Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-mayda qabul qilingan “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qoʻshma qarorining 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 47-band bilan toʻldirilsin:
|
“47. |
Rustambayev Mirzayusup Xakimovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining boshligʻi” |
2. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-may,
2178-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 31-may,
KQ-356-IV-son