyicha 955 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 5 400 / 11 000 tonna;

2023-yil dekabr

v) 2024-yilda Ziyokon, Istiqbol, Qizilqoq, Mingbay, Arnasoy, Janubiy Bukinoy, Jengeldi, Malikrabot, Tuvaktov, Janubiy Ingichka, Saxoba, Ziyokon, Koʻhnur va boshqa obyektlar boʻyicha 985 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 5 100 / 11 000 tonna;

2024-yil dekabr

g) 2025-yilda Ziyokon, Tuvaktov, Tomdiquduq, Malikrabot, Qizilqoq, Jengeldi, Kendiktyube, Saxoba, Janubiy Bukinoy, Janubiy Ingichka, Ziyokon, Koʻhnur va boshqa obyektlar boʻyicha 1 045 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 5 700 / 11 000 tonna;

2025-yil dekabr

d) 2026-yilda Aulbek, Ziyokon, Istiqbol, Minboy, Qizilqoq, Malikrabot, Janubiy Bukinoy, Saxoba, Tuvaktov, Arnasoy, Jengeldi, Kendiktyube, Koʻhnur va boshqa obyektlar boʻyicha 1 255 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 7 000/13 500 tonna;

2026-yil dekabr

e) 2027-yilda Ziyokon, Istiqbol, Mingboy, Baymin, Auminza, Meylisay, Sugrali, Omad, Arnasoy, Markaziy Qaroqota, Tutli, Saxoba, Janubiy Bukinoy va boshqa obyektlar boʻyicha 1 285 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 6 500 / 15 000 tonna;

2027-yil dekabr

j) 2028-yilda Istiqbol, Mingboy, Baymin, Auminza, Meylisay, Sugrali, Omad, Arnasoy, Markaziy Qaroqota, Tutli, Saxoba, Mullali, Toshqoʻra va boshqa obyektlar boʻyicha 1 410 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 7 400 / 16 500 tonna;

2028-yil dekabr

z) 2029-yilda Istiqbol, Mingboy, Baymin, Auminza, Meylisay, Sugrali, Omad, Arnasoy, Markaziy Qaroqota, Tutli, Saxoba, Mullali, Toshqoʻra va boshqa obyektlar boʻyicha 1 480 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 8 000 / 18 300 tonna;

2029-yil dekabr

i) 2030-yilda Istiqbol, Mingboy, Baymin, Shoʻrtepa, Omad, Auminza, Sugrali, Meylisay, Arnasoy, Markaziy Qaroqota, Tutli, Saxoba, Mullali, Toshqoʻra va boshqa obyektlar boʻyicha 1 570 ming m burgʻulash ishlari, uran zaxira / resurs — 8 600 / 19 500 tonna.

2030-yil dekabr

2. Investitsiya dasturi loyihalari boʻyicha 2022 — 2030-yillarda uran zaxira / resurslari — 9 200 /12 000 tonna, shundan:

2022-yildan boshlab, investitsiya bitimlari va grafik boʻyicha

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

“Nurliqum mayning” MCHJ QK — 3 ta maydonda (Shimoliy va Janubiy Jengeldi, Yangiquduq) uran zaxirasi — 2 400 tonna;

JOGMEC korporatsiyasi — 3 ta maydonda (Jasaga, Mesheti va Oqberdi) uran zaxirasi /resursi — 6 800/12 000 tonna.

2.

Respublikaning barcha hududlarida yangi istiqbolli maydonlarni, shu jumladan noanʼanaviy turdagi (“qora slanetsli”, “paleoruslo”, “gidrotermal” va boshqa) istiqbolli hududlarni ajratishga yoʻnaltirilgan mavzuviy bashorat (prognoz tematik) ishlarni keskin koʻpaytirish.

1. Dasturga kiritilgan prognoz tematik ishlar boʻyicha geologik topshiriq, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yildan boshlab, dastur bilan belgilangan muddatlarda

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Belgilangan prognoz tematik ishlarni loyihalar doirasida bajarish va ularning natijadorligini Ilmiy-texnik kengashlarda koʻrib borish.

3. Prognoz tematik ishlar natijasida aniqlangan yangi istiqbolli hududlarda birlamchi izlash ishlarini oʻtkazish va obyektlarni istiqbolini baholash.

Har chorakda

4. Tizimli ravishda Ilmiy-texnik kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish va olingan geologik natijalar va maʼlumotlar asosida prognoz tematik ishlarning yangi yoʻnalishlari va hududlarni belgilash.

Dastur bilan belgilangan muddatlarda

5. Belgilangan tartibda yangi loyihalarni amalga oshirib borish.

3.

Uran zaxiralari boʻyicha istiqbolli maydonlarda aniqlangan va hisoblangan uran zaxiralarini tajriba-texnologik darajada ajratib olishni oʻrganib chiqish va sanoat darajasida oʻzlashtirishga tayyorlash.

1. Rejalashtirilgan konlarda tajriba-texnologik ishlarni oʻtkazish.

2. Tajriba-texnologik ishlar natijalari boʻyicha uran zaxiralarini hisoblash. Natijalarini Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga uranning sanoat zaxiralarini tasdiqlash va Ishlab chiqarish boʻlinmalariga yangi investitsiya loyihalari va uran qazib olish ishlarini rejalashtirish uchun taqd?m etish.

2023-yildan boshlab, geologik loyihalarda belgilangan muddatlarda

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

4.

Uranning “qora slanetsli” turidagi konlarining kelajakda oʻzlashtirish masalasini oʻrganib chiqish.

1. Ilmiy-texnik kengashida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tajriba-texnologik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun pudratchi tashkilotlarni tanlash (shu jumladan ilgʻor xorijiy kompaniyalarni jalb etish) va ular bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

2023-yil iyul

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Rejalashtirilgan konlarda tajriba-texnologik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini “Navoiyuran” DK Ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2023-yil noyabr

3. Tajriba-texnologik tadqiqotlar natijalari bilan uranning “qora slanetsli” turidagi konlarining kelajakda oʻzlashtirish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

5.

“Urankamyobmetgeologiya” AJning geologiya-qidiruv ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish.

1. Mazkur qaror bilan belgilangan ishlarni bajarish, “Urankamyobmetgeologiya” AJning geologiya-qidiruv ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish uchun kerak boʻladigan hamda zamonaviy burgʻulash uskunalari va yordamchi texnikalar, laboratoriya uskunalari roʻyxati va miqdorini shakllantirish.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Talab etiladigan zamonaviy burgʻulash uskunalari va yordamchi texnikalar, laboratoriya uskunalarini xarid qilish maqsadida yillar kesimida taqsimlash.

2022-yil dekabr

3. Har yili xarid qilinadigan uskunalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili 1-fevralgacha

4. Zamonaviy burgʻulash uskunalari va yordamchi texnikalar, laboratoriya uskunalarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish va ishga tushirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

6.

Uran namunalari (kernlar) saqlash omborxonalarini takomillashtirish.

1. Belgilangan reja asosida namunalarni saqlash omborxonalarini xalqaro talablar asosida qayta qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish.

2023-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Namunalarni saqlash omborxonalarini zamonaviy jihozlar bilan toʻldirish.

2024-yil dekabr

7.

Oʻzlashtirilayotgan konlarda hisoblangan uran zaxiralari va ularning bugungi kundagi holatini tahlil qilish.

1. Oʻzlashtirilayotgan konlarda hisoblangan uran zaxiralari va ularning bugungi kundagi holatini tahlil qilish uchun qoʻshma ishchi guruh (keyingi oʻrinlarida — Qoʻshma ishchi guruh) tuzgan holda, ular tomonidan ajratilgan konlarning uran zaxiralarini tizimli ravishda qayta hisoblash va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash choralarini koʻrish.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov)

2. Uran zaxiralari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari past boʻlgan konlarni korxona balansidan chiqarish.

Idoralararo ilmiy-texnik kengash va Davlat komissiyasi rejasiga muvofiq

8.

Uran zaxiralari qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisobotlarini xalqaro standartlariga muvofiq baholash.

1. SRK Consulting Group” va “DMT GROUP” konsalting kompaniyalaridan birini tanlov asosida jalb qilgan holda qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni tasdiqlashni bosqichma-bosqich boshlash.

2. Asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini taʼminlab beradigan konlarni birinchi bosqichda JORC standartlariga muvofiq baholatish choralarini koʻrish.

2023-yil yanvar

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

II. Uran qazib olish va chuqur qayta ishlash jarayoni samaradorligini oshirish

9.

Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari natijadorligini oshirish maqsadida, xorijiy ekspertlar bilan birga texnologik auditni oʻtkazish

1. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va mutaxassislarni jalb qilgan holda har kon boʻyicha uran zaxiralari bilan bogʻliq geologik maʼlumotlar va ularda uranni ajratib olish darajasini tanqidiy oʻrganib chiqish va uni oshirish yoʻllarini belgilab olish.

2. Sohada ilgʻor texnologiyalar qoʻllayotgan xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish va “Navoiyuran” davlat korxonasi mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

3. “Navoiyuran” DK ishlab chiqarish hajmlarini oshirish dasturi doirasida “Orano Mayning” tajribasi va ekspertlarini jalb qilish va kompleks texnologik audit oʻtkazish. Bunda xorijiy ekspertlar bilan uran xom ashyo bazasi, olib borilgan geologiya qidiruv ishlari hamda uranni qayta ishlash boʻyicha batafsil maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish va kompetent xulosalarini olish.

2022-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

10.

Tajriba-sanoat texnologik ishlarini kuchaytirish choralarini koʻrish.

1. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda belgilangan uchastkalarda tajriba-sanoat texnologik ishlarni oʻtkazish.

2023-yildan boshlab

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov)

2. Maʼlum uchastkalarda tajriba-sanoat texnologik ishlari yakunlari va tavsiya etilgan texnologik reglamentlar asosida konlarni sanoatda oʻzlashtirishga tatbiq etish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.

Reja-jadval asosida belgilangan muddatlarda

11.

Uran qazib olish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy mamlakatlardagi ilgʻor kompaniyalar tajribasini tatbiq etish.

1. Xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish uchun tajribali mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruh tuzish.

2023-yil fevral

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov),

Sanoat xavfsizligi boʻyicha davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov),

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamahmudov)

2. Maxsus Ishchi guruh tomonidan joylarda xorijiy kompaniyalarning bevosita texnologik jarayonlarini va ishlab chiqarish obyektlarini oʻrganish, shuningdek, ularning mutaxassislarini respublikamizdagi uran obyektlariga tashrifini tashkil etish yoʻli bilan tajriba almashish.

Doimiy ravishda

3. Tajriba almashish davrida olingan bilim va koʻnikmalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish, birgalikda tajriba-texnologik tadqiqotlar oʻtkazish.

12.

“Qumtoshli” turidagi uran konlarini oʻzlashtirishda yoʻldosh foydali komponentlarni (lantanoidlar) ajratib olish.

1. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan masalani keng qamrovli oʻrganib chiqish va istiqbollari mavjud boʻlganda tegishli tavsiyalar berish. Berilgan tavsiyalar asosida tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratib olingan yoʻldosh komponentlarni realizatsiya qilish yoki chuqur qayta ishlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlarda belgilangan muddatlarda

13.

“Navoiyuran” davlat korxonasining uran qazib olish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

1. 2022 — 2030-yillarda uran qazib olish va ishlab chiqarish prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda yangi quvvatlarni qurish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda mavjud konlarda ishlab chiqarish faoliyati doirasini kengaytirish mumkin boʻlgan choralarni belgilash.

Har yil 1-yanvargacha

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni taʼminlash.

Investitsiya dasturida belgilangan muddatlarda

3. Mavjud oʻzlashtirilayotgan konlarda ishlab chiqarish faoliyati doirasini kengaytirish choralarini amalga oshirish.

4. Investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish va quvvatlarni kengaytirish orqali uran qazib olish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

III. “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish hamda xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish boʻyicha

14.

Korxonada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish.

1. Korxona aktivlarini xalqaro standartlar asosida qayta baholashga tayyorlash boʻyicha har bir aktivning roʻyxatini shakllantirish va baholatishni yakunlash.

2023-yil iyul

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Korxonaning milliy standartlar asosida tayyorlangan barcha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartiga (IFRS) oʻtkazish.

2023-yil aprel

15.

Korxonaning xalqaro standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlariga xalqaro auditorlik kompaniyalarini auditorlik xulosasini olish.

1. “Katta toʻrtlik” (“Big Four”) xalqaro auditorlik kompaniyasiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etish.

2022-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Moliyaviy hisobotlarning audit ishlarini oʻtkazish va auditorlik xulosasini olish.

2023-yil sentabr

16.

Uran ishlab chiqarishning barcha boʻgʻinlarida ekologik talablarni, atrof-muhitni muhofaza qilish, suvdan oqilona foydalanish jahon standartlariga mos mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash mexanizmini joriy etish.

1. Amaldagi davlat xaridlari qonunchiligiga muvofiq xalqaro tan olingan konsalting kompaniyalar bilan oʻqitish, joriy qilish va auditdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzolash.

2023-yil yanvar

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Pudratchi konsalting kompaniyasiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etish va auditdan oʻtkazish.

Shartnomadagi muddatlarda

3. Uran ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ISO 14001:2015 “Ekologik menejmenti” va ISO 45001 “Myehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash” tizimlari talablarini bosqichma-bosqich joriy etish va ISO sertifikatlarini olish.

2023-yil aprel

4. Uzoq muddatli ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish siyosatini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash.

2023-yil may

17.

Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan (“Standard & Poor's”, “Moody's”, “Fitch Ratings”) xalqaro kredit reytingini olish.

1. Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri bilan shartnoma imzolash.

2024-yil mart

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

2. Tanlangan agentlikning konsultantlariga tegishli maʼlumotlarni taqdim etish va ular bilan ishlash.

3. Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan birining xalqaro kredit reytingini olish.

2024-yil dekabr

18.

“Navoiyuran” davlat korxonasi boshqaruv lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni va ekspertlarni, shu jumladan chet eldagi yurtdoshlarni jalb qilish.

1. Xorijiy nufuzli rekruting tashkilotini jalb qilgan holda “Navoiyuran” DK Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolari, bosh direktori oʻrinbosari, jumladan bosh geolog, bosh geotexnolog lavozimlariga va boshqa korxona rahbarlik lavozimlariga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlarni yonlash.

2. “Boshqaruv xodimlari qobiliyatini rivojlantirish” dasturi doirasida korxona boshqaruvi xodimlarini hamda rahbarlarini kamida 30 foizini xorijiy davlatlarning sohada yuqori reytingga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida hamda yetakchi xalqaro kompaniyalarda malakasini oshirish.

2022-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

19.

Korxonada davlat xaridlari jarayonini ochiq va shaffofligini oshirish.

1. “Katta toʻrtlik” (“Big Four”) xalqaro auditorlik kompaniyalarining biri bilan “forenzik” auditini oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzolash.

2023-yil yanvar

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Pudratchi auditorlik kompaniyasiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etish.

Shartnomadagi muddatlarda

3. Davlat xaridlari jarayonini auditdan oʻtkazish va auditorlik xulosasini olish.

2023-yil mart

20.

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritilishini taʼminlash va xalqaro kredit reytingini olish.

1. 2022-yil uchun dastlabki moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) asosida tayyorlashni.

2023-yil iyun

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Oʻzbekgeologiyaqidiruv” AJ

(M. Ilxamov)

2. Korporativ kredit reytingini olish uchun xalqaro reyting agentliklarini jalb qilish.

2024-yil iyul

3. Tanlangan reyting agentligi tomonidan “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJga xalqaro kredit reytingini olish va olingan kredit reytingi press-relizini OAVda eʼlon qilish.

2024-yil dekabr

21.

Korxona faoliyatida raqamli transformatsiyani amalga oshirish.

1. Korxonaning moliya, xaridlar, kadrlar, omborxonalar va eksportni toʻliq qamrab oladigan resurslarni boshqarish (ERP) axborot tizimini yaratish.

2. Korxonada uran xom ashyosini qazib olish, dastlabki va oxirgi qayta ishlash bosqichlarini boshqarish boʻyicha (SCADA) raqamlashtirilgan tizimini takomillashish.

2023-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

IV. Uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash sohasida ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kengaytirish hamda yangi darajadagi kadrlar tayyorlash boʻyicha

22.

Uran xom ashyosini qazib olish va chuqur qayta ishlash yoʻnalishida ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar, samaradorlikni oshirish boʻyicha ishlanmalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish.

1. “Navoiyuran” DKning Ilmiy-texnik kengashi shafeligida har yili tasdiqlanadigan dastur asosida ilm-fan va amaliyot oʻrtasida oʻzaro innovatsion hamkorlikning tizimini joriy etish.

2022-yil avgust, keyinchalik — har yili 1-yanvargacha

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov),

jalb etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Ilm-fan va amaliyot dasturidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yillik sof foydaning 10 foizgacha mablagʻlarni biznes-rejalarda nazarda tutish.

Har yili 1-dekabrgacha

3. Ilm-fan va amaliyot dasturi doirasida maqsadli moliyalashtirilayotgan loyihalarning natijadorligini taʼminlash, ularning amalga oshirish holatini har chorakda “Navoiyuran” davlat korxonasining Ilmiy-texnik kengashida yetuk olimlar va malakali mutaxassislar ishtirokida muhokama qilib borish.

2023-yildan har chorakda

23.

Respublika hududida uranni chuqur qayta ishlash keyingi texnologik bosqichlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalliy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, yetuk mutaxassislar va ilgʻor xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishchi guruh tuzgan holda uran dioksidini ishlab chiqarish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov),

Sanoat xavfsizligi boʻyicha davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov),

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamahmudov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(B. Abdinazarov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Uran dioksidini ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor texnologiyalar joriy etgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini joyida tanishgan holda mahalliy mutaxassislar tomonidan oʻrganish.

2023-yil mart

3. Oʻrganishlar asosida respublikada uran dioksidini ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

4. Takliflar ijobiy hal boʻlganda, tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

24.

Texnik hamkorlik dasturi doirasida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlik qilish.

1. Maqsadli oʻqitish boʻyicha ehtiyojlarni shakllantirish (oʻqitish mavzulari va ishtirokchilar roʻyxati).

2023-yil yanvar

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov),

“Oʻzatom” agentligi (J. Mirzamaxmudov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldoshev),

tegishli vazirliklar va idoralar

2. Soʻrov tayyorlash va Xalqaro atom energiyasi agentligi kotibiyatiga yuborish.

2023-yil mart

3. Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelishish.

Kelishuvlar asosida

25.

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetida atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida taʼlim olib qaytgan yoshlarni “Navoiyuran” davlat korxonasiga ishga qabul qilish.

1. Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filialining davlat granti asosida oʻqigan bitiruvchilarining bilim malakasini saralashda ishtirok etish.

2. “Navoiyuran” davlat korxonasiga tegishli qismini ehtiyojdan kelib chiqib ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

2023-yildan boshlab

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamaxmudov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov)

26.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda uran, nodir, kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash uchun kadrlar tayyorlash hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shuningdek, sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, uran, nodir, kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash uchun kadrlar tayyorlash hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shuningdek, sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish dasturini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda:

uran, nodir va kamyob metallar sanoati hamda unga bogʻliq boʻlgan sohalar uchun muhandis, texnik va boshqa oʻrta boʻgʻin ishchi-xodimlarini tayyorlash boʻyicha professional taʼlim oʻquv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini kuchaytirgan holda takomillashtirish, sohalarda faoliyat yurituvchi tashkilotlar hamda taʼlim tashkilotlari oʻrtasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha dual taʼlimni joriy etishga doir hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim tashkilotlarida mos yoʻnalishlar boʻyicha kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini dual taʼlim tamoyili asosida ishlab chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil fevral

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(B. Abdinazarov),

“Navoiyuran” DK

(J. Hasanov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Dual taʼlim shakli joriy etiladigan professional taʼlim tashkilotlariga va dual taʼlim tamoyili asosida ishlab chiqarish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladigan oliy taʼlim tashkilotlariga taʼlim jarayonini tashkil etish.

Har yili, kelishilgan muddatlarda

27.

“Navoiyuran” davlat korxonasi tarkibidagi oʻquv markazi faoliyatini takomillashtirish.

Oʻquv markazi faoliyatini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan xalqaro standartlar (WORLDSKILLS) asosida kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash boʻyicha ishchi va oʻquv dasturlarini tayyorlash va tasdiqlash hamda oʻqituvchilar malakasini oshirish.

2023-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Husanov)

28.

Uran geologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim darajasini va koʻnikmalarini oshirish

1. Mahalliy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarni “Navoiyuran” DK ishlab chiqarish maydonlarida amaliy mashgʻulotlarni (On field training) tashkil etish.

2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy seminarlari va treninglarni tashkil qilish, mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalarida samarali oʻqitish va malakasini oshirish amaliyotini joriy etish.

har yili, jadvalga muvofiq

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlar universiteti

(M. Isoqov)

Fanlar akademiyasi

(B. Yoʻldoshev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vazirlar Mahkamasiga ushbu “Yoʻl xaritasi”ga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan ishlab chiqarishni keskin oshirish va transformatsiya dasturlarini jadallashtirish boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish hamda xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish boʻyicha

1.

2022 moliyaviy yilidan boshlab buxgalteriya hisobotini tayyorlashda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish choralarini koʻrish.

1. Korxonaning milliy standartlar asosida tayyorlangan barcha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartiga (IFRS) oʻtkazishga tayyorlash.

2022-yil avgust

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Korxona aktivlarini xalqaro standartlar asosida qayta baholashga tayyorlash boʻyicha har bir aktivning roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil noyabr

2.

Uran boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda, qazib olish va ishlab chiqarishda ekologik talablarni, atrof-muhitni muhofaza qilish, suvdan oqilona foydalanish jahon standartlariga mos mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash mexanizmini joriy etish ishlarini boshlash.

1. Uran ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ISO 14001:2015 “Ekologik menejmenti” va ISO 45001 “Myehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash” tizimlari talablarini toʻliq joriy etish va ISO sertifikatlarini olish boʻyicha ichki auditorlarni oʻqitish.

2022-yil avgust

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev)

2. Ichki hujjatlarni xalqaro standartga moslashtirish boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

3. Amaldagi davlat xaridlari qonunchiligiga muvofiq xalqaro tan olingan konsalting kompaniyalar bilan oʻqitish, joriy qilish va auditdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzolash.

2022-yil dekabr

4. Uzoq muddatli ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish siyosatini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash boʻyicha statistik maʼlumotlar yigʻish.

3.

Korxonaning xalqaro standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlariga xalqaro auditorlik korxonalarni jalb qilish.

1. “Katta toʻrtlik” (“Big Four”) xalqaro auditorlik kompaniyalarining biri bilan moliyaviy hisobotlar auditi boʻyicha shartnoma imzolash.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Auditorlik kompaniyasi soʻrovnomasi asosida tegishli maʼlumotlarni tayyorlash.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

4.

Korxonaning 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasini va operatsion samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish.

1. “McKinsey & Company” va “Boston Consulting Group” konsalting kompaniyalaridan birini tanlab olish va shartnoma imzolash.

2022-yil oktabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(B. Abdinazarov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

2. Konsalting kompaniyasi, shu bilan birga “Orano Mining” kompaniyasi ekspertlarini jalb qilgan holda, “Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyatini moliyaviy, texnik, yuridik va ishlab-chiqarish quvvatlarini kompleks oʻrganish oʻtkazish hamda rivojlanish strategiyasi, operatsion samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

5.

“Navoiyuran” davlat korxonasining zamonaviy tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish, lavozimlarni baholash tizimini joriy etish hamda xodimlar malakasini oshirish

1. “Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyatiga xorijiy ekspertlar jalb etiladigan rahbarlik lavozimlari, shu jumladan kuzatuv kengashi aʼzolari roʻyxatini shakllantirish.

2. Xorijiy nufuzli rekruting tashkilotini jalb qilgan xolda “Boshqaruv xodimlari qobiliyatini rivojlantirish” dasturini va korxonaning zamonaviy tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqqan holda lavozimlarni baholash tizimini (Grading System) joriy etish choralarini koʻrish.

3. “Boshqaruv xodimlari qobiliyatini rivojlantirish” dasturi doirasida korxona boshqaruvi xodimlarini hamda rahbarlarini kamida 30 foizini xorijiy davlatlarning sohada yuqori reytingga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida hamda yetakchi xalqaro kompaniyalarda malakasini oshirish oʻqishlar va oʻquvchilar roʻyxatini tayyorlash.

2022-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

6.

“Urankamyobmetgeologiya” AJ va “Oʻzbekgeofizika” AJ nosohaviy obyektlarini jamiyatlar aktivlaridan chiqarish.

1. “Urankamyobmetgeologiya” AJning Navoiy viloyati Uchquduq shahri Geologlar shaharchasi va Konimex tumani Koʻkcha MFYda joylashgan qozonxona, hammom va aholi maskanlari bilan bogʻliq infrastruktura tarmoqlari va boshqa mol-mulklarini hamda Toshkent shahri va Navoiy viloyatida geologiya sohasi xodimlariga berilgan uy-joylarni mazkur uy joylarda istiqomat qiluvchilarga xususiylashtirib berish sharti bilan mahalliy davlat hokimiyati tasarrufiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.

2022-yil noyabr

Navoiy viloyati hokimligi

(N. Tursunov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortikxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Uran boʻyicha “Urankamyobmetgeologiya” AJning operativ samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi qattiq foydali qazilmalar geologiya qidiruviga tegishli yoʻnalishlardagi nosohaviy obyektlarni:

a) Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Imom Al-Buxoriy koʻchasidagi umumiy yer maydoni 0,4 gektar boʻlgan maʼmuriy va ishlab chiqarish bino-inshootlarini Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi “Regionalgeologiya” DUKga operativ boshqaruv huquqi asosida;

b) Toshkent shahri, Olmazor tumani Shiroq koʻchasi 110-uydagi umumiy yer maydoni 1,46 gektar boʻlgan ishlab chiqarish bazasini hamda Navoiy viloyati, Konimex tumani Koʻkcha MFYda avtotransport garaj maydonida joylashgan namuna maydalash sexi va namuna dublikatlarini saqlash omborxonasini “Oʻzbekgeologiyaqidiruv” AJ ustav kapitaliga balans qiymatida oʻtkazilsin.

Bunda, ushbu obyektlar “Urankamyobmetgeologiya” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektlarning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirish hisobiga oʻtkaziladi.

2022-yil oktabr

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Regionalgeologiya” DUK

(A. Varisov),

“Oʻzbekgeologiyaqidiruv” AJ

(M. Ilxamov)

3. “Oʻzbekgeofizika” AJning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Klinik shifoxonasini oʻrnatilgan tartibda tegishli kompaniyalarni jalb etgan holda baholatish.

2022-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Moliya vazirligi

(O. Nasritdinxodjayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Oʻzbekgeofizika” AJ

(R. Yusupjonov)

4. “Oʻzbekgeofizika” AJning Klinik shifoxonasini oʻrnatilgan tartibda shaffof mexanizmlar orqali realizatsiya qilish va sotishdan tushgan mablagʻlarni jamiyatni transformatsiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirish.

7.

Korxonada davlat xaridlari jarayonini ochiq va shaffofligini oshirish.

1. Amaldagi xarid jarayoni holatini ichki tanqidiy oʻrganish va uning natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish.

2. Onlayn tanlovlar/tenderlar oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etish

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

8.

Korxona faoliyatida raqamli transformatsiya amalga oshirish.

1. Korxonada mavjud tizimlardan olinadigan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangi tizimga integratsiya qilish choralarni koʻrish.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Korxonaga IT yoʻnalishidagi xodimlarni yuqori malakali xodimlarni va raqamli transformatsiya boʻyicha tajribaga ega xorijiy va mahalliy korxonalarni oʻrnatilgan tartibda yollash.

2022-yil noyabr

II. Uran xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish masalalari boʻyicha

9.

2022-yilda, uran zaxirasini 5 350 tonnaga va resurslarni 12 500 tonnaga yetkazish.

1. Agron, Aulbek, Shimoliy Konimex, Shimoliy Bukinoy, Jengeldi, Janubiy Ingichka, Nurkon, Ziyokon, Koʻhnur, Arnasoy, Tuvaktov istiqbolli maydonlarda (14 ta) geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyihalarni tasdiqlash.

2022-yil noyabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Geologiya qidiruv ishlari jarayoniga supervayzer sifatida “Orano Mayning” kompaniyasi mutaxassislarini jalb qilish.

2022-yil noyabr

3. Yuqorida koʻrsatilgan 14 ta istiqbolli maydonlarda 713 ming m burgʻulash ishlarini amalga oshirish.

2022-yil dekabr

10.

Hozirda oʻzlashtirilayotgan konlarda hisoblangan uran zaxiralari va ularning bugungi kundagi holatini tahlil qilish choralarini koʻrish.

1. Qoʻshma ishchi guruh tuzish tarkibiga “Orano Mayning” ekspertlarini jalb qilishni taʼminlash.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

2. Qoʻshma ishchi guruh tomonidan geologik va qazib olish maʼlumotlarini tahlil qilish va natijasi boʻyicha konlardagi tasdiqlangan va qazib olinayotgan zaxiralar hajmlari boʻyicha tafovut va texnologik muammolar aniqlangan konlarni ajratish.

2022-yil oktabr

11.

Uranga kolonkali burgʻulash ishlari tezligini oshirish va namuna (kern) olish miqdorini 70 foizdan kam boʻlmagan miqdorda taʼminlash.

1. Amaldagi burgʻulash ishlari tezligi va namuna (kern) olish miqdorini tanqidiy oʻrganib chiqish va unga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlashtirish.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

2. Tahlil asosida burgʻulash ishlari tezligi oshirishga va namuna (kern) olish miqdorini loyihaviy miqdorda taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, uskunalar parkini modernizatsiya qilish ishlari bilan parallel ravishda burgʻulovchi kadrlar malakasini oshirish, kerak boʻlgan materiallar bilan oʻz vaqtida taʼminlash choralarini eʼtiborga olish.

2022-yil oktabr

3. Tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil dekabr

12.

Uran namunalari (kernlar) saqlash omborxonalarini takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

1. Mavjud uran namunalari (kernlar) saqlash omborxonalarini oʻrganib chiqish va bajarilishi kerak boʻlgan qayta qurish va rekonstruksiya qilish ishlari hajmini belgilash.

2. Yangi quriladigan uran namunalari omborlarini loyihalash.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

13.

Noanʼanaviy turdagi “qora slanetsli”, “paleoruslo”, “gidrotermal” va boshqa istiqbolli hududlarni ajratishga yoʻnaltirilgan mavzuviy ishlarni keskin koʻpaytirish choralarini koʻrish.

1. “Navoiyuran” davlat korxonasida uran, nodir va kamyob metallar geologiyasi mavzuviy ishlarini oʻrganish boʻyicha Ilmiy-texnik kengash tashkil etish va unda sohaga aloqador olimlar va malakali mutaxassislar ishtirokida respublika hududining oʻrganilganligi, olingan natijalar va geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, mumkin boʻlgan hududlar va yoʻnalishlarini belgilash. Bunda:

qumtoshli turdagi uran maʼdan hududlarida:

Ziyavutdin-Zirabuloq (Samarqand viloyati), Bukantov-Tomditov, Quljuqtov, Beltov-Auminzov, Nurota (Navoiy viloyati);

gidrotermal va qora slanetsli uran maʼdan hududlarida:

Ziyavutdin-Zirabuloq (Samarqand viloyati), Bukantov-Tomditov, Beltov-Auminzov, Nurota (Navoiy viloyati), Chotqol-Qurama (Toshkent va Namangan viloyatlari);

paleoruslo turdagi uran maʼdan hududlarida:

Ziyavutdin-Zirabuloq (Samarqand viloyati), Bukantov-Tomditov (Navoiy viloyati) mavzuviy bashorat ishlarni olib borish.

2022-yil oktabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Ilmiy-texnik kengashda tavsiya etilgan yoʻnalishlar boʻyicha prognoz tematik ishlar roʻyxatini shakllantirish va ularni 2023-yilgi mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturiga kiritish.

2022-yil dekabr

14.

Istiqbolli maydonlarda aniqlangan va hisoblangan uran zaxiralarini tajriba-texnologik darajada ajratib olishni oʻrganish.

1. Razvedka qilingan va qilinayotgan konlar boʻyicha geologik natijalar va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganib chiqish hamda natijasi boʻyicha, kerak boʻlganda, ularga tajriba-texnologik ishlarni kiritish.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Rejalashtirilgan konlarda tajriba-texnologik ishlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.

2022-yil dekabr

15.

“Qora slanetsli” turidagi uran konlarining kelajakda oʻzlashtirish choralarini koʻrish.

1. Bugungi kungacha aniqlangan “qora slanetsli” turidagi uran konlari geologiyasi va ularda oʻtkazilgan tajriba-texnologik tadqiqotlar boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. “Navoiyuran” DK Ilmiy-texnik kengashida sohaga aloqador olimlar va malakali mutaxassislar (kerak boʻlganda chet ellik mutaxassislar) ishtirokida “qora slanetsli” turidagi uran konlarining kelajakda oʻzlashtirish masalasini muhokama qilish hamda qazib olish xarajatlarini kamaytiradigan va uran va boshqa yoʻldosh metallarni ajratib olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha tajriba-texnologik tadqiqotlarni davom ettirish yoʻnalishlari va konlarini belgilash.

2022-yil dekabr

16.

Uran zaxiralari hisobotlarini xalqaro standartlariga muvofiq baholash ishlarini tashkillashtirish.

1. Uran zaxiralari hisoboti xalqaro standartlariga muvofiq baholanadigan konlar roʻyxati va reja-jadvalini tasdiqlash, mazkur konlar boʻyicha talab etiladigan birlamchi hujjatlar toʻplamini tayyorlash.

2022-yil noyabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

2. Har bir uran zaxiralar konlari va maydonlari maʼlumotlari profillarini tayyorlash.

2022-yil dekabr

III. Uran qazib olish va chuqur qayta ishlash jarayoni samaradorligini oshirish

17.

Uran qazib olish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy mamlakatlardagi ilgʻor kompaniyalar tajribasini oʻrganishni tashkil etish.

1. Uran geologiyasi, qazib olish va chuqur qayta ishlashda koʻp yillik va ilgʻor tajribaga ega boʻlgan Yaponiyaning “Itochu” va “Jogmeg”, Fransiyaning “Orano Mayning”, Qozogʻistonning “Kazatomprom” va boshqa xorijiy kompaniyalar va Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2. Uran qazib olish sohasida xorijiy korxonalar bilan hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolash.

2022-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy ?adqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov),

Sanoat xavfsizligi boʻyicha davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov),

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamahmudov)

18.

“Qumtoshli” turidagi uran konlarini oʻzlashtirishda yoʻldosh foydali komponentlarni (lantanoidlar) ajratib olish istiqbollarini oʻrganishni boshlash.

1. “Navoiyuran” davlat korxonasi, Geologiya fanlari universiteti, Fanlar akademiyasi va boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ilgʻor xorijiy kompaniyalar mutaxassislarni jalb etgan holda uran konlarini oʻzlashtirishda yoʻldosh komponentlarni ajratib olish istiqbollarini oʻrganib chiqish va kompleks qazib olishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2022-yil iyul

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Ishchi guruh ishlash reglamenti va ish rejalarini tasdiqlash.

2022-yil avgust

19.

2022-yil yilda “Navoiyuran” davlat korxonasida amalga oshiriladigan choralar va samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarish.

1. Mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash:

9 oylik yakuni bilan 2 658 tonnaga;

joriy yil yakuni bilan 3 556 tonnaga yetkazish.

2. Tarkibida uran mavjud boʻlgan qorishmalarni qayta ishlash koʻrsatkichlarini toʻliq bajarish:

9 oylikda 0,6 mln p. m va 168 mln m3;

joriy yil yakuni bilan 1,2 mln p. m burgʻulash va 220 mln m3.

3. Investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish:

9 oylik yakuni bilan 21,6 mln doll;

joriy yil yakuni bilan 32,3 mln doll.

4. Mahsulot eksport prognozini bajarish:

9 oylik yakuni bilan 103 foizga;

joriy yil yakuni bilan 104 foizga.

5. Mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish:

9 oylik yakuni bilan 64 mlrd soʻmga;

joriy yil yakuni bilan 97,2 mlrd soʻmga.

2022-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov)

20.

Mavjud uran konlari boʻyicha zaxiralarni qazib olishga tayyorlash maqsadida tajriba-sanoat texnologik ishlarini boshlash.

1. Amaldagi hisobga olingan konlar boʻyicha geologik maʼlumotlarni tahlil qilish hamda natijasi boʻyicha tajriba-sanoat texnologik ishlar oʻtkaziladigan uchastkalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Tajriba-sanoat texnologik ishlar maydonlar boʻyicha reja-jadvalini tasdiqlash.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov)

21.

Ishqorlash usulida oʻzlashtirilayotgan konlarda uranni rudadan ajratib olish darajasini 70 foizdan oshirishni taʼminlash.

1. Xorijiy konsalting korxonalari xulosalari asosida tegishli konlarda va uchastkalarda uranni rudadan ajratib olish darajasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish choralarini koʻrish.

2. Tizimli ravishda har bir qazib olish uchastkasi boʻyicha uranni ajratib olish darajasini oshirish masalalarini muhokama qilish va tezkor choralar koʻrib borish.

2022-yil sentabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(A. Kadirxodjayev)

IV. Uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash sohasida ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kengaytirish hamda yangi darajadagi kadrlar tayyorlash boʻyicha

22.

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetida atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida taʼlim olib qaytgan yoshlarni korxonaga ishga qabul qilish choralarini koʻrish.

1. “Oʻzatom” agentligi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti va ushbu universitetda tahsil olayotgan mahalliy talabalar oʻrtasida imzolangan shartnomalarga muvofiq bitiruvchilarni “Navoiyuran” davlat korxonasiga ishga taqsimlashda ishtirok etish.

2. Ishga qabul qilinadigan boʻsh ish oʻrinlari roʻyxatini korxona boʻlinmalari kesimida shakllantirish.

2022-yil avgust

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamaxmudov),

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov)

23.

“Navoiyuran” davlat korxonasi tarkibidagi oʻquv markazi faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. Oʻquv markaz faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlash.

2. Oʻquv markazini takomillashtirish boʻyicha ajratiladigan mablagʻlarning manzilli roʻyxatini tuzish.

2022-yil avgust

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Husanov)

24.

Uran geologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim darajasini va koʻnikmalarini takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. Uran geologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish kurslari dasturlari va jadvallarini shakllantirish.

2022-yil avgust

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlar universiteti

(M. Isoqov)

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

2. Xodimlar malakasini oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy muassasalari bilan shartnomalar tuzish.

2022-yil dekabr

25.

Respublika hududida uranni chuqur qayta ishlash keyingi texnologik bosqichlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiyani ishlab chiqish.

1. Mahalliy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, yetuk mutaxassislar va ilgʻor xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishchi guruh tuzgan holda uran dioksidini ishlab chiqarish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish.

2022-yil oktabr

“Navoiyuran” DK

(J. Xasanov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

(Sh. Abdukamilov),

Sanoat xavfsizligi boʻyicha davlat qoʻmitasi

(B. Gulyamov)

2. Oʻrganilgan tajribalar asosida uranni chuqur qayta ishlash keyingi texnologik bosqichlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiyani ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.

2022-yil dekabr

26.

Respublikaning ixtisosligi mos yetakchi oliy taʼlim muassasalari va xorijiy fili?llar negizida uran geologiyasi, qazib olish, qayta ishlash va qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani hamda respublikada uran geologiyasi, qazib olish va qayta ishlash sohasidagi istiqbolli loyihalarni inobatga olgan holda qisqa va uzoq muddatli davrda kadrlarga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish.

2022-yil dekabr

“Navoiyuran” DK

(J. Hasanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(B. Abdinazarov)

2. Kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Filialda yadro yoqilgʻi sikli materiallari kimyo texnologiyasi, materialshunoslik, dozimetriya va uran xom ashyosini qayta ishlash sohasi ehtiyoji uchun oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochish masalasi boʻyicha Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti, Sankt-Peterburg konchilik universiteti va boshqa xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

“Oʻzatom” agentligi

(J. Mirzamahmudov),

“Navoiyuran” DK

(J. Hasanov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vazirlar Mahkamasiga ushbu “Chora-tadbirlar rejasi”ga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2030-yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasining uran qazib olish va qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asosiy kimyoviy va boshqa xom ashyo mahsulotlarga boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulotlar nomi

Oʻlchov birligi

Prognoz koʻrsatkichlari

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Sulfat kislotasi

ming tonna

587

659

798

915

1 194

1 320

1 435

1 530

1 687

2.

Nitrat kislotasi

ming tonna

7,3

7,5

7,8

8,7

10,5

11,3

12,3

13,3

14,5

3.

Ammiakli suv

ming tonna

19,2

19,8

20,6

22,7

27,3

29,4

32,0

34,6

37,7

4.

Ammiak selitrasi

ming tonna

17,8

18,3

19,0

21,0

25,5

27,5

30,0

32,5

35,5

5.

Texnik oltingugurt

ming tonna

194

217

263

302

394

436

473

505

557

6.

Polietilen granulasi

tonna

505

539

561

664

964

1 003

1 025

1 037

1 098

7.

PVX granulasi

ming tonna

5,7

5,9

6,7

7,2

8,9

10,0

10,0

11,6

12,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari, shuningdek uran zaxiralarini, ularni qazib olishni va qayta ishlashni koʻpaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi, Ishchi guruhi rahbari

2.

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masallari Departamenti boshligʻi, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

O.Z. Nasritdinxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

B.K. Abdinazarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

5.

A.J. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

6.

Sh.P. Alimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

O.F. Ravshanov

“Navoiy KMK” AJ bosh muhandisi

8.

J.T. Xasanov

“Navoiyuran” DK bosh direktori

9.

A.U. Mirzayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruhi tarkibiga ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 07/22/319/0641-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)