17.11.2021 yildagi 689-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanganligi hamda unga genom bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishga doir vazifalar yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari ro‘yxati, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatini yuritishning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish tartibi hamda genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirganlik uchun undiriladigan haq miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash, berish va yo‘q qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotni yig‘ish, unga ishlov berish, undan foydalanish, saqlash va yo‘q qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaxsni genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida haq undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish natijasida kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra genomga oid axborotni olish uchun zarur kimyoviy reagentlar va sarflash materiallarini xarid qilish bo‘yicha davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
689-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-noyabrdagi 689-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ekspert-kriminalistika bosh markazi (keyingi o‘rinlarda — Ekspert-kriminalistika bosh markazi) tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-kriminalistika bosh markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat sud-ekspertiza muassasalari (keyingi o‘rinlarda — davlat sud-ekspertiza muassasalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish insonning hayotiga, sog‘ligiga xavf tug‘dirmasligi, uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda genomga oid axborot, shuningdek, odamning shaxsi haqidagi ma’lumotlarni shaxs yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning so‘roviga binoan taqdim etish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Genom bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muqaddam genom bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxs og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan taqdirda, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish uchun undan biologik material olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam genom bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxsdan takroriy biologik material olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jazoni ijro etish muassasasi, probatsiya xizmati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlari tomonidan quyidagi shaxslarning genomga oid axboroti Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasida (keyingi o‘rinlarda — Yagona ma’lumotlar bazasi) mavjudligini tekshirish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga so‘rov xati yuborilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — hukm qilingan shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik materiali olingan aniqlanmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — aniqlanmagan shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hukm qilingan shaxslarni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olinmagan murdalarni (tana qoldiqlari, qismlarini), og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarni, shuningdek, biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning qarori yoki sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlari) hamda aniqlanmagan shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan biologik materiali olingandan 30 kun mobaynida boshqa yo‘llar bilan ularning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Biologik material:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukm qilingan shaxslardan — mahkum saqlanayotgan (jazoni o‘tayotgan) jazoni ijro etish muassasasining yoki probatsiya bo‘linmasining mas’ul xodimi ishtirokida mazkur muassasaning tibbiyot bo‘linmasi xodimi tomonidan bevosita yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan va aniqlanmagan shaxslardan, shuningdek, tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki (va) uning ishtirokida davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan hukm qilingan shaxslar orasidan genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati shakllantirilishini va ularning muqaddam genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinganligini tekshirish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga so‘rov xati orqali taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olgach, ushbu shaxslardan biologik materiallarni “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etgan holda olinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan shaxslarga oid shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasini davlat sud-ekspertiza muassasalariga yo‘llanma xat orqali yuborilishini ta’minlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasi mahkumning yig‘majildiga qo‘shib qo‘yilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan har bir shaxsning biologik materiali va biologik materialning axborot kartasi alohida yo‘llanma xat bilan yuborilishi hamda unda yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilishi lozimligi ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Probatsiya xizmatining hududiy bo‘linmalari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘linmada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan, probatsiya hisobida bo‘lgan hukm qilingan shaxslarning ro‘yxati shakllantirilishini va ularning ilgari genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinganligini tekshirish uchun so‘rov xati orqali Ekspert-kriminalistika bosh markaziga taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olgach, ushbu shaxslardan biologik materiallarni “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga va mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etgan holda olinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan shaxslarga oid shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasini davlat sud-ekspertiza muassasalariga yo‘llanma xat orqali yuborilishini ta’minlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasini mahkumning yig‘majildiga qo‘shib qo‘yilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan har bir shaxsning biologik materiali va biologik materialning axborot kartasi alohida yo‘llanma xat bilan yuborilishi hamda unda yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilishi lozimligi ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarni muqaddam genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinganligini tekshirish uchun ularning ro‘yxatini so‘rov xati orqali Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-kriminalistika bosh markazidan Yagona ma’lumotlar bazasida genom bo‘yicha majburiy davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxsning genomga oid axboroti mavjud emasligi haqidagi ma’lumotni olgach, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biologik materialni “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda olinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) hamda aniqlanmagan shaxslardan biologik materialni “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda olinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu shaxslarga oid shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotni olish uchun biologik material va biologik materialning axborot kartasining bir nusxasini, odam DNKsining sud-biologik ekspertizasini (keyingi o‘rinlarda — ekspertiza) tayinlash haqidagi qarorni yo‘llanma xat bilan birga davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuborilishini ta’minlaydi, shu jumladan, kamchiliklari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik material axborot kartasining ikkinchi nusxasini jinoyat ishi (tergovga qadar tekshiruv) hujjatlariga qo‘shib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza qarorida yuborilayotgan biologik materialdan olingan genomga oid axborotni Yagona ma’lumotlar bazasiga majburiy ravishda kiritilishi lozimligi ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat sud-ekspertiza muassasalari boshliqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material va biologik materialning axborot kartalari “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda ushbu Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligi tekshirilishini, qabul qilinishini va ro‘yxatga olinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialdan genomga oid axborotni olish maqsadida ekspertiza yoki tadqiqot o‘tkazilishini, ular natijasida olingan genomga oid ma’lumotlarning to‘g‘riligini, shuningdek, genomga oid axborot kartasi ushbu Nizom tartibiga va oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq rasmiylashtirilishini hamda saqlanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza yoki tadqiqot o‘tkazish natijasida olingan genomga oid axborot ekspertiza yoki tadqiqotni o‘tkazgan mansabdor shaxs (ekspert) tomonidan genomga oid axborot kartasi to‘ldirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan genomga oid axborotning Yagona ma’lumotlar bazasidagi mavjud genomga oid axborotlar bilan taqqoslanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxs va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasi yo‘llanma xat bilan Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq qog‘oz shaklida yuborilishini ta’minlaydi. Genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazidagi Yagona ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan tizim orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan so‘rov xatlarini ko‘rib chiqib, Yagona ma’lumotlar bazasida so‘rov xatida keltirilgan shaxslarning genom axboroti bor-yo‘qligi tekshirilishini hamda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga majburiy olinishi lozim bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni so‘rov xati yuborgan organga uch ish kunida taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan genomga oid axborot, biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasining “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ushbu Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligi tekshirilishini, qabul qilinishini va ro‘yxatga olinishini hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan ma’lumotnoma taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom qoidalariga va oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq genomga oid axborotga ishlov berilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida to‘rtta toifadan iborat bo‘lgan Yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olingan shaxslarning (biologik material va genomga oid axborot) kartalari kartotekada saqlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ma’lumotlar bazasiga yangi kiritilgan hukm qilingan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda aniqlanmagan shaxslarning genomga oid axborotining fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha muqaddam kiritilgan genomga oid axborotlar bilan taqqoslanishini hamda fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha shaxs identifikatsiya qilingan taqdirda tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan ma’lumotnoma taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ma’lumotlar bazasida genomga oid axborotlarga oid nomuvofiqlik yoki xatoliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ma’lumotlar bazasi faoliyatini nazorati hamda moddiy-texnik va uslubiy ta’minotini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yo‘llanma xatda, ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda (ajrim) hamda biologik materialning axborot kartasida biologik materialning egasi haqidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish uchun biologik materialning axborot kartasi yuborilmagan biologik material davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborotning kartasi yuborilmagan genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) yozma arizasiga ko‘ra pullik asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish ularning qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra pulli asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat sud-ekspertiza muassasalari ariza beruvchiga genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi zarurati yuzasidan o‘z fikrini va maqsadini bildirishi uchun imkoniyat berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish uchun davlat sud-ekspertiza muassasalariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq yoki uning qonuniy vakili mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun mazkur Nizom bilan belgilangan pul miqdorining 100 foiz to‘lovi oldindan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining (qonuniy vakilining) shaxsi va yashash joyini (turar joy) tasdiqlovchi hujjatlar davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish maqsadida, istisno tariqasida, ularning biologik qarindoshlarini genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish bedarak yo‘qolgan shaxslarning biologik qarindoshlarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq yoki uning qonuniy vakilining mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi hamda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bepul o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Davlat sud-ekspertiza muassasalari rahbarlari (ular yo‘qligida o‘rinbosarlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish uchun ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili taqdim etgan hujjatlarni qabul qiladi va ular ishtirokida ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lsa, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha batafsil tushuntirilib, hujjatlarni qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (bedarak yo‘qolgan shaxslarning biologik qarindoshlarining arizasi va odam DNKsi sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash haqidagi qarori) ko‘rib chiqib, bepul genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga hujjatlarni ijrosiz qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat sud-ekspertiza muassasalari rahbarlari (ular yo‘qligida o‘rinbosarlari) genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchidan ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda, biologik material olinishini va biologik materialning axborot kartasi ikki nusxada to‘ldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik materialdan genomga oid axborotni olish uchun DNK tadqiqotini o‘tkazishni, tadqiqotlar natijasida olingan genomga oid axborotning to‘g‘riligini tekshirishni hamda ikki nusxada genomga oid axborot kartasi to‘ldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborot, shuningdek, biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot kartasining bittadan nusxalarini Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq yuborilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlash maqsadida genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishda tuzilgan biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot kartasining ikkinchi nusxalari tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspert-kriminalistika bosh markazi rahbari (yo‘qligida o‘rinbosarlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasasidan genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun yuborilgan genomga oid axborot, biologik materialning axborot kartasi hamda genomga oid axborot kartasi kelib tushgan kundan so‘ng uch ish kunida “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va mazkur Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilganligini tekshirib qabul qilish, shuningdek, genomga oid axborotga ishlov berilishi va Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilishini hamda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida ariza beruvchi yoki tegishli vakolatli organga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq tuzilgan xabarnoma yuborilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olingan shaxslarning biologik materiali axborot kartalari, genomga oid axborot kartalarini kartotekada saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har bir shaxsni genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Bunda uning arizasi ko‘rilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish natijasida kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olishda ariza beruvchi davlat sud-ekspertiza muassasalari xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash, berish va yo‘q qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Biologik material “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish talablariga hamda ushbu Nizom qoidalariga rioya etgan holda, vakolatli organlarning biologik materialni olishga mas’ul va tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslari tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinayotgan tirik shaxslardan biologik material sifatida qon yoki so‘lak namunalari olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar biologik material olingan vaqtdan boshlab, besh sutka ichida uni tadqiqot o‘tkazish uchun tegishli laboratoriyalarga yetkazib berish imkoni mavjud bo‘lsa, u holda ushbu shaxslardan biologik material sifatida so‘lak namunalari olinishi mumkin. Aks holda ushbu shaxslardan qon namunalari olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinayotgan tirik shaxslarning biologik materiali (qon, so‘lak namunalari) quyidagi tartibda olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlab genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxsga biologik materialni olish asosi va tartibi tushuntiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxsdan biologik material sifatida so‘lak namunalari olingan taqdirda, biologik material biologik materiali olinishi lozim bo‘lgan shaxs ovqat (suyuqlik) iste’mol qilishidan oldin yoki kamida bir soat keyin olinadi. Bunda biologik materiali olinishi lozim bo‘lgan shaxsning og‘iz bo‘shlig‘i toza suv bilan chayilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik material sifatida so‘lak namunalari olinishi lozim bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili guvohligida bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan sterillangan tibbiy qo‘lqop kiygan va tibbiy niqob taqqan holda, biologik materialni oladigan shaxs tomonidan bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan maxsus tayoqcha yordamida biologik materiali olinishi lozim bo‘lgan shaxsning og‘iz bo‘shlig‘idan (yonoqlar ichki tomonlaridan) so‘lak namunalari olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxsdan biologik material sifatida qon namunalari olingan taqdirda, biologik material sifatida qon namunalari olinishi lozim bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili guvohligida bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan sterillangan tibbiy qo‘lqop va niqob kiygan holda, biologik materialni olishni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan shaxsning qo‘l barmog‘i 70° li spirtda ho‘llangan paxtali tampon yordamida artilib, bir martalik steril igna-skarifikator bilan barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshiladi hamda birinchi qon tomchisi artib tashlanib, keyingi qon namunasi olinadi. Qon namunasi olib bo‘lingandan so‘ng jarohatlangan joyiga 70° li spirt bilan ho‘llangan steril tampon qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan biologik material (qon yoki so‘lak) namunalari biologik materialni oladigan shaxs tomonidan tashuvchi-kartaga o‘tkaziladi hamda tashuvchi-kartadagi individual shtrix kod biologik materialning axborot kartasiga ham ko‘chirib yozib qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik materialning axborot kartasi biologik materialni olishga mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada to‘ldiriladi hamda biologik materiali olingan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik materiali olingan shaxs imzo qo‘yishni rad etgan taqdirda, bu haqda biologik materialning axborot kartasiga yozib qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus tayoqcha (o‘zining qadog‘iga qayta joylashtirilgan holda), biologik material joylashtirilgan tashuvchi-karta va biologik material axborot kartasining bir nusxasi qog‘oz konvertga (paketga) solinib, yelimlanadi va muhrlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvertning (paketning) old betiga biologik materialni olgan davlat organining mas’ul shaxslariga tegishli ma’lumotlar yozib qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvertning (paketning) old betidagi va biologik material axborot kartasidagi ma’lumotlar bir-biri bilan mos bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik materialni olishda uning ifloslanishiga yoki boshqa odamning biologik materiali bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday vaziyat ro‘y bergan taqdirda, biologik materialni yangidan olish (agar buning imkoni bo‘lsa) bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Biologik materialning axborot kartalari va konvert (paket) biologik materialni olgan shaxs tomonidan ko‘k rangli bo‘yoq bilan sharikli ruchkada bosma harflarda to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan biologik material sifatida qon, soch tolalari, tirnoqlar, tishlar, suyaklar va boshqa to‘qimalar olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda biologik material “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining dalillarni to‘plash, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish talablariga muvofiq tartibda olinadi hamda biologik materialning axborot kartasi mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq keltirilgan namuna shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Biologik materialdan genomga oid axborotlar davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan tasdiqlangan uslubiyot orqali ekspertiza yoki tadqiqot o‘tkazish yo‘li bilan olinadi. Ekspertiza yoki tadqiqot o‘tkazish natijasida olingan genomga oid axborot ekspertiza yoki tadqiqotni o‘tkazgan mansabdor shaxs (sud-ekspert) tomonidan mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq keltirilgan namuna shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat sud-ekspertiza muassasalari taqdim etilgan biologik materialning qaydlovini yuritadi. Biologik materialning qaydlovini yuritish elektron va qog‘oz kartoteka usulida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir biologik materialning individual shtrix-kodi qaydlov jurnaliga hamda biologik materialdan genomga oid axborot olingandan so‘ng biologik materialning axborot kartasiga ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Biologik material va genomga oid axborotlar bir-biridan alohida bo‘lgan, kirish eshigi qattiq metalldan yasalgan va kodli qulf bilan jihozlangan maxsus xonalarda saqlanadi. Agarda, maxsus xonalarda oynalar mavjud bo‘lsa, ularning tusi qoraytirilgan bo‘lishi, shuningdek, ularga ochiladigan hamda ichki tomonidan qulflanadigan temir panjaralar o‘rnatilishi zarur. Maxsus xonalar qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi, shuningdek, havo so‘rgich (ventilatsiya), yong‘inni o‘chirish, harorat va namlikni o‘lchash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus xonalarda gaz, suv va oqova (kanalizatsiya) quvurlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maxsus xonalarga kirish hamda biologik material va genomga oid axborotlar bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar ro‘yxati hamda ularning maxsus xonalarga kirish va chiqish vaqtini qayd etish jurnali davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Begona shaxslarning, shuningdek, funksional (lavozim) vazifalariga taalluqli bo‘lmagan xodimlarning maxsus xonalarga kirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Biologik material maxsus shkaflarda +16 — +24 daraja haroratda, namlik darajasi 55 — 60 foizdan ko‘p bo‘lmagan, quruq va qorong‘u hamda quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishini istisno qilgan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan olingan biologik material, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va sifatiga talab etiladigan qoidalariga muvofiq alohida sharoitlarda (maxsus sovitgichlarda) saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlarining), og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarning, shuningdek, biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarning biologik materialini saqlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan shaxslarni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishda ulardan olingan biologik material olingan kundan e’tiboran, ushbu materialdan genomga oid axborot olingunga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olishda olingan biologik material “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan hukm qilingan shaxslardan olingan biologik material ulardan genomga oid axborotlar to‘liq olingandan so‘ng biologik materialdan genomga oid axborotni olgan davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik materialni yo‘q qilish tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining farmoyishi bilan uch nafar xodimdan iborat bo‘lgan komissiya tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasasining tasdiqlagan usuli bilan amalga oshiriladi va yo‘q qilinganlik to‘g‘risida mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan biologik materialni taqdim etgan vakolatli organni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlari, qismlarining), og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan, shuningdek, aniqlanmagan shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan hamda jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan biologik material genomga oid axborot olingandan so‘ng (agar to‘liq sarflanmagan bo‘lsa) ushbu biologik materialni taqdim etgan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olinayotgan shaxslardan olingan biologik material genomga oid axborot olingandan so‘ng biologik material egasining yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasiga ko‘ra unga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi yoxud mazkur Nizomning 39-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi hamda bu haqda ariza beruvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Genom bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olinadigan shaxslardan olingan biologik materialni uchinchi shaxslarga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berish taqiqlanadi, “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Genomga oid axborotni to‘plash, unga ishlov berish, undan foydalanish, uni saqlash va yo‘q qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan taqdim etilgan genomga oid axborotni Yagona ma’lumotlar bazasida to‘plash, uni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan genomga oid axborotga ishlov berish bo‘yicha avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantiruvchi hujjatlar qog‘oz va (yoki) elektron shaklda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yagona ma’lumotlar bazasida genomga oid axborot quyidagi ma’lumotlarga asosan tizimlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborot egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, oy kuni, jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborot Yagona ma’lumotlar bazasiga kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotning Yagona ma’lumotlar bazasida qaysi toifadagi shaxslarning bazasiga hisobga olinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborotga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ma’lumotlar bazasida hisobga olingan genomga oid axborotni Yagona ma’lumotlar bazasidan chiqarish uchun asoslar va uning sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Genomga oid axborotga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar quyidagi holatlarda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olingan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, millati, jinsi) o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olingan shaxs haqida noto‘g‘ri (ismi, otasining ismi, familiyasi, millati, jinsi, hodisa vaqti va holatlari haqidagi) ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomga oid axborot olish maqsadida biologik material bo‘yicha qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza o‘tkazilishi natijasida birlamchi ekspertiza orqali olingan genomga oid axborot kartasiga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganligi haqida ma’lumotlar bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Genomga oid axborotga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar genom ro‘yxatiga olingan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgargani va (yoki) u haqida noto‘g‘ri (xato) ma’lumotlar mavjudligi to‘g‘risida axborot kelib tushgandan so‘ng uch kun muddatda Ekspert-kriminalistika bosh markazining mas’ul xodimi tomonidan kiritiladi. Bunda eski ma’lumotlar yangisi bilan almashtiriladi va (yoki) to‘ldiriladi, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritishdan oldingi ma’lumotlar esa arxivlanadi hamda qaydlov jurnaliga tegishli belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yagona ma’lumotlar bazasi quyidagi toifalardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan hamda biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslar toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari) toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olinuvchi shaxslar toifasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olingan shaxslarning genom axborotidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarni ochish, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nechta jinoyatlarning bitta shaxs tomonidan yoki bir necha shaxslar tomonidan sodir etilganligi holatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish hamda ularning tanib olinmagan murdalar orasida mavjudligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik qarindoshlikni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etgan shaxslarni tekshirish faqat mazkur Nizomning 47-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslar toifasi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olingan shaxslarning genomga oid axborotidan faqat tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari) va bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Genomga oid axborotdan foydalanish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning ekspertiza tayinlash haqidagi qarori va sudning ajrimiga muvofiq Yagona ma’lumotlar bazasidagi genomga oid axborotlar bilan taqqoslash va identifikatsiya qilish orqali foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat sud-ekspertiza muassasalariga qaror (ajrim) kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida tekshiriladi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha mos kelishlar bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ekspertiza xulosasi tuziladi va tashabbuskor organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan genomga oid axborotdan foydalanish nazorati vakolatli organ rahbariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Genomga oid axborot “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasida belgilangan muddatlar davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Genomga oid axborot “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan saqlash muddatlari tugagandan so‘ng, shuningdek, vakolatli davlat organining so‘rovnomasiga asosan quyidagi hollarda Yagona ma’lumotlar bazasidan yo‘q qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanib olinmagan murdaning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak yo‘qolgan shaxsning qidiruvi tugaganda yoki uning vafot etganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukm qilingan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya uchun asoslarga ko‘ra yoki vafot etganligi aniqlanganligi sababli tugatilganda yoxud ushbu toifadagi shaxslar sud tomonidan oqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar tomonidan chiqarilgan jinoyat ishini (shu jumladan, uning bir qismini) tugatish haqidagi qaror va sud tomonidan e’lon qilingan oqlov hukmi (ajrimi) yo‘llanma xat bilan Ekspert-kriminalistika bosh markaziga taqdim etilgan taqdirdagina, ularning genomga oid axboroti Yagona ma’lumotlar bazasidan yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yagona ma’lumotlar bazasidagi genomga oid axborot jinoyat ishini (bir qismini) tugatish haqidagi qaror (oqlov hukmi, ajrimi) yo‘llanma xat bilan kelib tushgandan boshlab o‘n besh kun ichida Ekspert-kriminalistika bosh markazining vakolatli xodimlari tomonidan yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genomga oid axborotni Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining farmoyishi bilan uch nafar xodimdan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan yo‘q qilinadi va mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Yagona ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborot olinishi hamda unga ishlov berish shart-sharoitlari buzilganligi yuzasidan genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olingan shaxs yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek, vakolatli organlarning yozma murojaatlariga asosan Ekspert-kriminalistika bosh markazi mas’ul xodimlari tomonidan genomga oid axborot to‘sib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘sib qo‘yish davlat ro‘yxatiga olingan shaxs yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek, vakolatli organlarning yozma murojaati kelib tushgan kuni amalga oshiriladi va bu haqda hisob yuritish tizimi va jurnaliga ogohlantiruvchi belgi qo‘yiladi. Buzilish holatlariga aniqlik kiritish maqsadida Ekspert-kriminalistika bosh markazi hamda biologik materialni va undan genomga oid axborotni olgan vakolatli organ mas’ul xodimlari birgalikda o‘n besh kun muddatda o‘rganish ishlarini amalga oshiradi va buzilishlar tasdig‘ini topgan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha hamda joyiga chiqib o‘rganishni taqozo etgan hollarda o‘rganish ishlari bir oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi yoki vakolatli organlar uch kun muddatda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vakolatli organlardan qo‘shimcha ma’lumotlar olish hamda joyiga chiqib o‘rganish va tekshirishlarni taqozo etmaydigan hollarda to‘sib qo‘yish bo‘yicha o‘rganish ishlari besh kun muddatda Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. To‘sib qo‘yishning buzilish holatlari o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda yoki o‘rganish natijasida aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan ariza beruvchi yoki vakolatli organlarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ravishda axborot beriladi hamda ularning roziligi bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Yagona ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudga, shuningdek, alohida jinoyat ishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga berishda genomga oid axborot Ekspert-kriminalistika bosh markazining mas’ul xodimlari tomonidan egasizlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Egasizlantirish va egasizlantirishni bekor qilish tartibi va usuliga oid ma’lumotlar oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Egasizlantirish va egasizlantirishni bekor qilish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ va sudning yozma topshirig‘iga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Egasizlantirilgan genomga oid axborot va uni egasizlantirishda qo‘llanilgan usul va tartibga oid ma’lumotlar bir-biridan alohida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Egasizlantirilgan genomga oid axborot bilan uni egasizlantirishda qo‘llanilgan usul va tartibga oid ma’lumotlar oshkor etmaslik prinsipiga muvofiq himoyalangan aloqa kanallari orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yagona ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotning axborot kartasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudlarga berish ularning yozma so‘rov xati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genomga oid axborotga asossiz ravishda ishlov berish hamda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik, shuningdek, genomga oid axborot va egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq aloqa kanallari orqali hamda vakolatli va boshqa shaxslarning og‘zaki yoki norasmiy murojaati asosida taqdim etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yagona ma’lumotlar bazasi joylashgan xonalarga kirishga, genomga oid axborot bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar ro‘yxati Ekspert-kriminalistika bosh markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Begona shaxslarning, shuningdek, funksional (lavozim) vazifalariga taalluqli bo‘lmagan xodimlar (o‘zga shaxslar)ning kirishi, shuningdek, ularga vaqtincha foydalanish uchun genomga oid axborotni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Genomga oid axborotga ishlov berish va uni Yagona ma’lumotlar bazasidan tashqarida saqlash, Yagona ma’lumotlar bazasi joylashgan xonalarning eshiklarini ochiq qoldirish hamda ishdan tashqari vaqtlarda ularning muhrlanmagan holda qoldirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Yagona ma’lumotlar bazasi joylashgan xonalarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bir martalik ruxsatnomasiz video va fotoapparatlar, kuzatuv vositalari, mobil va kompyuter qurilmalarini olib kirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar va tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi talablari va mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalar buzilgan holda rasmiylashtirilgan, shuningdek, taqdim etilgan biologik material tadqiqot uchun yaroqsiz holda taqdim etilgan bo‘lsa, davlat sud-ekspertiza muassasasi ushbu biologik materialni yuborgan vakolatli organni uch kun muddatda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rilmasa, biologik material 30 kun o‘tgach ijrosiz qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Avtomatlashtirilgan axborotni tizimi nazorat va ruxsatsiz kirishlardan himoya qilish vositalari bilan ta’minlamasdan, genomga oid axborotning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Genomga oid axborot belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, Ekspert-kriminalistika bosh markaziga himoyalangan aloqa kanallari orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq orqali yuborish imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli shaxs tomonidan qo‘lda yoki O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feldegerlik xizmati orqali oshkor etmaslik prinsipiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tadbirlarini moliyalashtirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik material va undan genomga oid axborotni olish hamda Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasiga taqdim etish jarayonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati

1. Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.

2. Ro‘yxatda keltirilgan shaxslarning ma’lumoti Yagona ma’lumotlar bazasida mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga so‘rov xati yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

Zaruratga ko‘ra

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar

Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi va tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ma’lumoti Yagona ma’lumotlar bazasida mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga so‘rov xati yuboradi.

Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili

Sud-ekspertiza muassasalariga yoki davlat organlariga genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ariza taqdim etadi.

Ehtiyojga ko‘ra

2-bosqich

Ekspert-kriminalistika bosh markazi

Jazoni ijro etish muassasalari, probatsiya xizmati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning so‘rov xatida keltirilgan shaxslarning genomga oid axborotlari Yagona ma’lumotlar bazasida bor yoki yo‘qligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha so‘rov beruvchi vakolatli davlat organiga ma’lumot yuboradi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati

Genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslardan, shuningdek, tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlaridan) biologik material olinishini va ikki nusxada axborot kartasi rasmiylashtirilishini tashkil etadi hamda biologik materialni va axborot kartasining bir nusxasini sud-ekspertiza muassasalariga zarur hujjatlar bilan birga taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

4-bosqich

Davlat sud-ekspertiza muassasalari

1. Taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tekshirib qabul qiladi.

2. Agarda, hujjatlar Nizomda belgilangan qoidalarga nomuvofiq ravishda rasmiylashtirilgan yoki biologik materiallar tadqiqot va ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqsiz yoxud yetarli hajmda bo‘lmasa, taqdim qilingan hujjatlar va biologik materialni qaytaradi.

3. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish uchun qaror qabul qiladi yoki Nizomda belgilangan hujjatlar taqdim etilmasa va to‘lov to‘liq hajmda amalga oshirilmasa ariza ijro uchun qabul qilinmaydi va taqdim qilingan hujjatlari ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga qaytaradi.

Uch ish kunida Murojaat etilgan kuni

5-bosqich

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati, ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan holatda, hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.

Rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganda

6-bosqich

Davlat sud-ekspertiza muassasalari

1. Biologik materialni va/yoki taqdim etilgan biologik materiallardan tadqiqot yoxud ekspertiza yo‘li bilan genomga oid axborotni oladi.

2. Genomga oid ma’lumotlarni to‘liq hajmda olib, genomga oid axborot kartasini to‘ldiradi.

3. Biologik materialni yo‘q qilib, dalolatnoma rasmiylashtiradi yoki surishtiruv, tergov va sud organlari hamda ariza beruvchiga qaytaradi.

4. Biologik materialning axborot kartasini, genomga oid axborot va uning axborot kartasining bir nusxasini Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboradi.

Biologik material taqdim etilgan yoki olingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida.

7-bosqich

Ekspert-kriminalistika bosh markazi

1. Taqdim etilgan hujjatlar va genomga oid axborot ma’lumotlari Nizomga muvofiq rasmiylashtirilganligini te�shirib qabul qiladi hamda jurnalda qaydlovni amalga oshiradi.

2. Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish va tekshirishni amalga oshiradi.

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli davlat organlari yoki ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.

Uch ish kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

ShAKL‎‎‎

___________________________________

‎‎(vakolatli organ nomi) boshlig‘i_______________________________________________________________ga

(F.I.O.)‎‎

‎‎

Genomga oid davlat ro‘yxatiga olinganligi va yagona ma’lumotlar bazasidan tekshirilganligi haqida MA’LUMOTNOMA‎‎

‎‎
____ / _______

20 __ yil “___” ________‎‎

‎‎

Sizning, 20___ yil “___” ________dagi odam DNKsining sud-biologik ekspertizasini tayinlash haqidagi qaror/yo‘llanma xat bilan taqdim etilgan‎‎

___________________________________________________________________________________________‎‎

(fuqaro/mahkum F.I.O., aniqlanmagan shaxs, tanib olinmagan murdaning (tana qoldiqlari, qismlari)‎‎

___________________________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎‎‎

genomga oid axboroti 20___yil “___” ________da O‘zbekiston Respublikasi Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasida ____-son bilan ro‘yxatga olindi.‎‎

‎‎

‎‎Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasi bo‘yicha tekshirilganda,

___________________________________________________________________________________________‎‎‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎
mos kelishlar aniqlan(ma)di.‎‎
Ilova:_______________________.
Tekshiruvni amalga oshirdi:‎__________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)

‎‎
Rahbar:‎‎_________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

ShAKL‎‎

__________‎‎_____________________‎‎

‎‎(sud-ekspertiza muassasasi nomi)‎‎

rahbari_____________________‎‎____________________________________________

(F.I.O.)

‎‎

Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun

ARIZA

‎‎Men,_____________________________________________________________________________

(familiyasi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(ismi)‎‎

_________________________________________________________________________________________ni‎‎

(otasining ismi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

1. Tug‘ilgan sanasi: “___”_________ _____yil‎‎
2. Tugilgan joyi:‎‎_____________________________
3. Jinsi: Erkak- □ Ayol -‎‎ □
4. Fuqaroligi:‎‎_______________________________
5. Millati:‎‎_________________________________
6. Bedarak yo‘qolgan shaxsning biologik qarindoshimi? Ha- □ Yo‘q - □
7. Qarindoshlik darajasi (farzandi, ota-onasi va boshqalar):‎‎__________________________________________
8. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar:‎‎ _____________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa):___________________________________________________
10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:‎‎ _____________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)

genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishingizni (biologik material olinishini, genomga oid axborotga ishlov berilishini) hamda olingan genomga oid axborotni _____yil “___” ________ga qadar saqlanishini ta’minlashingizni so‘rayman.

__________________‎‎

_________‎‎

_________________‎‎

(F.I.O.) ‎‎

(imzo) ‎‎

(sana)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

________‎‎_______________________

‎‎(sud-ekspertiza muassasasi nomi)‎‎

rahbari‎‎_______________________________________________________________ga

(F.I.O.)‎‎

‎‎Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun

ARIZA‎‎

‎‎
‎‎Men,_____________________________________________________________________________

(familiyasi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(ismi)

‎‎_______________________________________________________________________________

(otasining ismi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
turi:‎‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)‎

‎‎
Fuqaro‎‎___________________________________________________________________________

(familiyasi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________

(ismi)‎‎

_______________________________________________________________________________________ning‎‎

(otasining ismi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

‎‎
1.Tug‘ilgan sanasi: “___” yil _________ ____yil‎‎
2. Tug‘ilgan joyi:‎‎__________________________
3. Jinsi: Erkak - □ Ayol - □
4. Fuqaroligi:‎‎____________________________
5. Millati:‎‎_______________________________
6. Bedarak yo‘qolgan shaxsning biologik qarindoshimi? H? - □ Yo‘q- □‎‎‎‎
7. Qarindoshlik darajasi (farzandi, ota-onasi va boshqalar):‎‎‎____________________________________
8. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar:‎‎_____________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎
9. Shaxsiy ndentifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa):‎‎ □□□□□□□□□□
‎‎10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:_____________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________________________

(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)‎‎

______________________________________________________________________ga asosan qonuniy vakili‎‎

(sudning qarori, ishonchnoma)‎‎

sifatida uni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishingizni (biologik material olinishi, genomga oid axborotga ishlov berilishi) hamda olingan genomga oid axborotni ______yil “___” _______ga qadar saqlanishini so‘rayman.‎‎

‎‎

____________________‎‎

_____________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)

(imzo) ‎‎

(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎_______________________________________________________________________________ga

(arizachi F.I.O.)‎‎

‎‎

Genomga oid davlat ro‘yxatiga olinganligi haqida‎‎

XABARNOMA‎‎

‎‎
___ / ________‎‎

“___” __________ 20 __ yil‎‎

‎‎Sizning, 20__ yil “___”_________ dagi arizangizga asosan, genomga oid axborotingiz 20__ yil “___”_________ da O‘zbekiston Respublikasi Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasida _________-son bilan genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olindi.

‎‎
Ro‘yxatga olishni amalga oshirdi:‎‎_______________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎‎

‎‎
‎‎
Rahbar:‎‎_________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA

Ariza beruvchi / hukm qilingan / og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir pishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsdan olingan biologik materialning‎‎

AXBOROT KARTASI‎‎

(familiyasi, agar mavjud bo‘lsa) ‎‎

(ismi) ‎‎

(otasining ismi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

1. Tug‘ilgan sanasi: : “___”__________ ____ yil‎‎
2. Tug‘ilgan joyi:_________________________‎
3. Jinsi: Erkak -□ Ayol -‎‎□
4. Fuqaroligi:_______________________ ‎‎
5. Millati: ‎_____________________________‎
6. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar:____________________________‎
___‎‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
7. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa): □□□□□□□□□□‎‎‎‎
8. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:____________________________________________________________‎
‎‎______________________________________________________________________________
(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)
‎‎9. Biologik materialni olishning asosi (tagiga chizilsin):
9.1. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ariza;
9.2. Hukm qilingan shaxs: _____-moddasi, ____-qismi, ____-bandi;‎‎

______-moddasi, ____-qismi, ___-bandi;‎‎‎‎

‎‎9.3. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan:
‎ ____-moddasi, ____-qismi, ____-bandi;
‎‎10. Tashuvchi-karta raqami (shtrix-kod): □□□□□□□□□□‎‎‎‎
‎‎11. Biologik materialni olgan organ:___________________________________________________________
‎‎12. Biologik material olingan sana: “___”_________ ____ yil

Biologik materiali olingan shaxs: ‎‎

__________‎‎ _______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Qonuniy vakil: ‎‎

__________‎‎‎‎ _______________________‎‎
‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

Biologik material olindi:_________________‎‎‎____‎

‎‎___________________________________

(mutaxassis lavozimi)‎‎‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

Mas’ul xodim: ‎‎ __________‎‎ _______________________‎‎

‎‎(lavozimi)

(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Sana: 20__yil “____ ” _________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida aniqlanmagan shaxs / tanib olinmagan murdadan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik materialning‎‎

AXBOROT KARTASI‎‎

‎‎
‎‎1. Biologik materialni olgan surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organining nomi:___________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎2. Tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishi raqami:_______________________________________
‎‎3. Biologik material olingan sana: 20 yil “___”_________.
‎‎4. Biologik material olish uchun asos (tagiga chizilsin):
‎‎4.1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida aniqlanmagan shaxsdan olingan biologik material;
‎‎4.2. Tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlari, qismlari) olingan biologik material;
‎‎5. Hodisa tafsiloti va sodir etilgan joy:________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎6. Murdaning (tana qoldiqlari, qismlari) aniqlangan joyi, sanasi, o‘lim sababi, jinsi, alohida belgilari (mavjud bo‘lsa):______________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Ilova: hodisa joyini, murdani ko‘zdan kechirish bayonnomasi nusxasi ______ varaqda.‎‎
Biologik materialni oldi: ‎‎ _________‎‎ _______________________‎‎
(mutaxassis lavozimi)‎‎ ‎‎‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Mas’ul xodim: _________‎‎ _______________________‎‎

(lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎
Sana: 20___yil “___”_________‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA

‎‎GENOMGA OID AXBOROT KARTA

‎‎

(familiyasi, agar mavjud bo‘lsa) ‎‎

(ismi) ‎‎

(otasining ismi, agar mavjud bo‘lsa)‎‎

1. Tug‘ilgan sanasi: “__ ”_____________ _____yil‎‎
‎‎2. Tug‘ilgan joyi:___________________________
3. Jinsi: Erkak -□ Ayol -□ ‎‎
‎‎4. Fuqaroligi:_____________________________
‎‎5. Millati:________________________________
‎‎6. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar:__________________________________
____________________________________________________________________________________
‎‎7. Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa): □□□□□□□□□□‎‎
‎‎8. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi:___________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________

‎‎(hujjat raqami, seriyasi, kim tomonidan berilgan, berilgan sanasi)

9. Hisobga olish toifasi (belgi qo‘yilsin):‎‎
‎‎9.1. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxs
‎‎9.2. Bedarak yo‘qolgan shaxsning biologik qarindoshi □_____________________________________________

(qarindoshlik darajasi)‎‎

‎‎9.3. Hukm qilingan shaxs:
9.4. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan:□‎‎
9.5. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida biologik materiali olingan aniqlanmagan shaxs □‎‎
‎‎9.6. Tanib olinmagan murda (tana qoldiqlari, qismlari) □‎‎
‎‎10. Taqdim etilgan obyekt nomi:______________________________________________________________________
‎‎11. Tashuvchi-karta raqami (shtrix-kod): □‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎□‎‎
‎‎Individual raqam (ShTRIX-KOD — BARCODE):
‎‎

VWA‎‎

TNOl ‎‎

D21S11‎‎

FGA‎‎

D8S1179‎‎

D3S1358‎‎

D18S51‎‎

Amelogenin

TPOX‎‎

CSF1P0‎‎

D13S317‎‎

D7S820‎‎

D5S818‎‎

D16S539‎‎

D2S1338‎‎

D19S433‎‎

Penta D

‎‎Penta E
‎‎‎‎D1S1656 ‎

‎‎D2S441

‎‎D10S1248

‎‎D22S1045

D12S391

SE33

‎‎

Boshqa lokus‎‎‏

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Genomga oid axborotni oldi: ‎ _____‎‎ ___________________‎‎
‎‎‎(muassasa nomi, mutaxassis lavozimi)‎‎ (imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ma’lumotlar tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, ularga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ShAKL‎‎

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎Sud-ekspertiza muassasasi rahbari

_______________________‎‎___

(F.I.O.)‎

20 __ yil “__” ____________‎‎

‎‎

‎‎Biologik materialni / genomga oid axborotni yo‘q qilish haqida

DALOLATNOMA‎‎

‎‎
‎‎№ _______

20 __ yil “__” ________‎

Ushbu dalolatnoma genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish maqsadida taqdim etilgan biologik material / genomga oid axborot yo‘q qilinganligi haqida tuzildi.‎‎
‎‎
‎‎_______________________________________________________________________________

(yo‘q qilish uchun asos)‎‎

‎‎

T/r‎

Biologik material / genomga oid axborot olingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa)‎

Tug‘ilgan sanasi‎

Tug‘ilgan joyi‎

‎‎Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda) yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat nomi va raqami

‎‎Taqdim etgan organ nomi, kirish raqami va sanasi

Yo‘q qilish usuli‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
Komissiya a’zolari:‎‎
1.‎‎_____________________________________________________

___________‎‎‎

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)‎‎

2.‎‎_____________________________________________________‎‎

___________‎‎‎ ‎‎

(lavozimi, F.I.O.) ‎‎

(imzo)‎‎ ‎

3.‎‎_____________________________________________________‎‎‎‎

___________‎‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎(lavozimi, F.I.O.) ‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

(imzo)‎‎ ‎ ‎‎‎

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 09/21/689/1060-son)