Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ShAHAR YOʻLOVChILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
420-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 125-modda)