Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.07.2005 yildagi PQ-117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2010-yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, maʼlumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning maqsadli yoʻnalishlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-3-ilovalar rus tilidagi matnda 6erilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash (A.N. Aripov) oʻz majlislarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli yoʻnalishlar va Dasturlar bajarilishini muntazam ravishda muhokama etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, tasdiqlangan maqsadli yoʻnalishlar va dasturiy tadbirlardan kelib chiqqan holda, axborot texnologiyalari va elektron hujjat aylanmasini qoʻllash, Internet tarmogʻida axborot resurslarini shakllantirish va ularni muttasil yangilab borish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqsin hamda ularni tasdiqlash uchun kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatli organ etib tayinlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda maxsus oʻquv kurslarini ishlab chiqishni hamda tasdiqlangan maqsadli yoʻnalishlar va dasturlar amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining mutaxassis kadrlarini axborot texnologiyalarini qoʻllash hamda elektron hujjat aylanmasini tadbiq etish, Internet tarmogʻida axborot resurslarini shakllantirish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga har yili oʻqitib borishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yilning I choragi oxirigacha vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Internet tarmogʻida milliy axborot-qidiruv tizimini yaratsin va unda umum foydalana oladigan axborot resurslarini joylashtirsin, ushbu tizimni yanada kengaytirish va uning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuv choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlarini davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi hamda ularning faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-117-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 189-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)