30.06.2022 yildagi PQ-301-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston koʻchasi yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrini Toshkent viloyati bilan bogʻlovchi Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari hududidan oʻtuvchi yangidan qurib bitkazilgan Yangi Oʻzbekiston koʻchasida ilgʻor xorijiy arxitekturadan foydalangan holda, milliy dizaynga uygʻun va hamnafas boʻlgan zamonaviy xizmat koʻrsatish, savdo va koʻngilochar obyektlar hamda yangi koʻp qavatli turarjoy massivlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qaroriga muvofiq hamda Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi mamlakatimiz poytaxtiga kirib kelishda yangi arxitektura yechimlarini yaratish, aholi uchun sayr qilish va hordiq chiqarishga moʻljallangan barcha xizmatlarni oʻzida mujassam etuvchi yangi turarjoy massivlari qurilishini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi va Transport vazirligining Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazini tashkil etish hamda uning hududida xizmat koʻrsatish va servis obyektlari, savdo va koʻngilochar majmualar, sayilgohlar hamda koʻp qavatli turarjoylarni (keyingi oʻrinlarda — loyiha obyektlari) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazini tashkil etish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan ilovaga muvofiq tanlangan jami 241,93 gektar, shundan 198,12 gektar sugʻoriladigan yer maydonining yer fondi toifasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining shahar va posyolkalar qurilishi yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur qarorga asosan davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan “Avtomobil yoʻli boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish direksiyasi” “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) deb qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi hamda unga mazkur qarorlarda nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq olinishi sababli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari mazkur yer uchastkalari sotilgandan soʻng 2025-yildan boshlab ikki yil davomida teng ulushlarda Direksiya tomonidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan Direksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra, unga loyiha obyektlari hududigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish hamda zarur infratuzilmani yaratish ishlari uchun mablagʻlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya faoliyati yakunida uning tasarrufida qoladigan mablagʻlar respublika va mahalliy budjetlarga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha obyektlari hududigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish, koʻchirish hamda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Direksiya mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini qurish va koʻchirish ishlari — tegishlicha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi tashkilotlar buyurtmachiligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va ochiq kollektorlarni yopiq tarmoqqa oʻtkazish yoki koʻchirish ishlari — Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar buyurtmachiligida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aloqa tarmoqlarini qurish va koʻchirish ishlari — “Oʻzbektelekom” AK buyurtmachiligida oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimi, aloqa tarmoqlarini qurish hamda irrigatsiya va ochiq kollektorlarni yopiq tarmoqqa oʻtkazish yoki koʻchirish ishlari boʻyicha (qurilishi amalga oshirilayotgan obyektlar bundan mustasno) bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari buyurtmachilar tomonidan xarid qilish tartib-taomillariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazi hududida barpo etiladigan loyiha obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida yangi podstansiya qurish uchun “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJga (koʻpaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamagan holda ijara toʻlovining eng kam stavkasida) ijaraga berish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida zarur yer uchastkasini ajratish masalasini Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJga yangi podstansiya qurish ishlarini moliyalashtirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq ikki yil muddatda qaytarish sharti bilan foizsiz qarz ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻyidagi aeroportga tutash va uning muhofaza hududida joylashgan yer uchastkalarida loyiha obyektlarini barpo etishda aviatsiya sohasida xalqaro belgilangan talablar va normalarning inobatga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha obyektlari qurilishi moʻljallangan hududdagi mavjud koʻp yillik daraxtlarga shikast yetkazmasdan boshqa joyga koʻchirib oʻtkazsin hamda ularni kelgusida saqlab qolish uchun zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirsin va parvarishlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurilish vazirligi loyiha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilishi, sohaga oid talablar asosida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh prokuratura “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali investorlarga oshkora va shaffof tarzda sotish, yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan oqilona, tejamkor va samarali foydalanishda qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-301-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-iyundagi PQ-301-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan tanlangan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar nomi

Kontur raqami

Jami yer

uchastkasi

(gektar)

shundan:

Tuproq ball boniteti

Yerdan foydalanish huquqi turi

sugʻoriladigan yerlar

boshqa yerlar

1.

Mirzo Ulugʻbek tumani

“Tuzel Zaxidov Anvar Fayz” FX

5366, 5367

4,2

4

0,2

72,0

Ijara

“Suvonqulova Gulnoza” MCHJ

5333,5334k

1,65

1,65

72,0

Ijara

“Indigo Jonibek” XK

5327

1,66

1,66

72,0

Ijara

“Nolis Agro” MCHJ

5279k, 5279k

2,56

2

0,56

72,0

Ijara

“Kamol Xamza” MCHJ

5279k

2,48

2,4

0,08

72,0

Ijara

“Shoh Sultonxon” FX

5301k, 5301k

2,6

2,53

0,07

68,8

Ijara

“Mirzajalil Jaxon Bogi” FX

5126

10,71

10,28

0,43

68,8

Ijara

“Visit Central Asia” MCHJ

5056, 5057

11,49

9,63

1,86

68,8

Ijara

“Qibray-Agro Goodwill” MCHJ

5276k

8,21

7,08

1,13

68,8

Ijara

“Tuzel-Gulzor Agro” FX

5331k

2,59

1,04

1,55

68,8

Ijara

“Ziyo Samar Baraka” MCHJ

5276k, 5278

5,46

4,41

1,05

68,8

Ijara

“Ansor Invest” MCHJ

5276k

2,09

1,7

0,39

68,8

Ijara

Fuqaro Aliyeva Azad Rixsiyevna

5179, 5182k

6,09

5,4

0,69

Ijara

Zaxira yerlari

5197, 5303, 5266, 5302, 5059, 5286k, 5182k, 5181, 5362

28,95

22,89

6,06

68,8

JAMI

29

90,74

76,67

14,07

x

2.

Yashnobod tumani

“Musamuhammedov-Fayzullayev Agro” FX

5236

8,7

8,7

68,8

Ijara

“Jamol Ziyoviddin” FX

5248k

7

7

68,8

Ijara

“Jamol Ziyoviddin” FX

5249k

4,78

4,6

0,18

68,8

Ijara

“Saidali Oʼgʼli Turgʼunxoji” FX

5249k

4,2

4,2

68,8

Ijara

“Tuzel-Anvarxon Ota” FX

5373, 5375

9,26

8,6

0,66

72,0

Ijara

“Vaxobov Bobur Alisherovich” FX

5374

1,54

1

0,54

72,0

Ijara

“O'tkir” FX

5200k

7,06

7,06

68,8

Ijara

Zaxira yerlari

5369, 5295k, 5199k, 5200k, 5200k

23,98

23,98

68,8

Ijara

JAMI

13

66,52

41,16

25,36

x

3.

Yuqori Chirchiq tumani

“Tursunmurotova Odina Mevasi” FX

597k

6,91

6,8

0,11

62,0

Ijara

“Future Gardener” MCHJ

591k

9,63

9,11

0,52

64,1

Ijara

“Toshkent bogʼrogʼlari” MCHJ

592k, 591k, 632t

38,09

36,57

1,52

52,5

Ijara

“Marka Agro Invest” MCHJ

597k, 625k

8,36

7,99

0,37

62,0

Ijara

“Serfayz-Eco-Agro” FX

627k, 625k, 597k

13,84

12,72

1,12

41,0

Ijara

“Mirzajalil Chorva” FX

606k

7,84

7,1

0,74

54,0

Ijara

JAMI

11

84,67

80,29

4,38

x

HAMMASI

53

241,93

198,12

43,81

x

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovada keltirilgan yer uchastkalari egalari (foydalanuvchilari) va yer oʻlchamlariga kadastr hujjatlari hamda hududning batafsil rejalashtirish loyihasi asosida aniqlik kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/301/0581-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)