18.01.2024 yildagi PF-15-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali o‘ttiz yilga ijaraga beriladi, bunda boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi, sotilmagan lotlarning narxi har takroriy savdoda 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 20 foizigacha kamaytiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2025-y., 06/25/18/0104-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilguniga qadar, ochiq elektron tanlov uchun belgilangan tartibda, elektron onlayn auksion savdolarini o‘tkazish esa, auksion savdolarini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 3 foiz — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — tuman va shaharlar soliq inspeksiyalari budjetdan tashqari jamg‘armalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — 2025-yilning 1-martidan boshlab respublika budjetiga maqsadli ravishda aholi tomorqalarida va dehqon xo‘jaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish tadbirlariga yo‘naltiriladi. Bunda, respublika budjetiga yo‘naltirilgan mablag‘lar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga davlat ulushini oshirish uchun yo‘naltiriladi va maqsadli ravishda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va uning muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi;
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Soliq qo‘mitasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini sotish bo‘yicha to‘lovlarni undirishga mas’ul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” AJ bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar o‘z ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini sotish bo‘yicha har bir ijaraga oluvchi uchun shaxsiy kartochka hamda to‘lovlarning aniq hisobi yuritilishini ta’minlasin.
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, Kadastr agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq 15 626,8 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini (aholi punktlariga yaqin, suv ta’minoti yaxshi, unumdorligi yuqori bo‘lgan, maydoni, qoida tariqasida, 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga bo‘lgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq elektron tanlovga chiqarilgan va g‘olib aniqlanmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari 2024-yil 1-martdan boshlab avtomatik tarzda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda to‘liq yoki qisman boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilsin. Bunda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi shart, ushbu muddat ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga elektron onlayn auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yo‘l qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi ochiq elektron tanlov natijasiga ko‘ra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn auksion savdolari natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni biryo‘la to‘lashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi “Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli qo‘shma qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan, shu sabablarga ko‘ra huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini o‘rganib, o‘z sessiyalarida ushbu yer uchastkalari bo‘yicha:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchi o‘rtasida yer ijarasi shartnomasini tuzish (ijara shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish) to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini zaxiraga qaytarish choralarini ko‘rish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 2027-yil 1-yanvarga qadar o‘z hududlarida yerga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, lekin amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha yer uchastkalari bo‘yicha ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki yerni zaxiraga qaytarish choralarini ko‘rsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar barcha hollarda barcha shaxslardan to‘liq undirilishi belgilansin, bundan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar garovi bilan ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish tartibi bekor qilinsin. Bunda, agrosanoat klasterlari yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan ijaraga olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yer uchastkalarini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan mahalliy va chet ellik investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishda ushbu yer uchastkasiga ijara huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘ ijaraga oluvchi tomonidan Davlat budjetiga to‘lanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov, qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-martga qadar elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAYDONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Yer maydoni, gektar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1 724,8

2.

Andijon viloyati

1 402,3

3.

Buxoro viloyati

1 115,8

4.

Jizzax viloyati

952,2

5.

Qashqadaryo viloyati

1 460,0

6.

Navoiy viloyati

449,2

7.

Namangan viloyati

1 110,5

8.

Samarqand viloyati

1 332,2

9.

Surxondaryo viloyat

1 353,3

10.

Sirdaryo viloyati

849,1

11.

Toshkent viloyati

1 263,1

12.

Farg‘ona viloyati

1 490,4

13.

Xorazm viloyati

1 123,9

Respublika bo‘yicha

15 626,8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “ochiq elektron tanlov” so‘zlari “elektron onlayn auksion” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish” so‘zlari “ijara shartnomasini imzolash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-129-son Farmonining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi “loyiha tashabbuskorlariga” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “o‘rmon fondi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yaylov, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past bo‘lgan yerlarning toifasini” so‘zlari “o‘rmon fondi yerlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidagi sug‘orilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past bo‘lgan yerlarning) yer fondi toifasini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-204-son qarorining 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hukumat komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ishchi organ tomonidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda kiritiladi, bunda mazkur loyihalarni boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi, loyihalarga yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirishdan boshqa masalalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 04.02.2025-y., 06/25/18/0104-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)