Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 12.06.1997 yildagi PF-1789-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARI QOʻLLANISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari olib kelish hamda sotishni tartibga solish, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1997-yilning 1-iyulidan boshlab aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga (xalqaro tranzitdan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vaqtincha olib kirish” rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan (qaytadan joʻnatish ham shu jumlaga kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan normalar doirasida aksizsiz olib kirish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab importyorlar tomonidan aksiz markalarini respublikadan tashqariga olib chiqib ketish yuk boʻyicha oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan bojxona deklaratsiyasi mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasiga, aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash chogʻida, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasiga — ularni saqlash, sotish hamda yashirincha ishlab chiqarish chogʻida shunday mahsulotlar va ichimliklarni musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni hisobga olish, baholash va sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-fevraldagi PF-3963-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 6-7-son, 25-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasi yigirma kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan kelishgan holda aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish hamda sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birga xalqaro tranzit tartibida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tashib oʻtiladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlardan olinadigan boj haqi va aksiz soligʻini bojxona organlarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib, ushbu summani tovar respublika hududidan olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib berish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1789-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 177-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 177-modda; 2008-y., 6-7-son, 25-modda)