09.08.2021 yildagi PQ-5215-son

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha yaratilgan axborot tizimida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

2.

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarida (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchi bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va o‘�ta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

3.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholagan holda, o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Axborot te�nologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

4.

Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Jamoat xavfsizligi universiteti

(M. Rustambayev)

5.

Har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston bo‘ylab (Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlarga) sayohatga olib chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

O‘quv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini ta’minlash hamda ular tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilishi choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

8.

Oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suhbatlarini”, fan musobaqalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili 1-sentabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

9.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi professor-o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.Toshkulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

10.

O‘quv-tarbiya muassasalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter to‘plami (uzluksiz tezkor Internet tarmog‘iga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi to‘garaklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyatini va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning holatini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Raqamli Avlod” loyihasi bilan “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish.

Bunda, “Mehribonlik” uylarida axborot texnologiyalari (IT) bo‘yicha zamonaviy kasblarga yo‘naltiruvchi “Raqamli Avlod” sinf xonalarini tashkil etish va dasturlash, 2D va 3D dizayn, robototexnika, raqamli media-marketing va frilansing bo‘yicha darslarni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 1-oktabr

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ushbu muassasalar joylashgan hududdagi oilaviy tibbiyot poliklinikalarida alohida hisobi yuritilishini, ularga tibbiyot brigadasi biriktirilishini va har yili ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

15.

O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har oyda kamida ikki marotaba teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishini hamda san’at ustalarining, taniqli yozuvchi va adiblarning “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga kelib, madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov),

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Q. Rafikov)

16.

Har yili o‘quv-tarbiya muassasalarining 25 nafar tarbiyachilarini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov)

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

17.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Xalq ta’�imi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

18.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarini tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Milliy gvardiya talabnomasiga asosan “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari uchun IP tarmoqlararo video qayd etish jihozlari (VPN) hamda idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarifi bo‘yicha L3-VPN aloqa kanallarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Talabnomaga binoan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

20.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda bir-birini takrorlovchi, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va mazkur qarorga zid normalarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davl�tov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

21.

2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb ko‘rsatilgan 610 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joylari holatini o‘rganib chiqqan holda, ulardan belgilangan sanitariya me’yorlariga va texnik me’yorlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni boshqa uy-joylarga ijara asosida ko‘chirish va ularga uy-joy uchun ijara to‘lovlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi,

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

22.

“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

23.

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2021-yil 10-oktabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

24.

Qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish bo‘yicha media-reja tasdiqlash.

Media-reja

1 kun muddatda

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)