Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURUVChILARGA VA UY-JOY QURISh KOOPERATIVLARIGA DEVORBOP MATERIALLARNI IMTIYOZLI NARXLARDA SOTISh TARTIBI TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi Farmonining 9-bandiga, Vazirlar Mahkamasining ushbu masalalar boʻyicha 1994-yil 31-martdagi 175-son qarorining 11-bandiga muvofiq hamda yakka tartibda va kooperativ uy-joy qurishni yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yilning aprelidan boshlab devorbop materiallar yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli, amaldagidan oʻrtacha 30 foizga kamaytirilgan narxlarda sotiladi.
Belgilansinki, devorbop materiallarni yakka tartibda uy-joy quruvchilarga hamda uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narxlarda sotish hokimliklarning qarorlari va yakka tartibda hamda kooperativ uy-joy qurishni muvofiqlashtiruvchi xoʻjalik hisobidagi hududiy boshqarmalarning loyiha va shartnomalar boʻyicha devorbop materiallarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni tasdiqlaydigan maʼlumotnomalari asosida amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilning aprelidan boshlab, devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga devorbop materiallarni mazkur qarorning 1-bandiga binoan sotish bilan bogʻliq chiqimlarini respublika budjetidan qoplasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni va boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan chiqimlarni toʻlashning Vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 7-aprel,
191-son