18.06.2022 yildagi 2219-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 18.06.2022 yildagi 2219-IV-son
Кучга кириш санаси
18.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy komissiya deb yuritiladi) raisi A. Saidovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, oʻtgan qisqa davrda mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish borasida barcha tashkiliy-huquqiy choralar koʻrilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan Konstitutsiyaviy komissiya toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan, Konstitutsiyaviy komissiyaning Yigʻma axborot-tahlil guruhi va Matbuot xizmati faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy komissiya nizom asosida faoliyatini olib borib, tashkiliy ishlarning va belgilab olingan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida oʻzining ish rejasini ishlab chiqib, aʼzolar oʻrtasida vazifalar taqsimlab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish, saralash, tasniflash va umumlashtirish, takliflarning yagona bazasini shakllantirish maqsadida Takliflar bilan ishlash guruhi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan takliflarni olish, umumlashtirish va ularga javob qaytarish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ishlab chiqilib, u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy komissiya ishi samaradorligini taʼminlash maqsadida uning faoliyatiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, shuningdek soha ekspertlari jalb etilib, ilgʻor xorijiy davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasi chuqur va har tomonlama oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi fikrlari va takliflarini uzviy va oʻz vaqtida qabul qilishning, umumlashtirishning, ularga javob qaytarishning aniq mexanizmlari joriy qilinib, “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, 1341 qisqa raqamli koll-markazi, pochta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, “Telegram” messenjeridagi maxsus bot orqali takliflarni qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolar qabulxonasi binosida maxsus xona ajratilib, fuqarolar oʻz takliflarini Konstitutsiyaviy komissiyaga bevosita taqdim etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha aholi, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan jami 40 139 ta taklif bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularda “inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, oila institutini rivojlantirish, boy tarixiy va madaniy merosimizni saqlash, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining barcha qatlamlaridan kelib tushgan fikr-mulohaza va takliflarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda tahlil qilish maqsadida Konstitutsiyaviy komissiyaning 4 ta yigʻilishi oʻtkazilgan. Ularda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taqdim etilgan takliflar moddama-modda muhokama qilinib, maʼqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keng jamoatchilikdan kelib tushgan takliflar mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, har tomonlama koʻrib chiqilib, yakuniy takliflar shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar tahlili xalqimizning mamlakatda boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlishga intilayotganligini va konstitutsiyaviy islohotlarni har tomonlama, yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda ishlab chiqilgan Media-reja asosida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 2 ta brifing va 1 ta matbuot anjumani oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy komissiyaning oʻtgan davrdagi faoliyati ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻida jami 9 576-marta yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari, deputatlar va senatorlar tomonidan hududlarda qator uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday uchrashuvlar davomida konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati fuqarolarga yetkazilib, Konstitutsiyaviy komissiyaga takliflarni yuborish mexanizmlari tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan takliflar kelayotganligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyatini davom ettirishi, tayyorlangan yakuniy takliflar asosida Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari boʻlgan bir guruh deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqib, qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishi maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi A. Saidovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari va takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha ishlab chiqilib, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan takliflar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash va uni qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish borasida ishlar olib borilayotganligi qayd etib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konstitutsiyaviy komissiya va uning huzuridagi Yigʻma axborot-tahlil guruhi, Takliflar bilan ishlash guruhi, Matbuot xizmati oʻz faoliyatlarini davom ettirib, fuqarolardan kelayotgan takliflarni umumlashtirib borsin va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2219-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. SAFOYEV

KQ-368-IV-son