1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, intizomli soliq toʻlovchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, inson omilining taʼsirini cheklash orqali qoʻshilgan qiymat soligʻini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq xavfi yuqori darajada boʻlgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirishni cheklash boʻyicha profilaktika choralarini koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan maʼlumotlar va hisob maʼlumotlarni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish tizimi joriy etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi paydo boʻlishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtishi shartligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfga asoslangan yondashuvni qoʻllash amaliyotini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomli soliq toʻlovchilarga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomli soliq toʻlovchilarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida arizalar yetti kun ichida koʻrib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tomonidan arizani koʻrib chiqish natijalari belgilangan muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-martdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar va ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xoʻjalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va maʼnan eskirganligi natijasida yoʻq qilinganda va kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur tartiblar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun majburiyligini belgilash boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) oʻtkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchining omborida mavjud emas deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni davlat kadastr maʼlumotlari bazasidan — ariza beruvchiga koʻchmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari maʼlumotlar bazasidan — ijara shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud boʻlgan holdagina roʻyxatdan oʻtkazish yoxud qayta roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi hamda ushbu maʼlumotlar bazalaridan qatʼiy foydalanish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta oʻtkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq va kadastr maʼlumotlar bazalaridan qatʼiy foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi roʻyxatdan oʻtayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish boʻyicha dastlabki shartnoma maʼlumotlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda arizada koʻrsatilgan yoxud boshqa koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyishlari shart boʻlib, mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaxs oʻzi koʻrsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yoʻq deb eʼtirof etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan majburiy tartibda maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari roʻyxati, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan ixtiyoriy tartibda maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari roʻyxati, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tahlili natijalariga koʻra soliq toʻlovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining yuqori, oʻrta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq toʻlovchilarga qulay sharoitlar yaratish va ular faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining boshqaruv xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar maxsus roʻyxatdan oʻtkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishni taʼminlaydigan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aylanmadan olinadigan soliq hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotlari taqdim etilishini va soliqlarni toʻlash muddatlari unifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda yuridik shaxslar muassislari (ishtirokchilari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin. Bunda yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasiga shaxsiy identifikatsiya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishiga alohida eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni maxsus roʻyxatdan oʻtkazish inson omili cheklangan (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno) toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2021-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga asosan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida mahsulotlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash xizmatini amaliyotga joriy etsin. Bunda avtomatik ravishda yetkazib beruvchida mavjudligi aniqlanadigan mahsulotlarning roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanishi va yetkazib beruvchida realizatsiya qilinadigan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlanganda realizatsiya toʻgʻrisida hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi imkoniyati cheklanishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud soliq imtiyozlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari toʻgʻrisidagi axborotlarni soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga yetkazib berish amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtgan va oʻtadigan tadbirkorlik subyektlarining taʼsis hujjatlari hamda ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga real vaqt rejimida taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimining koʻchmas mulk va ijaraga olingan mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari bilan avtomatlashtirilgan elektron almashuvini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlab chiqilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
595-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Yagona milliy mehnat tizimi) — roʻyxatga olingan mehnat shartnomalari va ishlovchilarning mehnat staji toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladigan axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bekor qilingan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda bekor qilingan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy maʼlumotlar bazasi — Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) Markaziy maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi — qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilariga soliq xavfini tekshirish va tahlil qilish natijalariga koʻra maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish yoki rad etish boʻyicha harakatlar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida koʻrsatilgan holatlarga asosan amal qilishi tugatilgan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtatilgan Guvohnomalar — ushbu Nizomning 8-bobida koʻrsatilgan holatlarga asosan amal qilishi toʻxtatib turilgan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol guvohnomalar — soliq toʻlovchilar maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi amal qilayotgan guvohnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi — ushbu nizom talablari doirasida soliq toʻlovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq qarzi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — maxsus roʻyxatdan oʻtkazish) davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus roʻyxatdan oʻtish uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. QQS guvohnomasi faol boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtgan va faol guvohnomaga ega boʻlgan yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar boʻyicha hisobga olinishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtmagan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻini uni hisobga olish huquqisiz toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talab quyidagi muddatlardan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatiga olingan paytdan — ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashni tanlagan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan — soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat yuzaga kelgan paytdan — Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni maxsus roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi harakatlar ketma-ketligini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani soliq organiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavflarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus roʻyxatdan oʻtkazish yoxud buni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisiga individual roʻyxat raqami berish (keyingi oʻrinlarda QQS-raqam);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus roʻyxatdan oʻtkazish yagona reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual roʻyxat raqami aks ettirilgan guvohnomani shakllantirish va uni qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisini qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar bilan bogʻliq barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish va foydalanish chogʻida QQS-raqamini yozib koʻrsatish majburiy hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish chogʻidagi hisob-kitoblar, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar va transport hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash va (yoki) uni hisobga olish va qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob va hisobot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq toʻlovchini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga taqdim etiladigan elektron koʻrinishdagi arizasini koʻrib chiqish natijalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi majburiy boʻlishi lozim boʻlgan shaxslarni maxsus roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagi soliq toʻlovchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda beriladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati soliq organlari tomonidan monitoring qilib boriladi va monitoring davomida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga asos boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliq toʻlovchilarni ixtiyoriy maxsus roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagilar ixtiyoriy ravishda maxsus roʻyxatdan oʻtishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq toʻlashni ixtiyoriy ravishda rad etgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtiyoriy ravishda maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan hollarda ariza soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtadigan oy boshlanishiga qadar yetti ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va joʻnatilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq organi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti kun ichida soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining rahbari va taʼsischilari (ishtirokchilari) yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsini oʻrganadi, bunda quyidagilarga eʼtibor beriladi: muqaddam bankrot deb eʼlon qilingan tashkilotda rahbar yoki taʼsischi boʻlganligi; muqaddam soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilganligi yoki yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub boʻlgan tashkilotda rahbarlik yoki taʼsischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi; rahbarning rasmiy oladigan daromadlari; arizada koʻrsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida mavjudligi; taʼsischi (ishtirokchi) toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organining maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqqan holda soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligini, shuningdek, koʻrsatilgan manzilning manzil-maʼlumot byurosi maʼlumotlari boʻyicha haqiqatda mavjudligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini va hisobvaraq-fakturalarni soliq toʻlovchining faoliyat turiga hamda xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mosligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya summalarini, soliq hisobotlari taqdim etilganligini va tovar-moddiy boyliklar qoldigʻini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz koʻchmas mulki mavjud boʻlmaganda, ijara shartnomasi mavjudligini hamda ushbu shartnoma soliq organida hisobga qoʻyilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi — yuridik shaxsda, shuningdek, uning taʼsischilari (ishtirokchilari) — yuridik shaxslarda soliq qarzi mavjudligini hamda amalda rahbar boʻlib turgan shaxs tomonidan rahbarlik qilayotgan boshqa yuridik shaxsda soliq qarzi mavjudligi va soliq hisobotlari taqdim etilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, soliq toʻlovchining faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvolini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining joylashgan joyi manzilini, yaʼni soliq xavfi darajasi yuqori boʻlgan bir nechta soliq toʻlovchilar koʻrsatgan manzilda — nominal manzilda joylashishini oʻrganadi. Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga oʻrtacha oʻn sakkiz kvadrat metrdan kam maʼmuriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) toʻgʻri kelsa nominal manzil deb eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining tugatish jarayonida yoki soliq toʻlovchini qayta tashkil etishning boshqa jarayonlarida turganligi yoxud amalga oshirilganligi masalalarini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi (ustav kapitali)ning shakllantirilishini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq toʻlovchining arizasini koʻrib chiqish davomida Markaziy maʼlumotlar bazasi, soliq organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqa maʼlumotlar bazasi hamda soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar tahlil qilinadigan maʼlumotlar manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maʼlumotlarni tekshirish va tahlil qilish natijalariga koʻra soliq toʻlovchi quyidagi xavf guruhlaridan biriga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining oʻrta darajasiga ega soliq toʻlovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining past darajasiga ega soliq toʻlovchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq toʻlovchilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning, shuningdek rahbarlik yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmagan, yoxud arizada koʻrsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi (ishtirokchisi) toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz koʻchmas mulkiga ega boʻlmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulki boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining manzili manzil-maʼlumot byurosi maʼlumotlari bazasida mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan toʻgʻri kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) soliq toʻlovchining faoliyat turi va xususiyatlariga, shuningdek, hisobvaraq-fakturalar tahlili boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza taqdim etilgan paytda soliq toʻlovchining soliq qarzi mavjud boʻlganda, shuningdek, taʼsischilarining (ishtirokchilari) ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan — yuridik shaxslarning soliq qarzi mavjud boʻlganda. Bunda, istisno tariqasida, ushbu shaxslarga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi, shuningdek, ularni budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoxud bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori soliq toʻlovchi qoʻshilganda (birlashganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi soliq toʻlovchining rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa soliq toʻlovchida (yuridik shaxsda) rahbar boʻlib, ushbu soliq toʻlovchida soliq qarzi mavjud boʻlganda yoxud soliq hisobotlari taqdim etilmaganda. Bunda, mavjud soliq qarzdorligi ushbu shaxslar rahbarlik qilib turgan davrda hosil boʻlmagan boʻlsa ham yoki soliq hisobotlari oʻsha davrdan buyon topshirilmasdan kelinayotgan boʻlsa ham inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam bankrot deb eʼlon qilingan tashkilotda rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan va muqaddam soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik uchun rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab taʼsischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz boʻlgan hollardagina inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish axborot tizimini joriy etish yoki foydalanishga hamda real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida isteʼmol va texnik etil spirtini realizatsiya qilishni taʼminlamashga oid litsenziya talablari buzilganda;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub boʻlgan va soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab taʼsischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz boʻlgan hollardagina inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining oʻrta darajasiga ega soliq toʻlovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq toʻlovchilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi oʻn ikki oy ichida soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlari yoki yollanma ishchilari soni 4 kishidan kam boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining faoliyat turiga bogʻliq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani taqdim etish vaqtida 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldigʻiga ega boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori taʼminlanmaganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aroq hamda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 60 foizidan va yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrdan kam boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlganda.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori va oʻrta darajasiga ega soliq toʻlovchilar guruhiga kiritiladigan belgilar aniqlanmagan soliq toʻlovchilar soliq xavfining past darajasiga ega soliq toʻlovchilar guruhiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliq toʻlovchining soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilishidan besh ish kuni oldin yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soliq toʻlovchini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida soliq organi arizani koʻrib chiqish va ulardagi maʼlumotlarni tekshirish va tahlil qilish yakunlangandan soʻng ikki ish kuni ichida quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar boʻyicha — maxsus roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar boʻyicha — keyingi keladigan oʻn ikki oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini oʻtkazish sharti bilan maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi past boʻlgan soliq toʻlovchilar boʻyicha — maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan holda, soliq toʻlovchi ariza taqdim etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan maxsus roʻyxatdan oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga kelgan kundan maxsus roʻyxatdan oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Soliq xavfi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchiga nisbatan soliq organi maxsus roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq nazorati tadbirlarini (koʻzdan kechirish, soʻrov, kameral va sayyor soliq tekshiruvlari, xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soniga muvofiqligini nazorat qilish) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish yoki uni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarorning bir nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda rad etishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgandan soʻng yangidan ariza berishga yoxud rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxsning nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisini qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish, qoʻshilgan qiymat soligʻi raqami oʻzgarishiga olib kelmaydi va soliq toʻlovchining oʻzi hamda uning kontragentlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻining hisoblab chiqarilishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida soliq organlari maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Maxsus roʻyxatdan chiqarish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus roʻyxatdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan soliq toʻlovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari boʻyicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshmagan boʻlsa, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga kamida oʻn ikki oydan keyin qayta oʻtishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi — yuridik shaxs tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maxsus roʻyxatdan chiqarish soliq organining quyidagilar asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organiga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etilgan soliq toʻlovchining ixtiyoriy maxsus roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tugatilganligi munosabati bilan uning Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Soliq toʻlovchi quyida koʻrsatilgan kundan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yil boshidan boshlab, yuridik shaxs aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtadigan kalendar yil boshlanishidan oʻn ish kunidan kechiktirmay soliq organiga taqdim etilgan xabarnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kundan boshlab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari reyestrida Guvohnoma maqomi tugatilgan holatga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi mavjud boʻlganda, mazkur soliq qarzi soliq toʻlovchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra toʻlanmaganligi toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bunda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yoki sud sanatsiya ishlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash qoidalari saqlanib qolinadi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oydan ortiq vaqt davomida moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganda, mavsumiy faoliyat xususiyatiga ega boʻlgan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan belgilar aniqlanganda (guvohnomani bekor qilish uchun asos boʻladigan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchilarning qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi bu haqda soliq organlari tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan soʻng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda toʻxtatib turiladi (amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq kelmasligi yoki soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda mavjud boʻlmaganligi holatlari bundan mustasno).
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish avtomatik tarzda kunlik asosda amalga oshiriladi va soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ushbu toʻgʻrisida avtomatik xabarnoma yuborilishi taʼminlanadi. Bunda soliq organlarining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan maʼlumotlar kunlik asosda avtomatik tahlil qilinadi va ushbu bobda koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, guvohnomaning amal qilishi avtomatik toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan soliq toʻlovchi ushbu qaror (xabarnoma) ustidan Soliq kodeksining 231-moddasida belgilangan tartibda yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan va ushbu oʻzgarishlar maʼlumotlar bazasida aks ettirilgandan soʻng, soliq organi tomonidan bir kun ichida guvohnomani amal qilinishini tiklash avtomatik tarzda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organi tomonidan guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar haqiqatda olingan yoki olib kirilgan (import qilingan) tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalariga tuzatish kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Guvohnomani bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sud tomonidan belgilangan quyidagi holatlar boʻyicha soliq organi tomonidan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan haqiqiy boʻlmagan, soxta hujjatlar taqdim etish asosida guvohnoma rasmiylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvida bank operatsiyalarini xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turiga va xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga aniq muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvida soliq toʻlovchi tomonidan bitim tuzishdan koʻzlangan asosiy maqsad qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlamaslik yoxud boshqa shaxsga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini asossiz hisobga olish imkoniyatini berish, shuningdek, bitim (operatsiya) boʻyicha majburiyat shartnomaning tarafi boʻlmagan shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun boʻyicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi soxta tadbirkorlik bilan shugʻullangan deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Bunda guvohnoma u berilgan sanadan boshlab bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilishi toʻxtatib turilgan guvohnoma soliq toʻlovchi tomonidan toʻqqiz oydan ortiq vaqt davomida qayta tiklanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan soliq toʻlovchi ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Guvohnomani shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat soliq qoʻmitasi maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha guvohnoma shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Guvohnoma soliq toʻlovchini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan elektron koʻrinishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektron koʻrinishdagi guvohnoma maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan tartibida qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganda, qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan kunda elektron koʻrinishdagi Guvohnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish, guvohnoma berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda bekor qilish mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maxsus roʻyxatdan oʻtgan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarining yagona hisobi yuritilishini taʼminlash maqsadida avtomatlashtirilgan reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Reyestrga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalashga oid: qoʻshilgan qiymat soligʻi raqami; yuridik shaxslar uchun — nomi; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus roʻyxatdan oʻtkazishga oid: qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot beruvchi: maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatiladigan maʼlumotlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi joylashgan joyi (pochta manzili), qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi — yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning maqomi: faol, toʻxtatib turilgan, amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Reyestrni shakllantirish va yuritish Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni yuritishga oid tashkiliy va metodologik tamoyillarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga QQS-raqam biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni yuritish texnologiyalari va dasturiy-texnik vositalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr maʼlumotlar bazasining administratori vazifalarini bajaradi, xususan, maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, maʼlumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi ustidan nazorat, ularni saqlash, himoya qilish, foydalanish huquqi ustidan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr bazasi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan Guvohnomalarni faol, toʻxtatilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan tasniflarga ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr maʼlumotlarini yaratish, yuritish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr maʼlumotlaridan erkin foydalanishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda guvohnomalarning tasnifi toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organlarining bazasidagi oʻzgarishlar asosida kunlik yangilanib borilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Soliq organlarida, shu jumladan Markaziy maʼlumotlar bazasida soliq toʻlovchilar tomonidan maxsus roʻyxatdan oʻtish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun axborotlar mavjud boʻlgan hollarda, ularni tekshirish va tahlil qilish soliq toʻlovchi bilan bevosita aloqa qilmasdan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun zarur axborotlar mavjud boʻlmagan hollarda, soliq organlari mazkur axborotlarni soliq toʻlovchidan talab qilib olishga hamda mazkur axborotlar asosida tahlil oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat maxsus roʻyxatidan oʻtgan manzil boʻyicha soliq toʻlovchi haqiqatda joylashganligini tekshirish yoki sayyor soliq tekshiruvi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning faoliyati amalga oshiriladigan joyiga chiqqan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomda Guvohnomani taqdim etish, amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish hamda bekor qilish boʻyicha qaror qabul qilish uchun tahlil qilinadigan soliq xavf belgilariga (holatlarga) oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish hamda ularning chegaraviy miqdori Davlat soliq qoʻmitasining buyrugʻi asosida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Reyestr hamda mazkur Nizomning 16-bandi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning roʻyxati va nominal joylashgan joy manzillari Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari maxsus roʻyxatdan oʻtish tartibini buzganlik uchun javobgar boʻlishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Soliq organlari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarning mazkur Nizomga muvofiq oʻz vaqtida maxsus roʻyxatdan oʻtishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Soliq organlarining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat tadbirlarini oʻtkazishda oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida jismoniy hamda yuridik shaxslarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlarni qabul qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat soliq qoʻmitasi doimiy asosda soliq organlari tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarning sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________________________________________________________________________________ (pochta manzili, shahar (tuman, qishloq), koʻcha nomi, uy (xonadon) raqami)
manzilida joylashgan
___________________________________________________________________________________________ (asosiy faoliyat turi (ixtisoslashuvi))
__________________________________________________________________________________________ga (soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organi nomi)
taqdim etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ariza soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________________________________________________________________________________ (pochta manzili, shahar (tuman, qishloq), koʻcha nomi, uy (xonadon) raqami)
manzilida joylashgan
___________________________________________________________________________________________ (asosiy faoliyat turi (ixtisoslashuvi))
20 ___ yil “___” ________ dan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarishingizni soʻraydi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish uchun asos: ___________________________________________________________________________________________
Ariza taqdim etilgan sana
20 ___ yil “____” __________
__________________________________________________________________________________________ga (soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organi nomi)
taqdim etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ariza soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
GUVOHNOMA
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish raqami (QQS-raqami
Mazkur guvohnoma qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish berilganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish, Guvohnoma berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Muddat
1-bosqich
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi
Hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron koʻrinishdagi arizani taqdim etish.
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi majburiy boʻlishi lozim boʻlgan shaxslar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtishi majbur boʻlgan oyning besh ish kun ichida.
2. Ixtiyoriy ravishda maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda — qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadigan oy boshlanishiga oʻn kun qadar.
2-bosqich
Davlat soliq boshqarmasi
Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish (soliq xavfi darajasini aniqlash)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining maxsus roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti kun ichida.
3-bosqich
Davlat soliq boshqarmasi
Soliq toʻlovchi quyidagi soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma elektron shaklda yuborish:
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchi;
soliq xavfining oʻrta darajasiga ega soliq toʻlovchi;
soliq xavfining past darajasiga ega soliq toʻlovchi.
Besh ish kunidan oldin.
4-bosqich
Davlat soliq boshqarmasi
1. Roʻyxatdan oʻtkazish yoki uni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror tayyorlash.
2. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
4. Guvohnomani shakllantirish va uni soliq toʻlovchiga yuborish.
5. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yagona reyestriga kiritish.
1. Bir ish kunida.
2. Arizani koʻrib chiqish va axborotlarni tahlil qilish yakunlangandan soʻng ikki ish kunida.
3. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida.
4. Qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunida.
5. Avtomat ravishda.
5-bosqich
Davlat soliq boshqarmasi
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish.
2. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish.
3. Guvohnomani bekor qilish.
4. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish bilan birga Guvohnomani bekor qilish.
5. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qayta maxsus roʻyxatdan oʻtkazish.
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bergan soliq davrining birinchi kunida;
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kunda;
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kunda.
2. Avtomatlashgan tarzda.
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qonun hujjatlari buzilganligi faktlari aniqlangan kunda.
4. Guvohnoma berilgan sanadan boshlab.
5. Avtomatlashgan tarzda.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. QQS toʻlovchilarining soliq maʼmurchiligini takomillashtirish
1.
Aylanmadan olinadigan soliq va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotlarini taqdim etish va toʻlash muddatlarini unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Qonun loyihasi
2022-yil 15-yanvar
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi
2.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki bepul foydalanish shartnomalarini davlat soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish faqat masofadan turib elektron shaklda xabardor etish orqali amalga oshiriladigan reglamentni ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi
3.
Davlat soliq qoʻmitasining markaziy tuzilmasida QQS toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish.
Davlat soliq qoʻmitasi buyrugʻi
2021-yil oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi
4.
Markaziy maʼlumotlar bazasida yuridik shaxslarning taʼsischilari (ishtirokchilari) haqidagi maʼlumotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni muntazam yangilab borish.
Kompleks chora-tadbirlar
2021-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
II. Zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish orqali soliq maʼmurchiligini takomillashtirish
5.
Maxsus roʻyxatga olish boʻyicha ariza bergan QQS soliq toʻlovchilarning xavfini avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish boʻyicha maxsus axborot platformasini ishlab chiqish va joriy etish. Bunda soliq organlari tomonidan belgilangan muddatda arizalarga javob taqdim etilmagan taqdirda roʻyxatga olish guvohnomasini avtomatik berish tizimini nazarda tutish.
Texnik topshiriq
2021-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
6.
Elektron hisobvaraq — fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida tovarlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash elektron xizmatini Yagona milliy elektron katalog identifikatsion kodlari asosida joriy etish.
Texnik topshiriq
2021-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
7.
Roʻyxatga olingan nominal joylashgan joy manzillarining elektron reyestrini (manzillarning “qora roʻyxati”) ishlab chiqish va yuritish.
Texnik topshiriq
2022-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi
8.
Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalaridan foydalangan va soxta-tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan subyektlarning rahbarlari yoki taʼsischilari boʻlgan jismoniy shaxslarning elektron reyestrini (taʼsischilar va rahbarlarning “qora roʻyxati”) ishlab chiqish.
Texnik topshiriq
2022-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi
9.
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga yoki tekin foydalanishga berishning soliq organlarning elektron tizimlarida imkoniyat yaratish.
Texnik topshiriq
2021-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
10.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi maʼlumotlar bazalarida davlat kadastri va soliq organlarining maʼlumotlar bazalaridagi koʻchmas mulk obyektlari va ijara shartnomalari boʻyicha maʼlumotlarni tekshirish uchun texnik imkoniyat yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
2021-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
Kadastr agentligi
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
III. Soliq organlari xodimlarining kasb malakasini oshirish va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish
11.
QQS soliq toʻlovchilarni maxsus roʻyxatga olishda tahlika-tahlilga asoslangan yondashuvidan foydalanish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha Fiskal institutda maqsadli kurslarni tashkil etish.
Kurs grafigi
2021-yil oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi
12.
Tadbirkorlik subyektlari uchun roʻyxatga olish jarayonida tahlika-tahlil yondashuvining mohiyati va ahamiyati haqida seminarlar oʻtkazish.
Seminarlar grafigi
Yil davomida
Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
13.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida bozorning professional ishtirokchilarining fikrlarini oʻrganish uchun soliq maslahatchilari va soliq toʻlovchilarning hisobchilari bilan davra suhbatlari oʻtkazish.
Kompleks chora-tadbirlar
Yil davomida
Davlat soliq qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“461. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qatʼi nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan, yaʼni 2D skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turgʻun savdo shoxobchalarida va koʻchma savdo obyektlarida bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Isteʼmolchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qatʼi nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan, yaʼni 2D skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasidagi V bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V.
Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektining — yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili)
5-1.
Muassisning manzili va kadastr raqami boʻyicha
(manzil aks ettiriladi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
5-2.
Yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxs joylashgan manzil boʻyicha muassisning STIRi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
5-3.
Boshqa manzil va kadastr raqami boʻyicha:
(manzil aks ettiriladi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
5-3-1.
Mahalla nomi
(mahalla nomi aks ettiriladi)
5-3-2.
Sektor raqami
(sektor raqami aks ettiriladi)
5-3-3.
Koʻcha:
5-3-3-1.
Boshi berk koʻcha №
5-3-3-2
Tor koʻcha №
5-3-4.
Uy №
5-3-5.
Kvartira №
5-3-6.
Shahar
5-3-7.
Posyolka:
5-3-8.
Qishloq (ovul):
5-3-9.
Tuman:
5-3-10.
Viloyat:
5-3-11.
Respublika:
5-3-12.
Pochta indeksi:
5-3-13.
Elektron pochta manzili:
5-3-14.
Internet tarmogʻi veb sayt:
4-izoh
1) 5 — 1 va 5 — 3-bandlar tegishli kataklardan birini belgilash yoʻli bilan toʻldiriladi. 5 — 3-bandni tanlanganda muassisning manzilidan farq qiluvchi joylashgan joy koʻrsatilgan holda 5 — 3 — 1 dan 5 — 3 — 12 gacha boʻlgan bandlar qoʻshimcha ravishda toʻldiriladi;
2) 5 — 3 — 1 dan 5 — 3 — 10 gacha boʻlgan bandlar ochiladigan menyudagi tegishli maʼlumotlarni tanlash yoʻli bilan toʻldiriladi;
3) 5 — 3 — 11 dan 5 — 3 — 12 gacha boʻlgan bandlar tegishli elektron manzili va ves-sayt mavjud boʻlganda toʻldiriladi;
4) 5 — 3. bandi toʻldirilganda ijaraga berilayotgan obyekt egasining kafolat xati ushbu arizaga elektron koʻrinishda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari Tizim vositasida yuborilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan identifikatsiya qilishning maxsus tekshiruvidan oʻtkazilganidan soʻng toʻliq qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma yuborilgach tugallangan hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda” soʻzlari “holatlar mavjud boʻlganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi munosabati bilan maʼlum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va yetkazish funksiyalarini vaqtincha toʻxtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan boʻlsa”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 54-bandi “taklif kiritadi” soʻzlaridan keyin “hamda vakolatli organ uni davlat reyestridan chiqarish choralarini koʻradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining ikki va undan ortiq marotaba buzilganligi aniqlanganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61-bob. TXKM va uning hududiy filiali faoliyatini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu holatlarni oʻn kun ichida bartaraf etish haqida TXKMga ogohlantirish xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Ushbu tartib talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan vakolatli organning ogohlantirish xati yuborilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida bartaraf etilmaganda ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida toʻxtatib turiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Ushbu tartib talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan bartaraf etilgan hamda yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan soʻng ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida qayta tiklanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq maʼmurchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“321. Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatib oʻtilgan soliq toʻlovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq toʻlovchilarga ham soliq summasi oʻrnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarni insofli soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning roʻyxatini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 63-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda haqiqatda amalga oshirilmagan xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar tovarlar joʻnatilganligini yoki xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” hamda “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va koʻpaytirish” faoliyat turlari kiritilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Raqamli markirovkalanishi (shu jumladan, ularga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻgʻrisida) maʼlumotlarini markirovkalash axborot tizimiga taqdim etilmagan yoki ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablarini buzgan holda maʼlumotlarni oʻtkazilgan mahsulotlar, raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 11 va 12-boblar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11-bob. Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaxslarga tekshiruv oʻtkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Majburiy raqamli markirovka qoidalarini buzish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Mazkur Qoidalarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek markirovka kodlarining qoʻllanilishi (ishlatilishi) haqida maʼlumotni Operatorga yubormagan holda yoxud notoʻgʻri (yolgʻon yoki haqiqatga mos kelmaydigan) maʼlumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish yoxud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Quyidagilar savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ulgurji sotuvchilar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritmasdan, mahsulotni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa subyektiga yoxud oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilish (sotish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish zarur boʻlganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 83-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank kartalari orqali nazorat xaridini amalga oshirishda jismoniy shaxsning bank kartasidan hamda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibini Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablagʻlarini qaytarib berish vazifasi nazorat xaridi oʻtkazilgan soliq toʻlovchi zimmasiga yuklanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomda 12-bandi “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mol-mulklarni koʻchmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “2021-yil” soʻzlari “2022-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 17-iyundagi 377-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Bunda Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab oʻqishga qabul qilish Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi”.