22.09.2021 yildagi 595-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirishni cheklash bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlarni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish tizimi joriy etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni davlat kadastr ma’lumotlari bazasidan — ariza beruvchiga ko‘chmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari ma’lumotlar bazasidan — ijara shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud bo‘lgan holdagina ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi hamda ushbu ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish ta’minlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi Internet jahon axborot tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta o‘tkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi (maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi bo‘lish uchun berilgan arizalari qanoatlantirilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish bo‘yicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart bo‘lib, mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan majburiy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan ixtiyoriy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tahlili natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining yuqori, o‘rta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruv xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishni ta’minlaydigan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aylanmadan olinadigan soliq hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlari taqdim etilishini va soliqlarni to‘lash muddatlari unifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda yuridik shaxslar muassislari (ishtirokchilari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin. Bunda yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasiga shaxsiy identifikatsiya raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishiga alohida e’tibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish inson omili cheklangan (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno) to‘liq avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2021-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga asosan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida mahsulotlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash xizmatini amaliyotga joriy etsin. Bunda avtomatik ravishda yetkazib beruvchida mavjudligi aniqlanadigan mahsulotlarning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanishi va yetkazib beruvchida realizatsiya qilinadigan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlanganda realizatsiya to‘g‘risida hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi imkoniyati cheklanishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud soliq imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga yetkazib berish amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tadigan tadbirkorlik subyektlarining ta’sis hujjatlari hamda ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimining ko‘chmas mulk va ijaraga olingan mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari bilan avtomatlashtirilgan elektron almashuvini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlab chiqilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
595-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — Yagona milliy mehnat tizimi) — ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va ishlovchilarning mehnat staji to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladigan axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yig‘indisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bekor qilingan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda bekor qilingan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy ma’lumotlar bazasi — Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) Markaziy ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga soliq xavfini tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish yoki rad etish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi tugatilgan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘xtatilgan Guvohnomalar — ushbu Nizomning 8-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol guvohnomalar — soliq to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi amal qilayotgan guvohnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi — ushbu nizom talablari doirasida soliq to‘lovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish) davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishi shart. Bunda majburiy tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar (budjet va notijorat tashkilotlari bundan mustasno) deb e’tirof etilgan soliq to‘lovchilarga ariza berish talab etilmaydi hamda ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. QQS guvohnomasi faol bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan va faol guvohnomaga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha hisobga olinishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini uni hisobga olish huquqisiz to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talab quyidagi muddatlardan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatiga olingan paytdan — ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni tanlagan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan — soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat yuzaga kelgan paytdan — Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani soliq organiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavflarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga individual ro‘yxat raqami berish (keyingi o‘rinlarda QQS-raqam);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yagona reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual ro‘yxat raqami aks ettirilgan guvohnomani shakllantirish va uni qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar bilan bog‘liq barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish va foydalanish chog‘ida QQS-raqamini yozib ko‘rsatish majburiy hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish chog‘idagi hisob-kitoblar, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar va transport hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va (yoki) uni hisobga olish va qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob va hisobot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga taqdim etiladigan elektron ko‘rinishdagi arizasini ko‘rib chiqish natijalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi majburiy bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagi soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda beriladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan guvohnoma tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxsning xohishiga ko‘ra tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda beriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati soliq organlari tomonidan monitoring qilib boriladi va monitoring davomida amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmaganligi holatlari aniqlanishi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-dekabrdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2023-y., 09/23/644/0920-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliq to‘lovchilarni ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagilar ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq to‘lashni ixtiyoriy ravishda rad etgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hollarda ariza soliq to‘lovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadigan oy boshlanishiga qadar yetti ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va jo‘natilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq organi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti kun ichida soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining rahbari va ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsini o‘rganadi, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi: muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lganligi; muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilganligi yoki yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan tashkilotda rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi; rahbarning rasmiy oladigan daromadlari; arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida mavjudligi; ta’sischi (ishtirokchi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligini, shuningdek, ko‘rsatilgan manzilning manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bo‘yicha haqiqatda mavjudligini o‘rganadi, mulk huquqi asosida soliq to‘lovchida ko‘chmas mulk mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini va hisobvaraq-fakturalarni soliq to‘lovchining faoliyat turiga hamda xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mosligini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya summalarini, soliq hisobotlari taqdim etilganligini va tovar-moddiy boyliklar qoldig‘ini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z ko‘chmas mulki mavjud bo‘lmaganda, ijara shartnomasi mavjudligini hamda ushbu shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi — yuridik shaxsda, shuningdek, uning ta’sischilari (ishtirokchilari) — yuridik shaxslarda soliq qarzi mavjudligini hamda amalda rahbar bo‘lib turgan shaxs tomonidan rahbarlik qilayotgan boshqa yuridik shaxsda soliq qarzi mavjudligi va soliq hisobotlari taqdim etilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvolini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining joylashgan joyi manzilini, ya’ni soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan bir nechta soliq to‘lovchilar ko‘rsatgan manzilda — nominal manzilda joylashishini o‘rganadi. Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha o‘n sakkiz kvadrat metrdan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining tugatish jarayonida yoki soliq to‘lovchini qayta tashkil etishning boshqa jarayonlarida turganligi yoxud amalga oshirilganligi masalalarini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi (ustav kapitali)ning shakllantirilishini o‘rganadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq to‘lovchining arizasini ko‘rib chiqish davomida Markaziy ma’lumotlar bazasi, soliq organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqa ma’lumotlar bazasi hamda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinadigan ma’lumotlar manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchi quyidagi xavf guruhlaridan biriga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning, shuningdek rahbarlik yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmagan, yoxud arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’sischi (ishtirokchisi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining manzili manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bazasida mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) soliq to‘lovchining faoliyat turi va xususiyatlariga, shuningdek, hisobvaraq-fakturalar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, shuningdek, ta’sischilarining (ishtirokchilari) ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan — yuridik shaxslarning soliq qarzi mavjud bo‘lganda. Bunda, istisno tariqasida, ushbu shaxslarga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi, shuningdek, ularni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoxud bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasining xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi qo‘shilganda (birlashganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi soliq to‘lovchining rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa soliq to‘lovchida (yuridik shaxsda) rahbar bo‘lib, ushbu soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlari taqdim etilmaganda. Bunda, mavjud soliq qarzdorligi ushbu shaxslar rahbarlik qilib turgan davrda hosil bo‘lmagan bo‘lsa ham yoki soliq hisobotlari o‘sha davrdan buyon topshirilmasdan kelinayotgan bo‘lsa ham inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan va muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish axborot tizimini joriy etish yoki foydalanishga hamda real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich o‘rnatilgan avtotransport vositalarida iste’mol va texnik etil spirtini realizatsiya qilishni ta’minlamashga oid litsenziya talablari buzilganda;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlari yoki yollanma ishchilari soni 4 kishidan kam bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani taqdim etish vaqtida 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldig‘iga ega bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yig‘ma hisobga olish ma’lumotlari ko‘rsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlar mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori ta’minlanmaganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aroq hamda iste’mol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 60 foizidan va yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrdan kam bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda iste’mol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam bo‘lganda.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori va o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kiritiladigan belgilar aniqlanmagan soliq to‘lovchilar soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-dekabrdagi 644-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2023-y., 09/23/644/0920-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soliq to‘lovchini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida soliq organi arizani ko‘rib chiqish va ulardagi ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish yakunlangandan so‘ng ikki ish kuni ichida quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — keyingi keladigan o‘n ikki oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish sharti bilan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xavfi past bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan holda, soliq to‘lovchi ariza taqdim etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan kundan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchiga nisbatan soliq organi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq nazorati tadbirlarini (ko‘zdan kechirish, so‘rov, kameral va sayyor soliq tekshiruvlari, xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soniga muvofiqligini nazorat qilish) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qarorning bir nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan soliq to‘lovchi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda rad etishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgandan so‘ng yangidan ariza berishga yoxud rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxsning nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, qo‘shilgan qiymat solig‘i raqami o‘zgarishiga olib kelmaydi va soliq to‘lovchining o‘zi hamda uning kontragentlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblab chiqarilishiga ta’sir qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida soliq organlari ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish soliq organining quyidagilar asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organiga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etilgan soliq to‘lovchining ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tugatilganligi munosabati bilan uning Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Soliq to‘lovchi quyida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yil boshidan boshlab, yuridik shaxs aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadigan kalendar yil boshlanishidan o‘n ish kunidan kechiktirmay soliq organiga taqdim etilgan xabarnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kundan boshlab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari reyestrida Guvohnoma maqomi tugatilgan holatga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmaganligi holatlari aniqlanganda, soliq organi tomonidan o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Guvohnomaning amal qilishini o‘ttiz kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining elektron ko‘rinishdagi arizasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kameral hamda sayyor soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ushbu bandning birinchi xatboshisidagi holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganda, guvohnomaning amal qilishi qayta tiklanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish avtomatik tarzda kunlik asosda amalga oshiriladi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga ushbu to‘g‘risida avtomatik xabarnoma yuborilishi ta’minlanadi. Bunda soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar kunlik asosda avtomatik tahlil qilinadi va ushbu bobda ko‘rsatilgan holatlar aniqlanganda, guvohnomaning amal qilishi avtomatik to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan soliq to‘lovchi ushbu qaror (xabarnoma) ustidan Soliq kodeksining 231-moddasida belgilangan tartibda yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan va ushbu o‘zgarishlar ma’lumotlar bazasida aks ettirilgandan so‘ng, soliq organi tomonidan bir kun ichida guvohnomani amal qilinishini tiklash avtomatik tarzda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organi tomonidan guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar haqiqatda olingan yoki olib kirilgan (import qilingan) tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalariga tuzatish kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Guvohnomani bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sud tomonidan belgilangan quyidagi holatlar bo‘yicha soliq organi tomonidan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi tomonidan haqiqiy bo‘lmagan, soxta hujjatlar taqdim etish asosida guvohnoma rasmiylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvida bank operatsiyalarini xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turiga va xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga aniq muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvida soliq to‘lovchi tomonidan bitim tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaslik yoxud boshqa shaxsga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini asossiz hisobga olish imkoniyatini berish, shuningdek, bitim (operatsiya) bo‘yicha majburiyat shartnomaning tarafi bo‘lmagan shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun bo‘yicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullangan deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Bunda guvohnoma u berilgan sanadan boshlab bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnoma soliq to‘lovchi tomonidan to‘qqiz oydan ortiq vaqt davomida qayta tiklanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida jami daromadi xatolik natijasida bir milliard so‘mdan oshib, qo‘shilgan qiymat solig‘i guvohnomasi berilgan soliq to‘lovchilarning ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda taqdim etilgan soliq to‘lovchining ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizasiga asosan ham soliq organi tomonidan guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin. Bunda guvohnomani tugatish to‘g‘risida qaror soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda guvohnoma u berilgan sanadan boshlab tugatiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan soliq to‘lovchi ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Guvohnomani shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat soliq qo‘mitasi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha guvohnoma shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Guvohnoma soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan elektron ko‘rinishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektron ko‘rinishdagi guvohnoma maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan tartibida qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganda, qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan kunda elektron ko‘rinishdagi Guvohnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda bekor qilish mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maxsus ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarining yagona hisobi yuritilishini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Reyestrga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalashga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i raqami; yuridik shaxslar uchun — nomi; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumot beruvchi: maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatiladigan ma’lumotlar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi joylashgan joyi (pochta manzili), qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning maqomi: faol, to‘xtatib turilgan, amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Reyestrni shakllantirish va yuritish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni yuritishga oid tashkiliy va metodologik tamoyillarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchilarga QQS-raqam biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni yuritish texnologiyalari va dasturiy-texnik vositalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr ma’lumotlar bazasining administratori vazifalarini bajaradi, xususan, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, ma’lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi ustidan nazorat, ularni saqlash, himoya qilish, foydalanish huquqi ustidan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr bazasi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan Guvohnomalarni faol, to‘xtatilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan tasniflarga ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr ma’lumotlarini yaratish, yuritish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr ma’lumotlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda guvohnomalarning tasnifi to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organlarining bazasidagi o‘zgarishlar asosida kunlik yangilanib borilishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Soliq organlarida, shu jumladan Markaziy ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun axborotlar mavjud bo‘lgan hollarda, ularni tekshirish va tahlil qilish soliq to‘lovchi bilan bevosita aloqa qilmasdan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun zarur axborotlar mavjud bo‘lmagan hollarda, soliq organlari mazkur axborotlarni soliq to‘lovchidan talab qilib olishga hamda mazkur axborotlar asosida tahlil o‘tkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat maxsus ro‘yxatidan o‘tgan manzil bo‘yicha soliq to‘lovchi haqiqatda joylashganligini tekshirish yoki sayyor soliq tekshiruvi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning faoliyati amalga oshiriladigan joyiga chiqqan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ushbu Nizomda Guvohnomani taqdim etish, amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish hamda bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tahlil qilinadigan soliq xavf belgilariga (holatlarga) o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish hamda ularning chegaraviy miqdori Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i asosida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Reyestr hamda mazkur Nizomning 16-bandi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning ro‘yxati va nominal joylashgan joy manzillari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tish tartibini buzganlik uchun javobgar bo‘lishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning mazkur Nizomga muvofiq o‘z vaqtida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Soliq organlarining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida jismoniy hamda yuridik shaxslarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlarni qabul qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat soliq qo‘mitasi doimiy asosda soliq organlari tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarning sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________________________________________________________________________
‎(pochta manzili, shahar (tuman, qishloq), ko‘cha nomi, uy (xonadon) raqami)

‎‎manzilida joylashgan

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(asosiy faoliyat turi (ixtisoslashuvi))

‎‎amalga oshirayotgan

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎(tadbirkorlik subyekti — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining to‘liq nomi)

‎‎20__ yil “___” ________ dan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raydi.
‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus
‎‎ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi (tegishli katakka belgi qo‘yiladi)
‎‎Majburiy tartibda
‎‎Ixtiyoriy tartibda
‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun
‎‎asos:________________________________
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎Ariza taqdim etilgan sana

‎‎20 ___ yil “____” __________ ‎

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎ (soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organi nomi)

‎‎taqdim etilmoqda. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ariza soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________________________________________________________________________
‎(pochta manzili, shahar (tuman, qishloq), ko‘cha nomi, uy (xonadon) raqami)

manzilida joylashgan‎‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎(asosiy faoliyat turi (ixtisoslashuvi))

amalga oshirayotgan

___________________________________________________________________________________________
‎(tadbirkorlik subyekti — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining to‘liq nomi) ‎

‎‎20 ___ yil “___” ________ dan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarishingizni so‘raydi.

‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish uchun asos:
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Ariza taqdim etilgan sana

‎‎20 ___ yil “____” __________‎

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎(soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organi nomi)‎

‎‎taqdim etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ariza soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI

GUVOHNOMA

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish raqami (QQS-raqami


‎‎‎Mazkur guvohnoma qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish berilganligini tasdiqlaydi.
‎‎

‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining nomi ‎‎_______________________________________________________
‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining identifikatsiya raqami
‎_______________________________________________________
‎‎Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi
‎ qo‘shilgan qiymat solig‘ini
‎to‘lashga o‘tadigan sana


‎_______________________________________________________

‎‎Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana _______________________________________________________

‎‎
‎‎
‎‎QR-kod


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, Guvohnoma berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar nomi

Muddat

1-bosqich

Qo‘shilgan
qiymat solig‘i
to‘lovchisi

Hisobga qo‘yilgan joydagi soliq organiga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron ko‘rinishdagi arizani taqdim etish.

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi majburiy bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishi majbur bo‘lgan oyning besh ish kun ichida.

2. Ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda — qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tadigan oy boshlanishiga o‘n kun qadar.

2-bosqich

Davlat soliq boshqarmasi

Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish (soliq xavfi darajasini aniqlash)

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti kun ichida.

3-bosqich

Davlat soliq
boshqarmasi

Soliq to‘lovchi quyidagi soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma elektron shaklda yuborish:

soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchi;

soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchi;

soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchi.

Besh ish kunidan oldin.

4-bosqich

Davlat soliq
boshqarmasi

1. Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror tayyorlash.

2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga qo‘shilgan qiymat solig‘i raqamini biriktirish.

4. Guvohnomani shakllantirish va uni soliq to‘lovchiga yuborish.

5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yagona reyestriga kiritish.

1. Bir ish kunida.

2. Arizani ko‘rib chiqish va axborotlarni tahlil qilish yakunlangandan so‘ng ikki ish kunida.

3. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida.

4. Qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunida.

5. Avtomat ravishda.

5-bosqich

Davlat soliq
boshqarmasi

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish.

2. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish.

3. Guvohnomani bekor qilish.

4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish bilan birga Guvohnomani bekor qilish.

5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish.

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida ariza bergan soliq davrining birinchi kunida;

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kunda;

yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kunda.

2. Avtomatlashgan tarzda.

3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qonun hujjatlari buzilganligi faktlari aniqlangan kunda.

4. Guvohnoma berilgan sanadan boshlab.

5. Avtomatlashgan tarzda.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. QQS to‘lovchilarining soliq ma’murchiligini takomillashtirish

1.

Aylanmadan olinadigan soliq va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlarini taqdim etish va to‘lash muddatlarini unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil 15-yanvar

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

2.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki bepul foydalanish shartnomalarini davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish faqat masofadan turib elektron shaklda xabardor etish orqali amalga oshiriladigan reglamentni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

3.

Davlat soliq qo‘mitasining markaziy tuzilmasida QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish.

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘i

2021-yil oktabr

Davlat soliq qo‘mitasi

4.

Markaziy ma’lumotlar bazasida yuridik shaxslarning ta’sischilari (ishtirokchilari) haqidagi ma’lumotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni muntazam yangilab borish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

II. Zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish

5.

Maxsus ro‘yxatga olish bo‘yicha ariza bergan QQS soliq to‘lovchilarning xavfini avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish bo‘yicha maxsus axborot platformasini ishlab chiqish va joriy etish. Bunda soliq organlari tomonidan belgilangan muddatda arizalarga javob taqdim etilmagan taqdirda ro‘yxatga olish guvohnomasini avtomatik berish tizimini nazarda tutish.

Texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi

6.

Elektron hisobvaraq — fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida tovarlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash elektron xizmatini Yagona milliy elektron katalog identifikatsion kodlari asosida joriy etish.

Texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi

7.

Ro‘yxatga olingan nominal joylashgan joy manzillarining elektron reyestrini (manzillarning “qora ro‘yxati”) ishlab chiqish
va yuritish.

Texnik topshiriq

2022-yil yanvar

Davlat soliq qo‘mitasi

8.

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalaridan foydalangan va soxta-tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan subyektlarning rahbarlari yoki ta’sischilari bo‘lgan jismoniy shaxslarning elektron reyestrini (ta’sischilar va rahbarlarning “qora ro‘yxati”) ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2022-yil yanvar

Davlat soliq qo‘mitasi

9.

Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga yoki tekin foydalanishga berishning soliq organlarning elektron tizimlarida imkoniyat yaratish.

Texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi

10.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlar bazalarida davlat kadastri va soliq organlarining ma’lumotlar bazalaridagi ko‘chmas mulk obyektlari va ijara shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirish uchun texnik imkoniyat yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2021-yil dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi,

Kadastr agentligi

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

III. Soliq organlari xodimlarining kasb malakasini oshirish va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish

11.

QQS soliq to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatga olishda tahlika-tahlilga asoslangan yondashuvidan foydalanish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha Fiskal institutda maqsadli kurslarni tashkil etish.

Kurs grafigi

2021-yil oktabr

Davlat soliq qo‘mitasi

12.

Tadbirkorlik subyektlari uchun ro‘yxatga olish jarayonida tahlika-tahlil yondashuvining mohiyati va ahamiyati haqida seminarlar o‘tkazish.

Seminarlar grafigi

Yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

13.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida bozorning professional ishtirokchilarining fikrlarini o‘rganish uchun soliq maslahatchilari va soliq to‘lovchilarning hisobchilari bilan davra suhbatlari o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

Yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“461. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turg‘un savdo shoxobchalarida va ko‘chma savdo obyektlarida bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-bandning yigirma birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibiga va qoidalariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasidagi V bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

V.

Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektining — yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili)

5-1.

Muassisning manzili va kadastr raqami bo‘yicha

(manzil aks ettiriladi)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

5-2.

Yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxs joylashgan manzil bo‘yicha muassisning STIRi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

5-3.

Boshqa manzil va kadastr raqami bo‘yicha:

(manzil aks ettiriladi)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

5-3-1.

Mahalla nomi

(mahalla nomi aks ettiriladi)

5-3-2.

Sektor raqami

(sektor raqami aks ettiriladi)

5-3-3.

Ko‘cha:

5-3-3-1.

Boshi berk ko‘cha №

5-3-3-2

Tor ko‘cha №

5-3-4.

Uy №

5-3-5.

Kvartira №

5-3-6.

Shahar

5-3-7.

Posyolka:

5-3-8.

Qishloq (ovul):

5-3-9.

Tuman:

5-3-10.

Viloyat:

5-3-11.

Respublika:

5-3-12.

Pochta indeksi:

5-3-13.

Elektron pochta manzili:

5-3-14.

Internet tarmog‘i veb sayt:

4-izoh

1) 5 1 va 5 3-bandlar tegishli kataklardan birini belgilash yo‘li bilan to‘ldiriladi. 5 — 3-bandni tanlanganda muassisning manzilidan farq qiluvchi joylashgan joy ko‘rsatilgan holda 5 — 3 — 1 dan 5 — 3 — 12 gacha bo‘lgan bandlar qo‘shimcha ravishda to‘ldiriladi;

2) 5 — 3 — 1 dan 5 — 3 — 10 gacha bo‘lgan bandlar ochiladigan menyudagi tegishli ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan to‘ldiriladi;

3) 5 3 11 dan 5 3 12 gacha bo‘lgan bandlar tegishli elektron manzili va ves-sayt mavjud bo‘lganda to‘ldiriladi;

4) 5 — 3. bandi to‘ldirilganda ijaraga berilayotgan obyekt egasining kafolat xati ushbu arizaga elektron ko‘rinishda ilova qilinadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning 11-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari Tizim vositasida yuborilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan identifikatsiya qilishning maxsus tekshiruvidan o‘tkazilganidan so‘ng to‘liq qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma yuborilgach tugallangan hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 45-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini aniqlash va tasdiqlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilari tegishlicha to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning 44-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qo‘mita raisi qarori asosida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda” so‘zlari “holatlar mavjud bo‘lganda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi munosabati bilan ma’lum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va yetkazish funksiyalarini vaqtincha to‘xtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan bo‘lsa”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 54-bandi “taklif kiritadi” so‘zlaridan keyin “hamda vakolatli organ uni davlat reyestridan chiqarish choralarini ko‘radi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining ikki va undan ortiq marotaba buzilganligi aniqlanganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61-bob. TXKM va uning hududiy filiali faoliyatini to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu holatlarni o‘n kun ichida bartaraf etish haqida TXKMga ogohlantirish xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Ushbu tartib talablarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan vakolatli organning ogohlantirish xati yuborilgan sanadan boshlab o‘n kun ichida bartaraf etilmaganda ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida to‘xtatib turiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Ushbu tartib talablarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan bartaraf etilgan hamda yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida qayta tiklanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 321-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“321. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatib o‘tilgan soliq to‘lovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq to‘lovchilarga ham soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilarni insofli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning ro‘yxatini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 63-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda haqiqatda amalga oshirilmagan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar tovarlar jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” hamda “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish” faoliyat turlari kiritilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Raqamli markirovkalanishi (shu jumladan, ularga qo‘llaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositalari to‘g‘risida) ma’lumotlarini markirovkalash axborot tizimiga taqdim etilmagan yoki ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablarini buzgan holda ma’lumotlarni o‘tkazilgan mahsulotlar, raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 11 va 12-boblar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11-bob. Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaxslarga tekshiruv o‘tkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Majburiy raqamli markirovka qoidalarini buzish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Mazkur Qoidalarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek markirovka kodlarining qo‘llanilishi (ishlatilishi) haqida ma’lumotni Operatorga yubormagan holda yoxud noto‘g‘ri (yolg‘on yoki haqiqatga mos kelmaydigan) ma’lumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish yoxud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Quyidagilar savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ulgurji sotuvchilar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasdan, mahsulotni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa subyektiga yoxud oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 83-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank kartalari orqali nazorat xaridini amalga oshirishda jismoniy shaxsning bank kartasidan hamda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibini Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablag‘larini qaytarib berish vazifasi nazorat xaridi o‘tkazilgan soliq to‘lovchi zimmasiga yuklanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizomda 12-bandi “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishlicha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “2021-yil” so‘zlari “2022-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 17-iyundagi 377-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Bunda Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 05.12.2023-y., 09/23/644/0920-son; 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)