Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.1997 24.08.1992 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PEDAGOG XODIMLAR BILAN MEHNAT ShARTNOMALARI TUZIShNING KONTRAKT ShAKLIGA OʻTISh TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakli toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibi va pedagog xodimlarning boshqa toifalari bilan kontraktlar shaklida mehnat shartnomalarini qayta tuzish 1992-1993-yillarda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddat ichida tarmoq meʼyoriy hujjatlarini mazkur Nizomga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 24-avgustdagi 394-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzishning kontrakt shakli toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga (31-modda) binoan davlat oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumtaʼlim maktablari (maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari bolalar muassasalaridan boshqa) pedagog xodimlari bilan mehnat shartnomasi mazkur Nizomga muvofiq kontrakt asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-1993-yillarda tegishli lavozimga ilgari qabul qilingan (tanlovdan oʻtgan) pedagog xodimlar bilan kontraktlar tuzishga mehnat sharoitini jiddiy ravishda oʻzgartirish deb qaraladi va u Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari kodeksining 32-2-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shtat lavozimini egallash boʻyicha kontrakt 1 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi. Kontraktning aniq muddati tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. Oʻquv yili doirasida qisqa muddatga oʻrindoshlik boʻyicha ayrim kurslar va fanlarni oʻqitish uchun kontrakt tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kontrakt boʻyicha pedagoglik lavozimi, shu jumladan, kafedralar, oʻquv boʻlinmalari rahbarlari lavozimida ishlamoqchi boʻlgan shaxslarga nisbatan talablar davlat taʼlim andazasiga muvofiq ishlab chiqilgan malaka tavsifnomasi va lavozim qoʻllanmalari asosida oʻquv yurti maʼmuriyati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kontrakt boʻyicha pedagog xodimlarni qabul qilish haqidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, oʻquv yurtining koʻp nusxali gazetasida berilishi mumkin. Arizalarni berish muddati, odatda, oʻquv yili boshlangunga qadar oʻquv yurti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kontrakt asosida vakant lavozimni egallashga daʼvogarlar nomzodi oʻquv yurti rahbariyatining tavsiyasiga koʻra tegishli kafedrada, metodika birlashmasida oldindan muhokama qilinadi. Bunda oʻquv yurtida ishlab chiqilgan tizim boʻyicha testlashga, shuningdek, maʼlum muammolarga bagʻishlangan leksiyalar oʻqishga, tajriba mashgʻulotlari oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Professor-oʻqituvchilar tarkibini (oʻqituvchilarni) testlashni kafedra mudiri (metodik birlashma rahbari), kafedra mudirlari— prorektor tayyorlaydi va oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafedra mudiri, oʻquv boʻlinmasi rahbari lavozimiga nomzod muhokama qilinadigan kafedra, metodik birlashma majlisini prorektor (direktor oʻrinbosari) daʼvogarlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqqandan keyin oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquv yurtining kafedrasi, metodik birlashmasi shtatdagi oʻqituvchilar, shu jumladan, qoʻshimcha xizmatchilar koʻpchiligining ochiq yoki yashirin oddiy ovoz berish yoʻli bilan har bir nomzod boʻyicha tavsiyanoma qabul qiladi. Kontrakt tuzishga daʼvogarlar ovoz berishda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafedra, metodik birlashma aʼzolarining koʻpchiligi, lekin ovoz berishda qatnashganlarning kamida 50 foizi ovoz bergan shaxs kontrakt asosida lavozimni egallashga tavsiya etilgan hisoblanadi. Kafedra, metodik birlashmaning qarori ovoz berishda ular tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishda qatnashgan shaxslarning ovozi teng kelib qolganda daʼvogarni tanlash huquqi rektorga (direktorga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafedra mudiri, oʻquv boʻlinmasining rahbari lavozimiga kontrakt tuzishga tavsiyanomani oʻquv yurtining ilmiy, pedagogika kengashi kafedra, metodik birlashma tomonidan xuddi shunday tartibda berilgan materiallar asosida qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kontrakt yozma ravishda, ikki nusxada tuziladi va rektor (direktor), shuningdek, lavozimga tavsiya etilgan shaxs tomonidan imzolanib, tomonlarning har birida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kontrakt tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan kundan boshlab lavozimga tayinlash haqida buyruq chiqarish uchun asos boʻladi va u imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. U tomonlarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kontraktda uni tuzish shartlari, shuningdek, tomonlarning burchlari va masʼuliyati, mehnatga haq toʻlash va mehnatni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy hamda tomonlar bajarilishi zarur deb hisoblagan boshqa shartlar, majburiyatlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilikda taʼlim tizimi xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, huquq va burchlar kontrakt tuzgan xodimga ham toʻla taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarning homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolasi uch yoshga yetgunga qadar parvarishlash boʻyicha taʼtilda boʻlgan vaqti kontrakt boʻyicha ish muddatiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kontrakt boʻyicha ishga qabul qilinganlarning maoshi miqdori cheklanmagan, lekin u amaldagi qonunchilik boʻyicha mazkur lavozim uchun nazarda tutilgan maoshdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktda mehnat haqi miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ustamalar, mukofotlar, shu jumladan, yillik mehnat natijalariga koʻra, berish shartlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kontrakt tuzayotganda tomonlar amaldagi qonunchilikda belgilanmagan qoʻshimcha imtiyozlarni: xoʻjalik hisobi daromadi hisobiga toʻlovlarni, har yillik taʼtilda moddiy yordam koʻrsatishni, xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra, shu jumladan, pensiyaga chiqishi, yoshi yoki kasalligi natijasida kontrakt toʻxtatilgan hollarda pul kompensatsiyasi berishni nazarda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar kontraktda boshqa joyiga ishga oʻtish nazarda tutilgan boʻlsa, tomonlar kafolatlarni va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilganidan past boʻlmagan miqdorlarda toʻlanadigan kompensatsiyalarni belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tomonlarning kelishuvi boʻyicha kontraktda ish vaqti va dam olish tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan taʼtilning davom etish muddati kamaytirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kontrakt mehnat haqidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ham, kontraktda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ham muddatidan ilgari bekor qilinishi yoki toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan shartlar asosida kontrakt bekor qilingan taqdirda xodim Oʻzbekiston Respublikasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari kodeksi 36-moddasining 1-bandi (tomonlarning bitishuvi) boʻyicha ishdan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kontraktning amal qilish muddati tugagandan soʻng, tomonlarning bitishuviga koʻra u yangi muddatga uzaytirilishi yoki tuzilishi mumkin. Kontrakt muddati uzaytirilmagan yoki qayta tuzilmagan boʻlsa, muddatning tugashi xodimni Oʻzbekiston Respublikasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari kodeksi 36-moddasining 2-bandi boʻyicha ishdan boʻshatish uchun asos boʻladi. Bunda oʻquv yurtining rahbari tegishli kafedra, metodik birlashmaning fikriga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kontraktni tuzgan tomonlar oʻrtasidagi bahslar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuLLETEN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎__________________________________________________________________lavozimiga‎

(lavozimning nomi)‎‎‎


‎‎‎nomzodni tavsiya etish boʻyicha yashirin ovoz berish uchun ______________________________
‎______________________________________________________________kontrakt boʻyicha


‎‎‎ilmiy (pedagogika kengashi)____________________________________________________

‎‎‎ (ilmiy-tadqiqot instituti, oliy oʻquv ‎‎


‎‎‎___________________________________________________________________________ ‎

‎‎yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurti, hunar-texnika bilim yurti, ‎


‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎maktablarning nomi)‎


‎Ilmiy (pedagoglar) kengashiga ___________________________________________________

‎___________________________________________________________________________‎

‎‎(bayonnomaning tuzilgan kuni, nomeri)

‎‎1. __________________________________________________________________________
‎‎2. __________________________________________________________________________
‎‎3.__________________________________________________________________________‎

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 1. Ovoz berish nomzod familiyasini qoldirish yoki oʻchirish bilan ifodalanadi.
2. Bittadan ortiq nomzod qoldirilgan byulletenlar nohaqiqiy ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎KONTRAKT
‎ (namunaviy shakl)

__________________________________________________________________‎

‎‎(oliy oʻquv yurti. oʻrta maxsus oʻquv yurti, ‎hunar-texnika bilim yurti

‎‎___________________________________rektori (direktori) ________________________‎

maktabning nomi)

‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi. ismi, otasining ismi) ‎

‎‎va oʻrtoq ____________________________________________________________________ ‎

(familiyasi. ismi, otasining ismi) ‎‎

‎‎
‎quyidagilar haqida mazkur kontraktni tuzdilar:
‎‎1. Rektor (direktor) ilmiy (pedagogika kengashi)ning tavsiyasiga koʻra oʻrtoq ______________
‎____________________________ ‎ ni _________________________________________ dan
‎_________________________________‎ muddatgacha ________________________________‎

(oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus ‎

‎‎__________________________________________________________________lavozimiga

‎‎ oʻquv yurti, hunar-texnika bilim yurti, maktabning nomi )‎

tayinlaydi.‎

‎‎‎2. Oʻrtoq __________________________________________egallaydigan ‎ lavozimi boʻyicha
‎ mazkur Kontraktda nazarda tutilgan shartlar asosida va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va idoraviy hujjatlarga: __________________________________

(oliy oʻquv yurti‎

‎‎__________________________________________________________________‎

‎‎(oʻrta maxsus oʻquv yurti), hunar-texnika bilim yurti, maktab rektori (direktori)ning buyruqlari va ustavlari)

muvofiq ishlarni bajarish majburiyatini oladi.
‎‎‎3.__________________________________________________________________ sifatida ‎

‎‎(lavozimning nomi) ‎

Oʻrtoq _________________________________________________________mazkur Kontrakt‎‎‎
amal qiladigan vaqt mobaynida quyidagilarni taʼminlashga majbur:‎‎
3.1. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________‎‎
3.2. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________ ‎‎
3.3. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________ ‎‎
‎‎3.4. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________
‎‎3.5. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________

‎‎(ilmiy, ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va oʻqituvchilik ishi boʻyicha boshqa talablar sanab oʻtiladi va uning aniq muddatlari va hajmlari koʻrsatiladi)

4. Oʻrtoq ___________________________________________________________ ga har oyda
‎ toʻlanadigan__________________________________________________ miqdorda lavozim
‎maoshi belgilanadi. ‎‎‎
Bundan tashqari oʻrtoq _______________________________________________________ga
‎ har oyda ______________________________________________soʻm miqdorida ustama haq
‎va ish natijalariga koʻra yiliga _____________________________________________ soʻm miqdorida mukofot toʻlanadi.‎
‎‎Kontraktning ____________________________________________ bandlarida kelishilgan
‎majburiyatlar bajarilmagan taqdirda ustama haq toʻliq toʻlanmaydi (50 foiz hajmida toʻlanadi va hokazo).
‎‎5. Mazkur Kontraktning 5-moddasiga muvofiq toʻlov, mazkur Kontraktning 8-�andida nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar berish bevosita oʻquv yurti hisobiga, hisob-kitobning tegishli moddasi boʻyicha amalga oshiriladi.
6. Oʻrtoq ______________________________________ga har yili _____________________
‎ish kunidan iborat taʼtil beriladi. Har yilgi taʼtilda lavozim maoshining _____________
‎‎_______________________ miqdorida mukofot beriladi. ‎‎
7. Oʻrtoq__________________________________________________ mazkur Kontrakt amal
‎qiladigan davrda davlat yoʻli bilan ijtimoiy jihatdan sugʻurta qilinadi.‎‎
8‎‎. Mehnat shartnomasi uzrli sabablarga koʻra muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan toʻlovlar bilan birga xodimga ____________ oylik maoshlari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi.
9. Oʻquv yurtining burchi:‎‎
9.1. Oʻrtoq_____________________________________________________ ga oʻquv yurtining
‎ laboratoriyalari, kabinetlari, auditoriyalari, oʻquv zallari va kutubxonalaridan, shuningdek, hisoblash markazlari, oʻquv va ilmiy muassasalari xizmatlaridan foydalanish huquqini berish. ‎‎
9.2. Oʻquv jarayonining yuqori saviyada boʻlishini taʼminlovchi oʻqitish uslublari va vositalarini tanlash huquqini berish.‎‎
‎‎9.3. Oʻqitishning zarur texnika vositalari, ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.
‎‎9.4. ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________
10. Kontrakt �nda nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilinishi, shuningdek, Kontraktni tuzganlar tomonidan, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan quyidagi asoslar boʻyicha muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin: ___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________ ‎‎
10.1. Tomonlarning mazkur Kontraktning 3 va 11-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasligi.‎‎
‎‎10.2. Oʻrtoq ____________________________________________________ tashabbusi bilan
‎Kontrakt bekor qilinganda mazkur oʻrtoq rektor (direktor) nomiga yakka tartibdagi rejaning qanday bajarilishi haqida hisobot berishi, kontraktning bekor qilinish sababini hamda oʻz faoliyatini toʻxtatish kunini koʻrsatishi kerak. Kontrakt rektor (direktor) uni bekor qilish sababini oʻrinli deb topgandan keyin bekor qilinishi mumkin.
‎‎10.3. Kontrakt muddati tugagunga qadar uning rektor (direktor) tashabbusi bilan bekor qilinishi oʻrtoq ___________ oʻz burchini lozim darajada bajarmaganligi, natijada mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayib ketganligi, bu hol rektor (direktor) buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tekshiruvi bilan tasdiqlangan taqdirda amalga oshiriladi. Rektor (direktor) Kontraktni bekor qilish sababi va kunini koʻrsatadi. Kontrakt amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda xodimning mehnat daftarchasiga Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 1-bandi (tomonlarning kelishuvi) boʻyicha ishdan boʻshatilganligi yozib qoʻyiladi.
‎‎11. Kontrakt tomonlarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yoki oʻquv yurtining tashabbusi bilan toʻxtatilganda yoxud bekor qilinganda oʻrtoq ___________________________ ga amaldagi qonunchilikka muvofiq kafolat beriladi va kompensatsiyalar toʻlanadi.
12. Mazkur Kontraktning muddati tugagandan keyin u yangi muddatga, muayyan ishni bajarish muddatiga uzaytirilishi mumkin.‎‎
‎‎13. Kontraktni tuzgan tomonlar oʻrtasida kelib chiquvchi bahslar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
‎‎14. Mazkur Kontrakt shartlari faqat tomonlarning kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
‎‎15. Maxsus shartlar: __________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________
16. Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.‎‎
‎‎17. Kontrakt 2 nusxada tuzildi.
‎‎18. Tomonlarning manzili.
Oʻrtoq ______________________________ ‎ Rektor (direktor) ______________________‎

(F.I.O.)‎

(oʻquv yurtining nomi)
‎ ‎

______________________‎

______________________‎ ‎

(imzo)‎

(imzo)‎ ‎

Sana _______________________‎