Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-may,
138-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qaroriga 1-bandidan “Zamin” banki: Asqarov M.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. “Ipoteka” — bank”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 1-ilovada “Hamidov B.S. — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boshqaruvi raisi” soʻzlari “Shorahbarov R.Q. — “Ipoteka” — bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) 1-ilovaning 4-bandida “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” soʻzi “Ipoteka” — bank” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi 774-son Farmonini amalda roʻyobga chiqarish masalalari haqida” 1994-yil 31-martdagi 175-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy-qurish kooperativlariga devorbop materiallarni imtiyozli narxlarda sotish tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 7-apreldagi 191-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat- aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 350-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” davlat-aksionerlik uy-joy-jamgʻarma bankini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 8-fevraldagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 2-son, 5-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” davlat-aksionerlik uy-joy-jamgʻarma bankini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 8-fevraldagi 52-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1997-yil 19-fevraldagi 90-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy qurilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 22-iyuldagi 366-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat-aksiyadorlik ipoteka bankining ipoteka krediti berish imkoniyatlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 4-dekabrdagi 536-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-iyundagi 244-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-iyuldagi 312-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 28-modda) ilovaning 3-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 145-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2001-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilovaning II boʻlimi 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 6-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-fevraldagi 89-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 159-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)