21.10.2021 yildagi 146-14-201-Q/21-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2022-yil uchun eng kam sonini belgilash, zaxiraga olish va band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” Qonunining 12, 38, 39-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14, 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabridagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2022-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2021-yil 27-avgustdagi bayonini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Sergeli tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2022-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sergeli tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 125 ta korxona, tashkilot va muassasalarda aholining quyidagi toifalari uchun xodimlarning oʻrtacha sonining 10 foizigacha miqdorida, yaʼni 1 483 ta ish oʻrinlari zaxiraga olinib, band qilib qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 27 foiz (411 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 58 foiz (872 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 5.5foiz (82 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun 2. foiz (31 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 3.2 foiz (48 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 2.6 foiz (39 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosi qurbonlari uchun 0 foiz (0 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va mehnat toʻgʻrisidagi boshqa qonun va qonunosti hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zaxiraga qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, haydovchi, tashuvchi, farrosh, qozonxona oʻt yoquvchisi (kotelщik), obodonlashtirish ishchisi, omborchi, operatorlar, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish oʻrinlarini zaxiraga olib, band qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2021-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdori kamida 25 foizi uchun, 2022-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan 75 foizlik qismini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasb va lavozimlar, mutaxassisliklar roʻyxati Toshkent shahar Sergeli tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha Sergeli tuman hokimining qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tuman hokimining ushbu qarorini bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari 2-ilovada belgilangan miqdoridan ortiqchasini tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Sergeli tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 3163-sonli buyrugʻiga asosan ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan korxona, tashkilot va muassasalarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2(ikki) baravari miqdorida Sergeli tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan haq toʻlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sergeli tumani hokimligi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (S. Yunusov), tuman hokimligi Matbuot xizmati (S. Asatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tuman (www.sergeli.toshkent.uz) veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosi Sergeli tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi I. Temirov, bajarilishini nazorat qilish Sergeli tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Jumaboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim E. ShUKUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-14-201-Q/21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tuman hokimining 2021-yil 21-oktabrdagi 146-14-201-Q/21-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya raisi — Sergeli tuman hokimining birinchi oʻrinbosari

A. Jumaboyev

Komissiya aʼzolari:

Sergeli tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy soha va maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Oʻ. Maxkamov

Sergeli tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori

I. Temirov

Sergeli tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Sh. Nabiyev

Sergeli tuman hokimligining bosh yuriskonsulti

D. Xalilov