ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Senatning masʼul qoʻmitasi va boʻlimi |
Masʼul ijrochilar |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-sonli Farmonidagi vazifalar | |||||
|
1. |
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili hisobotini eshitish |
Senat yalpi majlislarida Bola huquqlari boʻyicha vakil maʼruzasini eshitish |
Har yili birinchi chorakda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Bola huquqlari boʻyicha vakil |
|
2. |
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya axborotini eshitish |
Senat yalpi majlislarida milliy komissiya axborotini eshitish |
Har yili birinchi chorakda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |
|
3. |
Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar axborotini eshitish |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) Kengashlari sessiyalarida hududiy komissiyalar axborotini eshitish |
Har chorakda |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) Kengashlari |
|
4. |
Nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirish maqsadida “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy etish boʻyicha Hukumat qarorini tayyorlash: nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish tartibi, shu jumladan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalar, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish, sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarda nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish tartibi; mazkur tizimga integratsiya qilinadigan masʼul vazirlik va idoralarning maʼlumotlari; axborot tizimini Bosh prokuratura, Oliy sud, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilishni taʼminlash. Axborot tizimini joriy etishning moliyalashtirish manbaini aniqlash. |
2022-yil yanvar |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |
|
5. |
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy asoslarini mustahkamlash. |
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini yagona qonunga mujassamlashtirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish: ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari; farzandlikka oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga koʻmaklashish tartibi; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida boʻlish huquqlarini taʼminlash; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar tarbiya muassasalarini tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. |
2021-yil dekabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Bolalar huquqlari boʻyicha vakil |
|
6. |
Farzandlikka olish jarayonida inson omilini qisqartish va raqamlashtirish. |
Shaxsga doir maʼlumotlarni sir saqlagan holda talabgorlar uchun vasiylik va homiylikka beriladigan bolalar haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish; farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbatini ishga tushirish. |
2021-yil noyabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |
|
7. |
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, yetim va boshqa ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish: ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash va turlarini koʻpaytirish; ijtimoiy ishchilar sonini va salohiyatini oshirish; ijtimoiy faoliyat kadrlarining huquqiy maqomini belgilash; turli tizimlarda ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini (taʼlim, sogʻliqni saqlash, bolalarni himoya qilish va odil sudlov) belgilash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil dekabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi |
|
8. |
Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirish. |
Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish; oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2021-yil noyabr |
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
9. |
Nogironligi boʻlgan bolalar oilaga tarbiyaga olinganda ularni patronaj bilan qamrab olish va zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Oilaga tarbiyaga olingan nogironligi boʻlgan bolalar roʻyxatini shakllantirish; oilaga tarbiyaga olingan nogironligi boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, ular davolanadigan tibbiyot muassasalari roʻyxatini shakllantirish va davolash xarajatlari miqdorini aniqlash; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va homiylar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratish; bolalarni davolash boʻyicha amaliy choralar koʻrish. |
2021-yil noyabr
|
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Milliy gvardiya |
|
10. |
Bolaning eng ustuvor manfaatlarini inobatga olgan holda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish tizimini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish: yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan oilaviy va boshqa muqobil shakllarini, keng joriy etish; yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun internat shaklidagi yangi davlat tarbiya muassasalarini tashkil etishga cheklov oʻrnatish, mavjud internat shaklidagi davlat tarbiya muassasalarini noinstitutsionallashtirish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini koʻrib chiqish; yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tarbiya muassasalariga sud tartibida joylashtirish mexanizmini joriy etish. |
2021-yil noyabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qaroridagi vazifalar | |||||
|
11. |
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining goʻdaklar uylaridagi bolalarni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrish |
Amaliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
12. |
Maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyatini va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning holatini oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |
|
13. |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining faoliyatini qayta koʻrib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi |
|
14. |
Uquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi |
|
15. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga oʻtkazish choralarini koʻrish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi |
|
16. |
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
17. |
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etish |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori |
2021-yil noyabr |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylik, homiylik va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib borish hamda oʻquv muassasalaridan keyingi hayotidagi oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashish |
Amaliy chora-tadbirlar |
har yili kamida ikki marotaba |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi |
|
19. |
“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalar bilan ishlashga masʼul davlat organlari va tashkilotlarning hisobotlarini eshitib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari qarorlari |
2021-yil 1-dekabrdan boshlab har chorakda |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari |
|
20. |
Bolalarning ota-ona qaramogidan mahrum boʻlishining sabablarini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish |
Amaliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi |
|
21. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda bir-birini takrorlovchi, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va mazkur qarorga zid normalarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Adliya vazirligi |
|
22. |
2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb koʻrsatilgan 610 nafar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joylarini oʻrganib chiqqan holda, ulardan belgilangan sanitariya meʼyorlariga va texnik meʼyorlarga, qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotganlarni boshqa uy-joylarga ijara asosida koʻchirish va ularga uy-joy uchun ijara toʻlovlarini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralarini koʻrish |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil noyabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
23. |
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish |
Qonun loyihasi |
2021-yil noyabr |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
Moliya vazirligi |
|
24. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka va patronatga) olish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibini, uning ijtimoiy ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, farzandlarning mehribonlik va bolalar uylariga topshirilishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy roliklarni televideniye, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish |
Ijtimoiy roliklar, koʻrsatuvlar, davra suhbatlari, eshittirishlar, bosma materiallar tayyorlash |
Media reja asosida |
Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-sonli qaroridagi vazifalar | |||||
|
25. |
Oilaviy bolalar uylarini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar paketini yaratish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari |
Moliya vazirligi |
|
26. |
Uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Uy-joylarga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish uchun 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qayta taqsimlash orqali yoʻnaltirish |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 25-fevral |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi |
|
28. |
Barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida taqdimotlar oʻtkazish |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har yili birinchi chorakda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari hamda Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitalari |
Vazirlar Mahkamasi, mutasaddi vazirlik va idoralar |
|
29. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarning bandligi boʻyicha doimiy monitoring olib borish |
Amaliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
30. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasining axborotini eshitish |
Senat yalpi majlislarida Respublika komissiyasining axborotini eshitishni yoʻlga qoʻyish |
Har yili birinchi chorakda |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi |