1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVCHI MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘liqni saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruvchi — muayyan dastur bo‘yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv vositalari — qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, boshqa vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv ishlari — favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta’sirini yo‘qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv tuzilmasi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmati — faoliyati bo‘yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik va mehr-muruvvat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda asosli tavakkalchilik va xavfsizlikning ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarning doimiy shayligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z boshqaruv organlari, kuchlari va qutqaruv vositalarini favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga doimiy shay holatda saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib qilish, aholini hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyorlashda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qutqaruv ishlarining turlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari qonunchilikka muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari quyidagi asoslarda tashkil etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy shtat asosida — qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatsiz asosda — shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar miqyosida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar miqyosida — qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan tashkilotlarning qaroriga binoan tashkil etiladi.
(7-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari orasidan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat qutqaruv tuzilmalari ustavda belgilangan vazifasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishdan iborat bo‘lgan jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari safini to‘ldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining safini to‘ldirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qutqaruvchi lavozimiga qabul qilish shartlarini belgilaydi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘qishga umumiy o‘rta ma’lumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va ma’naviy-ruhiy fazilatlariga ko‘ra belgilangan talablarga mos keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha ta’lim olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan o‘tkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan o‘tmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini o‘tkazishga shayligini tasdiqlay olmagan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining obyektlar va hududlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ular qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyul 184-son qarori bilan tasdiqlangan Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning XII bo‘limi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari o‘z faoliyatida ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(12-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlarining, professional qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar shu xizmatlar va tuzilmalarning barcha xodimlari, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb etilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarining xodimlari bajarishi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari obyektlar hamda hududlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar tahdidi bo‘lganda va ular ro‘y berganda hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida jamoaga doir mehnat nizolarini hal etish vositasi sifatida qutqaruv ishlarini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkil etilgan tashkilotlarning rahbarlari qutqaruvchilarni qutqaruv ishlari olib borishning maxsus ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar uyushtiradi hamda ularni maxsus aslaha-anjomlar bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlar qilishga hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga shayligi uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining rahbarlari mas’uldir.
(12-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti maxsus tovush va yoritish signal asboblari bilan ta’minlangan, shuningdek belgilangan namunadagi ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuchlar va vositalarni tezkor jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv vositalarini ishlab chiqarish hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etuvchi qutqaruvchilarni, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining mansabdor shaxslarini tayyorlash masalalarini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa kuchlar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(13-moddaning oltinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini birxillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat ko‘rsatayotgan tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi yo‘qotilganligi asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil etilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga ko‘chirilgan, qayta ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga yozma bildirish yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga ega bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan moliyaviy mablag‘lar zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar.
(15-moddaning oltinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(16-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalarining shunga vakolatli mansabdor shaxslari qaroriga binoan jalb qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganlik darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko‘rilishi shart.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(16-moddaning uchinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan barcha kuchlar va vositalarga rahbarlik qilish hamda ularning hamkorlikda harakat qilishini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal favqulodda vaziyatlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
(17-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar zonasiga birinchi bo‘lib yetib kelgan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining vakolatlarini o‘z zimmalariga oladi hamda bu vakolatlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalarida belgilangan yoki favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari yetib kelguniga qadar bajaradi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(17-moddaning to‘rtinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining faoliyatiga ularni vazifalarini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirmasdan va rahbarlikni o‘z zimmasiga olmasdan yoki boshqa mansabdor shaxsni tayinlamasdan turib aralashishga hech kim haqli emas.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.07.00 Evakuatsiya va reevakuatsiya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish to‘g‘risida;
(17-modda oltinchi qismining beshinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruvchi bo‘lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ko‘lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lgan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari o‘zlari qabul qilgan qarorlar haqida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, tashkilotlarni darhol xabardor qilish yuzasidan barcha choralarni ko‘rishi shart.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish uchun favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida zarur bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborot olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv ishlarini to‘liq hajmda olib borishning texnologik jihatdan imkoni bo‘lmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari birinchi navbatda favqulodda vaziyatlar zonalaridagi odamlarni qutqarish bo‘yicha imkoni bo‘lgan barcha choralarni ko‘rgach, qutqaruv ishlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga o‘z faoliyatini amalga oshirishida ko‘maklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tashkilotlar qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishda yordam ko‘rsatishi, shu jumladan keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan ularga zarur transport va moddiy vositalarni taqdim etishi shart.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini o‘tkazish joyiga borayotganda qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti moneliksiz o‘tish hamda aerodromlar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va daryo portlarida yonilg‘i-moylash materiallari bilan birinchi navbatda ta’minlanish, shuningdek texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va ustaxonalarida texnika hamda aslaha-anjomlar, aloqa vositalarining birinchi navbatda ta’mirlanishi huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qutqaruvchilar va ularning maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qutqaruvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy tekshiruvdan o‘tganidan, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativlarni bajarganidan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘quvdan keyin attestatsiya natijalari asosida vakolatli attestatsiya organining qaroriga binoan qutqaruvchi maqomiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruvchi maqomi berilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli attestatsiya organi ularga belgilangan namunadagi guvohnoma, ruxsatnoma, qutqaruvchi daftarchasi, qutqaruvchining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami yozilgan nishon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Qutqaruvchilar attestatsiyasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qutqaruvchilar faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlari olib borilayotganda ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi hamda mazkur ishlar qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida olib borilayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlariga bo‘ysunadi.
(21-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlardan tashqari, ularning vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etishga o‘zlarining roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qutqaruvchilarning huquqlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb qilingan qutqaruvchilar mazkur ishlar olib boriladigan joyga borayotganda barcha turdagi transportga navbatsiz chipta olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun tashkilotlarning hududiga, binolari, xonalariga va har qanday boshqa imoratlariga, turar joylarga moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara oldi zonasiga — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondonligining ruxsati bilan kirish;
(22-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejimli obyektlar hududiga — ushbu obyektlar rahbarlarining ruxsati bilan kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha shaxslardan belgilangan xavfsizlik choralariga rioya etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish texnologiyasiga muvofiq maxsus aslaha-anjomlar bilan ta’minlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash uchun hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lgan taqdirda, favqulodda vaziyatlar zonasidagi tashkilotlarning aloqa vositalari transporti, moddiy resurslari va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
(22-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi, qutqaruvchilarning aybli harakatlari natijasida zarar yetkazilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish davrida xarajatlarining haqi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini ta’minlashga ajratilgan mablag‘lar hisobidan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar mablag‘lari hisobidan to‘langan holda, belgilangan normalar bo‘yicha oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda joylashtirilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari navbatchilikni o‘tash chog‘ida ish beruvchilarning hisobidan xarajatlari haqi to‘langan holda oziq-ovqat bilan ta’minlanish yoki oziq-ovqatga qilgan xarajatlarining o‘rni belgilangan normalardan kam bo‘lmagan tarzda qoplanishi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(22-moddaningoltinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Qutqaruvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishga shay turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z jismoniy, maxsus, tibbiy, ruhiy tayyorgarligini hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar qilish ko‘nikmalarini takomillashtirib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish texnologiyasiga qat’iy rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarni qidirishi, ularni qutqarish choralarini ko‘rishi, ularga birinchi tibbiy yordam va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida, qutqaruvchilar mazkur ishlarni olib borishda qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibida ishtirok etayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni so‘zsiz bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarga bexatar yurish-turish qoidalarini va favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda bajariladigan harakatlar tartibini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq qutqaruvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qutqaruvchilarning ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining ish vaqti rejimi kundalik faoliyatda ichki mehnat tartibi qoidalari, navbatchilik jadvallari, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar yoki boshqa tadbirlar jadvallari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining xizmatni o‘tash rejimi belgilangan tartibda o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining toifalangan obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi qutqaruvchilarining ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimi belgilangan tartibda o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga chiqishni kutish va unga shay bo‘lib turish rejimida uyda navbatchilik qiladigan vaqti navbatchilikning har bir soati uchun chorak soat hisobida inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘idagi ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimi va ish smenasining davomiyligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan favqulodda vaziyatlarning xususiyati, ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
(24-moddaning beshinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga har yili o‘ttiz ish kunidan iborat haq to‘lanadigan ta’til beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga qonunchilikka muvofiq har yili haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
(24-moddaning yettinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruvchilarning ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimini belgilash va ularning mehnatiga haq to‘lash qoidalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Qutqaruvchilarning mehnatiga haq to‘lash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilarining pul ta’minoti belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilarning yakka muhofazalanish vositalarida ishlaganligi hisobga olinadi va belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruvchilarning ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimini belgilash va ularning mehnatiga haq to‘lash qoidalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Qutqaruvchilarni uy-joy bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga, shuningdek ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga qonunchilikka muvofiq idoraviy uy-joy fondi hisobidan turar joylar beriladi.
(26-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish choralari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘i majburiy sug‘urta qilinishi kerak. Qutqaruvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-sonli “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida jabrlangan qutqaruvchilari ish beruvchilarning mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilish va sanatoriy-kurortda davolanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hamda qutqaruvchi bo‘lmagan fuqarolarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan yoki ular vafot etgan taqdirda, tegishincha shu shaxslarga yoki vafot etgan shaxsning oilasiga zararning o‘rni qoplanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
(27-moddaning uchinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-son “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlovchilar jumlasidan bo‘lgan qutqaruvchilari umumiy belgilangan yosh o‘n yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga tegishli ratsion va normalar bo‘yicha davolash-profilaktika oziq-ovqati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruvchilarning mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolarining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya ta’minoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(27-moddaning oltinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qarorlariga binoan qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilarini, shuningdek bu xizmatlar va tuzilmalarning tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishning ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi mumkin.
(27-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(29-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(30-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2008-yil 27-dekabrdagi 251 (4661)-sonida e’lon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-195-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 511-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)