05.06.2019 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tegishli tumanlar va shaharlarda tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyalari tashkil qilinishini va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari (keyingi o‘rinlarda “Business city” markazlari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazi — tuman va shahar markazlarining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turizm yo‘nalishlarida zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori asosida chegaralari aniq belgilangan holda tashkil etiladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazi konsepsiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan “Business city” markazining batafsil qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi bosh rejasi va asosiy ko‘rsatkichlari aniq yoritilgan ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya — buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadigan namunaviy tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladigan kollegial organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — “Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda qatnashish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazi investori (keyingi o‘rinlarda — Investor) — “Business city” markazi hududida qurilish va (yoki) boshqa faoliyatni amalga oshiradigan, yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazi hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan Investor (investorlar) o‘rtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazi lotlari — “Business city” markazi hududidagi yer uchastkalarining ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq tegishli bo‘laklarga ajratilgan qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion — Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda o‘tkaziladigan auksion;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari — Investorning investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda belgilangan majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Business city” markazlari hududida yer uchastkalaring “Business city” markazi konsepsiyasi asosida lotlarga bo‘linishi, elektron onlayn-auksionga chiqarilishi, investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli shaharni (tumanni) rivojlantirish konsepsiyasi va tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud turar joy, noturar bino va inshootlarni buzish, ichki muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini barpo etish, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish uchun eng kam sarf-xarajatlarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur hududlarning chegaralarini aniq ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Business city” markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mavjud bo‘lsa, ularning konsepsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan o‘n kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalarini olgan holda, “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari o‘rganib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasining qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bir kun ichida axborot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birga o‘n kun muddatda “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni kelishish Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlari faoliyatini tashkil etishda mazkur qaror talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli markazni “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori asosida uch kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalari asosida mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi va asosiy ko‘rsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Business city” markazi hududini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan yangi yer uchastkalari hisobiga kengaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan uch kun muddatda “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Business city” markazi hududida yer uchastkalarini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish shartlarini belgilash maqsadida Direksiya bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Business city” markazlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘sh yer uchastkalarida tashkil etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda “Business city” markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga bo‘lingan holda realizatsiya qilinadi, bunda har bir lot bo‘yicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni Direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda bir hafta muddatda Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqib, tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni elektron onlayn-aukson g‘oliblariga rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ajratish materiallarini Komissiya a’zolari bo‘lgan tashkilotlar bilan kelishish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga huquq turini (mulk huquqi yoki ijara huquqi) belgilash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Direksiyaning taklifi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auksionoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan so‘ng Direksiya tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun muddatda o‘z rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘g‘risida e’lonlar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘g‘risida xorijiy davlatlarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Investitsiya shartnomasini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Direksiya elektron onlayn-auksion g‘olibi aniqlangandan so‘ng besh kun muddatda ingliz, o‘zbek va rus tillarida investitsiya shartnomasi loyihasini tayyorlaydi hamda ko‘rib chiqish va kelishish (imzolash) uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Investorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomasi savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Investor va Direksiya o‘rtasida investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda ushbu Investor “Business city” markazi investorlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bo‘lishi hamda quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tavsifi va arxitektura qiyofasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari hamda ushbu yer uchastkalarida joylashadigan obyektlardan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va texnik nazorat o‘rnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha hisobot topshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasi shartlari buzilganligi uchun taraflarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasining amal qilishini to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni hal etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shartnomada alohida shartlar ko‘zda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zaruratga ko‘ra, investitsiya shartnomasining alohida shartlarini kelishish maqsadida Direksiya va Investor o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyiha tashabbuskori va Direksiya o‘rtasida “Business city” markazi hududida rasmiylashtirilgan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda tegishli Direksiyada ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Investor quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasining ijobiy xulosasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishi bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchastkasi hududini maxsus to‘siqlar bilan o‘rab olish hamda hududda qurilish ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida ogohlantirish belgilarini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruvchilarning qurilish hududida ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun Direksiyaga haq to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan, bajarilishi zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investorning shartnoma asosida olgan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, investitsiya shartnomasi taraflarini almashtirish to‘g‘risida kelishuv tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan ajratilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun investorlar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Direksiya mablag‘laridan “Business city” markazlarini qurish, shuningdek, ularning qurilishi munosabati bilan ushbu tuman va shahar markazlarining boshqa qismlarini rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazining konsepsiyasida ko‘rsatilgan va Komissiya qarorlarida Direksiya mablag‘lari hisobidan qurib topshirilishi belgilangan davlat mulkidagi ijtimoiy obyektlarni qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyani saqlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taraflarning investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarmasligi bilan bog‘liq nizolar o‘zaro kelishuv yoki sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi bitimni va “Business city” markazi investori maqomini bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda ijara huquqi bilan berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda va oqilona foydalanilayotganligini baholash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Direksiya loyiha tashabbuskori “Business city” markazi investori sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida, bu haqda davlat soliq organlarini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek ro‘yxatdan chiqarilgan kunda darhol davlat bojxona organlarini xabardor qiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

4.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i

5.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

6.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i

7.

(lavozimiga ko‘ra)

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i

8.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

9.

(lavozimiga ko‘ra)

“Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari

10.

(lavozimiga ko‘ra)

“Business city” markazini qurish va undan foydalanish direksiyasi rahbari, Komissiya ishchi organi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi. Zaruratga ko‘ra, Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlar ham jalb qilinadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Nukus city” biznes markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Bukhara city” ishbilarmonlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Nurafshon business city” ishbilarmonlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Daryo bo‘yi business city” tadbirkorlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mirzo Ulug‘bek business city” tadbirkorlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Olmazor business city” tadbirkorlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Shahrisabz” turistik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Maydanak baland tog‘” turistik markazi.
(11-12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 07/23/376/0909-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-apreldagi 192-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2024-y., 09/24/192/0271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yangi Toshkent shahri.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 419-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Omonxona” turistik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Sangardak” turistik markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Obihayot” turistik markazi.
(15 — 17-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 07/24/439/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Guliston city” zamonaviy savdo-servis va turar joylar komplekslari.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Qadimiy Karmana” turistik markazi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 134-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2026-y., 09/26/134/0301-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/461/3239-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son; 30.11.2023-y., 07/23/376/0909-son; 08.04.2024-y., 09/24/192/0271-son; 16.12.2024-y., 07/24/439/1029-son; 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son, 02.04.2026-y., 09/26/134/0301-son)