Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining
qarori
Dehqonobod tuman hokimining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy tusdagi ayrim qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmonida qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini koʻrish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Dehqonobod tuman hokimi tomonidan qabul qilingan eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarori ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Axborot xizmati (O. Qoʻldashov) mazkur qarorning rasmiy eʼlon qilinishini va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin kuchga kirishi belgilansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimning birinchi oʻrinbosari U. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Z. ALIQULOV
Dehqonobod t.,
2022-yil 30-iyun,
245-4-57-Q/22-son
Dehqonobod tuman hokimining 2022-yil 30-iyundagi 245-4-57-Q/22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dehqonobod tuman hokimining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Dehqonobod tuman hokimining “Dehqonobod tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 26-avgustdagi X-1961/08-son qarori.