22.10.2021 yildagi 655-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari hamda taʼlim muassasalarining asosiy maqsadi va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis kadrlarni tayyorlash tartibi, taʼlim muassasalari kursantlari, tinglovchilari hamda rahbar va xodimlarining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarining moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tizimidagi oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi faoliyati muntazam nazorat qilinishini taʼminlasin, ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13 sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
655-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarining maqsadi va asosiy vazifalarini, taʼlim jarayonini tashkil etish, shuningdek, taʼlim tizimini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) — xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida taʼlim oluvchilarni ixtisoslik (mutaxassislik) fanlariga kasbiy yoʻnaltirish hamda maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oliy ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursant — taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakliga belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishining sirtqi taʼlim shakliga va magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim — Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarini boshqarish vakolatiga ega davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) — tizimida oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturlari — taʼlim muassasalari va xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolangan memorandum, bayonnoma, shartnoma (kelishuv)ga muvofiq kadrlar tayyorlanadigan va bitiruvchilariga ikki tomonning diplomi beriladigan taʼlim shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasalari oliy taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs boʻlib, mazkur Nizom va oʻz ustavi asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim muassasalari filiallarida taʼlim jarayoni taʼlim muassasasining xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Filial rahbari taʼlim muassasasi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taʼlim muassasalariga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga yoki toʻlov-shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kursantlar taʼlim muassasalari xususiyatidan kelib chiqib bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingandan soʻng bir oydan kam boʻlmagan muddatda “Boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari”da ishtirok etadi hamda “Vatanga qasamyod”ni, qoida tariqasida, Mustaqillik bayrami arafasida qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kursantlar birinchi bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan soʻng muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga taʼlim muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Taʼlim muassasalarining maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taʼlim oluvchilarni mutaxassislik fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash hamda ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq oʻqitish sifatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimida kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlash hamda jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlashni chuqurlashtirilgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini (jumladan, amaliyot, stajirovka) kadrlar buyurtmachilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan, texnika, texnologiyalar, iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodiyoti va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash usullarini tizimli takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish boʻyicha samarali tizimni yaratish, ularda yuksak maʼnaviy, axloqiy, insonparvarlik ruhiyatini va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, Vatanga, jamiyatga, oilaga va atrof muhitga muhabbatni singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, mustaqil taʼlim olish, masofaviy taʼlim tizimini amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimda fan va ishlab chiqarish uygʻunligi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim berish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, bitiruvchilarni kasbga yoʻnaltirish hamda xizmat faoliyati monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim sohasida oʻzaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Taʼlim muassasalarida kadrlarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlim muassasalarida kadrlarni tayyorlash bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli davlat organi Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib bakalavriatning yangi taʼlim yoʻnalishi va magistraturaning yangi mutaxassisligini ochish boʻyicha takliflar berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bakalavriat oliy taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va koʻnikmalar beradigan, oʻqish davomiyligi kamida uch yil boʻlgan tayanch oliy taʼlimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish kamida uch yil davom etadi. Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi taʼlim jarayonining davom etish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar uchun kamida toʻrt yil, oliy maʼlumotga ega xodimlar uchun uch yil etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi va turi, bilim, malaka hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, fan dasturlarining tuzilishi va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda taʼlim sifatini nazorat qilish muayyan taʼlim yoʻnalishining malaka talablari orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik boʻyicha oʻqish davomiyligi kamida bir yil boʻlgan oliy taʼlimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Magistratura mutaxassisliklarida oʻqitish kunduzgi yoki masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Taʼlim muassasalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun ikki bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ikki bosqichli boshqaruv magistraturasining diplomlariga ega boʻlgan bitiruvchilariga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish hamda mazkur Nizomning 48-bandida keltirilgan lavozimlarda ishlash imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Magistrning kasbiy faoliyat sohasi va turi, bilim, malaka va koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, oʻquv dasturlarining tuzilishi va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmlari va taʼlim sifatini nazorat qilish muayyan magistratura mutaxassisligining malaka talablari orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim muassasalari bitiruvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlayotgan bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi koʻkrak nishoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim muassasalarida belgilangan tartibda fakultet, kafedra, markaz, oʻquv va ilmiy laboratoriya, texnopark hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoni bilan bogʻliq tarkibiy boʻlinmalari faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taʼlim muassasalarini davlat taʼlim standartlariga va oʻquv dasturlariga muvofiqligi jihatidan attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari taʼlim muassasalari oʻrtasida raqobat muhitini shakllantirish hamda asosiy oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan yoʻnalishlar va kurslar boʻyicha toʻlov-shartnoma asosida, asosiy oʻquv dasturlari bajarilishiga toʻsqinlik qilinmagan holda olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taʼlim jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼlim jarayonini tashkil etishda kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga hamda jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlashni chuqurlashtirilgan holda, shuningdek, kasbiy tayyorlashda mutaxassislik va yuridik fanlarning oʻqitilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni davlat taʼlim standartlari, shuningdek, tegishli tartibda tasdiqlanadigan malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlarining maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, yakka tartibdagi oʻquv mashgʻuloti, laboratoriya ishi, kollokvium, kurs ishi (loyiha), maslahat, mustaqil taʼlim, mustaqil ish, amaliyot, stajirovka, bakalavrlar uchun bitiruv malakaviy ishi, magistrlar uchun magistrlik dissertatsiyasi va boshqa turlari joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻquv jarayoni samaradorligini taʼminlaydigan modulli yoki boshqa muqobil shakllar qoʻllanilishi mumkin va bu tizim vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv rejasiga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taʼlim muassasalarida oʻquv yili, odatda, taʼlim oluvchilar oʻzlashtirishini nazorat qilish uchun oʻtkaziladigan yakuniy baholash bilan tugaydigan ikki semestrga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Taʼlim oluvchilarni kursdan kursga oʻtkazish taʼlim muassasasi oʻquv boʻlimi (oʻquv-metodik boshqarma), fakultet yoki magistratura boʻlimi tavsiyasiga binoan taʼlim muassasalari boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oliy taʼlimning oʻquv rejasi va dasturlarini oʻzlashtirish bitiruvchilarning majburiy yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Amaliyot va stajirovkaning barcha turlari tegishli vazirlik va idoralarda, oʻquv rejalariga va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim muassasalari taʼlim oluvchilarining amaliyoti va stajirovkasi haqidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oliy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi oʻquv-ilmiy, oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish komplekslarini yaratish yoʻli bilan, shuningdek, yetakchi olimlar va ishlab chiqarish mutaxassislarini oʻquv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, amaldagi qonunchilikka muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarida, boshqa tashkilotlarda oliy taʼlim muassasalari markazlari, laboratoriyalari va kafedralari filiallarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taʼlim muassasalarining taʼlim oluvchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taʼlim muassasalarining taʼlim oluvchilari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, texnika va zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiyot va madaniyat rivojlanishining hozirgi zamon darajasiga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejasi va dasturlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taʼlim muassasasi rahbariyatiga taklif berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha muhim masalalar muhokamasida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-resurs markazi, oʻquv, ilmiy, davolash va boshqa boʻlinmalar xizmatidan taʼlim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarida, anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida tayyorlagan ishlarini nashrga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ilmiy va ijodiy toʻgaraklarda qoʻshimcha taʼlim olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼlim oluvchilar taʼlim dasturlarida belgilangan bilimlarni olishlari, oʻquv rejasida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha fanlar hamda tanlov fanlarini oʻzlashtirishi, oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha turdagi mashgʻulotlarda berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarishlari, taʼlim muassasasi ustaviga, ichki tartib va taʼlim oluvchilar turar joylari qoidalariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan taʼlim oluvchilar oliy ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini boshqarish vakolatiga ega davlat organlari tomonidan ularning tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan pul taʼminoti, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat taʼminoti hamda boshqa zarur normalar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan taʼlim oluvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat stipendiyalarini olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taʼlim olish davrida homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash bilan bogʻliq taʼtil uchun taʼlim oluvchilarga qonunchilik hujjatlariga asosan akademik taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kursant va tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish hamda oʻquv rejasi talablarini bajara olmagan taʼlim oluvchilarga akademik qarzdorliklarni bartaraf etish imkonini berish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Taʼlim muassasasining ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzgan taʼlim oluvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan intizomiy choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Akademik taʼtil berilgan taʼlim oluvchilar taʼtil davrida taʼlim oluvchilar safidan chetlashtirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Xizmatdan ajralmagan holda sirtqi taʼlim shaklida taʼlim olayotgan tinglovchilarga ularning asosiy xizmat joyidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Taʼlim muassasalari rahbarlari va xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Taʼlim muassasalarida rahbarlar, ilmiy-pedagog xodimlar (professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar), texnik-muhandislik, maʼmuriy-xoʻjalik, ishlab chiqarish, oʻquv-yordamchi va boshqa toifadagi xodimlar faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Taʼlim muassasasida pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchilarga kafedra boshligʻi, kafedra boshligʻining oʻrinbosari, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi va oʻqituvchi-metodist (katta oʻqituvchi-metodist) lavozimida ishlayotgan shaxslar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tegishli maʼlumoti, kasbiy tayyorgarligi boʻlgan va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslarga oʻz mutaxassisligi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining ixtisoslashtirilgan kafedralari professor-oʻqituvchilar lavozimlariga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sohalarda ilmiy, pedagogik yoki amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti professor-oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi tarkibi lavozimlariga tayinlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sud qaroriga muvofiq bunday huquqdan mahrum qilinganlarga oliy taʼlim muassasasida pedagogik faoliyat olib borishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Taʼlim muassasalari tegishli tarmoqlarning, fan va ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislarini pedagogik faoliyatga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Pedagog xodimlarni taʼlim muassasalariga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Pedagog kadrlarning oʻquv yuklamasi egallab turgan lavozimiga koʻra koʻrsatilgan ish turlarini bajarish zaruratidan kelib chiqib, fakultet (kafedra) boshligʻi bergan taklifga asosan, taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Taʼlim muassasasi pedagog xodimlarining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, “Ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari vakolatli davlat organi hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Taʼlim muassasalari pedagog xodimlar tarkibi lavozimlariga qoʻyiladigan talablar vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda mehnat haqi va moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi kengashlariga saylash va saylanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasida va qaror qabul qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-resurs markazlari, oʻquv va ilmiy boʻlinmalar, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, davolash va boshqa boʻlinmalar xizmatidan taʼlim muassasasi ustaviga hamda jamoa shartnomasiga muvofiq bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini davlat taʼlim standartlariga muvofiq shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individuallik xususiyatlariga toʻlaqonli javob beradigan va yuqori sifatli oʻquv-tarbiyaviy jarayonni taʼminlaydigan oʻqitishning usul va vositalarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi rahbariyati buyruqlari va qarorlaridan norozi boʻlganda, qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat arizasini (bildirgisini) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kasbiy faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlanishini talab etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars berayotgan fanlari orqali taʼlim oluvchilarda tanlagan yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tayyorgarlikning professional sifatlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarda yuksak maʼnaviyat va madaniyatni, Vatanga, tabiatga va oʻz kasbiga muhabbatni, vatanparvarlikni fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining yuqori samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi ustaviga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, taʼlim oluvchi va taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va koʻnikmalarini oshirish maqsadida respublika yoki xorijiy taʼlim muassasalarida belgilangan tartibda stajirovka oʻtashi va malaka oshirish kurslarida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Taʼlim muassasasi ilmiy xodimlari ilmiy tadqiqot oʻtkazishning xavfsizlik choralariga javob beradigan, ularning individual qobiliyatlariga mos va ilmiy tadqiqot jarayonining yuqori sifatini taʼminlaydigan usullar va vositalarni tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yuqori malakali ilmiy-pedagog xodimlarni tayyorlash oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktorantura shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Taʼlim muassasasining rahbarlari, maʼmuriy-xoʻjalik, texnik-muhandislik, ishlab chiqarish, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Taʼlim tizimini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Taʼlim muassasasining bevosita boshqaruvi taʼlim muassasasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Taʼlim muassasasining boshligʻi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Taʼlim muassasasining ish natijalari uchun toʻliq javobgarlik taʼlim muassasasi boshligʻi zimmasiga yuklanadi. U qonunchilik hujjatlariga va taʼlim muassasasining ustaviga muvofiq taʼlim muassasasi nomidan faoliyat yuritadi, belgilangan tartibda mol-mulkka egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda taʼlim muassasasining hisob varagʻini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Taʼlim muassasasining boshligʻi quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrinbosarlari, boshqarma, fakultet va boshqa boʻlinmalarning aniq vazifalari, majburiyatlarini va masʼuliyatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi xodimlari, professor-oʻqituvchilari va taʼlim oluvchilar bajarishi majburiy boʻlgan buyruq, farmoyish chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ishchi va xizmatchilar hamda ilmiy-pedagog xodimlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperimental va boshqa tashkilotlar hamda boʻlimlarning vakolatlarini aniqlab berish va ular toʻgʻrisidagi nizom (yoʻriqnoma)larni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi xodimlarini oʻz vakolatlari doirasida ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki boshqa vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda ichki tartib qoidalarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasining boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Taʼlim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun Taʼlim muassasasining kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kengashning tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish tartibi va faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Taʼlim muassasasi boshligʻi oʻrinbosarlari (filiali boshligʻi) taʼlim muassasasi boshligʻining tavsiyasiga asosan vakolatli davlat organi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Taʼlim muassasasida jamoatchilik boshqaruv organi boʻlgan Vasiylik kengashi tashkil etilishi mumkin. Bunda, qoida tariqasida, uning tarkibiga muassis(lar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, soha vazirlik va idoralari, muassasa va tashkilotlar, boshqa taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari, fondlar va homiylarning vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Taʼlim muassasalari uni boshqarish vakolatiga ega davlat organi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, harbiy va idoraviy akademik litseylarning faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Taʼlim muassasasi ustaviga muvofiq oʻzida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy, metodik, ilmiy-texnik, faxriylar, xotin-qizlar, yosh olimlar kengashlari va boshqa kengashlarni tashkil qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Taʼlim muassasalari mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Taʼlim muassasalarining mulki davlat mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasining mulki asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarni, shuningdek, oʻz ustavida belgilangan faoliyatni taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa asosiy vositalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Taʼlim muassasasi homiylik xayriyalari tarzida oʻtkazilgan pul mablagʻlari va mulkdan, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro tashkilotlar, moliyaviy muassasalar hamda tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad, shu bilan birga, xoʻjalik hisobidagi mulkidan foydalanishdan tushgan mablagʻlarni mustaqil tasarruf qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Mablagʻ ajratish, hisob-kitob va hisobot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma asosida olingan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Taʼlim muassasasi belgilangan tartibda xoʻjalik-moliyaviy faoliyatining statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Taʼlim muassasasida budjet va moliyaviy intizom ustidan nazorat budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Taʼlim muassasalari xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzilgan ikki va koʻp tomonlama shartnomalar asosida quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, pedagog hamda ilmiy xodimlarni almashish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, kongresslar, anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimni takomillashtirish boʻyicha xalqaro dasturlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻshma oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Chet el fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasida oʻqitish, stajirovka va malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish davlatlararo va idoralararo tuzilgan shartnomalar doirasida, taʼlim muassasasi tomonidan imzolangan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli (bir haftadan olti oygacha) oʻqishga, stajirovkaga borib kelgan taʼlim oluvchilarning oʻqishni davom ettirishi (farqlarni topshirishi) tartibi taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarida belgilanadi va taʼlim muassasasi boshligʻining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim oluvchilarni oʻqitishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasi va xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolangan memorandum (bayonnoma, kelishuv), shuningdek, mazkur memorandum asosida qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish boʻyicha shartnoma (kelishuv)ga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish shartlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash xorijiy turdosh hamkor oliy taʼlim muassasalari, vakolatli davlat organi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi nomi

Tizimida oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora nomi

1.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

2.

Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13 sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)