09.08.2021 yildagi PF-6275-son

1.

B.A. Musayev

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Milliy komissiya hamraisi

2.

A.T. Yunusova

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani), Milliy komissiya hamraisi

3.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni, Milliy komissiya raisi o‘rinbosari

4.

Sh.X. Shermatov

xalq ta’limi vaziri, Milliy komissiya raisi o‘rinbosari

5.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

6.

B. Sayfullayev

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi

7.

E.A. Zaxidov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi

8.

A.V. Shin

maktabgacha ta’lim vaziri

9.

A.H. Toshkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

10.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

11.

A.M. Xadjibayev

so�liqni saqlash vaziri

12.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

13.

B.M. Ahmedov

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

14.

A.Q. Karimov

turizm va sport vaziri o‘rinbosari

15.

J.I. Abruyev

moliya vaziri o‘rinbosari

16.

G‘.N. Bozorov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari

17.

E.T. Yuldashev

Bosh prokuror o‘rinbosari

18.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

19.

S.D. Toshboyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

20.

V.S. Alimova

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori

21.

N.X. Raximova

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

22.

M.M. Xojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

23.

G.M. Abidova

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi direktori

24.

S.T. Inamova

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi

25.

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mutaxassisi, Milliy komissiya kotibi

1.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha Milliy gvardiyaning boshqarma boshliqlari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Komissiya raisi o‘rinbosari

4.

Lavozimi bo‘yicha

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘ist�n Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshliqlari

9.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari

12.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

13.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari

14.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining o‘rinbosarlari

15.

Lavozimi bo‘yicha

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari rahbarlari

16.

Lavozimi bo‘yicha

hududlar bosh imom-xatiblari

17.

Lavozimi bo‘yicha

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining mintaqaviy filiallari rahbarlari

18.

Lavozimi bo‘yicha

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining mintaqaviy filiallari rahbarlari

19.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari mudirlari, Komissiya mas’ul kotibi

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Bola huquqlarining kafolatlarini oshirish bo‘yicha qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish

1.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash.

2021-yil 15-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(Musayev),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Oliy sud

(Kamilov),

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili

(Eshmatova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Bolalarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirish.

Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash;

manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish;

2021-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Oliy sud

(Kamilov)

voyaga yetmaganlarga nisbatan qamoqda saqlash ehtiyot chorasiga muqobil bo‘lgan choralarni, shu jumladan restitutsion odil sudlov choralarini qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflarni kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Oliy sud

(Kamilov)

3.

Sud-tergov jarayonida bola huquqlarining protsessual kafolatlarini kuchaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi;

voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra psixolog ishtirokini ta’minlash.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Oliy sud

(Kamilov)

4.

Bolaning ota-ona bilan yashash huquqining ta’minlanishi kafolatlarini yanada kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasida qonuniy asosda yashab turgan shaxsning xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar ota-onasi bilan birga yashashi uchun vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash;

manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev)

5.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini huquqiy tartibga solish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bolalar ombudsmani to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash:

ombudsmanning huquqiy maqomi, uning faoliyati kafolatlari va asosiy vazifalari;

ombudsmanning xalqaro munosabatlardagi hamda Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning faoliyatida ishtiroki;

ombudsmanning voyaga yetmaganlar saqlanuvchi tarbiya muassasalariga tashrifi, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib borishdagi ishtiroki va boshqa masalalar.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili

(Eshmatova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Bolalarning erkinliklariga qaratilgan tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash;

manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Oliy sud

(Kamilov)

7.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish va muammolarni tahlil qilish;

o‘rganish natijalari bo‘yicha amaldagi tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2022-yil 1-iyul

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Milliy gvardiya

(Djurayev),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

Xalq ta’limi vazirligi

(Shermatov)

II. Bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

8.

Nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirish maqsadida “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarorini tayyorlash:

nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish tartibi, shu jumladan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalar, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va boshqa muassasalarga joylashtirish, sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarda nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish tartibi;

mas’ul vazirlik va idoralarning mazkur axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari;

axborot tizimini Bosh prokuratura, Oliy sud, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tasarrufida ta’lim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

Axborot tizimini joriy etishning moliyalashtirish manbaini aniqlash.

2022-yil 1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

(Musayev),

Milliy gvardiya

(Djurayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli va og‘ir ahvolga tushib qolgan yoshlarga ularning tengdoshlari yoki bunday ahvoldan chiqa olgan yoshlar bilan yakka tartibdagi muloqotlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi normal hayotga qaytarish tamoyiliga asoslangan “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini joriy qilish.

“Teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish jarayoniga mutaxassislarni jalb etish;

ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish;

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi

(Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi

(Toshkulov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev)

ta’lim muassasalarida oldindan tayyorlangan yoki og‘ir ahvoldan chiqa olgan yoshlar tomonidan tengdoshlari bilan yakka tartibda ishonchli muloqotlar, mashg‘ulotlar tashkil etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklaridagi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shu’balari faoliyatini tashkil qilish.

Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shu’balarini zarur xona va jihozlar bilan ta’minlash;

kotibiyat va shu’balarning faoliyatini tartibga soluvchi nizomni tasdiqlash.

2021-yil 1-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini yagona qonunga mujassamlashtirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari;

bolalarni tarbiyaga oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga ko‘maklashish tartibi;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida bo‘lish huquqlarini ta’minlash;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar tarbiya muassasalarini tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil 1-dekabr

Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Farzandlikka olish jarayonida inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish.

Shaxsga doir ma’lumotlarni sir saqlagan holda talabgorlar uchun vasiylik va homiylikka beriladigan bolalar haqidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish;

farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbatini ishga tushirish.

2021-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Musayev)

13.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim va boshqa og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash va turlarini ko‘paytirish;

ijtimoiy ishchilar sonini va salohiyatini oshirish;

ijtimoiy faoliyat kadrlarining huquqiy maqomini belgilash;

turli tizimlarda ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini (ta’lim, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish va odil sudlov) belgilash.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-dekabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish.

Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish;

oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Nogironligi bo‘lgan bolalar oilaga tarbiyaga olinganda ularni patronaj bilan qamrab olish va zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish.

Oilaga tarbiyaga olingan nogironligi bo‘lgan bolalar ro‘yxatini shakllantirish;

2021-yil 1-sentabr

Milliy gvardiya

(Djurayev),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

oilaga tarbiyaga olingan nogironligi bo‘lgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ular davolanadigan tibbiyot muassasalari ro‘yxatini shakllantirish va davolash xarajatlari miqdorini aniqlash;

2021-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va homiylar hisobidan zarur mablag‘larni ajratish;

2021-yil 1-sentabr

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Rafikov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

bolalarni davolash bo‘yicha amaliy chorala�ni ko‘rish.

2021-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Rafikov)

16.

Bolaning eng ustuvor manfaatlarini inobatga olgan holda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan oilaviy va boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun internat shaklidagi yangi davlat tarbiya muassasalarini tashkil etishga cheklov o‘rnatish, mavjud internat shaklidagi davlat tarbiya muassasalarini noinstitutsionallashtirish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqish;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tarbiya muassasalariga sud tartibida joylashtirish mexanizmini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Musayev),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

(Yunusova),

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili

(Eshmatova),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(Saidov)