10.07.2019 yildagi PQ-4389-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablagʻlardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik subyektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, davlat soliq xizmati organlarining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlasa, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar mazkur huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu soliqning toʻlovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishda ushbu soliq summasi qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtilgan sanadan avvalgi oxirgi 12 oyda xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tasdiqlangan qoldiqlari boʻyicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtiladigan oy boshlanishidan oldin oʻn ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtishda xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax free”) tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor unga nisbatan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab, qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar miqdorining 50 foizini oʻn kun davomida ixtiyoriy ravishda toʻlaganda, uni jarima summasining qolgan qismini toʻlashdan ozod etish boʻyicha moliyaviy jarimalarni undirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash maqsadida yalpi tushumning chegaraviy miqdorini sunʼiy pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarga (boʻlinish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va boshqalar) chek qoʻyish choralarini koʻrish, mazkur holatlar aniqlanganda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summasiga davlat soliq xizmati organlari tomonidan tuzatish kiritish va ularni sud tartibida undirish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar buxgalteriya hisobini amalga oshirish hamda soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida real vaqt rejimida maʼlumotlar almashish imkonini beradigan, soliq hisobotini topshirish tizimi bilan integratsiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yagona axborot tizimi) ishlab chiqsin va joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi bazasida quyidagilarni taʼminlaydigan “Yuk tashishlar monitoringi” axborot platformasini (keyingi oʻrinlarda — Axborot platformasi ) ishlab chiqishni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashuvchilar tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini (schyot-faktura (invoys), yuk xati va boshqa hujjatlarni) roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joʻnatuvchilar va uni qabul qilib oluvchilar tomonidan real vaqt rejimida tovarlar harakatini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona axborot tizimidan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ushbu dasturiy mahsulotni qoʻllagan davrida tekshirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini Axborot platformasida majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida hisobga olish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar boʻyicha jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalar berish yoki cheklarda koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, ularni moddiy ragʻbatlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qoʻllash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda insofli tadbirkorlarni ragʻbatlantirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish maqsadida “Chekni talab qil va sovgʻa yutib ol” ommaviy aksiyalari oʻtkazilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Strategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati keng yoritilishini taʼminlasin hamda Strategiyani amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalari, ilmiy doira va xorijiy ekspertlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda joylarda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4389-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas qismi boʻlib, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga erishishda muhim mexanizm sifatida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhitni shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, soliq tizimida ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, soliq islohotlarini samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan quyidagi kamchilik va muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, soliq maʼmuriyatchiligini tashkil etish prinsiplari eskirgan boʻlib, soliq toʻlovchilarga kompleks xizmatlar koʻrsatishni, shuningdek ular tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishini taʼminlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda maʼmuriy xarajatlar (sarflanadigan vaqt va mablagʻ) darajasi yuqori boʻlib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, soliq sohasida imtiyozlar berish borasida aniq mezon va mexanizmlar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, xufiyona iqtisodiyot darajasini qisqartirishga qaratilgan, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish jarayonlarini ragʻbatlantiruvchi jamoatchilik nazorati mexanizmlari mukammal emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, soliq toʻlovchi bilan soliq organlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, soliq hisobi sifatini pasaytiradigan, soliq bazasining kengayishi va barqaror soliq tushumlarini taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan idoralararo axborot hamkorligi sust yoʻlga qoʻyilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamda soliq organlari xodimlari faoliyatini baholashda tizimli kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish hamda soliqlar va majburiy toʻlovlarning talab darajasida yigʻilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan quyidagi maqsad, vazifa va asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Strategiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Strategiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan holda, davlat soliq organlarida zamonaviy yoʻnaltirilgan servis soliq xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va soliq maʼmuriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali koʻrsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha toifadagi soliq toʻlovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasida ishonchli munosabatlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qisqartirish, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarni taʼminlaydigan transparent va barqaror soliq tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarining salbiy koʻrinishlarini kamaytirish imkonini beradigan tavakkal-tahlil va masofaviy tahliliy ishlar tizimi asosida soliq nazorati tizimini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan vazifalarning bajarilishi biznes faolligini oshirish va soliq majburiyatini bajarish boʻyicha maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi va bu, oʻz navbatida, Jahon bankining biznes yuritish reytingida respublika pozitsiyalariga ijobiy taʼsiri koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq va soliq rejimlarini birxillashtirish, shuningdek, maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq yukini (kamaytirish va baravarlashtirish) optimallashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq imtiyozlarining samaradorlik darajasini baholash asosida ularni taqdim etishning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq va buxgalteriya hisobi oʻrtasida farqni imkon qadar kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining budjetning daromad qismini shakllantirishda rolini kuchaytirish va hissasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy davlatlar tajribasi hisobga olingan holda, tavakkalchiliklarni baholashning zamonaviy usullarini joriy qilish va iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar koʻlamini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq qonunchiligi sohasidan tashqarida faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni norasmiy sektordan chiqishiga (qonuniylashishiga) koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transfert narxni belgilash sohasida soliq maʼmuriyatchiligining yangi uslublarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2021-yilga kelib jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlovchilarni 1,5 baravar, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilarni 2 baravar hamda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi toʻlovchilarni 2 baravar koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilar soliq majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlamchi hisob hujjatlarini raqamlashtirish va birxillashtirish hamda soliq hisobotlari shakllarini soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning eksterritorial prinsipini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq xizmatlari sifatini va soliq organlari faoliyatini jamoatchilik tomonidan mustaqil baholash (teskari aloqa) mexanizmini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlari faoliyatining shaffofligi va soliq solish sohasidagi maʼlumotlarning ochiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tizimini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonalarning toʻlovga layoqatsizligini va ularni tugatishni hal etish tartib-taomillarini soddalashtirish (xarajatlar, vaqt va qoidalar auditi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq maslahatchilari institutini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq toʻlovchilarga maslahat koʻrsatish xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini markazlashtirish va standartlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat faoliyatini amalga oshirishda tavakkalchiliklarni tahlil qilish va boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq nazoratining shaffofligini taʼminlash, korrupsiya omillarini kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarning soliq imkoniyatlarini baholash usullarini joriy qilish va budjet daromadlarini prognozlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumiy ovqatlanish va savdo sohasida, shuningdek, koʻchmas mulk boʻyicha soliq solinadigan obyektlarni toʻliq hisobga olinishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini 90 foizgacha yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va maslahatlar berishga yoʻnaltirilgan soliq organlari tashkiliy tuzilmasini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq toʻlovchilarni segmentatsiyalash asosida davlat soliq xizmati organlarining eng maqbul modelini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq xizmati organlarida zamonaviy biznes-tahlil (Business Intellegence) tizimini, shuningdek, strategik va protsessual boshqaruvni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqqan holda ularni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadrlarni tayyorlash va tanlash tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq organlari xodimlari motivatsiyasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq maʼmuriyatchiligi jarayonini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kadrlar siyosatida korrupsiyaga qarshi komponentlarni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq sohasida korrupsiya xavflarini nazorat qilish va ularning oldini olish tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari asosida normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish (taftish qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq organlarida shaffoflik (oshkorlik) va hisobdorlikni kengaytirish, korrupsiya koʻrinishlariga jamoatchilikda murosasizlik hissini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar surʼati oʻsishiga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalari, shuningdek, ishbilarmonlik faolligining indeks koʻrsatkichlari yaxshilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq tushumlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 17,3 foizga yetkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy va xorijiy investorlar oʻrtasidagi soliq imtiyozlari hajmi boʻyicha tafovuti qisqarishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq toʻlovchilarning maʼlumotlardan foydalanishda hamda koʻrsatilayotgan servis xizmatlaridan qanoat hosil qilish darajasi oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizolarni sudga qadar hal etish koʻlami kengayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq sohasida huquqbuzarliklar soni kamayishiga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq toʻlovchilarning haqiqatdagi va taqdim etilgan koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqlar kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq tekshiruvlari soni qisqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nazorat tadbirlari natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlar miqdori pasayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliqlarning undirilish darajasi oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq idoralari oʻrtasida hujjatlarning aylanishi kamayadi, ijro intizomi oshadi, kadrlarning qoʻnimsizligi bartaraf etiladi va kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi yaxshilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etish hollari bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq xizmatlarini standartlashtirish va tartibga solish darajasi ortadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta biznes subyektlari orasida uch va undan ortiq yil faoliyat koʻrsatayotgan subyektlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish
mexanizmi

Ijro
muddati

Masʼul ijrochilar

I. Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish

1.

Tadbirkorlik subyektlariga teng fiskal sharoitlar va raqobat muhitini taʼminlash uchun qoʻllash sohalari va faoliyat turlarini hisobga olgan holda, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev),

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

2.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida roʻyxatdan oʻtish tartibini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

2019-yil
1-oktabr

DSQ (B. Musayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

3.

Soliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutinijoriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

4.

Soliq toʻlovchilarga keyinchalik soddalashtirilgan “yashil yoʻlak” tartibida xizmat koʻrsatish maqsadida soliq tavakkalchiliklarini baholash va insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish.

Qoʻshma qaror

2020-yil

1-yanvar

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

5.

Soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda soliq majburiyatlarini kamaytirib koʻrsatish (yashirish) faktlarini koʻrsatib, soliq qarzining bir qismini toʻlaganda, uni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi “soliq kelishuvi” mexanizmini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev)

6.

Oʻzaro bogʻlangan yoki afillangan shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha transfert narxlar belgilanishining, shu jumladan bunday shaxslar boʻyicha mezonlarni belgilashni nazarda tutuvchi soliq nazorati mexanizmini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
DSQ (B. Musayev),
Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

7.

Soliq va buxgalteriya hisobi qoidalaridagi tafovutlarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga toʻliq moslashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil

1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

8.

Ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-avgust

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Loyiha boshqaruvi agentligi (D. Li), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

9.

Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining soliq imkoniyatlarini baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy etish, soliq tushumlarini hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha prognoz qilish uchun indikatorlar va maʼlumotlar manbalarini shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Musayev),

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

10.

Iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini kamaytirish boʻyicha “yashirin iqtisodiyot” koʻlamini baholashning asosiy koʻrsatkichlarini belgilash, idoralararo hamkorlik tizimini, koʻriladigan choralar samaradorligini baholash tizimini joriy qilishni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni legallashtirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
DBQ (M. Azimov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

11.

Chakana savdoda naqd pulda sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar uchun yuqori toʻlov chegarasini belgilash hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdoridan ortiq boʻlgan bitimlar uchun soddalashtirilgan hisobvaraq-fakturani joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2020-yil

1-fevral

DSQ (B. Musayev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (J. Sarimsakov)

12.

Mol-mulk va yer soligʻi oʻrniga koʻchmas mulk soligʻini joriy qilish.

Tahliliy maʼlumot

2021-yil

1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev),

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev)

13.

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash va xufiyona faoliyat amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan (maʼlumot taqdim etgan) shaxslarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil
1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

14.

Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun “onlayn” nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar miqdorida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2020-yil

1-oktabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

15.

Oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan shaxslar mezonlari va toifalarini aniqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqish, soliq solish maqsadida faoliyatni qonuniylashtirishni ragʻbatlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-mart

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

DSQ (B. Musayev)

16.

Elektron platformalar, internet-doʻkonlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladigan elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2019-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

17.

Soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish va Davlat budjetiga oʻtkazish maxsus hisobraqamlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2019-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

18.

Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish, “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini joriy etish va import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini taʼminlash orqali import operatsiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil

1-yanvar

DBQ (M. Azimov),

DSQ (B. Musayev),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov)

19.

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani misolida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni mulkning bozor qiymatiga nisbatan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblash tartibini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil
1-noyabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev)

II. Xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish

20.

Soliq xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish (oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan fuqarolarning roʻyxatdan mustaqil oʻtishi va soliqlarni toʻlashi, yuridik shaxsning ulushi boʻyicha qoʻyilgan taqiqlar (band solingan) haqidagi maʼlumotnomalarni olish, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini tekshirish va boshqalar).

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
1-fevral,

keyinchalik doimiy

DSQ (B. Musayev),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov)

21.

Soliq solish maqsadida yer va koʻchmas mulkning kadastr hisobi va qiymatini baholash bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun kadastr va soliq organlari maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil

1-dekabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

22.

Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha soliq organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga (autsorsing) oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2019-yil

1-avgust

DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

23.

Daromad soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlash muddatlarini va maʼlumotnomalar taqdim etish tizimini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

24.

Koʻrsatiladigan soliq xizmatlari sifatiga soliq toʻlovchilarning qoniqish darajasini anonim baholash imkoniyatini yaratish uchun Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida qoʻshimcha funksiyalar kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

“Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva)

25.

Soliq organlari boʻlinmalari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik fikri natijalarini hisobga olgan holda reyting baholashni joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

“Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva)

26.

Soliq toʻlovchilarning aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib (toʻliq maslahat berish, buyurtmanomalar, ariza va shikoyatlar qabul qilish), “call-sentr” funksiyalarini kengaytirish orqali soliq toʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish borasidagi dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilish uchun koʻp beriladigan savollar va kelib tushadigan murojaatlar asosida Davlat soliq qoʻmitasining doimiy yangilanadigan maʼlumotlar bazasini yaratish.

Idoraviy hujjat

2020-yil

1-mart

DSQ (B. Musayev)

27.

Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasini soliq maslahatchilari tashkilotlarining unga majburiy aʼzo boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzini oʻzi nazorat qiladigan tashkilotga aylantirish, soliq maslahatchilarini oʻqitishni tashkil qilish, malaka imtihonlarini oʻtkazish va sertifikat berish vazifalarini topshirish orqali uning faoliyatini takomillashtirish.

Tahliliy maʼlumot

2020-yil

1-fevral

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (B. Musayev),

Soliq maslahatchilari palatasi (B. Mansurov)

III. Soliq tavakkalchiliklarini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimini yaratish

28.

Nazorat, axborot va xizmat koʻrsatish orqali potensial soliq tavakkalchiliklarini baholash va boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutadigan soliq tavakkalchiliklarini tizimli boshqarish (Compliance Strategy) mexanizmini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-fevral

DSQ (B. Musayev)

29.

Tavakkalchiliklarni, shu jumladan QQS toʻlovchilarini tahlil qilish va boshqarish tizimi asosida soliq nazoratining simsiz (masofadan turib) usullarini (soliq toʻlovchilarni segmentlash asosida) takomillashtirish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-dekabr

DSQ (B. Musayev),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

30.

Jahon bankining kompleks intellektual modeli asosida soliq maʼmuriyatchiligini tahlil qilish yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash (hozirgi holatni baholash va soliq maʼmurchiligi kamchiliklarini aniqlash, soliq islohotlari natijalarini monitoring qilish).

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-oktabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

31.

Soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini video-tasvirga olish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-noyabr

DSQ (B. Musayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

32.

Ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, identifikatsiya kartochkalari tizimiga (ID kartalariga) jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami tizimini bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma

2021-yil

1-yanvar

DSQ (B. Musayev),

Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov)

33.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, nazorat tadbirlarini faqat profilaktika choralari qoʻllanilgandan soʻng amalga oshirish imkonini beradigan tartibni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining
yangi tahriri doirasida

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

34.

Sayyor tekshirishlarni kamaytirish va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro hamkorligining simsiz usullari roʻyxatini kengaytirgan holda soliq nazorati shakllarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish

Soliq kodeksining
yangi tahriri doirasida

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

35.

Yuqori darajadagi daromadga va mulkka ega boʻlgan jismoniy shaxslarning soliq tavakkalchiliklarini tahlil qilish(Nigh Net Worth Individuals) tizimini joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2021-yil

1-yanvar

DSQ (B. Musayev)

IV. Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish

36.

Soliq maʼmuriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish va soliq nazorati sifatini oshirish, shuningdek, uni avtomatlashtirish maqsadida soliq organlari tizimiga zamonaviy biznes-tahlillar modellarini (Business Intellegence) joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

37.

Soliq toʻlovchilarga aniq vaqt rejimida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini, shu jumladan, eksterritorial prinsip asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan raqamli texnologiyalarni soliq maʼmuriyatchiligiga bosqichma-bosqich joriy etish, soliq organlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

DSQ (B. Musayev),

Axborot texnologiyalari
vazirligi (Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

38.

Soliq organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) koʻrsatkichlaridan (koʻrsatilgan xizmatlarning soni va sifati, xizmat koʻrsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va bilimidan) kelib chiqib, ularni moddiy ragʻbatlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qoʻllash tizimini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-dekabr

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

39.

“Xolis xaridor” tizimini keng joriy qilish, “xufiyona iqtisodiyot” boʻyicha “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni hamda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash “sxema”larini va xufiyona faoliyatlarni aniqlaganlik uchun soliq organlari xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-avgust

DSQ (B. Musayev)

40.

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfer narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq maʼmurchiligida ilgʻor axborot texnologiyalarini (Big Data) qoʻllash asosida soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy
asosda

DSQ (B. Musayev)

41.

Soliq organlariga ishga qabul qilishda (vakant lavozimlarni egallash) tanlov tizimini, shu jumladan, nomzodlarning elektron shaklda murojaat etish imkoniyatini nazarda tutgan holda joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil

1-fevral

DSQ (B. Musayev)

V. Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish tizimini takomillashtirish

42.

Korrupsiyaning oldini olish tizimini rivojlantirish, xodimlarning halolligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ishga qabul qilish shartlarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni hisobga olgan holda kadrlar siyosatini takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-dekabr

DSQ (B. Musayev)

43.

Davlat soliq xizmati organlarida korrupsion xavflar yuzaga kelishining oldini olish (nazorat qilish) va holatni monitoring qilish boʻyicha xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali noinsof xodimlarni tizimdan chetlashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-oktabr

DSQ (B. Musayev),

Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev)

44.

Moddiy va nomoddiy ragʻbatlantirish, xizmatda oʻsish, bilimini oshirish, sogʻligʻini tiklash, dam olish va boshqa yoʻnalishlarni yaxshilashni nazarda tutuvchi mehnat qilish sharoitlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil

1-avgust

DSQ (B. Musayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

45.

Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga muvofiq soliq sohasidagi korrupsion xavflarni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani va biznes-jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va ularni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumot

2019-yil

1-sentabr

DSQ (B. Musayev),

Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

46.

Faoliyatning ochiqligini taʼminlash, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va soliq organlarining ijobiy imijini shakllantirish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy

DSQ (B. Musayev),
“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 07/19/4389/3409-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)