30.07.2021 yildagi SQ-348-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda oʻtgan qisqa davrda qonunchilik bazasini tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish maqsadida Senat qoʻmitalari tomonidan qator qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganildi va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar ayrim qonunlarda aniq mexanizmlarning aks etmaganligi, havolaki normalarning mavjudligi sababli sohaning asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinib kelinganligi, shuningdek, qabul qilingan ayrim qonunlardagi normalarning amaliyotda qoʻllanilmayotganligi sababli qonunlarni bugungi kun talablari asosida qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish lozimligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Senat qoʻmitalari tomonidan qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va taqqoslama jadval koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda Chernobil halokati hamda harbiy xizmatni oʻtash oqibatida III guruh nogironi deb topilgan shaxslarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi hamda budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimining aybi bilan toʻlangan ortiqcha pensiya natijasida budjetga yetkazilgan zarar miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undirilishiga oid normalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonunga qarindoshlari voz kechgan ruhiy kasalliklar dispanserlari bemorlari, shuningdek, tabiiy va texnogen falokatlar natijasida vafot etgan shaxslarning qoldiqlarini yigʻish, tashish va aniqlash, ushbu qoldiqlarni saqlash va identifikatsiya qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasini oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqib, sohani huquqiy tartibga solish uchun zarur boʻlgan asosiy tushunchalarning tariflarini kiritish, seleksiya yutuqlari boʻyicha talabnomalarni elektron topshirish va ularni koʻrib chiqish tartibini, Oʻzbekiston Respublikasida seleksiya yutugʻi sifatida tavsiya etilayotgan oʻsimliklar reyestrini ochiq tarzda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv ishlarining turlarini keng va batafsil yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi tushunchalarga taʼrif berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi va toifalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sohasida faoliyat olib borayotgan vakolatli davlat organlarining vazifalari va majburiyatlarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun Qonunda belgilangan muddatlarni qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotchi hamda mutaxassislar bilan birgalikda qayta tahlil qilib, unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar yuridik shaxslarining Oʻzbekistondagi filiallari faoliyatiga oid normalarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini sohadagi vakolatli davlat organi sifatida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning xalqaro tajribadagi barcha turlarini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilish hamda aksiyador va investorlar huquqlarini himoya qilish tartibini toʻliq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta oʻrganib chiqqan holda quyidagilarni maxsus vakolatli organning vakolatlari qatoriga kiritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar sohasida atamalar va taʼriflarni belgilash hamda ularni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada metrologiya va standartlashtirishga oid ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqqa ruxsatsiz ulanish va trafikni oʻtkazishda oʻrnatilgan himoya choralarini aylanib oʻtish ustidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binolari va inshootlarini loyihalash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida quyidagilarni nazarda tutish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) binolar ichida telefoniya, Internet tarmoqlari, kabel televideniya, shuningdek, qoʻriqlash signalizatsiyasi kabellarini oʻtkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) turar-joy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarini hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining markaziy bogʻlamalarini, teleradioeshittirish obyektlarini elektr tarmoqlaridan oʻchirilmaydigan toifali obyektlar qatoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishda maxsus vakolatli organni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini toʻliq qayta oʻrganib chiqish, sogʻliqni saqlash sohasiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazib, aholini sil kasalligidan muhofaza qilishda uning oldini olish bilan bogʻliq davlat statistik monitoringini olib borishning aniq tartibini belgilash, sil kasalligining ogʻir shakllariga chalingan shaxslar va ularning oila aʼzolariga jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatishni nazarda tutadigan normalarni kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini tubdan qayta koʻrib chiqqan holda ularni tizimlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni sifatini oshirish, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, korrupsiyaga oid omillar, bir-birini takrorlovchi, kollizion normalarni aniqlash va bartaraf etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye orqali doimiy ravishda koʻrsatuv va chiqishlar tashkil etish, aholiga islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar hamda idoralar kesimida manzilli, mavzuga doir tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilish masalalarini chuqur tahlil qilib, keng muhokama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuborilayotgan takliflar va ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 15-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha mazkur Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-348-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 30-iyuldagi SQ-348-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari tomonidan oʻrganilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlari normalaridagi mavjud muammolar, sohaga oid xorijiy davlatlarning qonunchilik amaliyoti hamda takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qonunchilik bazasini tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish maqsadida qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, Senat qoʻmitalari tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda qator Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻrganilgan qonunlarda va qonun bilan tartibga solinadigan sohalarda qator kamchiliklar kuzatilmoqda. Shu bilan birga qonunlardagi ayrim normalar bugungi kunning talabiga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan: “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda Chernobil halokati hamda harbiy xizmatni oʻtash oqibatida III guruh nogironi deb topilgan shaxslarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi norma oʻz aksini topmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimining aybi bilan toʻlangan ortiqcha pensiya natijasida budjetga yetkazilgan zarar miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida sud orqali undirilishiga oid normalar qonunda koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonunda qarindoshlari voz kechgan ruhiy kasalliklar dispanserlari bemorlari, shuningdek, tabiiy va texnogen falokatlar natijasida (masalan, transport va boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida) vafot etgan shaxslarning qoldiqlarini yigʻish, tashish va aniqlash, ushbu qoldiqlarni saqlash va identifikatsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, dafn etish bilan bogʻliq masalalar qatʼiy tartibga solinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda seleksiya yutuqlari sohasini huquqiy tartibga solish uchun zarur boʻlgan asosiy tushunchalarning (seleksiya mahsulotlari, zot, duragay va boshqalar) huquqiy tariflari berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutuqlari boʻyicha talabnomalarni elektron topshirish va ularni koʻrib chiqish tartibi ushbu Qonun va qonunosti hujjatlarda aks ettirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida seleksiya yutugʻi sifatida tavsiya etilayotgan oʻsimliklar reyestri ochiq tarzda berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy seleksiya yutuqlarini import qiluvchilar tomonidan kafolatlanmagan urugʻliklarning respublikaga olib kirishning oldini olish maqsadida, xorijiy davlatlarning oʻsimliklar seleksiya yutuqlarini yaratuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda ularning seleksiya yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrini yuritish masalasi qonunda koʻzda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda qutqaruv faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi harakatlar rejalari tushunchasiga taʼrif berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv ishlarining turlari keng va batafsil yoritilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi va toifalari belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sohasida faoliyat olib borayotgan vakolatli davlat organlari (Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi (qisman), Ichki ishlar vazirligi (qisman), Milliy gvardiya (qisman) va boshqalar)ning vazifalari va majburiyatlari aniq belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga oid xorijiy davlatlarning qonunchilik amaliyoti oʻrganilganda, quyidagilar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Yangi Zelandiyaning 2002-yilda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunida boshqaruv hokimiyati, fuqaro muhofazasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ijroiya guruhi yoki ijro etuvchi guruh, fuqaro muhofazasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish guruhining rejalari, favqulodda holat va boshqa bir qator sohadagi asosiy tushunchalarning huquqiy taʼrifi berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasining 1995-yilgi “Avariya-qutqaruv xizmatlari va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunida favqulodda vaziyatni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmas ishlar va qutqaruvchi maqomi kabi asosiy tushunchalarning huquqiy taʼrifi berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gruziya Respublikasining 2014-yilgi “Fuqaro xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunida favqulodda holat, keng koʻlamli sanoat inqirozi, hodisa, maxsus vakolatli davlat organi, favqulodda boshqarish rejasi, qutqaruvchi, hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar kabi asosiy tushunchalarning huquqiy taʼriflari berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar paytida jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkining himoyasi shartnoma asosida qutqaruvchilar tomonidan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning amaldagi tahririda qator kamchiliklar, havolaki normalar mavjudligi, ayrim normalar toʻgʻridan toʻgʻri amal qilish mexanizmiga ega emasligi natijasida amaliyotda muammolar yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibini takomillashtirish. Bunda jamoat ekologik ekspertizasi obyektlari, uni oʻtkazish tashabbuskori, jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazishni moliyalashtirish, jamoat ekologik ekspertizasi ekspert komissiyasi, jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi hamda jamoat ekologik ekspertizasi obyekti buyurtmachisi kabi masalalarni qayd etish;davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun Qonunda belgilangan muddatlar davlat ekologik ekspertizasi ekspertiga chuqur tahlil qilish uchun yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda xorijiy davlatlar yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari nazarda tutilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida belgilanmagan hamda uning vakolatlari keltirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek, 80 dan ziyod boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu esa, oʻz navbatida, sohaning haddan ziyod koʻp va tarqoq normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda qimmatli qogʻozlarning xalqaro tajribadagi barcha turlari aks ettirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilish hamda aksiyador va investorlar huquqini himoya qilish tartibi yetarli darajada emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar haqidagi maʼlumotlarning yagona bazasi (reyestri) personallashtirish tizimi bilan uygʻunlashmaganligi sababli ularning aktiv holatini onlayn rejimda koʻrish imkoniyati mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjadan tashqari savdolarda amalga oshirilayotgan bitimlarning tartibga solinmasligi bozorning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 1999-yilda qabul qilingan boʻlib, uni bugungi kun nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, aloqa liniyasi, tarif rejasi, tarmoq xizmatlari, telekommunikatsiya infratuzilmasidan birgalikda foydalanish, telekommunikatsiya infratuzilmasi kabi tushunchalar va ularning taʼriflari berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar maxsus vakolatli organning vakolatlari qatoriga kiritilmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar sohasida atamalar va taʼriflarni belgilash hamda ularni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada metrologiya va standartlashtirishga oid ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqqa ruxsatsiz ulanish va trafikni oʻtkazishda oʻrnatilgan himoya choralarini aylanib oʻtish ustidan nazorat oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda turar-joy binolari va inshootlarini loyihalash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida quyidagilarni nazarda tutish belgilanmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) binolar ichida telefoniya, Internet tarmoqlari, kabel televideniyesi, shuningdek, qoʻriqlash signalizatsiyasi kabellarini oʻtkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) turar-joy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya vositalarini (telekommunikatsiya shkaflari, antenna minoralari va boshqalar) oʻrnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarini hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining markaziy bogʻlamalarini, teleradioeshittirish obyektlarini elektr tarmoqlaridan oʻchirilmaydigan toifali obyektlar qatoriga kiritishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiyalar tarmogʻidan foydalanish va xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiyalar tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanishni taqiqlashga oid normalar belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning qabul qilinganiga 20 yil vaqt oʻtgan boʻlib, unga 20 ga yaqin oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sohadagi munosabatlar 7 ta qonunosti hujjatlari bilan huquqiy tartibga solinishini inobatga olib, ushbu Qonunni qayta koʻrib chiqish lozim deb hisoblaymiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi deb nomlangan boʻlsa-da, unda vakolatli davlat organlarining aholini sil kasalligidan himoya qilishga oid vazifalari, kasallikning tarqatilishini oldini olishga oid choralar, oʻrnatilishi kerak boʻlgan davlat nazorati va boshqa munosabatlar nazarda tutilmasdan, balki undagi normalar sil kasalligiga chalingan fuqarolarni davolash masalalarini tartibga solishga qaratilgandir. Shu sababli Qonunning nomlanishini ham koʻrib chiqish maqsadga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palliativ yordam tushunchasi va uning huquqiy taʼrifi berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini sil kasalligidan muhofaza qilishda uni oldini olish bilan bogʻliq davlat statistik monitoringini olib borish tartibi aniq belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot uchun: 2001-yil 18-iyundagi Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida sil kasalligining tarqalishini oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonunida sil kasalligining tarqalishini oldini olish sohasida davlat statistik kuzatuvini olib borish tartibi belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlari va ularning vakolatlari koʻrsatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatilishida ishtirok etayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarning harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi nazarda tutilmagan. Vaholanki, amaliyotda yopiq tarzdagi tibbiyot muassasalarida turli holatlarda tazyiq va zoʻravonlik holatlari sodir etilishi kuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil kasalligining ogʻir shakllariga uchragan shaxslar va ularning oila aʼzolariga jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatishni koʻzda tutuvchi normalar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari, sil va oʻpkaning nospetsifik kasalliklariga chalingan bemorlarni, shuningdek ftiziatriya va pulmonologiya sohasida yordam beruvchi mutaxassislar va boshqa xodimlar — mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos ishlarda band boʻlgan shaxslar jumlasiga kiritilmagan va ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga oid xorijiy davlatlarning tajribasi oʻrganilganda, quyidagilar aniqlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida sil kasalligining tarqalishini oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari hamda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining sil kasalligining tarqalishini oldini olish sohasidagi vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlarining ushbu sohasidagi davlat nazorati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday Gruziya Respublikasining 2015-yildagi “Sil kasalligi ustidan nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni, bundan tashqari, AQShning 21 ta shtatida sil kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan dasturlarda ham davlat organlariga vakolatlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi asosiy tushunchalar: elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi, elektron raqamli imzo kalitining sertifikati, elektron raqamli imzo kalitining sertifikati egasi, vaqt shtampi kabi tushunchalarning huquqiy taʼrifi berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshirishi belgilangan boʻlib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolatli organ belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari koʻrsatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish markazlari, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatga olish yoki tugatish, shuningdek, ularning huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatiga qoʻyiladigan asosiy talablar oʻz aksini topmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi kunda jinoyat sodir etgan tadbirkorlik subyektlarining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish tartibi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 30-iyuldagi SQ-348-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari tomonidan oʻrganilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlari normalaridagi mavjud muammolar, sohaga oid xorijiy davlatlarning qonunchilik amaliyoti hamda takliflar yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQQOSLASh JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun

15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari

Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.


Toʻldirilmoqda
.

15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari

Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Chernobil halokati hamda harbiy xizmatni oʻtash oqibatida III guruh nogironi deb topilgan shaxslarning pensiya taʼminoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda dolzarb boʻlayotgan Chernobil halokati oqibatida hamda harbiy xizmatni oʻtagan davrda III guruh nogironligini olgan shaxslarga pensiya tayinlash masalasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilmagan.

Biroq, ushbu masala Oliy Kengash Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli qaroriga asosan tartibga solib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, Qonunning 15-moddasi ikkinchi qism bilan toʻldirilmoqda.

65-modda. Pensiyalardan chegirmalar

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda pensiyalardan chegirmalar qilinishi mumkin.

Toʻldirilmoqda.

65-modda. Pensiyalardan chegirmalar

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya mikdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda pensiyalardan chegirmalar qilinishi mumkin.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimining aybi bilan ortiqcha hisoblangan pensiya miqdori pensionerdan undirilmaydi. Bunday hollarda fuqaroga ortiqcha pensiya toʻlanishi natijasida budjetga yetkazilgan zarar miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida sud orqali undirib olinadi.

Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga asosan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning oʻrni davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablagʻlari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari boʻlmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, sudning qarori bilan zararning oʻrnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu Kodeksning 1030-moddasiga muvofiq quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:

ijro etish muddati toʻlgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmaganboʻlsa;

daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;

ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablagʻlari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar boʻlmaganda;

mavjud boʻlmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qoʻlga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yoʻqligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.

“Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonun




Toʻldirilmoqda

121-modda. Tabiiy va texnogen tusdagi falokatlar natijasida vafot etgan shaxslarni dafn etish

Tabiiy va texnogen tusdagi falokatlar natijasida vafot etgan shaxslarni dafn etish ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Tabiiy va texnogen tusdagi falokatlar natijasida vafot etgan marhumning shaxsi ichki ishlar organlari tomonidan aniqlangan boʻlsa, marhumning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillari yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslar boʻlmaganda yoki dafn etishni ular tomonidan amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda yoxud ular dafn etishni amalga oshirishni rad etganda dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Tabiiy va texnoge? tusdagi falokatlar natijasida vafot etgan marhumning shaxsi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanmagan boʻlsa, uni dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Tabiiy va texnogen tusdagi falokatlar natijasida vafot etgan shaxslarni dafn etish ishlarini aniqlashtirish maqsadida taklif kiritilmoqda.



Toʻldirilmoqda

122-modda. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanserlarda vafot etgan shaxslarni dafn etish

Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanserlarda davolanilayotgan shaxslar vafot etgan taqdirda ularni dafn etish ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanserlarda davolanilayotgan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillari yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslar boʻlmaganda yoki dafn etishni ular tomonidan amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda yoxud ular dafn etishni amalga oshirishni rad etganda dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanserlarda davolanilayotgan shaxslar vafot etgan taqdirda, ularni dafn etish masalalarini aniqlashtirish maqsadida taklif kiritilmoqda.

“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonun

2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

Zot — genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq biologik va morfologik xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi boʻlib, bu xususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari aynan shu guruhga xos boʻladi va uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi (zonal) tip, zavod tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan obyektlaridir;

...

2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

Zot — kelib chiqishi (ajdodi) maʼlum va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq, biologik va foydali xususiyatlari bir xil oʻxshashlikda hamda avlodlariga oʻz belgilarini toʻliq oʻtkaza oladigan, muayyan tabiiy-iqlim sharoitida yaratilgan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) guruhi;

...

Zot tushunchasi taʼrifi amaldagi tahrirda aniq va sodda qilib berilmaganligi ushbu tushunchani yana�a aniqlashtirishni taqozo etmoqda. Shu bois, ushbu tushuncha yangi tahrirda qayd etilmoqda.

16-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish

Patent berish haqidagi talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Agentlikka topshiriladi.

Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakili orqali yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.


Toʻldirilmoqda


Toʻldirilmoqda

16-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish

Patent berish haqidagi talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Agentlikka yozma yoki elektron shaklda topshiriladi.

Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakili orqali yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.

Patent berish haqidagi talabnomani elektron shaklda topshirish uchun uni Agentlikning elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi.

Elektron topshirilgan talabnomalar ushbu Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi.

Seleksiya yutuqlari boʻyicha talabnomalarni elektron topshirish va ularni koʻrib chiqish tartibi bugungi kunga qadar belgilanmagan. Bu esa jismoniy va yuridik shaxslarga qiyinchiliklar tugʻdirib kelmoqda. Shu munosabat bilan, patent berish haqidagi talabnomalarni elektron topshirish tartibini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda.

“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonun

19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish

muddatlari

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim. Uni oʻtkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi

Moʻljallanayotgan faoliyat toʻgʻrisidagi ariza uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari:

20 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun;

10 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III t�ifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi ariza uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtka?ish mudda?i quyidagidan oshmasligi kerak:

45 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub obyektlar uchun atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida bayonot uchun;

20 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III toi??siga mansub obyektlari uchun.

Davlat ekologik ekspertizasining boshqa barcha obyektlari uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak.

Atom energiyasidan foydalanish obyektlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab, uning sifatini, toʻgʻri qamrovini, oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlarini belgilashda xorijiy tajriba (Qozogʻiston, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Gruziya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh va boshqalar)ga muvofiq joriy etiladi.

23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi

Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.

Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishidan qatʼiy nazar amalga oshirilishi mumkin.

Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega boʻladi.

23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi obyektlari

Jamoat ekologik ekspertizasining obyektlari fuqarolarning qulay atrof muhitga ega boʻlish huquqlari va manfaatlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan har qanday moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatidir.



Chiqarib tashlanmoqda

Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.







Toʻldirilmoqda








Toʻldirilmoqda








Toʻldirilmoqda

231-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskori

Jamoat ekologik ekspertizasining tashabbuskori jamoat ekologik ekspertizasini jamoatchilik asosida tashkil etadigan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish uchun jamoat ekologik ekspertizasining tashabbuskori ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli organga jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi, jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun topshiriq tayyorlaydi va jamoat ekologik ekspertizasining ekspert komissiyasini shakllantiradi.

Jamoat eko�ogik ekspertizasining tashabbuskori quyidagi huquqlarga ega:

jamoat ekologik ekspertizasi obyektini buyurtmachidan jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, materiallar va hujjatlarni talab qilish va olish, qonun bilan qoʻriqlanadigan maxfiy maʼlumotlardan tashqari;

jamoat ekologik nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat eshituvlarini jamoat ekologik ekspertizasi davomida tashkil etish;

jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun jamoatchilik ekologik ekspertizasi ekspertlari sifatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligi sohasida ilmiy bilim va (yoki) amaliy tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxslardan ekspert komissiyasini shakllantirish;

jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun topshiriq tayyorlash;

jamoat ekologik ekspertizasining xulosasini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli organga, jamoat ekologik ekspertizasi obyektini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qiluvchi organlarga, jamoat ekologik ekspertizasi obyektining buyurtmachisiga, ommaviy axborot vositalariga yuborish.

Jamoat ekologik ekspertizasining tashabbuskori:

ushbu qonunda belgilangan tartibda jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;

jamoatchilik ekologik ekspertizasida manfaatdor jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash va jamoat ekologik ekspertizasining borishi va natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish.

Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.








Toʻldirilmoqda









Toʻldirilmoqda

232-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi ekspert komissiyasi

Jamoatchilik ekologik ekspertizasi ekspert komissiyasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash va (yoki) jamoatchilik ekologik ekspertizasi obyekti bilan bogʻliq masalalarda ilmiy bilimlar va (yoki) amaliy tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxslardan tashkil topadi.

Ekspert komissiyasi tarkibiga jamoat ekologik ekspertizasi obyekti buyurtmachisining vakillari, jamoat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik hujjatlarini ishlab chiquvchi loyiha tashkiloti vakillari, jamoat ekologik ekspertizasi obyekti buyurtmachisi bilan mehnat yoki boshqa shartnoma munosabatlarida boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs kiritilishi man etiladi.

Ekspert komissiyasi qonun hujjatlariga va jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskori tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi.

Jamoat ekologik ekspertizasi eksperti jamoat ekologik ekspertizasi obyekti boʻyicha jamoatchilik ekologik ekspertizasi xulosasiga biriktirilgan alohida fikrga ega boʻlish huquqiga ega.

Ijtimoiy ekologik ekspertiza eksperti quyidagilarni taʼminlashi shart:

jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi xulosalarining xolisligi va asosliligi;

jamoat ekologik ekspertizasi obyekti boʻyicha manfaatdor jamoatchilikning fikr va takliflarini hisobga olish;

materiallar va hujjatlarning saqlanishi, jamoat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan maʼlumotlarning maxfiyligi.

Ekologik maʼlumotlarning ochiql?gi va be?gilangan faoliyat boʻyicha qarorla? qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.







Toʻldirilmoqda








Toʻldirilmoqda

233-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi obyekti buyurtmachisi

Jamoat ekologik ekspertizasi obyektining buyurtmachisi — moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyatning jismoniy yoki yuridik shaxsidir.

Jamoat ekologik ekspertizasi obyektining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:

qonun bilan qoʻriqlanadigan maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun hujjatlarda keltirilgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan faoliyat boʻyicha;

jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish jarayoni va natijalari toʻgʻrisida axborot olish;

jamoat eshituvlarida va jamoat ekologik ekspertizasi doirasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiruvchi organga va jamoat ekologik ekspertizasi obyektini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qiluvchi organlarga jamoat ekologik ekspertizasining xulosasiga tushuntirish va izohlar berish.

Jamoat ekologik ekspertizasi obyektining buyurtmachisi:

jamoat ekologik ekspertizasiga zarur maʼlumotlar, materiallar va hujjatlarni taqdim etish;

jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskori va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli organga jamoat ekologik ekspertizasi xulosasida bayon etilgan xulosalar va tavsiyalarga yozma javob olish kunidan boshlab oʻttiz kalendar kungacha taqdim etish.

Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.



Toʻldirilmoqda

234-modda. Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish

Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskorlari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.











Toʻldirilmoqda











Toʻldirilmoqda

235-modda. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi

Jamoat ekologik ekspertizasi natijalariga koʻra, tavsiyanoma tusiga ega boʻlgan jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi rasmiylashtiriladi.

Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

davlat ekologik ekspertizasi obyekti buyurtmachining familiyasi, ismi, otasining ismi va joylashgan joyi yuridik manzili va geografik koordinatalari;

ekologik ekspertiza tashabbuskorining nomi va yuridik manzili;

jamoat ekologik ekspertizasi ekspertlarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari;

jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladigan hujjatlarning tarkibi;

jamoat ekologik ekspertizasi jarayonining tavsifi;

jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskori, manfaatdor jamoatchilik pozitsiyalari;

jamoat ekologik ekspertizasi natijalarini va jamoat ekologik ekspertizasi obyektining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi jamoat ekologik ekspertizasi ekspertlarining xulosalari.

Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskorining vakolatli vakili va jamoat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan imzolanadi.

Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda koʻrib chiqilishi kerak. Bunday koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamoat ekologik ekspertizasining tashabbuskoriga yuborilishi kerak.

Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi jamoatchilik ekologik ekspertizasi obyektiga taalluqli qarorlar qabul qiluvchi organlar tomonidan hisobga olinishi mumkin.

Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun

14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari

Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida taʼsis etiladi.

Ajnabiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochishga haqlidirlar.

14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va filiallari

Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida taʼsis etiladi.

Xorijiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar ochishga haqlidirlar.

Fuqarolik kodeks?ning 47-moddasida yuridik shaxslar tomonidan u mavjud boʻlmagan hududda joylashgan va uning barcha yoki qisman vazifalarini bajaradigan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmasi hisoblanadigan filiallar tashkil etish imkoniyati belgilangan.

Ushbu Kodeksning 2-moddasi 3-qismiga koʻra qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qoʻllaniladi.

Taklif: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 47-moddasida yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalari xorijiy yuridik shaxslarga ham tegishli ekanligini inobatga olgan holda Adliya vazirligining taklifiga koʻra, xorijiy tijorat tashkilotlarining filiallarini ochish masalasi birinchi navbatda tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish orqali belgilanishi lozim.

19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi:

tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;

tashqi savdo faoliyati sohasiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:

investitsiyalar boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantiradi va uning amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalari jalb qilinishini taʼminlaydi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;

tashqi savdo faoliyati hamda investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgan.

Taklif: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi deb koʻrsatish va bu borada uning vakolatlari sanab oʻtilishi lozim.

“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun

4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish

Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.

6-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga soladigan organlar

Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ — Oʻzbekiston Resp�blikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) amalga oshiradi.

Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasiga muvofiq kiritilmoqda. Unda toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish boʻyicha qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish belgilab berilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-117-sonli qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilangan.






Toʻldirilmoqda

7-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida davlat va boshqa dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;

elektron raqamli imzodan foydala�ish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

ishonchli uchinchi tomonning faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiluvchi qonun qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish hamda Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniqlash maqsadida kiritilmoqda.

14-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi.

Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa roʻyxatga olish markazida saqlanadi.

Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalarini berishga doir xizmatlar roʻyxatga olish markazi tomonidan bepul koʻrsatiladi.






Toʻldirilmoqda












Toʻldirilmoqda












Toʻldirilmoqda

26-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish

Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olishga boʻlgan arizasi bilan qilgan murojaatiga koʻra roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi. Murojaat qilgan shaxs uchun roʻyxatga olish markazining ommaviy ofertasi bilan oldindan tanishishi lozim.

Arizani koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi tasdiqlangandan soʻng beriladi.

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olish uchun beriladigan ariza shakli hamda roʻyxatga olish markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, shuningdek elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati roʻyxatga olish markazi tomonidan belgilanadi.

Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlarni soʻrab olish taqiqlanadi.

Ariza berilgunga qadar ariza beruvchi elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlarini mustaqil yaratishi va ochiq kalitni roʻyxatga olish uchun roʻyxatga olish markaziga taqdim etishi mumkin.

Elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish yuridik va jismoniy shaxslarning arizasiga koʻra roʻyxatga olish markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo kalitlariga ega boʻlishi mumkin. Har bir elektron raqamli imzo kalitining sertifikati belgilangan tartibda alohida roʻyxatga olinadi.

Elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlarini yaratish, elektron raqamli imzo kalitini r�yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish boʻyicha xizmatlar pulli hisoblanadi.

Koʻrsatiladigan pulli xizmatlar tarkibi va qiymati belgilangan tartibda shartnomaviy asosda belgilanadi.

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo kaliti roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berishda roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo egasiga elektron raqamli imzodan foydalanish va uni saqlash qoidalari toʻgʻrisida, shuningdek elektron raqamli imzo egasining majburiyatlari va javobgarligi toʻgʻrisida toʻliq axborot berilishi kerak.

Elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Elektron raqamli imzo kalitlari roʻyxatga olish markazlarining ishonchli saqlash (bulut) tizimida elektron raqamli imzo kalitlari sertifikati egasining kamida ikki faktorli autentifikatsiyasi bilan saqlanishi lozim.

Jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish tartibi hamda ularning muddati va narxi aniqlashtirilmoqda.

“Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun

9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish

Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qoʻyish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.

Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning oʻz roziligiga koʻra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan koʻrsatiladi.

Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish uchun:

sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanatoriy yordami koʻrsatuvchi muassasalarni tashkil etadi;

sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida oʻqitish uchun sharoitlar yaratadi;

sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish hamda ularni yangi kasblarga oʻrgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi;

sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni koʻradi.

9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi

yordam koʻrsatish

Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qoʻyish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.

Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning oʻz roziligiga koʻra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan koʻrsatiladi.

Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish uchun:

sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanator?y yordam? koʻrsatuvchi muassasalarni tashkil etadi;

sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida oʻqitish uchun sharoitlar yaratadi;

sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish hamda ularni yangi kasblarga oʻrgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi;

sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy, shu jumladan sil kasalligining ogʻir shakllariga uchragan shaxslar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy, jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni koʻradi.

Bugungi kunda amaldagi Qonunda sil kasalligining ogʻir shakllariga uchragan shaxslar va ularning oila aʼzolariga jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatishni koʻzda tutuvchi normalar mavjud emas.

Shu munosabat bilan mazkur normani kiritish taklif etilmoqda.