Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi va “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi farmonlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 455-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 45-modda) qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-martdagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorat toʻgʻrisida nizomdagi:
a) 1—4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasida davlat geodeziya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining nihoyasiga yetkazilgan topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini nazorat qilish va qabul qilishni amalga oshiruvchi xodimlari geodeziya nazorati davlat inspektorlari hisoblanadilar.
3. Quyidagilar Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
— geodeziya va kartografiya faoliyati barcha subyektlarining meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilish;
— kartografiya rejalarida va boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralari va hududining toʻgʻri ifodalanishini nazorat qilish;
— geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
— geodeziya punktlarini hisobga olish;
— davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
— Oʻzbekiston Respublikasining doimiy maʼlumotnoma xaritasini yuritish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
— qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan topografiya-geodeziya, kartografiya, muhandislik-geodeziya, aero suratga olish (jumladan, muhandislik, yer osti kommunikatsiyalari va makonlarni grafik suratga olish) ishlarining tashkil etilishi, qoʻyilishi, ularning texnik darajasi va sifatini, ular tomonidan ishlarni bajarishda va geodezik maʼlumotlar, materiallar, rejalar va xaritalar, kosmik va aero suratlardan foydalanishda meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishni;
— ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va geodeziya, kartografiya sohasida amaldagi meʼyoriy hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
— natijalari xalq xoʻjaligi tarmoqlarida va mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak boʻlgan tugallangan topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya ishlarini davlat yoʻli bilan qabul qilib oladi;
— qoʻllanilayotgan metodika va texnologiyalarning zamonaviy texnik darajaga mos kelishini hamda loyihalashtirilayotgan ishlardagi boshlangʻich maʼlumotlar va materiallarni hisobga olishning toʻlaligini tekshirish maqsadida topografiya-geodeziya va muhandislik geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishining texnik loyihalari (dasturlari)ni nazorat qilishni amalga oshiradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu ishlarni bajarish uchun oldingi yillardagi ishlar boʻyicha boshlangʻich geodeziya maʼlumotlari va materiallarini, topografik kartalar hamda kadastr rejalarini, shuningdek, oʻrganilgan topografiya-geodeziya, aero suratga olingan va kadastr materiallaridan foydalanishga ruxsat beradi;
— topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarining bajarilishi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda jamlanishini nazorat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlarini bajaruvchi korxonalar va tashkilotlarning hisobini olib boradi;
— turli viloyatlar, tumanlar, shaharlar, aholi yashash joylari va sanoat majmualari hududlarini tomografiya-geodeziya, kartografiya jihatidan oʻrganilishining ahvolini va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarida koordinatlar va balandliklarning davlat hamda mahalliy tizimlarining qoʻllanilishini nazorat qiladi;
— geodeziya punktlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini hamda amaldagi qonunchilik va yoʻriqnomalarga muvofiq ularning tiklanishini nazorat qiladi, respublikadagi geodeziya punktlarini hisobga olib boradi;
— bosib chiqarilayotgan kartalar va atlaslarda Davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va tumanlar, shaharlar va shaharchalar maʼmuriy chegaralarining grafik jihatdan toʻgʻri chizilishini, xorijiy davlatlar va boshqa elementlarning xaritalar hamda atlaslarning saqlashini, shuningdek, aholi yashash joylari va geografik obyektlarning toʻgʻri nomlanishi va aniq ifodalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
— mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish va bosib chiqarish (koʻpaytirish)ning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
— topografiya-geodeziya ishlari bajariladigan uchastkalarni bevosita tadqiq etish va texnik hamda loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish yoʻli bilan topografiya-geodeziya ishlarining barcha turlari boʻyicha materiallar va hujjatlarni nazorat qiladi; bu ishlar va kosmik suratlarning hisobga olinishi, saqlanishi, koʻpaytirilishi va ulardan foydalanilishi ahvolini tekshiradi, tekshirish natijalari boʻyicha xulosalar (dalolatnomalar) tuzadi, tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatlarini ular bilan albatta tanishtiradi;
— korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda geodeziya punktlari, texnik hisobotlar, topografiya va topografiya rejalari koordinatlari hamda balandliklarining tarmoq va idoraviy fondlarida jamgʻarilishini nazorat qiladi, ushbu fondlarning geodeziya nazorati inspeksiyasi bilan tegishlicha kelishuvsiz toʻplanishiga yoʻl qoʻymaydi;
— topografiya-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishida xalq xoʻjaligi tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini oʻrganadi, materiallar va maʼlumotlar bilan taʼminlaydi, vazirliklarda, davlat qoʻmitalarida va idoralarda, korxonalar va muassasalarda bu ishlarni rejalashtirishda qatnashadi, xalq xoʻjaligida va mudofaa ehtiyojlari uchun koʻp maqsadli foydalanish manfaatlari yoʻlida, shuningdek, parallellik va bir-birini takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
— topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya va kartografiya ishlarini yuritish masalalari boʻyicha, shu jumladan, ishlar va aerokosmik suratlarning natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hamma uchun majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, meʼyorlar, qoidalar, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
— vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarining qoʻyilishi, tashkil etilishi, nazorat qilinishi va qabul qilinishi hamda ishlar va materiallar maʼlumotlaridan foydalanishga daxldor boʻlgan majburiy tartibda taqdim etiladigan idoralarga qarashli yoʻriqnomalarni, normativ hujjatlarni, qoidalarni, dalolatnomalarni va tarmoq standartlarini koʻrib chiqadi;
— topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarini bajarish uchun normativ-texnik hujjatlarni, yoʻriqnomalar va standartlarni belgilangan tartibda kelishib oladi;
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan topografiya-geodeziya va kadastr ishlarini hisobga olishni va inspeksiyaning arxiv fondida roʻyxatdan oʻtkazishni, xalq xoʻjaligida foydalanish uchun bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash va tarqatishni amalga oshiradi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni zarur axborotlar bilan taʼminlaydi;
— geodezik punktlar va geografik obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlarini va boshqa kartografiya materiallarini ochiq eʼlon qilish yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi toʻgʻrisida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xulosalar beradi;
— geodezik oʻlchovlar, texnologiyalar, ilgʻor tajriba va standartlashtirish birligini taʼminlash uchun topografiya-kartografiya va kadastr ishlarini bajarishda yagona texnika siyosatini va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
— Davlat kartografiya-geodeziya va kadastr fondi hujjatlarini tanlash, toʻldirish, hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish boʻyicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi”.
b) 5-banddagi “Geodeziya va kartografiya boshqarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi (“Oʻzdavkadastr”)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“topografiya-geodeziya ishlarini bajarish huquqini berish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish yuzasidan takliflar kiritish.
Davlat geodeziya nazoratining mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga egadirlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 391-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-dekabrdagi 546-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 1994-y., 3-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotishda, shuningdek, ularni nelegal yoʻl bilan tayyorlashda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-apreldagi 163-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 4-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida nizomning 4-bandidagi “arbitrajda” soʻzi “xoʻjalik sudida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning:
kirish qismi “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” soʻzlaridan soʻng “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band “monopolistik faoliyatni” soʻzlaridan soʻng “tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish”;
4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“uning natijasida tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalar uchun mulkchilik huquqiga yoki ularga nisbatan davlat yoʻli bilan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar ishlab chiqarish (sotish) maqsadiga moʻljallanmagan asosiy vositalardan foydalanish huquqiga ega boʻladigan bitishuvlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti oʻz sarmoyasi qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa;
isteʼmolchiga lizing asosida asosiy vositalar berilishini nazorat qiladi;
uning natijasida tabiiy monopoliya subyekti boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkchilik huquqini yoki ularga nisbatan mazkur Qonunga muvofiq tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar ishlab chiqarish (sotish) uchun moʻljallangan asosiy vositalarning bir qismiga egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini beradigan bitishuvlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, basharti ushbu asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti oʻz sarmoyasi qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa;
majburiy xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilarni belgilaydi va (yoki) isteʼmolchilarni tabiiy monopoliya subyekti tomonidan realizatsiya qilinadigan tovar, ish, xizmat bilan toʻliq hajmda qondirish imkoni boʻlmagan taqdirda ular taʼminotining eng kam darajasini belgilaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
19 va 20-bandlar chiqarib tashlansin, 21 va 22-bandlar tegishlicha 19 va 20-bandlar deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) qarori bilan tasdiqlangan Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalarning 1-boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish va litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 10-martdagi 126-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Malaka komissiyasi ishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida notariat faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan fuqarolar malaka imtihoni topshirishdan oldin eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining 9-bandi yettinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“— eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.