14.02.2022 yildagi 71-son
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — ushbu tashkilotlar foydalanishidagi yer uchastkalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — zaxira yerlar, obodonlashtirish yerlari va ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning 2022-yil oxiriga qadar Milliy geografik axborot tizimida to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
vazirliklar va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xo‘jaliklarida 2022-yilda yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va erga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan budjet mablag‘lari respublika budjetining 2022-yil 1 va 2-choraklari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar hamda aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari uchun tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylasntirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Agar ariza bo‘yicha xususiylashtirish uchun berilgan yer uchastkasi hududida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) qurilish bo‘limi ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xulosa taqdim etadi. Bunda ariza beruvchiga 2021-yil 16-noyabrga qadar yuzaga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari ulardan foydalanishning asosiy maqsadini shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar saqlab qolish sharti bilan xususiylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
22. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘lovini to‘liq amalga oshirganidan so‘ng “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs bo‘yicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JShShIR, yuridik shaxs bo‘yicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini ko‘rsatgan holda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.

2. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lanadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yerxususiylasntirish” AATga yuboriladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Ariza tushgan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi:

arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligi.

2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

5 ish kuni

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

1. Arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

5 ish kuni

4-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

Yagona billing tizimi

Ariza kelishilgan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT ma’lumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasini sotib olish qiymatining to‘lovini amalga oshiradi.

10 ish kunida

6-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

1. Yer uchastkasini sotib olish qiymati o‘z vaqtida va to‘liq to‘langan taqdirda, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.

2. Yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

7-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qo‘yadi va uni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining boshqarmasi

1. Davlat orderi taqdim etilgandan so‘ng davlat orderiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2 ish kunida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V — Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan davlat reyestridan ko‘chirmani berish va ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatga olish xizmatlariga belgilangan stavkalar asosida (so‘mda);
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGINING
____________________________ HUDUDIY BOShQARMASI

(hudud nomi)


ER UChASTKASIGA MULK
HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI № ______

Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)


Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)

________________________________________________________________________________

STIR ____________________________, JShShIR__________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


_________________________________________________________________________________manzilidagi

o‘ziga _____________________________________________________________ huquqi asosida tegishli bo‘lgan

(doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish)


_________________________________________________________________________________qiymatidagi

(summa raqam va so‘z bilan yoziladi)


umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

Ushbu order_________________________________________________________________________________

(orderni bergan davlat organining nomi)


____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

(orderni berishning asosi)


Order ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana ___________________________________

Hududiy boshqarma boshlig‘i


QR-kodi

F.I.O.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ularga so‘rov tushgan kundan boshlab uch ish kunida “YERELEKTRON” AATga qabul qilingan qaror (xulosa) haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
b) ushbu Nizomning 30 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Hududlar va aholi punktlari, shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan master-rejalari shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi.

2. Yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlash natijasi bo‘yicha “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.

1 ish kuni

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi bo‘yicha tanlash materiallarini shakllantiradi, yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beradi va ularni “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi.

3 ish kuni

4-bosqich

Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar

Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.

3 ish kuni

Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

YERELEKTRON” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etadi.

5-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosalar hamda topografik xarita “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgandan so‘ng, kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

4 ish kuni

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi.

2. Quyidagilarni belgilaydi va “YERELEKTRON” AATga kiritadi:

auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;

yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;

auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini.

2 ish kuni

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “YERELEKTRON” AATga kiritadi.

2 ish kuni

8-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi (Mulk huquqi bo‘lganda)

Yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilgandan so‘ng:

1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi.

2. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kiritadi.

7 ish kuni

Davlat soliq xizmati organlari (Ijara huquqi bo‘lganda)

Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga ijara ?uquqining minimal qiymati “YERELEKTRON” AATga kiritiladi.

“YERELEKTRON” AAT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini boshlang‘ich qiymatini belgilaydi.

1 ish kuni

9-bosqich

“YERELEKTRON” AAT

Yer uchastkalarini boshlang‘ich qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YERELEKTRON” AATga kiritilganidan so‘ng, buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

10-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

11-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari

Yer uchastkasini realizatsiya qilish bo‘yicha auksionda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

12-bosqich

Auksion g‘olibi

(Ijara huquqi bo‘lganda)

1. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

2. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan so‘ng, avtomatik ravishda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

10 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

(Mulk huquqi bo‘lganda)

Auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab belgilangan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

13-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat orderi tushgan kundan boshlab amalga oshiriladi.

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “YERELEKTRON” AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.

2 ish kuni

14-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

15-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasini ijaraga olishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI

20___ y. “___” _______________ ___-son

________________ sh.

Keyingi o‘rinlarda “Ijaraga beruvchi” deb nomlanadigan _______________ tuman (shahar) hokimligi bir tomondan _______________ hokimi nomidan va keyingi o‘rinlarda Ijaraga oluvchi deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan _______________ nomidan mazkur shartnomani 20___ yil “___” ___________dagi ___-son auksion natijalari to‘g‘risidagi Bayonnomaga asosan quyidagilar to‘g‘risida tuzdi.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Ijaraga beruvchi yer uchastkasini 20___ yil “___” ___________dan ____ yilga ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa ____________ viloyatining ____________ tumanidagi (shahridagi) ____________ manzilda joylashgan _______ ga. yer uchastkasini ijaraga oladi.

Yer kodeksining 24-moddasiga binoan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.

Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan va ilova qilinadigan xaritada ko‘rsatiladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz garov qoidalariga asosan garovga qo‘yish _____________ huquqi mavjud/mavjud emas biroq, yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalarining obyekti bo‘la olmaydi.

1.2. Yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi va quyidagi maqsadda foydalaniladi:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________

1.3. Yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
1.4. Yer uchastkasiga kuyidagi kommunikatsiyalar o‘tkazilgan:
________________________________________________________________________

(muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ularning ayni damdagi texnik

________________________________________________________________________

holati, elektr tarmog‘i, gaz, ichimlik suvi va oqava suv, yo‘llar va boshqalar)

II. Ijara to‘lovi

2.1. Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

2.2. Yer kodeksining 28-moddasiga asosan yer uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yer uchun ijara haqini yer solig‘i to‘lovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga to‘lanadi.

2.3. O‘z vaqtida to‘lanmagan ijara to‘lovi uchun quyidagi miqdo?da penya undiril?di:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________

III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish tartibi

3.1. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish shart.

3.2. Yer uchastkasini berish va foydalanishning boshqa shartlari:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________

IV. Ijaraga beruvchining huquqlari va majburiyatlari

4.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ijaraga oluvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ushbu Shartnomaga o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilishni talab qilish;
yer uchastkasini cheklashni belgilash.
Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________

4.2. Ijaraga beruvchi:
yer uchastkasini ushbu shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan holatda va belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
ijaraga beruvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etishga majbur.
Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Ijaraga oluvchi:
yer uchastkasida uning maqsadli yo‘nalishiga muvofiq xo‘jalik faoliyatini yuritish;
ushbu Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va qurilish loyihasiga muvofiq ishlab chiqarish va boshqa qurilma va inshootlarni qurish;
ijaraga berilgan yer uchastkasida o‘z mablag‘lari hisobidan qonunchilikka muvofiq qurilgan bino va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
belgilangan tartibda sug‘orish, drenaj, texnik va boshqa melioratsiya ishlarini bajarishga haqli.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
5.2. Ijaraga oluvchi:
ushbu Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini saqlash;
erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash va o‘z faoliyati natijasida ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer mulkdorlari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari Ijaraga oluvchilari va egalarining huquqlarini buzmaslik;
boshqa mulkdorlar, foydalanuvchilar, Ijaraga oluvchilar va yer egalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash;
shaharsozlik reglamentlariga rioya etish, belgilangan tartibda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlash va ularni kelishish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazishga va tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma olishga majbur.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga oladi.
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berishi taqiqlanadi.

VI. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish

6.1. Ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi. Tomonlarning biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga ko‘ra ijara shartnomasi tegishli sudning qarori bilan bekor qilinishi mumkin.
6.2. Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tegishli asoslarga ko‘ra yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma sha?tlarini bajarm?an yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
7.2. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday shartnoma shartlarini buzish holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘la olmaydi.
7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddatining taxminiy tugashidan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Shartnomaning amal qilishi to‘xtatilganidan keyin ijarachi yer uchastkasini ijaraga beruvchiga “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida belgilangan holatda va tartibda qaytaradi.

VIII. Nizolarni hal qilish

8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida �zaga keladigan nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning maxsus shartlari

9.1. Ushbu bo‘limda Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi.

X. Fors major holatlari

10.1. Taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati bo‘lmagan holatlar oqibatida shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar bo‘lmaydi. Vakolatli organ tomonidan berilgan maxsus hujjat yengib bo‘lmas kuch mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli hujjatdir.

10.2. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga yengib bo‘lmas kuchning mavjudligi va uning shartnoma shartlarini bajarishga ta’siri haqida xabarnoma berishi lozim.

XI. Yakunlovchi qoidalar

11.1. Ushbu shartnoma elektron shaklda tuzilgan.
11.2. Mazkur shartnoma yer uchastkasi joylashgan hududdagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi:
________________________________
________________________________
________________________________
Ijaraga oluvchi:
________________________________
________________________________
________________________________

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi:
________________________________
________________________________
________________________________
Ijaraga oluvchi:
________________________________
________________________________
________________________________


Elektron raqamli
imzo o‘rni _______________________


Elektron raqamli
imzo o‘rni _______________________

QR-kodi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
10. Ushbu Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan va BRL ishlab chiqiladigan boshqa hududning BRL mavjud bo‘lsa mazkur hudud uchun topografik xarita loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
a) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.

2. Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali bilan birgalikda belgilanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq

2-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi.

2. Yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.

3. Bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi.

2. “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

2 ish kunida

4-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli ma’lumotlarni “Yerelektron” AAT kiritadi.

2 ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavj�d cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi.

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga yer uchastkalarini tarmoqlarga ulashga tegishli texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.

2 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini ishlab chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

3 ish kuni

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

8-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

7 ish kuni

2. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasining boshlang‘ich qiymatini kiritadi.

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qo‘yilgan bo‘sh turgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

10-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

Elektron onlayn-auksionda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

12-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

13-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

14-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni

(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGI

ER UChASTKASI VA DAVLAT KO‘ChMAS MULK OBYEKTIGA

MULK HUQUQINI TASDIQLOVChI DAVLAT ORDERI

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)
_ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _



MULK HUQUQINI TASDIQLOVChI
DAVLAT ORDERI
№ ________

Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)


Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


STIR ____________________________, JShShIR__________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


_________________________________________________________________________________manzilidagi

_________________________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa raqam va so‘z bilan yoziladi)

Umumiy _______________ kv m yer maydoni va ______________ kv m davlat ko‘chmas mulk obyekti mulk huquqi bilan berildi.


Ushbu order_________________________________________________________________________tomonidan

(orderni bergan davlat organining nomi)


____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

(orderni berishning asosi)


Order ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana ___________________________________

Agentlik direktori
(Hududiy boshqarma boshlig‘i)


QR-kodi

F.I.O.”.