Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
buyrugʻi
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2615-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2014-yil 25-avgustdagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2615, 2014-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor U. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-iyun,
232-son
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-iyundagi 232-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻzbekiston milliy arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;”.
2. 15-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 1-ilovadan 55-pozitsiya chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)