13.04.2000 yildagi 145-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2005
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tugatish to‘g‘risida” 2000-yil 11-apreldagi PF-2572-son Farmoniga muvofiq hamda Toshkent shahri qurilish tashkilotlarining bozor sharoitlarida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ularning mustaqilligini kengaytirish va qurilish xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tugatish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan tugatilayotgan korporatsiya tarkibidagi pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat va Transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxslar hisoblanishi amal qilish uchun qabul qilinsin hamda pudrat ishlarini va boshqa ishlarni amalga oshirish yuzasidan tenderlarda mustaqil ravishda qatnashishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 55-modda)
8. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-yanvardagi PF-1366-son Farmonining 3-bandini so‘zsiz bajarish maqsadida sertifikat uy-joylarning foydalanishga tayyor holda qurilishini Toshkent shahrini rivojlantirishning shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat tashkilotlari o‘rtasida faqat tender (tanlov) asosida amalga oshirsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.