1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3363]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir I. MAXKAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi v.b X. XASILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 9-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vaziri A . SULTANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar temir yoʻl kesishmalarining tasniflari va toifalari, ularni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish, ochish, yopish, temir yoʻl kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi, saqlanishi va taʼmirlanishi hamda temir yoʻl kesishmalarining navbatchi xodimlari (bundan buyon matnda navbatchi xodim deb yuritiladi) ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muntazam va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy temir yoʻllari — peregonlardagi temir yoʻllar, shuningdek tegishli peregon yoʻllarining bevosita davomi boʻlgan, strelka oʻtkazgichlarida burilishlarga ega boʻlmagan temir yoʻl stansiyasi yoʻllari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati ishtirokchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
(1-bandning beshinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl toʻshamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlib, bir nechta qatlam toʻshamasi qoplama, asos va asosning qoʻshimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi;
(1-bandning yettinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning qorongʻi vaqti — kechki gʻira-shiraning oxiridan tonggi gʻira-shiraning boshlanishigacha boʻlgan oraliqdagi vaqt;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyoda — transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaxs. Nogironligi boʻlgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, elektromototsikl, skuter, individual harakatlanish vositalari, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻxshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;
(1-bandning toʻqqizinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyezd — oʻrnatilgan signallarga ega boʻlgan, bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotiv yoxud motorli vagonlardan shakllantirilib, birlashtirilgan vagonlar tarkibi. Peregonga joʻnatilayotgan vagonlarsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va oʻziyurar harakatdagi tarkib ham poyezd deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti infratuzilmasi — texnologik majmua boʻlib, ushbu majmua faoliyatini taʼminlovchi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, aloqa tarmoqlarini, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlarini, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimini, binolar, inshootlar, qurilmalar, jihozlar va uskunalarni oʻz ichiga oladi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl kesishmasi — yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;
(1-bandning oʻn toʻrtinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtab turish — transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilot — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar;
(1-bandning oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti (bundan buyon matnda temir yoʻl deb yuritiladi) — temir yoʻl transporti infratuzilmasini, harakatdagi temir yoʻl tarkibini, boshqa mol-mulkni oʻz ichiga olgan hamda ommaviy shartnomalar asosida yuridik va jismoniy shaxslarning tashishlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun moʻljallangan yagona ishlab chiqarish-texnologik majmua;
(1-bandning oʻn sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasining operatori (bundan buyon matnda infratuzilma operatori deb yuritiladi) — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga tegishli boʻlgan, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi boshqa obyektlarining foydalanilishini, joriy saqlanishini va modernizatsiyasini, qurilishini amalga oshiradigan, shuningdek infratuzilmadan foydalanish xizmatlarini, shu jumladan harakatdagi tarkibni oʻtkazish va olib oʻtish uchun umumiy foydalanishdagi temir yoʻllardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni koʻrsatadigan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatdagi temir yoʻl tarkibi (bundan buyon matnda harakatdagi tarkib deb yuritiladi) — lokomotivlar, tortish lokomotivining yuk, bagaj, yoʻlovchi tashish vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib, shuningdek tashishlarning amalga oshirilishini va temir yoʻl transportining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa transport vositalari;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) asosan oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi. Ot aravani boshqarayotgan hamda hayvonlarni minib harakatlanayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;
(1-bandning oʻn sakkizinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqinlashish uchastkasi — rels elektr zanjirlari bilan jihozlangan, temir yoʻl kesishmasi old tomonida joylashgan, yaqinlashayotgan poyezd haqida oldindan avtomatik ravishda xabar berish hamda poyezdlarning tezligi va temir yoʻl kesishmasi yoʻlining uzunligiga qarab hisob-kitob yoʻli bilan yoʻlning uzunligi aniqlanadigan (temir yoʻl kesishmasi kesishma signalizatsiyasi va shlagbaumlarni avtomatik tarzda boshqarish moslamasi bilan jihozlangan boʻlsa) temir yoʻl uchastkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar temir yoʻl kesishmalarida harakat xavfsizligini taʼminlaydigan qurilmalar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻsish va transport vositalarining (yoʻl harakati ishtirokchilarining) temir yoʻl kesishmasi orqali amalga oshiriladigan harakatini toʻxtatish qurilmasi (bundan buyon matnda shlagbaum deb yuritiladi).
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shlagbaum temir yoʻl kesishmasini transport vositalari (yoʻl harakati ishtirokchilari) oʻtib ketishlaridan toʻsadi.
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanish uslublariga koʻra shlagbaumlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashgan — yaqinlashish uchastkasiga poyezd kirib kelgandan va kesishma svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilgandan soʻng hisoblangan vaqt davomida shlagbaum bruslarining yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yoʻl kesishmasini boʻshatgach, shlagbaumning bruslari ochiq (vertikal) holatga avtomatik ravishda oʻtadi. Bunda, kesishma svetoforining qizil signallari (chiroqlari) oʻchadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim avtomatlashgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi poyezd yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir yoʻl stansiyasi navbatchisi tomonidan, bruslar ochiq (vertikal) holatga oʻtkazilishi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrlashtirilgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi navbatchi xodim tomonidan xabarlash signali qabul qilingandan soʻng maxsus tugmani bosish orqali, bruslar ochiq (vertikal) holatga oʻtkazilishi temir yoʻl kesishmasi poyezddan boʻshatilgandan soʻng, navbatchi xodim tomonidan maxsus tugmani boshlangʻich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanizatsiyalashgan — shlagbaumlar navbatchi xodim tomonidan mexanik uzatma yordamida bruslarni qoʻlda ochiq (vertikal) va yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazish orqali boshqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gorizontal buriladigan (zaxira) — bruslar ochiq (vertikal) holatda avtomobil yoʻlining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi va navbatchi xodim ularni qoʻlda boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) poyezdning temir yoʻl kesishmasiga kirishini taqiqlaydigan qurilma (bundan buyon matnda toʻsish signalizatsiyasi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari yoqilishi bilan temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari harakatini taqiqlovchi qurilma (bundan buyon matnda kesishma signalizatsiyasi deb yuritiladi).
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional vazifasiga koʻra kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — poyezd maʼlum bir masofaga yaqinlashganda kesishma svetoforlarining miltillovchi qizil signallarini (chiroqlarini) avtomatik ravishda yoquvchi hamda poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib ketgandan soʻng ularni oʻchiruvchi kesishma signalizatsiyasi. Avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi navbatchi xodim tomonidan avtomatlashgan shlagbaumlar bilan birgalikda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miltillovchi oq chiroqli avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — kesishma svetoforlari temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd yoʻqligi va signalizatsiya qurilmalari sozligini koʻrsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli) qoʻshimcha signal kallagiga ega boʻlgan kesishma signalizatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — avtomatik ravishda koʻtariladigan va tushiriladigan qoʻshimcha shlagbaum bruslariga ega boʻlgan kesishma signalizatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — qoʻshimcha shlagbaum bruslariga ega boʻlgan, signalizatsiya yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi temir yoʻl kesishmasiga poyezd yaqinlashganda avtomatik ravishda, signalizatsiya oʻchirilishi va shlagbaumlar koʻtarilishi temir yoʻl kesishmasidan poyezd oʻtganidan soʻng navbatchi xodim tomonidan tugma bosilishi orqali amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
svetofor signalizatsiyasi — toʻsish svetoforlari sifatida qoʻllaniladigan kesishma signalizatsiyasi va manevr svetoforlarining oʻzaro bogʻlovchi qurilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarlash signalizatsiyasi — navbatchi xodim poyezdning temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotgani toʻgʻrisida optik (nurli) va akustik (tovushli) xabar beradigan signal. Bunda, toʻsuvchi texnik vositalarning yoqilishi va oʻchirilishi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) harakat uchun yopiq temir yoʻl kesishmasiga poyezd yaqinlashganda transport vositalarining kirib kelishiga toʻsiq yaratuvchi, qatnov qismini toʻliq berkitish uchun moʻljallangan moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil yoʻlining qatnov qismida maxsus plitalarni koʻtargan holda temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari harakatiga toʻsqinlik qiladigan toʻsish qurilmasi (bundan buyon matnda KTQ deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Temir yoʻl kesishmalarini koʻrikdan oʻtkazish hamda ochish va yopish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Temir yoʻl kesishmalari infratuzilma operatori yoki umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar egasi (bundan buyon matnda shoxobcha yoʻllari egasi deb yuritiladi) tomonidan oʻzlarining mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan Temir yoʻl kesishmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) koʻrigidan har yili kamida bir marta oʻtkazilishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi navbatdagi Komissiya koʻrigi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda YHXX deb yuritiladi), Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, koʻrik oʻtkazilayotgan temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi avtomobil yoʻl uchastkasi egasi hamda yoʻlovchi tashish transport tashkilotiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya koʻrigi natijalari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar, shu jumladan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya koʻrigi natijalari boʻyicha dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi ustidan nazorat Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va YHXX tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Poyezdlar harakatining tezligi soatiga 200 kilometrdan ortiq boʻlgan yuqori tezlikdagi temir yoʻl yoʻnalishlarida yangi temir yoʻl kesishmalarini loyihalash va ochish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangi avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishgan joylarini loyihalash, shuningdek mavjudlarini rekonstruksiya va kapital taʼmirlash avtomobil yoʻllari sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mavjud temir yoʻl kesishmalarini yopish, yangisini ochish, shuningdek yoʻl oʻtkazgichdan 5 kilometr va undan qisqa masofada joylashgan temir yoʻl kesishmalarining faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni yopish YHXX bilan hamkorlikda hamda temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi avtomobil yoʻli uchastkasi egasi bilan kelishuv asosida infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan Komissiya koʻrigi natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini YHXX bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻl oʻtkazgichda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida reversiv harakat tashkil etishning imkoni boʻlmasa, transport vositalari, yoʻl harakati ishtirokchilari va qurilish texnikasi uzluksiz va xavfsiz oʻtishini taʼminlash maqsadida yoʻl oʻtkazgichdan 5 kilometrdan qisqa masofada temir yoʻl kesishmasini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan talabni inobatga olgan holda ochishga yoʻl qoʻyiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Temir yoʻl kesishmasini yopishda infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan temir yoʻl kesishmasining chegarasidagi yoʻl toʻshamasi olib tashlanadi, shuningdek temir yoʻl kesishmasiga olib boruvchi yoʻlaklar rels chetidan kamida 10 metr masofada yoʻlning toʻliq kengligi boʻyicha balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan toʻsiq bilan hamda zarur hollarda toʻsiqlardan temir yoʻl tomonga 2 metr masofada joylashtiriladigan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr oʻlchamdagi ariqlar bilan toʻsiladi.
(11-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yopilayotgan temir yoʻl kesishmasiga olib boradigan yoʻllarda oʻrnatilgan va ushbu temir yoʻl kesishmasi mavjudligini anglatuvchi ogohlantirish belgilari olib qoʻyiladi hamda ularning oʻrniga aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatuvchi axborot-koʻrsatgich belgilari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Temir yoʻl kesishmasi yopilganda undagi barcha jihozlar demontaj qilinadi, temir yoʻl kesishmasi vaqtinchalik muddatga yopilganda esa, ushbu muddat davomida avtomatlashgan temir yoʻl kesishmasi signalizatsiyasi oʻchiriladi hamda qoʻlda harakatga keltiriladigan gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaum bruslari transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi. Temir yoʻl kesishmasida avtomatik qurilmalarni oʻchirish infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi yopiladigan temir yoʻl kesishmalariga olib boruvchi avtomobil yoʻlida ushbu yoʻl uchastkasi egasi bilan kelishilgan holda transport vositalari burilib ketishi uchun maydonchalar tashkil etilishini taʼminlashi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Infratuzilma operatori va shoxobcha yoʻllari egasi mahalliy ommaviy axborot vositalarida temir yoʻl kesishmasining yopilishi toʻgʻrisida uning yopilishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon berilishini taʼminlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Temir yoʻl kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Temir yoʻl kesishmalari joylashuviga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl kesishmalari — umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joy;
(15-bandning ikkinsi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalari — umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari hamda xoʻjalik avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joy.
(15-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar (ombor, depo, elevator va boshqa shu kabilar) hududidagi temir yoʻllarning ushbu tashkilotlar avtomobil yoʻllari bilan kesishgan hududlari texnologik oʻtish joyi boʻlib, ular temir yoʻl kesishmasi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Temir yoʻl kesishmalari ularda sutka davomida harakatlanuvchi poyezdlar va transport vositalarining sonini (bundan buyon matnda harakat intensivligi deb yuritiladi) hisobga olgan holda mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan meʼzonlarga muvofiq toʻrt toifaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Temir yoʻl kesishmalari toifalarini aniqlashda poyezdlar harakati intensivligi poyezdlar harakati jadvaliga muvofiq, transport vositalari harakati intensivligi esa infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasining xronometrajli kuzatuvlari boʻyicha aniqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan kelib chiqib, temir yoʻl kesishmalarining toifalari infratuzilma operatori tomonidan yiliga kamida bir marotaba va shoxobcha yoʻllari egalari tomonidan 5 yilda kamida bir marotaba qayta koʻrib chiqiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Temir yoʻl kesishmalari toifalarini qayta koʻrib chiqish Komissiya koʻrigini oʻtkazish davomida amalga oshiriladi. Bunda, navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hamda navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalarining roʻyxati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Temir yoʻl kesishmalari ulardan foydalanishning tartibga solinishiga koʻra tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan turlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalari tartibga solinadigan temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlanmagan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalari tartibga solinmaydigan temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi temir yoʻl kesishmalarida navbatchi xodim qoʻyilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan qatʼi nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi temir yoʻl uchastkalarida joylashgan temir yoʻl kesishmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) I toifadagi temir yoʻl kesishmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma yoki avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanmagan II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtomobil yoʻli uch va undan ortiq asosiy temir yoʻllari bilan kesishgan temir yoʻl kesishmalarida;
(21-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 19-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-2, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/3363-2/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qabul qilish-joʻnatish temir yoʻllaridagi (temir yoʻl stansiyasi ichida joylashgan) temir yoʻl kesishmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) koʻrinish sharoitlari qoniqarsiz boʻlgan II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida hamda koʻrinish sharoitlaridan qatʼi nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yoʻl kesishmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) koʻrinish sharoitlari qoniqarsiz boʻlgan va poyezdlar harakat intensivligi sutkasiga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan III toifadagi temir yoʻl kesishmalarida hamda koʻrinish sharoitlaridan qatʼi nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 200 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yoʻl kesishmalarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, transport vositasi haydovchisi temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni temir yoʻl kesishmasidan 400 metr masofada, poyezd mashinisti esa temir yoʻl kesishmasini 1000 metr masofada koʻrish imkoniyati boʻlmasa, temir yoʻl kesishmasining koʻrinish sharoiti qoniqarsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa hamda temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini toʻxtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa mazkur Qoidalarning tegishliligiga koʻra 2 va 3-ilovalarida keltirilgan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagi holatlarda navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan holda temir yoʻl kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga oʻtkazish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl kesishmasining toifasi quyi toifaga oʻzgartirilganda (bundan mazkur Qoidalarning 21-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) II, III va IV toifadagi temir yoʻl kesishmalari temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma hamda avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Temir yoʻl kesishmalarida navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilishini toʻxtatishdan avval infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) temir yoʻl kesishmasining avtomatlashgan signalizatsiyasi (mavjud boʻlsa) sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar, KTQ, shuningdek navbatchi xodim tomonidan temir yoʻl kesishmasiga xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan boshqa qurilmalarni demontaj qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl kesishmasi chegaralaridagi yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha texnik vositalarni almashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Temir yoʻl kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga oʻtkazishdan kamida oʻn besh kun oldin infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi avtomobil yoʻli egasi bilan kelishilgan joylarda tegishli temir yoʻl kesishmasi navbatchi xodimsiz foydalanishga oʻtkazilishi haqida (sanasi koʻrsatilgan holda) axborot-ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatishi va ularni bir oy muddat davomida saqlab turishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Temir yoʻl kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini toʻxtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa meʼyorlariga javob bermaydigan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar bilan avtomobil yoʻllari kesishgan joylarda yoʻl koʻzgulari oʻrnatiladi.
(26-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl koʻzgularini oʻrnatish joylarini tanlashda va koʻzgularning aks ettiruvchi yuzasini transport vositasi haydovchisiga qaratishda yoʻlning koʻrinmaydigan qismi yoʻl koʻzgularida koʻrinishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi bilan kelishuv asosida kesishma signalizatsiyasi oʻrnatilgan temir yoʻl kesishmalarida Komissiya xulosasiga koʻra yangi avtobus yoʻnalishining ochilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa meʼyorlariga muvofiq temir yoʻl kesishmalari temir yoʻllar va avtomobil yoʻlarining toʻgʻri burchak ostidagi tekis uchastkalarida, shuningdek koʻrinish sharoitlari qoniqarli boʻlgan joylarda joylashtirilishi kerak. Bunda, ushbu talabga rioya qilishning imkoni boʻlmasa, kesishuvchi yoʻllar orasidagi oʻtkir burchak 60 darajadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Temir yoʻl kesishmalarida chekka relsdan 10 metrdan kam boʻlmagan masofadagi avtomobil yoʻli gorizontal tekislikda joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalariga tutashgan avtomobil yoʻllari chekka relsdan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada boʻylama qiyaligi 30 minglik oʻlchamdan koʻp boʻlmagan holda loyihalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Temir yoʻl kesishmasi qatnov qismining kengligi avtomobil yoʻli qatnov qismi kengligiga teng boʻlishi, biroq 6 metrdan kam boʻlmasligi, chorva mollarini haydab oʻtish joylaridagi yoʻl toʻshamasi kengligi esa 4 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yoʻl toʻshamasi konstruksiyasidan kelib chiqib, harakatdagi tarkib gʻildirak juftlarining bir tekisda oʻtishini taʼminlash uchun yoʻl toʻshamasi chegaralarida kontrrelslar oʻrnatiladi. Ularning 50 santimetr uzunlikdagi uchlari ikki rels oraligʻining ichki tomoniga qarab 25 santimetrga egiladi. Bunda, tarnovning kengligi 75 dan 110 millimetrgacha boʻlgan oraliqda oʻrnatilishi, uning chuqurligi esa 45 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Navbatchi xodim mavjud boʻlgan temir yoʻl kesishmalarida har bir temir yoʻlning ikki rels oraligʻida (bir yoʻlli uchastkalarda — har ikki tomondan) yoʻl toʻshamasidan 0,75 dan 1,0 metrgacha boʻlgan masofada poyezdni toʻxtatish koʻchma signallarini (qizil shitlar, chiroqlar), shuningdek harakatdagi tarkibning pastki nogabaritligini aniqlashga moʻljallangan qurilmalar uchun temir quvur koʻrinishidagi moslamalar oʻrnatish lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shlagbaum ustunlari, kesishma signalizatsiyasining svetofor machtalari, toʻsiqlar, panjaralar va yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar avtomobil yoʻli qatnov qismi chetidan 0,75 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar temir yoʻl kesishmasining ikki tomonida chetdagi relslardan 2,5 dan 16 metrgacha boʻlgan masofada har 1,5 metrda oʻrnatiladi. Yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan oʻrnatiladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Temir yoʻl kesishmalarining chorva mollarini haydab oʻtish uchun moʻljallangan joylarida balandligi 1,2 metr boʻlgan temirbeton, yogʻoch yoki temirdan yasalgan devor toʻsiqlar yoxud panjaralar oʻrnatiladi hamda zaxira shlagbaumlariga toʻsuvchi toʻrlar osiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Avtomobil yoʻllari tomonidan temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻl harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga (bundan buyon matnda Yoʻl harakati qoidalari deb yuritiladi) muvofiq oʻrnatiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Temir yoʻl kesishmalari aholi punktlarida joylashgan va ularga piyodalar yoʻlkalari mavjud avtomobil yoʻllari tutashgan boʻlsa, temir yoʻl kesishmalari infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan piyodalar yoʻlkalari va tovushli signalizatsiya bilan jihozlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Transport vositalarining temir yoʻl kesishmasiga kirishiga toʻsiq boʻluvchi KTQ bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalari piyodalar yoʻlkalari bilan taʼminlanishi, shuningdek temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻllar temir yoʻl kesishmasida kirishga toʻsqinlik qiluvchi qurilmalar mavjudligi toʻgʻrisida haydovchilarni ogohlantiruvchi axborot-ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. KTQ avtomobil yoʻli qatnov qismining yoʻl qoplamasi bilan bir xil sathda oʻrnatiladi. Shlagbaumlar tushirilgandan soʻng KTQ plitalari yaqinlashib kelayotgan transport vositasi tomonga 0,45 metr (± 0,05 metr) balandlikda koʻtarilib, avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsishi kerak. KTQ qurilmasining ustida transport vositalari boʻlganida plitalar koʻtarilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Temir yoʻl kesishmalariga yaqinlashish yoʻllarida (temir yoʻl yoʻnalishi tomonida) poyezd mashinistlari tomonidan tovushli signal chalinishi lozimligi haqida doimiy ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) poyezd harakatining yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomondan 500 dan 1500 metrgacha masofada, poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yoʻllarda esa temir yoʻl kesishmasidan 800 dan 1500 metrgacha masofada oʻrnatiladi. Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalari old tomonida ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 100 dan 300 metrgacha boʻlgan masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Navbatchi xodim mavjud boʻlmagan hamda mashinistlar koʻrishi qiyin boʻlgan temir yoʻl kesishmalari old tomonida, shuningdek temir yoʻl kesishmasidan 250 metr masofada qoʻshimcha ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) oʻrnatilishi kerak (poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yoʻllarda — 400 metr masofada oʻrnatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Temir yoʻl kesishmasida kesishma signalizatsiyasi mavjud boʻlsa, Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yoʻl” yoki 1.3.2 “Koʻp izli temir yoʻl” ogohlantiruvchi yoʻl belgilari svetoforlar bilan bir ustunda, ustun boʻlmaganda esa eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tartibga solinmaydigan temir yoʻl kesishmalari old tomonida eng yaqin relsdan 50 metrdan ortiq boʻlmagan uzoqlikda joylashgan transport vositalari haydovchilariga mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq hisoblangan uzunlikka teng masofada poyezd koʻrinishi taʼminlanmagan boʻlsa, eng yaqin relsgacha 10 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 2.5 “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisi oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday temir yoʻl kesishmalari qayta jihozlanishidan avval, ularning oldida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan poyezdlar harakat tezligiga doimiy cheklov oʻrnatiladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Elektrlashtirilgan temir yoʻllarda temir yoʻl kesishmalarining har ikki tomonida shlagbaumlardan kamida 5 metr masofada, ular mavjud boʻlmaganda esa chetdagi relsdan kamida 14 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq “4.5 m” raqami aks etgan 3.13 “Cheklangan balandlik” taqiqlash yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Temir yoʻl kesishmalariga tutashgan joylarda avtomobil yoʻllari tomonidan shlagbaumlar old tomonida, ular mavjud boʻlmaganda esa Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq oʻrnatilgan 1.3.1 “Bir izli temir yoʻl” yoki 1.3.2 “Koʻp izli temir yoʻl” ogohlantiruvchi yoʻl belgilari old tomonida 150 — 300 metr masofada 1.1 “Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi” yoki 1.2 “Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi” ogohlantiruvchi va boshqa yoʻl belgilari oʻrnatiladi. Aholi punktlari va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻllarda bunday belgilar chetdagi relslardan 50 — 100 metr masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Transport vositasi bir yoʻnalishda harakatlanishi uchun ikki va undan ortiq boʻlakli avtomobil yoʻllarida, shuningdek bir boʻlakli yoʻllarda temir yoʻl kesishmasining koʻrinish masofasi aholi yashamaydigan joylarda 300 metrdan, aholi yashaydigan joylarda esa 100 metrdan kam boʻlganda Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.1 “Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi” va 1.2 “Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi” belgilari takror oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalarida, shuningdek harakat intensivligi past boʻlgan temir yoʻl uchastkalarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, navbatchi xodimdan boshqa shaxslarning boshqaruv shitidagi avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi va KTQdan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Temir yoʻl kesishmasi faoliyatida vaqtinchalik tanaffus yuzaga kelgan taqdirda avtomatlashgan (yarim avtomatlashgan, elektrlashtirilgan) shlagbaumlar navbatchi xodim tomonidan yopiq (gorizontal) holatga keltiriladi va avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsuvchi zaxira shlagbaumlar esa toʻsish holatiga oʻtkaziladi va qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatilmagan temir yoʻl kesishmalari roʻyxati va ularning ish soatlari haqida infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi YHXX va temir yoʻl kesishmalari joylashgan avtomobil yoʻli egasini yozma ravishda xabardor qiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Harakat intensivligi past boʻlgan temir yoʻllarda joylashgan hamda gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalari infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
(49-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, temir yoʻl kesishmalari poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangunga qadar gorizontal buriladigan shlagbaumlar saqlab turiladi va bunday kesishmalarga navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlarning bruslari qizil rangli nur qaytaruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi yoki nur qaytaruvchi boʻyoq bilan boʻyalishi hamda 4, 6 yoxud 8 metr uzunlikka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar transport vositalari harakatining yoʻnalishi boʻyicha avtomobil yoʻlining oʻng tomonidan qatnov qismining kamida yarmini yopishi kerak. Bunda, qatnov qismini toʻliq berkituvchi shlagbaumlar oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Transport vositalarining harakat intensivligi yuqori boʻlgan, navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan, shuningdek tezyurar yoʻlovchi poyezdlari harakatlanadigan temir yoʻl kesishmalarida transport vositalari kirib kelishining oldini olish uchun KTQ qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsishi hamda sutkaning qorongʻi vaqtida va kunduzi koʻrish yaxshi boʻlmagan sharoitlarda (tuman, boʻron va boshqa noqulay sharoitlarda) qoʻllaniladigan signal chiroqlariga ega boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning bruslariga oʻrnatilgan signal chiroqlari quyidagi signallarni uzatishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobil yoʻli tomon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shlagbaumlar yopiq holatda boʻlganida — qizil signal (chiroq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shlagbaumlar ochiq holatda boʻlganida — shaffof oq signal (chiroq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yoʻl tomon shlagbaumlarning ham ochiq, ham yopiq holatlarida — shaffof oq nazorat signali (chiroq) uzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shlagbaumlar temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonida, avtomobil yoʻli chetining oʻng tomonida oʻrnatilishi va ularning bruslari yopiq holatda avtomobil yoʻli qatnov qismi yuzasidan 1 dan 1,25 metrgacha balandlikda joylashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar chetdagi relsdan 8,5 metrdan kam boʻlmagan va 14 metrdan koʻp boʻlmagan masofada joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar brus uzunligidan (4, 6 yoki 8 metr) kelib chiqib, chetdagi relsdan 6, 8 yoki 10 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Temir yoʻl transporti infratuzilmasida taʼmirlash ishlari amalga oshirilganda temir yoʻl kesishmasini toʻsish uchun avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq berkituvchi va shlagbaumlardan avtomobil yoʻli tomonga 1 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiluvchi gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalaniladi. Bunda, shlagbaumlar ularni ochiq va yopiq holatda mahkamlash va signal chiroqlarini ilib qoʻyish moslamalariga ega boʻlishi kerak.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Shlagbaumlarning bruslari (asosiy va zaxira) navbatma-navbat oʻzgaruvchi qizil va oq rangdagi gorizontal, avtomobil yoʻli tomondan qaralganda 45 dan 50 darajagacha burchak ostida oʻngga egilgan chiziqlar bilan boʻyaladi. Chiziqlarning kengligi 500 dan 600 millimetrgacha boʻlishi, brusning uchida esa 250 dan 300 millimetrgacha kenglikdagi qizil chiziq chizilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan shlagbaumlarning ochiq holati, elektrlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning esa yopiq holati normal holatda turish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normal holatda turmagan shlagbaumlar faqat temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd mavjud boʻlmagandagina transport vositalarini oʻtkazish uchun ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan uchta boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratish uchun temir yoʻl kesishmalari yaqinida chetdagi relsdan 100 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.1 yotiq chizigʻi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Shlagbaum yoki svetofordan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.12 “Toʻxtash chizigʻi” belgisi chizilishi kerak. Bunda, shlagbaum yoki svetofor mavjud boʻlmaganda 1.12 “Toʻxtash chizigʻi” belgisi eng yaqin relsdan 10 metrdan kam boʻlmagan masofada 2.5 “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” belgisi toʻgʻrisida chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yoʻlning bitta harakat yoʻnalishida ikki yoki undan ortiq harakatlanish boʻlaklari chegaralarini belgilash uchun temir yoʻl kesishmalari old tomonida transport vositalarining ruxsat etilgan tezligi soatiga 60 kilometrgacha boʻlganda 20 metrdan kam boʻlmagan masofada, soatiga 60 kilometrdan ortiq boʻlganda esa 40 metrdan kam boʻlmagan masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.12 “Toʻxtash chizigʻi” belgisidan 1.3 yotiq chizigʻi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Navbatchi xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalarida navbatchi xodimlar uchun moʻljallangan xonalar — temir yoʻl boʻylab avtomobil yoʻli tomonidan kirib-chiqiladigan bino qurilishi kerak. Bunda, binoning temir yoʻl tomonga chiqish qismi panjaralar bilan toʻsiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Temir yoʻl kesishmasi chegaralarida yoriqlik darajasi I toifada — 5 lyuks, II toifada — 3 lyuks; III toifada — 2 lyuks; IV toifada — 1 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Oʻtayotgan poyezdlarni kuzatish uchun temir yoʻl kesishmalari projektor (yoritgich) moslamalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kesishma signalizatsiyasi qurilmalari elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha birinchi toifaga mansub boʻlgan ikkita mustaqil taʼminlash manbalaridan elektr taʼminoti bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bitta elektr taʼminot manbasi mavjud boʻlgan temir yoʻl kesishmalarida zaxira elektr taʼminoti boʻlmagan taqdirda temir yoʻl kesishmasini va toʻsish svetoforlarini quvvatlantirish uchun akkumulyator zaxirasi oʻrnatilishi lozim. Bunda, quvvatlantiruvchi akkumulyator zaxirasi 8 soatdan kam boʻlmagan muddat davomida toʻxtovsiz ishlay oladigan quvvatga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalari temir yoʻl stansiyasi navbatchisi hamda markazlashgan dispetcherlik uchastkalarining poyezd dispetcherlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqasi va poyezd radioaloqa vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi xodimni yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimni telefon aloqasi orqali chaqirish uchun temir yoʻl kesishmalarida qoʻshimcha ravishda tashqi qoʻngʻiroq (tovushli chaqiruv) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilmaydigan hamda avtomatlashgan blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda joylashgan temir yoʻl kesishmalarida piyodalar uchun temir yoʻl kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi toʻgʻrisida xabar beruvchi ikkita qizil va bitta oq signalli (chiroqli) qoʻshimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Temir yoʻl stansiyasida hamda temir yoʻl stansiyasidan uzoqlashish uchastkalarida joylashgan va navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalarida piyodalar uchun temir yoʻl kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi toʻgʻrisida xabar beruvchi qoʻshimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari va navbatma-navbat miltillovchi ikkita qizil signal (chiroq) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Kesishma signalizatsiyasi svetoforlari transport vositalari harakati yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomonda oʻrnatiladi. Koʻrish sharoitlari va harakat intensivligini hisobga olib, qoʻshimcha svetofor kallaklari yoki kesishma svetoforini takrorlovchilari oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Avtomobil yoʻllarida navbatchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanish taqiqlanganligi toʻgʻrisida xabar beruvchi tovushli signalizatsiya va transport vositalari harakatiga toʻsiq boʻladigan qoʻshimcha nur qaytaruvchi brus koʻrinishidagi avtomatlashgan yoki yarim avtomatlashgan shlagbaumlar va navbatma-navbat miltillovchi qizil signalli (chiroqli) kesishma svetoforlari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Kesishma signalizatsiyasi oʻchishi yoki uning nosoz holatlarida eng yaqin temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga yoki poyezd dispetcheriga kesishma signalizatsiyasi nosozligi toʻgʻrisidagi xabarnoma avtomatik ravishda uzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi shu kunning oʻzida kesishma signalizatsiya qurilmalarining ishlashini tiklashi lozim.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Poyezd temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashguniga qadar transport vositalari temir yoʻl kesishmasini boʻshatishi uchun avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi avtomobil yoʻli tomonga toʻxtash signali uzatilishini taʼminlashi kerak. Avtomobil yoʻli tomonga toʻxtash signali uzatilishi poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng toʻxtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng avtomatlashgan shlagbaumlarning bruslari vertikal holatga koʻtarilishi, shundan soʻng svetoforlardagi qizil signallar (chiroqlar) oʻchirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Shlagbaum brusini tushirish vaqtida temir yoʻl kesishmasida katta hajmli transport vositasi harakatlanganda shlagbaum brusi shikastlanishining oldini olish maqsadida boshqaruv shiti “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi bilan jihozlanishi, bunda bruslarning navbatchi xodim tomonidan tutib turilish vaqti 10 soniyadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalarida “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi toʻsuvchi shlagbaum bruslarini koʻtarish uchun ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Poyezd yaqinlashish uchastkasi va temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng navbatchi xodim shlagbaumni ochiq holatga oʻtkazishi va tovushli signallarni oʻchirish uchun “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasini bosib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Kesishma signalizatsiyasini boshqarish shitlari navbatchi xodim xonasining tashqarisida, temir yoʻlning va temir yoʻl kesishmasiga tutashgan avtomobil yoʻlining koʻrinishi yaxshi boʻlgan joylarida oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Kesishma signalizatsiyalaridan foydalanish infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tayyorlanadigan yoʻriqnomaga (bundan buyon matnda mahalliy yoʻriqnoma deb yuritiladi) koʻra amalga oshiriladi. Mahalliy yoʻriqnoma besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqilishi lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlangan I va II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida infratuzilma operatori va shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan video qayd etish texnika vositalari oʻrnatiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Temir yoʻl kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Navbatchi xodim lavozimiga poyezdlar harakati boʻyicha kamida 3 oylik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodimning yonida quyidagilar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl tashkilotlari xodimlariga tovushli signal berish uchun signal burgʻusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harakat qatnashchilari eʼtiborini jalb etish uchun qoʻshimcha signal berish hushtagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikkita signal bayrogʻi (qizil va sariq), shuningdek sutkaning qorongʻi yoki koʻrish yomon boʻlgan (tuman, boʻron va boshqa noqulay sharoitlar) yorugʻ vaqtida koʻrinuvchi signallar uzatish uchun moʻljallangan signal chirogʻi.
(83-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish uchun temir yoʻl kesishmasi binosida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl kesishmasi boʻyicha navbatchilik jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yoʻl harakati qoidalari, mazkur Qoidalar va mahalliy yoʻriqnomaning matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq temir yoʻl kesishmasi kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻlovchi poyezdlarining harakat jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) navbatchilikni qabul qilish va topshirish boʻyicha yozma yoki elektron shakldagi kitob (bundan buyon matnda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda joylashgan temir yoʻl kesishmalarida poyezdlar harakatini toʻxtatish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda poyezd mashinistini ogohlantirishga moʻljallangan 6 dona petarda (uch va undan ortiq yoʻlli temir yoʻl uchastkalarida 12 dona);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) vaqtni nazorat qilish uchun devor soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yoʻl harakatini boshqarish tayoqchasi (jezl) va qizil rangli qoʻl bogʻichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) temir yoʻl kesishmasida toʻxtab qolgan transport vositalarini shatakka olish uchun uzunligi 4 dan 6 metrgacha boʻlgan poʻlat arqon (tros);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi temir yoʻl uchun bitta koʻchma qizil shit, bitta signal yoritgich (fonar), shuningdek bitta zaxira koʻchma shit va bitta zaxira signal yoritgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) signal bayroqlarining bitta zaxira toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) temir yoʻl kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Qish mavsumida yer muzlagan vaqtda temir yoʻl kesishmasi chegarasidagi (temir yoʻldan shlagbaum oʻqigacha, shlagbaum boʻlmagan joyda esa Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yoʻl” va 1.3.2 “Koʻp izli temir yoʻl” belgilari oʻrnatilgan joygacha boʻlgan hudud) qatnov qismiga va piyodalar yoʻlkalariga sepish uchun qum zaxirasi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Navbatchi xodim navbatchilik boshlanishidan oldin quyidagilarni koʻzdan kechirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofada joylashgan temir yoʻllar holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kesishma signalizatsiyasi, temir yoʻl kesishmasi jihozlari va temir yoʻl kesishmasi chegarasida joylashgan barcha qurilmalar sozligi va holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalarda plombaning mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) petarda hamda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari mavjudligi va holatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga kesishma signalizatsiyasi, toʻsish signalizatsiyasi, shlagbaumlar, KTQ va telefon (radio) aloqasidagi nosozliklarning (mavjud boʻlsa) bartaraf etilganligi toʻgʻrisida, shuningdek temir yoʻl kesishmasida avtomatik ravishda ishlaydigan uskunalar mavjud boʻlsa, “Avtomatika soz” yoki “Avtomatika nosoz” yozuvi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Poyezdlar va transport vositalari harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda ushbu nosozlikni shu vaqtning oʻzida bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, navbatchi xodim nosozlik aniqlangan joyni toʻxtash signallari bilan toʻsgan holda transport vositalarining harakatini cheklashi va darhol bu toʻgʻrisida temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasiga xabar berishi kerak.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Nosozlik bartaraf etilgan vaqtning oʻzida infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasining vakili (taʼmirlovchi) bu haqda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritadi. Bunda, Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritilgunga qadar nosoz qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan vaqtda shlagbaumni ochish, tegishli signallarni uzatish, oʻtib ketayotgan poyezdlarning holatini kuzatish, harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda poyezdni toʻxtatish choralarini koʻrish, poyezdning oxirgi vagonida uning oxirgi vagon ekanligini anglatuvchi belgi boʻlmaganda bu haqda stansiya navbatchisiga va poyezd dispetcheriga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan yoʻlovchi poyezdini oʻtkazishdan oʻn daqiqa avval shlagbaumlarni yopgan holda temir yoʻl kesishmasida transport vositalarining harakatini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl kesishmasi orqali chorva mollari haydab oʻtilishini poyezd oʻtishidan kamida besh daqiqa avval, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan yoʻlovchi poyezdini oʻtkazishdan esa kamida 20 daqiqa avval toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) temir yoʻl kesishmasida har qanday transport vositalari hamda mexanizmlar, shuningdek piyodalar va chorva mollari toʻxtab turishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) poyezd gʻildiraklarining yon gardishi erkin harakatlanishi uchun kontrrelslar tarnovini tozalash va temir yoʻl kesishmasi chegarasidagi maydonni doimiy toza tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shlagbaumlarning bruslari, signalizatsiya qurilmalari, qor tozalash mashinalari oʻtishi uchun ogohlantiruvchi va vaqtinchalik signal belgilari soz holatda boʻlishini kuzatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) temir yoʻl kesishmasi va shlagbaumlarda chiroqlarni yoqish, tashqi yoritish va projektor moslamalarini oʻz vaqtida yoqish va oʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) rels siljishining oldini oluvchi moslamalarni mahkamlash, temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofagacha boʻlgan qismida temir yoʻllarni qor va oʻtlardan tozalash, temir yoʻl kesishmasidan begona buyumlarni olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) texnika xavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Navbatchi xodim temir yoʻl kesishmasi hududida nazorat olib borishi kerak. Kesishma postidan ketib qolish yoki temir yoʻl kesishmasiga xizmat koʻrsatishni vaqtincha boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi. Bunda, navbatchi xodim temir yoʻl kesishmasi transport vositalaridan holi ekanligiga va yaqinlashib kelayotgan poyezdlar yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan soʻng xizmat xonasiga kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Navbatchi xodim poyezd yaqinlashganda shlagbaumning bruslarini yopishi, shundan keyin temir yoʻl kesishmasidagi va uning har ikkala tomonidagi temir yoʻlning boʻshligini koʻzdan kechirishi hamda poyezd temir yoʻl kesishmasiga kamida 400 metr masofada yaqinlashganida temir yoʻldan chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Navbatchi xodim poyezdni kuzatayotganda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻlga qaragan holda boshini poyezd harakati tomonga 45 daraja burchak ostida burish, temir yoʻl kesishmasi binosi yonida chetdagi relsdan kamida 2 metr, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan poyezdni kuzatishda kamida 4 metr, tezligi soatiga 160 kilometrdan ortiq boʻlgan poyezdni kuzatishda kamida 5 metr masofada turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yoʻl boʻsh boʻlganda kunning yorugʻ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qorongʻi vaqtida — oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichi bilan signal berish;
(93-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd tezligini pasaytirish maqsadida kunning yorugʻ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qorongʻi vaqtida — oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichini (temir yoʻl stansiyalarida — sariq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichi), agar bunday yoritgich mavjud boʻlmasa — oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichini tepaga va pastga harakatlantirish.
(93-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezd oʻtganidan soʻng navbatchi xodim ushbu poyezd ortidan yoki qoʻshni temir yoʻllardan boshqa poyezd kelmayotganiga ishonch hosil qilishi, shundan keyingina shlagbaumlarni ochishi va temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari yoki chorva mollarini oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, temir yoʻl kesishmasidan drezina oʻtgan taqdirda navbatchi xodim yigʻilgan holatdagi sariq bayroqni yoyilgan holatdagi qizil bayroq bilan almashtirishi va drezina temir yoʻl kesishmasidan 200 dan 250 metrgacha uzoqlashmagunga qadar uni ushlab turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtishida navbatchi xodim quyidagi hollarda poyezd mashinistiga toʻxtash signalini beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harakatlanayotgan poyezdda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlikni sezganda (masalan, aylanmasdan sirgʻalib ketayotgan yoki kuchli zarba tovushini chiqarayotgan gʻildirak, yongʻin, buksaning qizishi, poyezddan yoʻlovchi yoki yukning qulab ketishi xavfi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki yoʻlli temir yoʻlda notoʻgʻri yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan lokomotivda tegishli signallar boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) poyezd bir temir yoʻlda boshqa bir poyezdga qarama-qarshi yoʻnalishda yurayotganini yoki bir poyezd boshqa bir poyezdni quvib yetish xavfi (bunda, toʻxtash signali quvib yetishi ehtimoli boʻlgan poyezdga beriladi) mavjudligini sezganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) poyezd mashinistiga poyezd tarkibidan berilayotgan toʻxtash signallariga qaramasdan poyezd harakatlanishda davom etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) temir yoʻlning yon-atrofida yongʻin sodir boʻlganda yoki harakat xavfsizligi va inson hayotiga tahdid soluvchi boshqa barcha holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Navbatchi xodim temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotgan poyezdda aniqlangan nosozliklar haqida telefon (radio) aloqasi vositalari orqali ushbu poyezd mashinistiga, shuningdek temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalarida poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib ketgandan keyin navbatchi xodim tomonidan boshqaruv shitidagi “Ochish” tugmasi bosilganda shlagbaumlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yarim avtomatlashgan shlagbaumlar “Ochish” tugmasi bosilganda ochiq holatga, avtomatlashgan shlagbaumlar esa avtomatik ravishda ochiq holatga oʻtmasa, navbatchi xodim transport vositalarini temir yoʻl kesishmasi orqali oʻtkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (temir yoʻl kesishmasi peregonda joylashganda esa qoʻshni temir yoʻl stansiyasi navbatchisi) orqali temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kesishma signalizatsiyasining boshqaruv shitidagi nazorat chiroqlari orqali toʻsish svetoforlari yoqilganligiga ishonch hosil qilgan holda “Toʻsish signalizatsiyasini yoqish” tugmasini plombadan yechishi va uni bosishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomatlashgan qurilmalarning nosozligi hamda plombalangan “Toʻsish signalizatsiyasini yoqish” va “Avariyali ochish” tugmasidan foydalanilganligi haqida shu vaqtning oʻzida Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga qayd kiritishi va bu haqda darhol temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasiga xabar berishi;
(96-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport vositalari shlagbaumdan oʻtib ketgunga qadar “Avariyali ochish” tugmasini bosilgan holatda ushlab turishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Navbatchi xodim “Avariyali ochish” tugmasini bosilgan holatda ushlab turish vaqtida svetoforli va tovushli signalizatsiyani oʻchirishi, shuningdek shlagbaumlarni ochishi va ularning boshqaruvini oʻz zimmasiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi xodim transport vositalari shlagbaumdan oʻtib boʻlganidan keyin “Avariyali ochish” tugmasini qoʻyib yuborishi, kesishma signalizatsiyasi yoqilishi va shlagbaumlar yopiq holatga oʻtkazilishi, shundan soʻng esa “Toʻsish signalizatsiyasini yoqish” tugmasi oʻchirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, navbatchi xodim temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasini tugmalarni plombalash kerakligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
(97-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Kesishma signalizatsiyasi shitida tugma bosishlar sonining hisoblagichi qoʻllanilganda “Avariyali ochish” va “Toʻsish signalizatsiyasini yoqish” tugmalari plombalanmaydi. Bunda, ushbu tugmalar bosilganda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga hisoblagich koʻrsatkichi toʻgʻrisida yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Oʻziyurar maxsus harakatdagi tarkib yaqinlashganda navbatchi xodim uni kuzatishi hamda u oʻtib ketgunga qadar “Yopish” tugmasini bosgan holda tutib turishi kerak.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Temir yoʻl kesishmasida toʻsish signalizatsiyasi mavjud boʻlmaganda yoki mavjud, biroq nosoz holatda boʻlganda yoxud boshqaruv shitidagi nazorat lampalari yonmaganda navbatchi xodim darhol toʻsiq vujudga kelgan har bir temir yoʻlga koʻchma toʻxtash signalini (kunning yorugʻ vaqtida — qizil shit, sutkaning qorongʻi vaqtida — ikki tomoni qizil chiroqli yoritgich) oʻrnatishi, shlagbaumlarni yopishi, bu haqda stansiya navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) xabar berishi va shu vaqtning oʻzida temir yoʻl stansiyasidan peregonga poyezd joʻnatilgan yoki joʻnatilmaganligini aniqlashi lozim.
(100-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi xodim temir yoʻl stansiyasi navbatchisidan (poyezd dispetcheridan) temir yoʻl stansiyasidan peregonga poyezd joʻnatilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olgan taqdirda toʻxtash signalini bergan holda yaqinlashayotgan poyezd tomon boradi hamda tegishli masofada petardalarni oʻrnatgach, toʻsiq joylashgan joyga qaytadi va uni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Temir yoʻl kesishmasida aloqa tarmoq simlari yoki temir yoʻlni kesib oʻtuvchi elektr uzatish simlari uzilganda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻsish signalizatsiyasini yoqishi va shlagbaumlarni yopishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) simlarning uzilish joyini undan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada koʻchma toʻxtash signallari bilan toʻsishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sodir boʻlgan holat haqida temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasiga xabar berishi;
(101-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uzilgan simlarga kamida sakkiz metr masofada yaqinlashilmasligi va relslarga tegilmasligini nazorat qilgan holda toʻsiq oldida qolishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Temir yoʻl kesishmasida yoki unga yaqin hududda yoʻl-transport hodisasi yuz bergan taqdirda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga), tegishli YHXXga, infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasiga xabar berish;
(102-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jabrlanganlarga (mavjud boʻlsa) birinchi yordam koʻrsatish, zaruriyat boʻlganda tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Temir yoʻl kesishmalarini saqlash va taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Infratuzilma operatorlari yoki shoxobcha yoʻllari egalari temir yoʻl kesishmalari va ularning chegarasida joylashgan avtomobil yoʻli uchastkalari saqlanishi va taʼmirlanishini, shlagbaumlar, kesishma hamda toʻsish signalizatsiyalari, telefon (radio) aloqa vositalari soz holatda ishlashi va saqlanishini hamda uzluksiz elektr taʼminotini taʼminlaydi.
(103-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Temir yoʻl kapital taʼmirlanganda undagi temir yoʻl kesishmalari ham kapital taʼmirlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Temir yoʻl yoki temir yoʻl kesishmasidagi yoʻl harakatini tashkil etuvchi texnik vositalarni taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish davomida temir yoʻl kesishmasida transport vositalarining harakat yoʻnalishi oʻzgaradigan boʻlsa, infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishidan kamida besh kun oldin quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
(105-band birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi YHXX bilan hamkorlikda transport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanish tartibi hamda aylanib oʻtish yoʻnalishini aniqlash;
(105-band ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari egasi bilan kelishuv asosida yoʻl harakati tashkil etilishi va yoʻnalishni koʻrsatuvchi texnik vositalarning oʻrnatilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Temir yoʻl kesishmasida taʼmirlash yoki rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda harakat xavfsizligi navbatchi xodim tomonidan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Temir yoʻl kesishmalarida yoʻl harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar va yoʻl qurilmalari holatini davriy koʻrikdan oʻtkazish infratuzilma operatori yoki shoxobcha yoʻllari egasi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalarining toifalari va transport vositalarining harakatlanish intensivligini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tashuvchi avtomobil, yuk koʻtarish qobiliyati quyidagicha boʻlgan, tonnada:
2
1,5
6
2,0
8
2,5
14
3,0
14 dan ortiq
3,5
Avtopoyezd, yuk koʻtarish qobiliyati quyidagicha boʻlgan, tonnada:
12
3,5
20
4,0
30
5,0
30 dan ortiq
6,0
Traktor:
1 ta tirkama bilan
3,0
2 ta tirkama bilan
3,5
3 ta tirkama bilan
5,5
4 ta tirkama bilan
9,0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalarining sonidan qatʼi nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometr va undan ortiq tezlikda harakatlanadigan temir yoʻllarda joylashgan temir yoʻl kesishmalari ham I toifali temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** avtobuslar va maxsus avtomobillar uchun hisoblash koeffitsiyentlari tegishli yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan transport vositalariga tenglashtiriladi hamda yuk tashuvchi avtomobillar va avtopoyezdlar uchun hisoblash koeffitsiyentlari notekis va togʻli hududlarda 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363-3, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3363-3/0528-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezdlar harakati tezligi, soatiga km.da
Chetdagi relsdan 50 metr va undan kam masofada joylashgan transport vositasi uchun temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd koʻrinishining eng qisqa masofasi, metrda
141 — 200
600
121 — 140
500
81 — 120
400
41 — 80
250
26 — 40
150
25 va undan past
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini toʻxtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining tezligi, soatiga km.da
Avtomobil yoʻlining qiyaligi, ‰
Transport vositasini toʻxtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa, metrda
150
30
300
120
40
250
100
50
200
80
60
150
60
70
85
50
80
75
40
90
55
30
100
45
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish boʻyicha tayyorlanadigan mahalliy yoʻriqnomada nazarda tutilishi lozim boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shlagbaumlarning holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalanish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aloqa vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kesishma signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻsish signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Temir yoʻl kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun toʻsiq boʻladigan holatlar yuzaga kelganda navbatchi xodimning vazifalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harakatlanayotgan poyezd mashinistlarini poyezdlar tarkibida yoki temir yoʻl kesishmasida yuzaga kelgan nosozliklar haqida xabardor qilish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Temir yoʻl kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun toʻsiq boʻladigan holatlar yuzaga kelgan joyni toʻsish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Temir yoʻl kesishmasida yoʻl transport hodisasi va poyezdlar harakati xavfsizligi buzilishlari sodir boʻlganda tegishli shaxslarni xabardor etish sxemasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Temir yoʻl kesishmasini toʻsish qurilmasidan (KTQ) foydalanish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harakatlanayotgan poyezdlarni koʻrish uchun moʻljallangan yoritgich (projektor) qurilmalarini oʻrnatish va qoʻllash qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш