Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi va “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi farmonlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 455-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 45-modda) qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 391-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-dekabrdagi 546-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 1994-y., 3-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotishda, shuningdek, ularni nelegal yoʻl bilan tayyorlashda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 101-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
19 va 20-bandlar chiqarib tashlansin, 21 va 22-bandlar tegishlicha 19 va 20-bandlar deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) qarori bilan tasdiqlangan Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalarning 1-boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-dekabrdagi 280-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 452-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining 9-bandi yettinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“— eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.