28.07.2021 yildagi 468-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlarini xoʻjalik aylanmasiga jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan hosil boʻladigan chiqindilar hajmlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga (keyingi oʻrinlarda — tara) depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot isteʼmolchilari, depozitli taralarni yigʻish punktlari, shuningdek, depozit tizimi operatorlari depozit tizimi ishtirokchilari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimini joriy etgan tashabbuskor tomonidan sotuvga chiqariladigan har bir mahsulot birligining tarasiga isteʼmolchi uchun depozit toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan depozit markirovkasi tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi tashabbuskorlari depozit toʻlovi miqdori va depozitli tara aylanmasi usullarini mustaqil belgilaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit toʻlovi depozitli tarada mahsulot realizatsiya qilinganida isteʼmolchidan qoʻshimcha tarzda undiriladi va depozitli tara belgilangan tartibda qaytarib topshirilganida, uni topshiruvchisiga qaytarib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ichimlik mahsulotlarining taralariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi tatbiq etiladigan taralar turlarini aniqlash, depozit toʻlovi miqdorini oʻrnatish, depozit tizimini joriy etish yuzasidan vakolatli organni xabardor qilish hamda depozit tizimini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni depozitli tarada qadoqlanganligini identifikatsiya qilish uchun depozit markirovkasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarada qadoqlangan mahsulotni realizatsiya qilishda undiriladigan va depozitli tarani qabul qilishda qaytariladigan depozit toʻlovini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani yigʻishni tashkil etish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimini joriy etishda ushbu tizim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimini oʻzgartirish yoki tatbiq etilishini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ichimlik mahsulotini muomalaga chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga taralarga depozit tizimini tatbiq etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ushbu qaror qonuniy kuchga kirguniga qadar depozit tizimi ishtirokchilariga uning maqsad va vazifalarini tushuntirish, shuningdek, depozit tizimini joriy etishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilishini boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
468-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 468-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga (keyingi oʻrinlarda — tara) depozit tizimini ixtiyoriy ravishda tatbiq etish, shuningdek, ishlatilgan tarani yigʻish tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta foydalaniladigan tara — faqat bir marta ishlatishga moʻljallangan, shuningdek, oʻzining fizik xususiyatlariga koʻra yoki gigiyenik jihatdan takror foydalanilmaydigan tara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit markirovkasi — tarani depozitli tara ekanligini bildiruvchi, isteʼmolchi uchun depozit toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan, tasdiqlangan namunadagi markirovka belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi — depozitli tarani kompleks boshqarishni taʼminlash maqsadida mazkur tizimda nazoratga olingan moliyaviy mexanizm orqali ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda muvofiqlashtirilgan jarayonlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi ishtirokchilari — mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot isteʼmolchilari, yigʻish punktlari hamda depozit tizimi operatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit toʻlovi — depozitli tarada mahsulot realizatsiya qilinganida isteʼmolchidan qoʻshimcha tarzda undiriladigan va depozitli tara ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qaytarib topshirilganida, uni topshiruvchisiga toʻlab (qaytarib) beriladigan garov puli summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara — depozit markirovkasi bilan belgilangan va depozit toʻlovi undiriladigan tara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punkti — isteʼmolchilardan ishlatilgan depozitli tarani qabul qilish va depozit toʻlovini qaytarish amalga oshiriladigan, depozitli tarani yigʻish joyi (savdo obyektlari, tarani avtomatlashtirilgan tarzda qabul qilish vositalari (taromatlar) yoki tarani qabul qilishning boshqa punktlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp marta aylanadigan tara — oʻzining foydalanish sikli davomida foydalanish maqsadi, imkoniyatlari va yaroqligiga koʻra belgilangan maqsadda takror foydalanishga moʻljallangan tara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tara — mahsulotni joylashtirish, himoyalash, yetkazib berish, saqlash, tashish va namoyish qilish uchun moʻljallangan, har qanday materialdan tayyorlangan birlamchi (mahsulotga tegib turadigan) qadoq idish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Depozit tizimi koʻp marta aylanadigan hamda bir marta foydalaniladigan taraga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Depozit tizimini joriy etishni tashabbus qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Depozit tizimini joriy etish ishlab chiqaruvchilar, qadoqlovchilar yoki depozit tizimi operatorlari (keyingi oʻrinlarda — depozit tizimi tashabbuskori) tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Depozit tizimini joriy etishni tashabbus qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi tatbiq etiladigan tara turlarini aniqlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq depozit toʻlovi miqdorini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi ishtirokchilari oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha depozit tizimini joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) ishlab chiqish va loyihani ilova qilgan holda, uni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) yozma ravishda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi ishtirokchilari oʻrtasida (isteʼmolchilardan tashqari) tegishli shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Depozit tizimi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Depozit markirovkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Depozitli tarani indentifikatsiya qilish, sotuvga chiqariladigan har bir mahsulot birligining ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq markirovkalanadigan, depozit markirovkasi hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Depozit markirovkasi uni identifikatsiya qilish elementlariga ega boʻlishi, shuningdek, aniq koʻrinadigan, tushunarli va tashqi taʼsir omillariga bardoshli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit markirovkasi mahsulot yorligʻiga (etiketkasiga) yoki bevosita taraning oʻziga tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taraga (mahsulot etiketkasiga) depozit markirovkasini tushirish, mahsulotni bozorga dastlabki joylashtiruvchi subyekt tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Depozit toʻlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Depozit tizimi tashabbuskorlari depozit toʻlovi miqdori va depozitli tara aylanmasi usullarini mustaqil belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Depozit toʻlovi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga realizatsiya qilinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reysni amalga oshiruvchi havo kemasi bortida yoʻlovchiga mahsulotni olib ketish uchun sotish sifatida yetkazib beriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar ozuqasi hisoblanadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida olib oʻtiladigan mahsulot tarasiga oʻrnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Depozit toʻlovi depozitli tarani qabul qilishni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir turdagi taraning depozit toʻlovi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot mahsulotni sotishda isteʼmolchiga yetkazilishi, shuningdek, tovar chekida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Depozitli tarani yigʻishni tashkil etish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Topshiriladigan (qabul qilinadigan) depozitli tara:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deformatsiyalanmagan (oʻzining dastlabki sifatini qisman yoki butunlay yoʻqotmagan) va keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan maqsadda takror foydalanishga yaroqli boʻlishi (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya qilinadigan amaldagi depozit markirovkasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Depozitli taralarni qabul qilish yigʻish punktlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir qabul qilingan depozitli tara uchun depozitli tara topshiruvchisiga tegishli depozit toʻlovi summasi toʻliq miqdorda toʻlab beriladi (qaytariladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar depozitli tara deformatsiyalangan (oʻzining dastlabki sifatini qisman yoki butunlay yoʻqotgan) va keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan maqsadda takror foydalanishga yaroqsiz boʻlgan hollarda (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno), shuningdek, depozit markirovkasini identifikatsiya qilishning imkoni boʻlmasa, depozit toʻlovi toʻlanmaydi (qaytarilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻish punktlari depozit markirovkali yoki markirovkasiz har qanday tarani qabul qilishi mumkin. Lekin, depozit toʻlovi faqatgina amaldagi depozit markirovkasi bilan belgilangan tara uchun toʻlanadi (qaytariladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yigʻish punktlari depozit tizimi tashabbuskorlarining bevosita oʻzlari tomonidan va (yoki) depozit tizimiga aʼzolikka kirish sharti bilan oʻzga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit tizimiga aʼzolik depozit tizimi tashabbuskori bilan tegishli shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shartnomada quyidagilar belgilanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlariga qoʻyiladigan talablar, depozitli tarani qabul qilish, yigʻish, saqlash va ishlov berish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlariga depozit toʻlovini toʻlash (qaytarish) shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani tashish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinadigan depozitli taralar soni depozitli taradagi mahsulotning sotilgan birligidan ortib ketish holatlari uchun shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinadigan depozitli tara miqdori qabul qilish punktlaridagi ularni joylashtirish va vaqtincha saqlashning mavjud imkoniyatlaridan ortib ketish holatlarini hisobga olgan holda, depozitli tarani olib chiqib ketish davriyligi shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarani avtomatlashtirilgan tarzda qabul qilish vositalarini (taromatlarni) joylashtirish va ulardan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarani avtomatlashtirilgan tarzda qabul qilish vositalariga (taromatlarga), shuningdek, yigʻilgan depozitli taralarga shikast yetkazilganda yigʻish punktlarining javobgarlik shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani yigʻishni tashkil etish (qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, yuklash) uchun oʻzaro hisob-kitob shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli taraga doir boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Koʻp marta aylanadigan tara uchun depozit toʻlovi uni qabul qilib olinganidan (sanoqdan oʻtkazilgan va tekshirib olinganidan) soʻng, depozit tizimi tashabbuskorlari tomonidan yigʻish punktlariga toʻlanadi (qaytariladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Topshiriladigan (qabul qilinadigan) depozitli tara uchun oʻzaro hisob-kitoblar yuridik shaxslar bilan — naqd pulsiz shaklda hamda jismoniy shaxslar bilan — naqd pul shaklda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Topshirilmagan (qabul qilinmagan) depozitli taralar uchun oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirilmaganligi natijasida hosil boʻladigan depozit toʻlovlarining qoldiq qiymati depozit tashabbuskorlari ixtiyorida qoladi va depozit tizimini tatbiq etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Depozit tizimi tashabbuskorlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Depozit tizimining tashabbuskorlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraga depozit markirovkasini tushirish usullarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlari tomonidan depozitli tarani qabul qilish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimini boshqarishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida yigʻish punktlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani qabul qilish jarayonlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit toʻlovi mablagʻlarini boshqarishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlari va isteʼmolchilardan deformatsiyalangan (oʻzining dastlabki sifatini qisman yoki butunlay yoʻqotgan) va keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan maqsadda takror foydalanishga yaroqsiz boʻlgan (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno), shuningdek, depozit markirovkasi boʻyicha identifikatsiya qilishning imkoni boʻlmagan depozitli tarani qabul qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirilmagan (qabul qilinmagan) depozitli taralar uchun oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirilmaganligi natijasida hosil boʻladigan depozit toʻlovlarining qoldiq qiymatini oʻz ixtiyorida qoldirish va depozit tizimini tatbiq etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi ishtirokchilari oʻrtasidagi nizolarni hal etishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit tizimi tashabbuskorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Depozit tizimi tashabbuskorlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlari va isteʼmolchilarni depozit tizimining amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ommaviy axborot vositalari hamda yigʻish punktlariga maʼlumot joylashtirish orqali taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi ishtirokchilari (isteʼmolchilardan tashqari) oʻrtasidagi barcha tadbirlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimining samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlari va isteʼmolchilardan ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq keluvchi depozitli tarani qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish punktlari va isteʼmolchilarga har bir qabul qilingan depozitli tara uchun depozit toʻlovini toʻliq miqdorda toʻlash (qaytarish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishuvga muvofiq, isteʼmolchilardan depozitli tarani yigʻishni tashkil etish (qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, yuklash va x.k.) uchun yigʻish punktlariga pul mukofotlari toʻlovini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani saralash va tashishni tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilgan depozitli taraning turi va materiali boʻyicha alohida hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara tashuvchilarining reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishini taʼminlash.

Depozit tizimi tashabbuskorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yigʻish punktlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yigʻish punktlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi tashabbuskoridan depozit tizimining amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;

oʻzlari tomonidan yigʻilgan, ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq keluvchi depozitli tarani depozit tizimi tashabbuskoriga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirilgan har bir depozitli tara uchun depozit tizimi tashabbuskoridan depozit toʻlovini toʻliq miqdorda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishuvga muvofiq, isteʼmolchilardan depozitli tarani yigʻishni tashkil etish (qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, yuklash va h.k.) uchun depozit tizimi tashabbuskoridan pul mukofotlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilardan deformatsiyalangan (oʻzining dastlabki sifatini qisman yoki butunlay yoʻqotgan) va keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan maqsadda takror foydalanishga yaroqsiz boʻlgan (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno), shuningdek, depozit markirovkasi boʻyicha identifikatsiya qilishning imkoni boʻlmagan depozitli tarani qabul qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yigʻish punktlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilardan ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq keluvchi depozitli taralarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga har bir qabul qilingan depozitli tara uchun depozit toʻlovini toʻliq miqdorda toʻlash (qaytarish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan depozitli tarani turi va materiallari boʻyicha saralab yigʻish va vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli taraning (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno), shuningdek, depozit markirovkasining bus-butunligini va uning boʻshligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan va topshirilgan depozitli taraning turi va materiallari boʻyicha alohida hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻish punktlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Depozit tizimida ishtirok etuvchi isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi tashabbuskoridan depozit tizimining amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq keluvchi depozitli tarani ixtiyoriy yigʻish punktiga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirilgan har bir depozitli tara uchun yigʻish punktidan depozit toʻlovini toʻliq miqdorda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozit tizimi bilan bogʻliq munosabatlarda buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarining himoya qilinishi boʻyicha sudga va boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Isteʼmolchilar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tarani topshirishda depozitli taraning boʻshligini, shuningdek, depozit markirovkasining bus-butunligini (bir marta foydalaniladigan tara bundan mustasno) hamda taraning turi va materiali boʻyicha saralanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara chiqindilarini ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga (koʻchalarga, suv yoʻllariga va maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga) tashlamaslik hamda joylashtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitli tara chiqindilarini konteyner va urnalarga joylashtirishda maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tartiblariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Depozit tizimini oʻzgartirish yoki tatbiq etilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Depozit tizimining tashabbuskori depozit toʻlovi miqdorini ushbu Nizomning 10-bandi talablariga muvofiq oʻzgartirishi yoki uni muayyan taraga tatbiq etilishini toʻxtatishi mumkin. Bunda depozit tizimi tashabbuskori depozit toʻlovi miqdori oʻzgaradigan yoki depozit tizimining muayyan taraga tatbiq etilishi toʻxtatiladigan sanani koʻrsatgan holda, bu toʻgʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasini yozma ravishda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda yigʻish punktlariga maʼlumot joylashtirish orqali depozit tizimi ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Depozit tizimining muayyan taraga tatbiq etilishi toʻxtatilganidan keyin depozit markirovkasi ushbu taraga tatbiq etilmaydi. Bunda depozit tizimi tashabbuskori va yigʻish punktlari depozit tizimining muayyan taraga tatbiq etilishi toʻxtatilgan sanadan boshlab, olti oy davomida mazkur depozitli tarani isteʼmolchilardan qabul qilishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazorat isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit tizimini ixtiyoriy ravishda tatbiq etishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Depozit tizimini joriy etish loyihasi

‎____________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi — depozit tizimi tashabbuskori)
‎

Asosiy faoliyat yoʻnalishi: _____________________________________________________________________
Joylashgan yeri (pochta manzili): _________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: _______________________________________________________________________
Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): _______________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

‎

1. Depozit tizimi tatbiq etiladigan taraga qadoqlanadigan mahsulot

T/r‎

Mahsulot nomi

TIF TN kodi

Mahsulot markasi yoki brendining nomi

Mahsulot turi (alkogolli yoki alkogolsiz)

‎
‎ Izoh: Jadvalga mahsulotga xos va zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

2. Depozit tizimi tatbiq etiladigan tara

T/r‎

Foydalanilishiga koʻra turi (koʻp marta aylanadigan / bir marta foydalaniladigan)

Material nomi

Harfiy belgi (qisqartma)

Raqamli kod

‎ Izoh: Jadvalga taraga xos va zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

3. Depozit toʻlovi miqdori

Oʻrnatiladigan depozit toʻlovi miqdori

(soʻm)

Muomalaga chiqariladigan depozitli tara miqdorining prognozi

(dona)

‎ Izoh: Jadvalga depozit toʻloviga xos va zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

4. Depozit markirovkasi

Taraga depozit markirovkasini tushirish usullari:
____________________________________________________________________________________________
‎

5. Depozit tizimi tashabbuskori va loyiha toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar

____________________________________________________________________________________________
‎ Izoh: Loyihaga depozit tizimi ishtirokchilari oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihalari ilova qilinishi mumkin.
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Tashkilot rahbari ‎

________________

____________________________________

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

imzo

F.I.O.

20___yil “_____” _____________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishlab chiqaruvchilar, qadoqlovchilar yoki depozit tizimi operatorlari (keyingi oʻrinlarda — depozit tizimi tashabbuskori)

1. Depozit tizimi tatbiq etiladigan tara turlarini aniqlab oladi.

2. Depozit toʻlovi miqdorini belgilaydi.

3. Depozit markirovkasini taraga tushirish usullarini belgilaydi.

4. Depozit tizimi ishtirokchilari oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihalarini ishlab chiqadi.

1 — 4. Loyihani ishlab chiqish davrida

5. Depozit tizimini joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) ishlab chiqadi va loyihani ilova qilgan holda, uni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) yozma ravishda xabardor qiladi.

5. Loyiha ishlab chiqilganidan keyin

2-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasi

Loyihani maʼlumot va umumlashtirish uchun qabul qiladi.

Loyiha qabul qilib olingan kundan boshlab

3-bosqich

Depozit tizimi tashabbuskori

1. Depozit tizimi ishtirokchilari bilan (isteʼmolchilardan tashqari) tegishli shartnomalar tuzadi.

2. Mahsulot yorligʻiga (etiketkasiga) yoki bevosita taraga depozit markirovkasini tushiradi, depozitli taradagi mahsulotni bozorga joylashtiradi (shu jumladan, depozit toʻlovini undirgan holda).

3. Yigʻish punktlari va isteʼmolchilarni depozit tizimining amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ommaviy axborot vositalari hamda yigʻish punktlariga maʼlumot joylashtirish orqali taʼminlaydi.

4. Depozit tizimi ishtirokchilari (isteʼmolchilardan tashqari) oʻrtasidagi barcha tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi.

Loyiha yuzasidan Davlat ekologiya qoʻmitasi xabardor qilingan kundan boshlab

4-bosqich

Isteʼmolchi

1. Depozitli taradagi mahsulotni sotib oladi (shu jumladan, depozit toʻlovini toʻlagan holda).

2. Ixtiyoriy yigʻish punktiga ishlatilgan depozitli tarani topshiradi.

3. Topshirilgan har bir depozitli tara uchun yigʻish punktidan depozit toʻlovini toʻliq miqdorda oladi.

Zaruratga koʻra

5-bosqich

Yigʻish punkti

1. Isteʼmolchilardan depozitli tarani qabul qiladi.

2. Isteʼmolchilarga har bir qabul qilingan depozitli tara uchun depozit toʻlovini toʻliq miqdorda toʻlaydi (qaytaradi).

3. Qabul qilingan depozitli tarani turi va materiallari boʻyicha saralab yigʻishni va vaqtincha saqlashni amalga oshiradi.

4. Yigʻilgan depozitli tarani depozit tizimi tashabbuskoriga topshiradi.

5. Topshirilgan har bir depozitli tara uchun depozit tizimi tashabbuskoridan depozit toʻlovini toʻliq miqdorda oladi.

6. Qabul qilingan va topshirilgan depozitli taraning turi va materiallari boʻyicha alohida hisobini yuritadi.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Depozit tizimi tashabbuskori

1. Yigʻish punktlari va isteʼmolchilardan depozitli tarani qabul qiladi.

2. Yigʻish punktlari va isteʼmolchilarga har bir qabul qilingan depozitli tara uchun depozit toʻlovini toʻliq miqdorda toʻlaydi (qaytaradi).

3. Oʻzaro kelishuvga muvofiq, isteʼmolchilardan depozitli tarani yigʻishni tashkil etganlik (qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, yuklash va x.k.) uchun yigʻish punktlariga pul mukofotlari toʻlovini amalga oshiradi.

4. Depozitli tarani saralash va tashishni tashkil etilishini taʼminlaydi.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Depozit tizimi tashabbuskori

1. Yigʻilgan depozitli taraning turi va materiali boʻyicha alohida hisobini yuritadi.

2. Depozitli tara tashuvchilarining reyestrini yuritadi.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik mahsulotlarining isteʼmol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit markirovkasining koʻrinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Bir marta foydalaniladigan tara uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Koʻp marta aylanadigan tara uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:

1. Mahsulot yorligʻiga (etiketkasiga) yoki bevosita taraning oʻziga depozit markirovkasini tushirishda uning toʻliq rangli yoki oq-qora rangli shaklidan foydalanish depozit tizimi tashabbuskori (ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchi) tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markirovkaning markazida joylashgan “500 soʻm” soʻzlari depozit tizimi tashabbuskori tomonidan ushbu Nizomga muvofiq mustaqil belgilanadigan depozit toʻlovining shartli miqdorini bildiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/468/0717-son)