15.12.2021 yildagi O‘RQ-737-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibini belgilashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komendantlik soati — sutkaning maxsus berilgan ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz ko‘chalarda hamda boshqa jamoat joylarida yoxud turar joydan tashqarida bo‘lishga taqiq belgilangan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilayotgan hududlarning chegaralari (bundan buyon matnda favqulodda holat joriy etilayotgan hududlar deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yoxud bir yoki bir necha ma’muriy-hududiy birliklari yoxud ularning qismini qamrab oluvchi favqulodda holat rejimi amal qilishi doirasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi — favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Favqulodda holatni joriy etish maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish maqsadlari uni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishdan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini hamda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligi himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Favqulodda holatni joriy etish hollari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Favqulodda holatni joriy etish hollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qo‘llamasdan bartaraf etish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi. Bunday holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real tashqi xavf, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini va (yoki) hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga urinishlar, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari, shuningdek zo‘ravonlik harakatlari bilan bir vaqtda yuz beradigan, fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga bevosita tahdid soluvchi o‘ta muhim hamda toifalangan obyektlarni yoki ayrim joylarni to‘sish yoki bosib olish, qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tayyorlash (tashkil etish) va ularning faoliyati, millatlararo, konfessiyalararo va chegaraviy nizolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar amalga oshirilishini talab etadigan yirik halokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Favqulodda holatni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni darhol ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni uch sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonida quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish zaruratining asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilayotgan hududning chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini ta’minlaydigan kuchlar va vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda choralar ro‘yxati va ularni qo‘llash chegaralari, vaqtinchalik cheklovlarning qat’iy ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan favqulodda choralarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatning amal qilish davrida tashkil etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari va ularning vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmon kuchga kiradigan sana va vaqt, shuningdek favqulodda holatning amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi o‘tkaziladigan joyga darhol, maxsus chaqiruvsiz yetib kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi qo‘mitalarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni kelib tushgan paytdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati ushbu farmonni tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqadi hamda qo‘shma qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash masalasiga doir qo‘shma qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida tasdiqlanmagan favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Favqulodda holatning amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida o‘z ishini davom ettiradi va tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Favqulodda holatning amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati o‘ttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmagan bo‘lsa, favqulodda holatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan yana bir muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilsa, favqulodda holatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan to‘liq yoki qisman, shu jumladan muddatidan ilgari tugatiladi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Favqulodda holat joriy etilganda qo‘llaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonida favqulodda holatning amal qilish davrida quyidagi favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy bo‘linmalarining), mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hudud bo‘ylab harakatlanish erkinligiga nisbatan cheklovlar, shuningdek mazkur hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimi, shu jumladan mazkur hududga, zarur bo‘lganda esa O‘zbekiston Respublikasining butun hududiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi hamda ushbu hududlarda turishiga nisbatan cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi obyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga, shu jumladan tovarlarni realizatsiya qilishga, ishlarni bajarishga va xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlashning alohida tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar, shuningdek boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini taqiqlash yoki cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining harakatini cheklash va ularni ko‘zdan kechirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarishlar hamda portlovchi, radioaktiv, shuningdek xavfli kimyoviy va biologik moddalardan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar munosabati bilan moddiy va madaniy qimmatliklarning yo‘q qilinishiga, o‘g‘irlanishiga yoki shikastlanishiga aniq tahdid mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ko‘chmas obyektlarga, shu jumladan moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan esa ularni muhofaza qilishga doir tegishli choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarga qarab, mazkur moddaning birinchi qismida, shuningdek ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 13 va 14-moddalarida nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarning butun majmui ham, ularning ayrimlari ham joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda joriy etilgan favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat joriy etilayotgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasida ko‘rsatilgan favqulodda choralarga va vaqtinchalik cheklovlarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni bilan quyidagi qo‘shimcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komendantlik soatini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy mudofaa tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari faoliyatini cheklash shartlari va tartibi ko‘rsatilgan holda bunday faoliyatni cheklash, shuningdek bosma mahsulotni, radiouzatuvchi, ovoz kuchaytiruvchi vositalarni, nusxa ko‘paytirish texnikasini vaqtincha olib qo‘yish yoki xatlash, jurnalistlar akkreditatsiyasini o‘tkazishning alohida tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga monelik qilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ko‘rigini, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshiruvini, ashyolarni, uy-joyni va transport vositalarini ko‘zdan kechirishni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolni, uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni, maxsus vositalarni, zaharli moddalarni realizatsiya qilishni taqiqlash, tarkibida giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari va preparatlar, etil spirti, alkogol mahsulotlari muomalada bo‘lishining alohida rejimini belgilash. Alohida hollarda fuqarolardan qurolni va o‘q-dorilarni, tashkilotlardan qurolni va uning o‘q-dorilarini, maxsus vositalar va zaharli moddalarni, shuningdek jangovar va o‘quv-jangovar harbiy texnikani, portlovchi va radioaktiv moddalarni vaqtincha olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni belgilangan tartibda ushbu hududdan tashqariga o‘z hisobidan chiqarib yuborish, ularda mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa xarajatlarning o‘rnini keyinchalik sud tartibida ushbu shaxslardan undirgan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chiqarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda joriy etilgan favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat joriy etilayotgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasida ko‘rsatilgan favqulodda choralarga va vaqtinchalik cheklovlarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni bilan quyidagi qo‘shimcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini xavfsiz hududlarga vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki ko‘chma turar joylar majburiy ravishda berilgan holda evakuatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin joriy etish, sanitariya-epidemiyaga qarshi, veterinariya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat zaxiralarini jalb etish, mulkchilik shakllaridan va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlarning resurslarini safarbar etish, ularning ish rejimini o‘zgartirish, mazkur tashkilotlarni favqulodda holat sharoitlarida zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini favqulodda holat sharoitlarida zarur bo‘lgan boshqacha tarzda o‘zgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan alohida hollarda mazkur ishlarni amalga oshirish uchun mehnatga layoqatli aholini, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga majburiy ravishda rioya etgan holda jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Saylovlar va referendumlar o‘tkazishni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar va referendumlar o‘tkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari Kengashlariga saylov va fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi o‘tkazilmaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatning amal qilish davrida davlat hokimiyatining tegishli vakillik organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslar vakolatlarining muddati tugagan taqdirda ularning vakolatlari muddati, agar mazkur organlar va shaxslarning vakolatlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan tartibda to‘xtatib turilmagan bo‘lsa, favqulodda holatning amal qilish davri tugaguniga qadar uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga zid bo‘lgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatiga to‘xtatib turishga haqli.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Favqulodda holatning amal qilish davrida tashkil etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha maxsus davlat boshqaruvi organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga oid masalalarni darhol hal etish va tadbirlarni amalga oshirish maqsadida favqulodda holatning amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha maxsus davlat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq hududlar komendaturasi tashkil etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlat komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududni boshqarish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida jabrlangan fuqarolar vaqtincha yashash, shuningdek ularga zarur yordam ko‘rsatish uchun statsionar yoki ko‘chma turar joylarga vaqtincha joylashtirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududlarda davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning hamda hududlar komendaturalarining favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatning amal qilish davrida o‘tkaziladigan tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning va hududlar komendaturalarining faoliyatini muvofiqlashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish masalalari yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini va hududlar komendantlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa tashkilotlardan va hududlar komendantlaridan Davlat komissiyasining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar hamda ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va hududlar komendaturalari tomonidan favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga doir tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy, ekspertga oid va boshqa ishlarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 12-moddasining birinchi qismida, 13 va 14-moddalarida ko‘rsatilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishining samaradorligini ko‘rib chiqadi. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar to‘liq yoki qisman bartaraf etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish yoki favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga favqulodda holat rejimini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli loyihalarini ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar vakillaridan va hududlar komendantlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining tarkibi va Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining faoliyati raisdan, kotibdan va boshqa a’zolardan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi a’zolarining va uning ishini ta’minlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarning ish o‘rinlari hamda asosiy ish joyidagi ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining majlislari zaruratga qarab, uning raisi tomonidan chaqiriladi, qarorlari esa bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi a’zolari majlislarda almashtirish huquqisiz ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining majlis kun tartibidagi har bir masalaga doir qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi hamda, agar Davlat komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchiligi ular uchun ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Davlat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi. Davlat komissiyasining o‘z vakolatlariga muvofiq qabul qilinadigan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududlarning komendaturalari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Hudud komendanti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan hudud komendanti tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendanti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Davlat komissiyasi tuzilganda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendanti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlash masalalari yuzasidan barcha davlat boshqaruvi organlari (ularning tarkibiy bo‘linmalari), mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan tegishli hududda bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlarni o‘z vakolatlari doirasida chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komendantlik soatining vaqtini va amal qilish muddatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, maxsus vositalarni, zaharli moddalarni, tarkibida giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini va preparatlarni, etil spirtini, alkogol mahsulotini realizatsiya qilishni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan vaqtincha olib qo‘yilgan qurolni va o‘q-dorilarni, tashkilotlardan vaqtincha olib qo‘yilgan qurolni va uning o‘q-dorilarini, maxsus vositalarni, portlovchi, zaharli hamda radioaktiv moddalarni, shuningdek jangovar va o‘quv-jangovar texnikani saqlash tartibi va joylarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini buzayotgan shaxslarni favqulodda holat joriy etilgan hududdan tashqariga, ularning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga xavf tug‘dirmaydigan hududga belgilangan tartibda chiqarib yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida nazarda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq hali qo‘llanilmagan qo‘shimcha favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni qo‘llash zarurati haqidagi asoslantirilgan takliflar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Davlat komissiyasi raisiga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlashga doir tadbirlarni qo‘shimcha ravishda moliyalashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hudud aholisini yuzaga kelgan favqulodda holat hamda favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan ayrim favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni bajarish tartibi haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda jurnalistlarni akkreditatsiya qilishning alohida tartibiga rioya etilishini hamda ularning ish tartibini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda aholining normal hayot faoliyatini saqlab turish va ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendanti favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy bo‘linmalarining), mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining barcha majlislarida ishtirok etishga hamda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha takliflar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendanti hudud komendaturasiga rahbarlikni amalga oshiradi. Hudud komendaturasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hudud komendaturasining tashkil etilishi favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy bo‘linmalarining) va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini to‘xtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Favqulodda holat rejimini ta’minlovchi (saqlovchi) kuchlar va vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun kuchlar va vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Favqulodda vaziyatlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalar faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun hudud komendaturasi tarkibida hudud komendanti tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy bo‘linmalarining) va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari orasidan tezkor shtab tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor shtabga hudud komendanti rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun qo‘shimcha kuchlar va vositalarni jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 21-moddasida ko‘rsatilgan kuchlar va vositalarga qo‘shimcha ravishda, favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi quyidagi vazifalarni bajarish uchun jalb etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi obyektlarni hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradigan obyektlarni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan holda zo‘ravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qo‘yishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda, ushbu modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Favqulodda holat sharoitlarida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek mansabdor shaxslar huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Favqulodda holatning amal qilish davrida jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy va ijtimoiy huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 14-moddasining beshinchi xatboshisiga muvofiq avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun jalb etilgan shaxslar mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq haq to‘lash kafolatlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band bo‘lmagan aholi orasidan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun jalb etilgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash tartibi va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi munosabati bilan jabrlangan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shartlar asosida va tartibda turar joylar beriladi, yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanadi, ishga joylashishda ko‘mak beriladi va zarur yordam ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 14-moddasining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga ushbu zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Mudofaa vazirligining xodimlariga va harbiy xizmatchilariga, shuningdek favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan boshqa shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni hisobga olish tartibi, shuningdek mazkur shaxslarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Favqulodda holat sharoitlarida favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarni qo‘llash chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquq va erkinliklarining, shuningdek yuridik shaxslar huquqlarining alohida cheklovlari belgilanishiga sabab bo‘ladigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatadigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar qonunga muvofiq vujudga kelgan favqulodda holat talab etadigan chegaralar doirasida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat sharoitlarida qo‘llaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalariga zid bo‘lmasligi kerak. Favqulodda holatning joriy etilishi inson va fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24, 25, 26-moddalarida, 27-moddasining birinchi qismida, 30, 31 va 44-moddalarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklarini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar qat’iydir, ular kengaytirib talqin etilmaydi va boshqa cheklovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, jangovar va maxsus texnikani hamda o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari va chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatishning, maxsus vositalarni, jangovar va maxsus texnikani hamda o‘qotar qurolni qo‘llashning qonunlarda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlari va chegaralari favqulodda holat sharoitlarida o‘zgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlashga (saqlab turishga) jalb etilgan shaxslarning o‘z vakolatlari doirasidan chiqishi, shuningdek qonunga xilof ravishda kuch ishlatishi, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llashi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar ushlab turiladi, yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan (o‘z shaxsi haqidagi ma’lumotlarni yashirayotgan) shaxslar esa ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra ko‘pi bilan yigirma to‘rt soat muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonida bo‘lgan narsalar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi boshlig‘ining ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi boshlig‘ining komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risidagi qarorining qonuniyligi va ushlab turilgan shaxslarni saqlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilgan hududda odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning xavfli yuqumli kasalliklari yuzaga kelishi hamda tarqalishi xavfi tufayli cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat rejimini buzgan, mazkur joyda yashamaydigan hamda ushbu joydan tashqariga chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan fuqarolar shu shaxslar uchun belgilangan tibbiy kuzatuv muddati tugaguniga qadar umumiy asoslarda ushlab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat rejimini ta’minlash maqsadida qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlarini vaqtincha cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hudud komendantining buyruqlari va farmoyishlarining amal qilishi favqulodda holatning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatning amal qilishini tugatish favqulodda holat rejimini buzish to‘g‘risidagi ma’muriy ishni yuritishning tugatilishiga va ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilgan shaxslarning yoki mazkur huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarning darhol ozod etilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Favqulodda holat joriy etilgan hududda odil sudlovni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilgan hududda odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur hududda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan barcha sudlar faoliyat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda sudlarning biror-bir shaklini yoki turini yaratishga, xuddi shuningdek tezlashtirilgan yoki favqulodda sud ishlarini yuritishning har qanday shakllari va turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, sudlarda ko‘rib chiqiladigan ishlarning sudlovga tegishliligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga doir ishlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga doir ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatning amal qilish davrida Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar to‘lashga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni belgilangan tartibda tasarruf etish vazifalari topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Birlashgan Millatlar Tashkilotini favqulodda holatni joriy etish va uning amal qilish davrini tugatish to‘g‘risida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiq favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktdan (Nyu-York, 1966-yil 16-dekabr) kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi qo‘shma qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch kunlik muddatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibini mazkur xalqaro shartnomada nazarda tutilgan insonning fuqarolik va siyosiy huquqlarini vaqtincha cheklash hajmi hamda favqulodda holatni joriy etish shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatning amal qilishi uzaytirilgan taqdirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibini favqulodda holatning amal qilishi tugatilganligi va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari qoidalarining amal qilishi to‘liq hajmda tiklanganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Chegaradosh davlatlarni favqulodda holat joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi qo‘shma qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran 24 soat ichida chegaradosh davlatlarni favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Xalqaro insonparvarlik yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-737-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 03/21/737/1163-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)