“Garov to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-son qarorini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 5-dekabrdagi 335-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar toifalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining arxivlari, fondlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, davlat maqsadli fondlari mablag‘lari, xalqaro operatsiyalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5. Pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni va medallarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi davlat korxonalari va obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, obyektlari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk) (jazoni ijro etish muassasalari, ularning budjetdan tashqari faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi balansida bo‘lgan va davlat mulki hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qo‘llaniladigan bino hamda inshootlar, shu jumladan boshqa mol-mulk bundan mustasno).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
7. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
8. Radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
9. Qurol-yarog‘ va o‘q dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
11. Kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi davlat korxonalari.
14. Atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
15. Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
17. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar.
18. Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari va obyektlari.
19. Maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar va obyektlar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361-harbiy qism, Elektromagnit moslashuv markazi).
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha alohida muhim va toifalangan obyektlar.
22. Muomaladan olib qo‘yilgan va o‘zgaga berilmaydigan ashyolar, shuningdek boshqa shaxsga berilishi qonunda man etilgan talablar.
23. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ularga nisbatan garov va ipoteka qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan boshqa obyektlar.
Izoh. Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, ushbu Ro‘yxatning 21-bandida ko‘rsatilgan obyektlarga nisbatan garov va ipoteka qo‘llanilishiga, shuningdek bunday obyektlarga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan kafillik berilishiga yo‘l qo‘yiladi.