Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
SQ-576-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 8-iyuldagi SQ-576-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 2178-IV/KQ-356-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi xodimlarini moddiy va ijtimoiy jihatdan qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida”gi 2179-IV/KQ-357-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar va Senat devoni xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-362-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 2219-IV/KQ-368-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 22-iyundagi “Xorijga chiqish biometrik pasportlari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi KQ-373-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-iyundagi “L.N. Murotovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-376-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi “Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi KQ-377-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-iyuldagi “Xorijiy mamlakatlarga shaxsiy masalalar boʻyicha chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi KQ-379-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalari (komissiyasi)ning 2022-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalari toʻgʻrisida”gi KQ-382-IV-sonli qarori.