Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriNING
Buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-12]
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-645-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 6-martdagi 129-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-aprel,
222-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 5-apreldagi 222-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Milliy operator Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi operatori hisoblanadi.”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 101-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 1042-band bilan toʻldirilsin:
“1042. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yoʻllanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”.
4. 136-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“136. Pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini yuborish va (yoki) olish uchun zarur boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (yoki identifikatsiya ID-kartasi) yoxud diplomatik pasporti;
b) muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarining kursanti (tinglovchisi)ning harbiy guvohnomasi yoki tegishli vazirliklar va idoralar bilan shartnoma boʻyicha xizmat qiladigan zobitlarning shaxsiy guvohnomasi;
v) xorijiy fuqaroning milliy yoki diplomatik pasporti;
g) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (identifikatsiya ID-kartasi);
d) milliy haydovchilik guvohnomasi hisoblanadi.”.
5. 3-ilovada:
“a” kichik band “sovuq qurol” degan soʻzlardan keyin “yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“b” kichik band “psixotrop” degan soʻzdan keyin “moddalar va prekursorlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 10/22/2219-12/0355-son)