01.06.2017 yildagi PF-5066-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan — tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan — ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan — hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan — aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan — favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchidan — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va seysmoprognostik xizmatning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PP-2915-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga topshirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda ular to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi o‘rinlarda — FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik va uning tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, mansabdor shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo‘lganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini o‘qitishni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash, muhandislik-qurilish, o‘rmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat va hududiy komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 1 — 3 ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda yong‘in xavfsizligi (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish;
(6-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini tashkil etishni ta’minlash, shuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘inlar profilaktikasi, xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning mustahkamligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘inlar yuzaga kelishiga shart-sharoit yaratuvchi sabab va omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda va chekka aholi punktlarida ko‘ngilli yong‘in bo‘linmalari tashkil etilishiga, shuningdek, ularni moddiy va ijtimoiy rag‘batlantirishga ko‘maklashish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan o‘n birinchi-o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga idoraviy boshqaruv organlari, kuch va vositalar shayligini ta’minlashda ishtirok etish, obyektlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jumladan, obyekt xodimlarini evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini tashkil etish va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini, jumladan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini nazorat qilish va tekshirish.
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(6-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, avariya, halokat, tabiiy ofatlar zarari va oqibatlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish;
(6-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini ta’minlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv tuzilmalarini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish tadbirlarini ta’minlash xarajatlarini qoplashda ishlatiladigan moliyaviy va moddiy-texnik resurslar zaxira jamg‘armalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtatlar tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda fan va texnika yutuqlarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.J. Ramatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘laqonli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhi tuzsin, ularning samarali ishlashini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining chuqur tanqidiy tahlilini, amaliyotda qo‘llashni va ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, shu asosda Dasturda nazarda tutilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muntazam va sifatli tayyorlash, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kiritish yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini bir hafta muddatda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda vazirlik bo‘linma va muassasalarining o‘ziga xos xususiyati va maqsadlarini hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish tadbirlari to‘g‘risidagi dasturni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5066-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va samarali bartaraf etish aholining tinch va xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, ishlab chiqarish texnologiyalarining murakkablashib borayotgani, ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlariga yaqin joylashtirilayotgani, aholi soni ko‘payib, urbanizatsiya jarayoni tezlashayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir bo‘layotgani va ko‘lami kengayib borayotgani, shuningdek, transchegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavfini yanada oshirmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi, zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, aholini falokatlar paytida harakat qilishga tayyorlash borasida ko‘lami va mazmuni jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini yanada modernizatsiya qilish talab etiladi. Ushbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qilish mexanizmlarini manzilli aniqlash imkonini bermaydi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik �a’minoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fuqarolarni bunday vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, xavfli tabiiy jarayonlar kuchayishi bilan bog‘liq mavjud xatarlar, shuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi to‘g‘risida o‘z vaqtida va aniq xabardor qilish tizimi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning vazirlik tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv havzalarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash hamda boshqa vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmoni favqulodda vaziyatlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan tumanlarda (shaharlarda) favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘limlar va qutqaruv otryadlari tashkil etish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi bo‘g‘inlarini kengaytirishga qaratilgan.

Mazkur Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman shahar hokimliklari huzurida ham shunday hududiy komissiyalar tashkil etilganini ta’kidlash zarur. Ularning tarkibiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlashda ishtirok etadigan barcha darajadagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari kiritildi.

Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar shaharlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida), aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni ba�taraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Hujjatda aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari imzolandi.

Mazkur hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi amaldagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini tubdan oshirish, shuningdek:

birinchidan — xalq bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tizimli asosda qabul qilish;

ikkinchidan — favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash borasidagi ishlarni sezilarli darajada yaxshilash va sifatini oshirish, gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar bo‘yicha ishlarni tizimlashtirish, yirik gidrotexni� inshootlar va suv obyektlarida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash;

uchinchidan — favqulodda vaziyatlarda kompleks harakat qilish tezkorligini oshirish va ularning zararini kamaytirish;

to‘rtinchidan — mahalliy korxonalar negizida asosiy turdagi avariya-qutqaruv texnikasi, mulk va uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlarini tashkil qilish imkonini beradi.