30.06.2022 yildagi PQ-301-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrini Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi yangidan qurib bitkazilgan Yangi O‘zbekiston ko‘chasida ilg‘or xorijiy arxitekturadan foydalangan holda, milliy dizaynga uyg‘un va hamnafas bo‘lgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish, savdo va ko‘ngilochar obyektlar hamda yangi ko‘p qavatli turarjoy massivlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-son qaroriga muvofiq hamda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi mamlakatimiz poytaxtiga kirib kelishda yangi arxitektura yechimlarini yaratish, aholi uchun sayr qilish va hordiq chiqarishga mo‘ljallangan barcha xizmatlarni o‘zida mujassam etuvchi yangi turarjoy massivlari qurilishini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi va Transport vazirligining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazini tashkil etish hamda uning hududida xizmat ko‘rsatish va servis obyektlari, savdo va ko‘ngilochar majmualar, sayilgohlar hamda ko‘p qavatli turarjoylarni (keyingi o‘rinlarda — loyiha obyektlari) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazini tashkil etish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan ilovaga muvofiq tanlangan jami 241,93 gektar, shundan 198,12 gektar sug‘oriladigan yer maydonining yer fondi toifasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining shahar va posyolkalar qurilishi yerlari toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur qarorga asosan davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan “Avtomobil yo‘li bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish direksiyasi” “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) deb qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi hamda unga mazkur qarorlarda nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng, to‘liqligicha Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bunda:
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tartib auksion orqali oldin sotilgan va sotilishidan tushgan mablag‘lar Direksiyaga o‘tkazilishi belgilangan yer uchastkalariga ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Jamg‘armaga o‘tkazilgan mablag‘lar Direksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va yaxshilash, Direksiyani saqlash va kompensatsiya to‘lovlari uchun Direksiyaga hamda qonunchilikda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;
(3-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-363-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq olinishi sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari mazkur yer uchastkalari sotilgandan so‘ng 2025-yildan boshlab ikki yil davomida teng ulushlarda Direksiya tomonidan to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan Direksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, unga loyiha obyektlari hududigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish hamda zarur infratuzilmani yaratish ishlari uchun mablag‘lar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-363-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha obyektlari hududigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish, ko‘chirish hamda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Direksiya mablag‘lari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini qurish va ko‘chirish ishlari — tegishlicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ tarkibidagi tashkilotlar buyurtmachiligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va ochiq kollektorlarni yopiq tarmoqqa o‘tkazish yoki ko‘chirish ishlari — Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar buyurtmachiligida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aloqa tarmoqlarini qurish va ko‘chirish ishlari — “O‘zbektelekom” AK buyurtmachiligida o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimi, aloqa tarmoqlarini qurish hamda irrigatsiya va ochiq kollektorlarni yopiq tarmoqqa o‘tkazish yoki ko‘chirish ishlari bo‘yicha (qurilishi amalga oshirilayotgan obyektlar bundan mustasno) bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari buyurtmachilar tomonidan xarid qilish tartib-taomillariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazi hududida barpo etiladigan loyiha obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi podstansiya qurish uchun “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJga (ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda ijara to‘lovining eng kam stavkasida) ijaraga berish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida zarur yer uchastkasini ajratish masalasini Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJga yangi podstansiya qurish ishlarini moliyalashtirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq ikki yil muddatda qaytarish sharti bilan foizsiz qarz ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘yidagi aeroportga tutash va uning muhofaza hududida joylashgan yer uchastkalarida loyiha obyektlarini barpo etishda aviatsiya sohasida xalqaro belgilangan talablar va normalarning inobatga olinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda loyiha obyektlari qurilishi mo‘ljallangan hududdagi mavjud ko‘p yillik daraxtlarga shikast yetkazmasdan boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazsin hamda ularni kelgusida saqlab qolish uchun zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirsin va parvarishlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurilish vazirligi loyiha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilishi, sohaga oid talablar asosida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh prokuratura “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazi hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali investorlarga oshkora va shaffof tarzda sotish, yo‘naltiriladigan mablag‘lardan oqilona, tejamkor va samarali foydalanishda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-301-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-iyundagi PQ-301-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan tanlangan yer fondi toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar nomi

Kontur raqami

Jami yer

uchastkasi

(gektar)

shundan:

Tuproq ball boniteti

Yerdan foydalanish huquqi turi

sug‘oriladigan yerlar

boshqa yerlar

1.

Mirzo Ulug‘bek tumani

“Tuzel Zaxidov Anvar Fayz” FX

5366, 5367

4,2

4

0,2

72,0

Ijara

“Suvonqulova Gulnoza” MCHJ

5333,5334k

1,65

1,65

72,0

Ijara

“Indigo Jonibek” XK

5327

1,66

1,66

72,0

Ijara

“Nolis Agro” MCHJ

5279k, 5279k

2,56

2

0,56

72,0

Ijara

“Kamol Xamza” MCHJ

5279k

2,48

2,4

0,08

72,0

Ijara

“Shoh Sultonxon” FX

5301k, 5301k

2,6

2,53

0,07

68,8

Ijara

“Mirzajalil Jaxon Bogi” FX

5126

10,71

10,28

0,43

68,8

Ijara

“Visit Central Asia” MCHJ

5056, 5057

11,49

9,63

1,86

68,8

Ijara

“Qibray-Agro Goodwill” MCHJ

5276k

8,21

7,08

1,13

68,8

Ijara

“Tuzel-Gulzor Agro” FX

5331k

2,59

1,04

1,55

68,8

Ijara

“Ziyo Samar Baraka” MCHJ

5276k, 5278

5,46

4,41

1,05

68,8

Ijara

“Ansor Invest” MCHJ

5276k

2,09

1,7

0,39

68,8

Ijara

Fuqaro Aliyeva Azad Rixsiyevna

5179, 5182k

6,09

5,4

0,69

Ijara

Zaxira yerlari

5197, 5303, 5266, 5302, 5059, 5286k, 5182k, 5181, 5362

28,95

22,89

6,06

68,8

JAMI

29

90,74

76,67

14,07

x

2.

Yashnobod tumani

“Musamuhammedov-Fayzullayev Agro” FX

5236

8,7

8,7

68,8

Ijara

“Jamol Ziyoviddin” FX

5248k

7

7

68,8

Ijara

“Jamol Ziyoviddin” FX

5249k

4,78

4,6

0,18

68,8

Ijara

“Saidali O’g’li Turg’unxoji” FX

5249k

4,2

4,2

68,8

Ijara

“Tuzel-Anvarxon Ota” FX

5373, 5375

9,26

8,6

0,66

72,0

Ijara

“Vaxobov Bobur Alisherovich” FX

5374

1,54

1

0,54

72,0

Ijara

“O'tkir” FX

5200k

7,06

7,06

68,8

Ijara

Zaxira yerlari

5369, 5295k, 5199k, 5200k, 5200k

23,98

23,98

68,8

Ijara

JAMI

13

66,52

41,16

25,36

x

3.

Yuqori Chirchiq tumani

“Tursunmurotova Odina Mevasi” FX

597k

6,91

6,8

0,11

62,0

Ijara

“Future Gardener” MCHJ

591k

9,63

9,11

0,52

64,1

Ijara

“Toshkent bog’rog’lari” MCHJ

592k, 591k, 632t

38,09

36,57

1,52

52,5

Ijara

“Marka Agro Invest” MCHJ

597k, 625k

8,36

7,99

0,37

62,0

Ijara

“Serfayz-Eco-Agro” FX

627k, 625k, 597k

13,84

12,72

1,12

41,0

Ijara

“Mirzajalil Chorva” FX

606k

7,84

7,1

0,74

54,0

Ijara

JAMI

11

84,67

80,29

4,38

x

HAMMASI

53

241,93

198,12

43,81

x

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovada keltirilgan yer uchastkalari egalari (foydalanuvchilari) va yer o‘lchamlariga kadastr hujjatlari hamda hududning batafsil rejalashtirish loyihasi asosida aniqlik kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/301/0581-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)