29.04.2023 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tarkibi hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tarkibini, asosiy maqsadi va vazifalarini, tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining funksional quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar uch oy muddatda o‘z faoliyati xususiyatlari hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yuklangan funksiyalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni mazkur qaror talablari asosida ishlab chiqsin hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda — FVDT) tarkibini, asosiy maqsadi va vazifalarini, tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. FVDTning tarkibi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari, kuchlari va vositalaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i, favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari, ko‘rsatmalari va ushbu Nizom asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi o‘rinlarda — favqulodda vaziyatlar) — muayyan hududda odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlarning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar majmui, vositalar hamda usullar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa — odamlarning hayotini asrab qolishga va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning funksional quyi tizimi — aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga olgan quyi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini o‘z ichiga olgan quyi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar davlat tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. FVDTning asosiy maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FVDTning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning barcha darajadagi boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, FVDT boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hududida ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish, shuningdek ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat bo‘lib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT boshqaruv organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar va shaharlar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuchlari va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, shuningdek, mos ravishda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)lari bilan kelishgan holda tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. FVDTning funksional quyi tizimlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuchlari va vositalaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuchlari va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un (statsionar) boshqaruv punktlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi bo‘linmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ro‘y berganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabardor qilish va ma’lumot (axborot) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar o‘rtasida o‘zaro axborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. FVDT boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt darajasida — obyektlar ma’muriyati hamda ularning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari, shubalari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari — FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari hamda ularning bo‘g‘inlaridagi tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi bo‘linmalardir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar darajasida — obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari hamda vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda esa — favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarida tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalarning FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda o‘ta muhim va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini budjet mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlardan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilish yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarning to‘planishini va almashinishini hamda yetkazilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuchlari va vositalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek, FVDTning maxsus sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishini va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek, xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimining lokal darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy, texnogen va ekologik jarayonlarning rivojlanish ehtimolini, xususiyatlari hamda ko‘lamini, shuningdek, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarga kuchlar va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, almashish va ular to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT hududiy quyi tizimlari kuchlari va vositalarining, shuningdek, ko‘ngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyg‘unligini ta’minlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishni, yashash sharoitini ta’minlashni va favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach ularning doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xo‘jaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish hamda ularning yashash sharoitini har tomonlama ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug‘urta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug‘urtalangan himoyasi samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va sug‘urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, FVDT boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuchlar va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar obyektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash, ular ro‘y berganda oqibatlarini prognoz qilish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yong‘in va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining lokal va obyekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT boshqaruv organlarining, obyektlar kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar ko‘rgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar chegaralarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. FVDTning kuchlari va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT kuchlari va vositalari belgilangan vazifalarni O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar sharoitida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga mo‘ljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv havo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy transport boshqarmalari tomonidan jalb qilinadigan avtotransport vositalari va tashkil etiladigan avtosanitar kolonnalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning FVV bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida aholini va hududlarni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik texnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarining qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, qurilish, qurilish-montaj, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda ushbu obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning Radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza hamda maxsus avariya-tiklash boshqarmasi, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab FVDT muayyan hududda quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik rejim — muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari ro‘y bergan favqulodda vaziyatning turiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, shuningdek tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish bo‘yicha qarorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlar va vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar turlari, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri amalga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyekt darajasida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy darajada bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublika va transchegaraviy darajada bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kundalik faoliyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazorat qilish hamda kuzatish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotni to‘plash, tahlil qilish va almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga doir tadbirlarni rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga xabar berishning va uni xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish hamda ularning o‘rnini to‘ldirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlardagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan monitoringni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi ehtimolini, ko‘lamlari hamda oqibatlarini prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hududlarda ularning ro‘y berishi xavfini baholash uchun tezkor guruhlarni tashkil etish, tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlarni va, zarur bo‘lganda, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolarining, hayot ta’minoti tizimlarining, obyektlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining kecha-kunduz navbatchiligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTga tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlarning tezkor boshqaruv bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT kuchlari va vositalarini shay holatga keltirish, faoliyatni yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazish, ularning harakatlari rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda, ularni favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkinligi taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) favqulodda vaziyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga xabar berish, shuningdek, aholini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir rejalarni amalga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, moddiy va madaniy qimmatliklarning xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat zonasining chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), unga kirish-chiqish rejimini va unda harakatlanish rejimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarni jalb etish, mazkur tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularning birlamchi sabablarini bartaraf etishga doir ishlarni, qutqaruv ishlarini hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, jabrlangan aholining hayot faoliyati sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar zonalarida atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlaridagi va ularga tutash hududlardagi vaziyat yuzasidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va uning hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda aholining vaqtincha bandligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar zonalarida epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy moliyaviy va moddiy resurslarning zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari FVVning harbiy, ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari, FVDT tarkibiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari hamda bo‘linmalarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlik qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal favqulodda vaziyatlarda — hududida favqulodda vaziyat ro‘y bergan tashkilotning rahbari belgilagan mas’ul xodim tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organi hududiy bo‘linmasining rahbari yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hududiy bo‘linmasi rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimlarining qaroriga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda — maxsus vakolatli davlat organining rahbari yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning xususiyatiga qarab, tegishli sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning respublika darajasidagi boshqaruv organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqaruv organlari

Tezkor-boshqaruv organlari

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalari

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari

Respublika darajasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) markaziy apparati;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy apparatlari (boshqaruv organlari).

FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;

FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar markaziy apparatlarining (boshqaruv organlarining) navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;

FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.

Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining mablag‘lari va davlat zaxirasi moddiy resurslari zaxirasi;

moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxiralari;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;

O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.

Mahalliy daraja

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari;

tashkilotlarning vakolatli bo‘linmalari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari;

shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining tezkor-boshqaruv guruhlari;

tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;

O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.

Obyektlar darajasi

obyektlarning ma’muriyati va vakolatli tarkibiy bo‘linmalari.

obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;

statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.

qutqaruv tuzilmalari;

maxsus vazifali tuzilmalar;

fuqaro muhofazasi tuzilmalari.

obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;

tegishli yuqori tashkilotning moliyaviy va moddiy resurslarining idoraviy zaxiralari.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining funksional quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDT tarkibidagi tashkilotlarning samarali hamkorligini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilishning yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chog‘ida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Favqulodda vaziyatlar zonalarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarning qo‘riqlanishini hamda muhofaza qilinishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Favqulodda vaziyat zonasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aholini xabardor qilish, hududdagi zarur uchastkalarni o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) bo‘yicha choralar ko‘rish, qarovsiz qolgan mol-mulkni qo‘riqlashni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lgan odamlarning hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat tartibini saqlash xizmatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘riqlash xizmatini;
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza hamda maxsus avariya-tiklash boshqarmasi maxsus texnika va moddiy resurslarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida axborot almashinuvini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining funksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va FVVning buyurtmalariga muvofiq xorijiy tovar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskuna va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, favqulodda vaziyat zonasiga dori vositalari va tibbiy jihozlar tezkor yetkazib berilishini ta’minlash.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dori vositalari va tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlashni ta’minlash.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aholini favqulodda vaziyatlar sharoitida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xorijiy davlatlar hududida ro‘y bergan yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxatini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xorijiy davlatlar hududida yoki transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan va halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanish me’yorlarini O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognoz qilishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sanitariya-epidemiologiya sohasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Epidemiyalar va pandemiyalar sharoitlarida karantin tadbirlarini tashkil etish, tibbiy, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Favqulodda vaziyat zonalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi atrof-muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharlovchi moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiologik ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yordam xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. FVV bilan birgalikda zaxira jamg‘armasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. FVV bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi obyektlarini qurish yuzasidan o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar va dasturlarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yong‘in xavfini tug‘diradigan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va uning hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. FVDT funksional quyi tizimining Yong‘in chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek, kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish hamda nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Favqulodda vaziyat ro‘y bergan joylar hamda favqulodda vaziyat ta’siriga tushuvchi hududlar relyefining kompyuter modullarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. FVVni hamda favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat ro‘y bergan hudud to‘g‘risidagi geodezik va kartografik axborot, shuningdek, yer-kadastr xaritalari bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini ta’minlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida hayot faoliyatini tiklashga doir ishlarni bajarishga band bo‘lmagan aholini jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-bob. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha FVV bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-bob. O‘zbekiston mahallalari uyushmasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502. Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
503. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504. “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
505. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506. Aholining favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiyasini tashkil etishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
507. Evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
508. Tizim obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509. Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish.
(101 va 102-boblar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda ro‘y bergan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda, shu jumladan, epidemiyalar va pandemiyalarda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda xorijiy (chegaradosh) davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Favqulodda vaziyat ro‘y bergan xorijiy davlatlarning mas’ul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Xorijiy davlatlar hududida va transchegaraviy hududlarda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda chegaradosh davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish, shuningdek, halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonlarida hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. FVDT tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining asoslangan takliflariga muvofiq tanlovlar asosida FVDT faoliyatidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish uchun ilmiy va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan holda FVDTning innovatsion faolligini oshirishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Tizim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Favqulodda vaziyat zonasidagi aholini va evakuatsiya qilingan aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Favqulodda vaziyatlar zonasidagi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish, o‘simliklar orasida yuqumli kasalliklar (epifitotiyalar) tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar tarqalishini cheklash bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Favqulodda vaziyatlar sharoitlarida hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar (epizootiyalar) ommaviy ravishda tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, epizootiyalarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi epizootik vaziyat to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. FVDT funksional quyi tizimining Epizootiyani bartaraf etish bo‘yicha veterinariya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari (karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm) va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda ularni yo‘q qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish hamda tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. O‘simliklar kasalliklari keng tarqalishi (epifitotiyalar) bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini hamda aholini o‘simliklar karantini va agrokimyoviy vaziyat to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. FVDT funksional quyi tizimining O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlari holatiga tabiiy va texnogen ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi xavfi ehtimolini prognoz qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Xavf-xatar darajasi yuqori suv xo‘jaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Aholini hamda tegishli tashkilotlarni suv omborlarida va boshqa gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi gidrotexnika inshootlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tiklashni, toshqin suvlarining xavfsiz o‘tkazib yuborilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan, shuningdek, respublika va mintaqa suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bob. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining (keyingi o‘rinlarda — xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bob. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Yo‘l va yo‘l inshootlarining texnik holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qutqaruv tuzilmalarining, kuchlar va vositalarning, harbiy bo‘linmalarning, maxsus texnika resurslarining hamda moddiy resurslarning birinchi navbatda tashilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Yong‘in va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Favqulodda vaziyatlardagi evakuatsiya tadbirlari davrida tashishlarni amalga oshirish uchun evakuatsiya poyezdlari, avtotransport vositalari ajratilishini tashkil etish, buzilgan avtomobil yo‘llarini, shuningdek, transport infratuzilmasi obyektlarini tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. FVDT boshqaruv organlarini, yo‘lovchilar hamda aholini avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjudligi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. FVVga zarur axborotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoyo‘l xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan ta’minlash xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l va temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan joylarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Shaharsozlik, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilishni, shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, texnik jihatdan murakkab va noyob obyektlarning loyiha hujjatlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Shaharsozlik vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Favqulodda vaziyatlar oqibatida binolar va inshootlarga yetkazilgan zararni baholash, shuningdek, ularning mustahkamlik holatini tekshirish tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini tiklash, shuningdek, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini tiklash va ularning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash, jabrlangan aholini belgilangan me’yorlar miqdorida ichimlik suvi bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvi ta’minoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bob. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Respublika aholisini, ishlab chiqarishga oid hamda ijtimoiy obyektlarni kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tegishli bo‘lgan atom energetik reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuchlarning harakat qilishga shayligini ta’minlash, shuningdek, ta’sir ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognoz qilish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida ularning favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlarning barqarorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlariga hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarda hamda ularga yondosh hududlarda aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning lokal darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyorlik holatida saqlashni hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi mavjudligi yoki ro‘y berganligi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlangan energetika tizimlarini tiklash va ularni ta’mirlashni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Qutqaruv va avariya-tiklash ishlari uchun yetarli miqdorda yoqilg‘i-energetika resurslarini ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. FVDT funksional quyi tizimining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash xizmatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. FVDTning barcha rejimlarida respublika va mahalliy darajalardagi kommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir ishlarga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning statsionar vositalariga foydalanish-texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida kommunikatsiyani va axborot almashishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Aholiga favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish uchun mobil aloqa operatorlari orqali axborot (ma’lumot) yetkazilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. FVDTning funksional quyi tizimining Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining funksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki ro‘y berganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish uchun FVV so‘roviga asosan hududlarning kosmik suratlarini Agentlikka davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida bepul taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (ko‘chish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash, ularning faollashishini o‘rganish va ogohlantirish, tog‘ yonbag‘irlarining tabiiy barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘chkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda o‘tkaziladigan zonalarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Aholi punktlarida, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarda sog‘lomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan hududlarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish (iqtisodiyot obyektlari, shu jumladan, liniyali inshootlar (yo‘llar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar), kon-ruda korxonalari xo‘jalik faoliyati hududi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to‘g‘risidagi geologik axborot bilan ta’minlash, ko‘chki xavfi bo‘lgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Transchegaraviy hududlarda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish shart bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilash hamda FVVga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni tegishli tartibda kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va ularning ta’siridan ko‘rilgan zararlarni fizik baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. FVDT funksional quyi tizimining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash hamda ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. FVV, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning ko‘lamlari, rivojlanishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari bo‘linmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qo‘llashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va to‘lib qolishlar bilan bog‘liq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. FVDT funksional quyi tizimining kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti o‘tish ishlarini bajarishda ishlarning holati hamda xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati obyektlari joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Sanoat chiqindilari to‘plagichlari, chiqindi omborlari, zaharli moddalar ko‘miladigan joylar va boshqalarning joylashtirilishi hamda ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat, baliqchilik xo‘jaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan oqovalar, shuningdek, zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga tashlamalari hamda chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Favqulodda vaziyatlar zonasida ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi, sanoat obyektlari hamda boshqa obyektlar tomonidan zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi va chiqindilarning joylashtirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. FVVni, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitga zaharli moddalarning tashlanishi va chiqarib yuborilishi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. FVDT funksional quyi tizimining Atrof tabiiy muhit muhofazasi hamda ekologik xavfsizligi bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda o‘rmonzorlar barpo etilishining oldi olinishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. O‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilish va epifitotiyaga qarshi kurashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. O‘rmon xo‘jaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni va prognoz ma’lumotlarni FVVga taqdim etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Xavfli gidrometeorologik hodisalar prognozini tayyorlash va ularni kuzatib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Sel va qor ko‘chkilariga qarshi tadbirlarni o‘tkazish zarurati bo‘lgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. FVVga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, ularni atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat ro‘y bergan joyga eng yaqin bo‘lgan meteorologik kuzatuv punkti ma’lumotlariga asosan mavjud gidrometeorologik sharoitlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar olib borish xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bob. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Turizm xizmatlarini tashkil etishda, turistik obyektlarda, turistlar vaqtincha joylashtiriladigan, ovqatlanadigan va harakatlanadigan joylarda, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Turizm obyektlari va yo‘nalishlari, shuningdek, sohada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlar va prognoz ma’lumotlarni FVVga taqdim etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Seysmik xavf-xatarni turli ko‘lamlarda baholash, hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarni tuzish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligini ta’minlash bo‘yicha metodikalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Kuchli zilzila ro‘y bergan taqdirda, zilzila kuchini va uning hududlar bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash, binolar va inshootlarning shikastlanish darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Kuchli zilzilalarda aholi va hududlardagi talafotlarni kamaytirish hamda ularning oqibatlarini yumshatish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashda seysmik xatarni baholashning ilmiy uslublarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Favqulodda vaziyatlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. FVVga zarur ma’lumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-bob. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. FVV, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Aholining ommaviy axborot vositalari orqali favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilinishini FVV bilan birgalikda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Inqirozli va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda FVV tashabbusi bilan aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish maqsadida maxsus axborot tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Yuqori darajadagi xavfga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va favqulodda vaziyatlarning axborot monitoringini ta’minlash (tabiiy, texnogen, antropogen ofatlar, halokatlar va h.k.) va bunday voqealarga mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan munosabat bildirilishi yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Aholining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda xabardor qilinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha maxsus eshittirishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bob. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Jamiyat tizimidagi gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularda avariyalar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Jamiyat tizimidagi gidrotexnik inshootlarda va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Favqulodda vaziyatlar sharoitida gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan tarzda texnologik boshqarishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. FVDT boshqaruv organlarini gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bob. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar hamda halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognoz qilishni, favqulodda vaziyatlar sharoitida ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi aholini lokal darajadagi favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli bo‘lgan zonalarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishi tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bob. “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar zonalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Favqulodda vaziyatlar zonalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-bob. Sug‘urta tashkilotlarining funksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Suv toshqini, ko‘chkilar, sel xavfi mavjud bo‘lgan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni, ushbu hududlardagi binolar va inshootlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlarini hamda boshqa mol-mulkini sug‘urtalashni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bob. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. FVV, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlarida sanitariya drujinalarini tuzish, ularni jihozlash va yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlash, tayyorgarlik holatini nazorat qilishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida sanitariya postlarini tuzish va o‘qitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, birinchi navbatda, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yo‘l-transport xizmatlari xodimlarini birinchi yordam ko‘rsatish amaliyotiga shartnoma asosida o‘qitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berish hamda zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish bo‘yicha maxsus teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘linmalarini tashkil etish, o‘qitish, jihozlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy quyi tizimi doirasidagi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tegishli hududda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni tashkil etish hamda tegishli hudud bo‘yicha rejani tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash hamda almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida aholiga o‘z vaqtida xabar berish va axborot uzatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yig‘ma mexanizatsiyalashgan otryadlarni, yig‘ma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlarning shayligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda ishlash barqarorligini oshirishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aholini xabardor qilish va aholiga axborot uzatishning maxsus texnik vositalarini o‘rnatish uchun joylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida efir vaqti ajratilishini tashkil etish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda, FVDTning hududiy quyi tizimi uchun yuqori tayyorgarlik rejimini yoki favqulodda vaziyat rejimini joriy etish haqida, shuningdek, aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek, bunday ishlar o‘tkazilishi davomida jamoat tartibi saqlanishini tashkil etishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini muhofaza qilish uchun barcha hududiy kuchlar va vositalarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Favqulodda vaziyat zonasida qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlarining (shu jumladan, tezkor harakat bo‘linmalarining) va maxsus tuzilmalarning doimiy shayligini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Favqulodda vaziyat zonalaridagi zarar ko‘rgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini ta’minlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilg‘i va ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlari faoliyatini tiklash ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan aholi hayot faoliyatini tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagi FVDT hududiy quyi tizimlari faoliyatiga rahbarlik qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat FVDT xizmatlari va tuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman (shahar)lar hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnik bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida FVDTning tegishli hudud va obyektlar bo‘yicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi hamda vazifalarini belgilashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoyo‘l xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yo‘l-ko‘prik ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish, yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlash va tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport xizmati — temir yo‘l va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya hududiga olib chiqib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz ta’minoti xizmati — gaz ta’minoti inshootlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti xizmati — suv ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va og‘ir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini ta’minlash. Ichimlik suvi sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiyalar)ning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati to‘g‘risida axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiyalarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xo‘jaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiyalarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognoz qilish. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini o‘zgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv omborlari va ularga yondosh hududlarda lokal darajadagi aholini favqulodda vaziyat ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan himoya qilish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik xizmati — tinchlik davrida himoya inshootlari fondi to‘planishi va mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlang‘ich hududlarda zararlangan joylar tomonga harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yong‘inlarni o‘chirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan ta’minlash uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-texnika xizmatlari — kommunal xo‘jaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni bartaraf etish, halok bo‘lganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy ko‘mish shoxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika ta’minoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan ta’minlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek, iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sog‘lig‘ini saqlashga, jabrlanganlar va bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam berishga yo‘naltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya ishlovini berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, aloqa va xabar berishning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek, ularni doimiy tayyor holatda saqlash, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining ko‘rsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash xizmati — favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash xizmati — favqulodda vaziyatlar zonalarida obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy qimmatliklarni, shuningdek, aholi evakuatsiya qilingan joylarni qo‘riqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘in xavfsizligini ta’minlash xizmati — yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonilg‘i-moylash materiallari ta’minoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turg‘un va ko‘chma avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik ta’mirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yo‘nalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarni yig‘ma punktlarga va ta’mirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, ta’mirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan ta’minlash hamda ularning zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish xizmati — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat zaxirasi g‘amlanishini va muhofaza qilinishini tashkil etish, favqulodda vaziyat zonasidagi aholini hamda jalb etilgan tuzilmalarni oziq-ovqat, issiq ovqat bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshpanalar va bekinish joylari xizmati — tashkilotlarning muhofaza inshootlari fondini hisobga olish, muhofaza inshootlarining bekinadigan odamlarni qabul qilishga doimiy tayyorligini nazorat qilish, muhofaza inshootlari imoratlarining to‘g‘ri saqlanishi, muhofaza konstruksiyalari, qurilmalari va muhandislik-texnik asbob-uskunalari saqlanishi, ulardan iqtisodiyot ehtiyojlari va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishini tizimli nazorat qilish. Qurilishi tugallangan muhofaza inshootlarini qabul qilishda qatnashish. Muhofaza inshootlari fondini jamlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritish, boshpana va bekinish joylariga xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarini tashkil etish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika xizmati — favqulodda vaziyatlar sharoitlarida energiya obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash va ulardagi avariyalarni bartaraf etish. Favqulodda vaziyat zonalarida qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan uy hayvonlari jasadlarini yig‘ib olish va utilizatsiya qilish xizmati (tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda “Toza hudud” DUKlari negizida) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zaruratga ko‘ra va tegishli kuchlar mavjud bo‘lganda FVDTning boshqa xizmatlari, shu jumladan, avariya-texnik, radiatsiyaviy va kimyoviy himoya, niqoblanish, axborot bilan ta’minlash xizmatlari ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 17-avgustdagi 525-son qaroriga 5-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimi tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 15-dekabrdagi 752-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 893-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)