12.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2615
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 12.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2615
Кучга кириш санаси
15.09.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2615]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2014-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini (bundan buyon matnda xizmatlar nomenklaturasi deb yuritiladi) tuzish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy arxiv — yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar nomenklaturasi — arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga pulli asosda koʻrsatiladigan xizmat turlari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Arxivlar va idoraviy arxivlar oʻz taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan faoliyat turlari doirasida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bepul va pulli xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatida nazarda tutilgan xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati ular tomonidan mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan xizmatlar nomenklaturasida koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmatlar nomenklaturasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmatlar nomenklaturasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muayyan xizmat turini xizmatlar nomenklaturasiga kiritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xizmat turi arxiv yoki idoraviy arxivning taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan faoliyat turlariga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv yoki idoraviy arxiv tegishli xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega boʻlishi talab etiladi, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arxiv yoki idoraviy arxiv muayyan xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega boʻlmasa, boshqa tashkilotlarning ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlaridan shartnoma asosida foydalangan holda pulli xizmatlar koʻrsatishi mumkin. Bunda ushbu xizmat turlari ham xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xizmatlar nomenklaturasi har kalendar yil uchun alohida tuziladi. Kelgusi kalendar yil uchun xizmatlar nomenklaturasi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmatlar nomenklaturasini har yili qayta tasdiqlashda arxiv yoki idoraviy arxivning taʼsis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan taʼminlanish darajasida yuz bergan oʻzgarishlarga muvofiq muayyan xizmat turlari xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi yoki undan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muayyan xizmat turini amalga oshirish uchun buyurtmalar berilmaganligi mazkur xizmat turini xizmatlar nomenklaturasidan chiqarib tashlash uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmatlar nomenklaturasini kelishish, tasdiqlash hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

11. Oʻzbekiston milliy arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan;
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;
(11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 232-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2615-1, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy arxivlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tashkilotning ekspert komissiyasi yoki markaziy ekspert komissiyasi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kelishish uchun taqdim etilgan xizmatlar nomenklaturasiga pulli xizmatlar narxnomasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kelishilgan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv yoki idoraviy arxiv rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arxiv yoki idoraviy arxivning taʼsis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan taʼminlanish darajasida oʻzgarish yuz berganda, xizmatlar nomenklaturasiga uni tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arxivlar va idoraviy arxivlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatida nazarda tutilgan muayyan xizmat turining oʻz amaliy ahamiyatini yoʻqotganligi haqida yoki ushbu roʻyxatda nazarda tutilmagan yangi xizmat turini joriy etish zarurati haqida takliflar bilan murojaat qilishga haqli.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlar turi

1. Tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish

1.

Fondlarga tarixiy maʼlumotnoma tuzish

2.

Yigʻmajildlarni va hujjatlarni tartibga solish rejasini tuzish

3.

Yigʻmajildlarni va hujjatlarni tizimlashtirish sxemalarini ishlab chiqish

4.

Yigʻmajildlar va hujjatlarning fondga tegishliligini aniqlash va belgilash

5.

Yigʻmajildlar va hujjatlarning qimmatliligini ekspertiza qilishga qadar tizimlashtirish

6.

Hujjatlarning ilmiy-amaliy qimmatliligi ekspertizasini amalga oshirish (varaqma-varaq koʻrib chiqish, varaqma-varaq koʻrib chiqmasdan)

7.

Tartibga keltirilmagan (tarqoq) hujjatlar toʻplamidan yigʻmajildlarni shakllantirish va ularni qaytadan shakllantirish

8.

Yigʻmajildlarga sarlavha tuzish va hujjatlarga annotatsiya yoki qisqacha maʼlumot yozish

9.

Yigʻmajildlardagi chizma qogʻozlarni buklab taxlash

10.

Yigʻmajildlar varaqlarini tizimlashtirish

11.

Ilmiy-texnikaviy hujjatlarni qismlar, loyiha bosqichlari, muammo bosqichlari boʻyicha tizimlashtirish

12.

Chizma hujjatlarini yigʻmajild ichida tizimlashtirish

13.

Yigʻmajildlar, hujjatlar va fotoalbomlarning ichki xatlovini tuzish

14.

Yigʻmajildlar sarlavhalarini tahrir etish

15.

Varaqchalarga arxiv belgilarini qoʻyib chiqish

16.

Notoʻgʻri shakllangan (tikib qoʻyilgan) yigʻmajildlarni ajratish, hujjatlarni qisqichdan ajratish

17.

Yigʻmajildlar va fotoalbomlardagi varaqlarni raqamlash

18.

Fotoalbomdagi pozitivlarni raqamlash

19.

Kinohujjatlarni komplekt boʻyicha ajratish

20.

Kinohujjatlarni montaj stolida koʻrib chiqish

21.

Raqamlangan varaqlarni tekshirish, qayta raqamlash

22.

Yigʻmajildlar muqovasi yoki titul varaqlarini rasmiylashtirish

23.

Tashkilot fondi ichida yigʻmajildlarni tizimlashtirish

24.

Yigʻmajildlar muqovasiga arxiv raqamlarini qoʻyib chiqish

25.

Yigʻmajildlarni kartonlashtirish va qayta kartonlashtirish

26.

Yorliqlarni yozib chiqish va yopishtirish

27.

Yigʻmajildlar roʻyxatini tuzish va rasmiylashtirish

28.

Roʻyxatlarga ilmiy-maʼlumot apparatini tuzish (soʻzboshi, qisqartirilgan soʻzlar roʻyxati, koʻrsatgichlar va boshqalar)

29.

Hujjatlarni stellajlardan ish joyiga tashish

30.

Hujjatlarni changdan tozalash

31.

Saqlash muddati tugagan hujjatlarga, topilmagan hujjatlarga, jismoniy zararlangan hujjatlarga dalolatnomalar tuzish

32.

Bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzish

33.

Alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash

34.

Tashkilot idoraviy arxivida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish

35.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini muddatidan ilgari davlat saqloviga qabul qilish

36.

Idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim boʻlgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar, sud ishlari va xoʻjalik kitoblarini vaqtincha yoki muddatidan oldin davlat arxivlari saqloviga qabul qilish

37.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilmagan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarini, tugatilayotgan tashkilotlar hujjatlarini arxivlarga saqlovga qabul qilish

38.

Hujjatlarni (yigʻmajildlar roʻyxatlari, yigʻmajildlar nomenklaturasi, hujjatlar roʻyxatlari va boshqalar) elektron shaklda yozib chiqish

39.

Elektron shaklda yozilgan hujjatlarni asli bilan solishtirib chiqish

2. Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish boʻyicha ichki meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini oʻrganish

40.

Davlat saqloviga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlarning roʻyxatini tayyorlash

41.

Davlat saqloviga topshirilishi lozim boʻlgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) roʻyxatini tayyorlash

42.

Sohaviy va tarmoq roʻyxatlarini tuzish

43.

Namunaviy, taxminiy va alohida yigʻmajildlar nomenklaturasini tayyorlash

44.

Tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi oʻrganish

45.

Tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish boʻyicha konsalting xizmati koʻrsatish

46.

Tanlangan mavzu boʻyicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini oʻrganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish

47.

Tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi toʻgʻrisida statistik hisobotlarni tuzish

48.

Tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi toʻgʻrisida nizomlarni ishlab chiqish

49.

Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish

50.

Arxiv ishi va ish yuritish xodimlarining malaka oshirish masalalari boʻyicha oʻquv-darslari (seminar, trening) oʻtkazish

3. Hujjatlardan foydalanish

51.

Shartnoma asosida amalga oshiriladigan arxiv ishi va xizmatlarini bajarish jarayonida arxiv saqlovxonasidan yigʻmajildlar, roʻyxatlar, mikrofilmlar, kino, foto, fono hujjatlarni olib berish

52.

Alohida faktlar, voqealar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash) boʻyicha mavzuli soʻrovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida maʼlumotnomalar tayyorlash

53.

Turar joylar, tashkilotlar tarixi boʻyicha tarixiy maʼlumotnomalar tayyorlash

54.

Mulkiy huquqlar, evakuatsiya, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) boʻyicha soʻrovlarni arxiv maʼlumotnomasi berish orqali ijro etish

56.

Hujjatlarni mavzuli tanlab olish va toʻliq tayyorlab berish

57.

Kino, foto, fono hujjatlar boʻyicha axborot mazmunidagi (yozma koʻrinishda) maʼlumotnoma berish

58.

Radiotelekoʻrsatuvlar, koʻrgazmalar tayyorlash

59.

Talab asosida mavzuli fotoalbomlar va videotasvirlar tayyorlash

60.

Davlat arxivida ekskursiya oʻtkazish

61.

Hujjatlarni mavzuli aniqlash, shu jumladan davriy nashrlar, kino, foto, fono hujjatlar asosida

62.

Foydalanuvchilarga montaj varaqlarini oʻquv zalida koʻrib chiqish uchun berish va qabul qilib olish

63.

Kinohujjatlarning kinozalda namoyishini tashkil etish

64.

Fonohujjatlarni maxsus uskunada eshittirish

65.

Turli negativlardagi plyonka va oyna, kinoplyonkalardan ularning foto nusxalarini koʻchirib tayyorlash

66.

Hujjatlardan nusxa tayyorlash

67.

Talab asosida maʼlumotlarni koʻrsatilgan manzilgacha yetkazib berish

4. Hujjatlar va kitoblarni taʼmirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari

68.

Hujjatlarni, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlarni taʼmirlash

69.

Foto hujjatlarga konservatsion-profilaktik ishlov berish

70.

Fungitsid bilan kinohujjatlarga ishlov berish

71.

Yigʻmajildlar va kitoblarni muqovalash

72.

Yigʻmajildlarni tikishga tayyorlash va tikish

73.

Quti, papka, konvertlar tayyorlash

5. Alohida xususiyatga ega boshqa xizmatlar

74.

Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish)

75.

Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish

76.

Hujjatlarni mikrofilmlash

77.

Hujjatlarning sugʻurta nusxalarini tayyorlash

78.

Matni soʻnib borayotgan hujjatlarga ishlov berish

79.

Matni soʻnib borayotgan hujjatlardagi axborotlarni tiklash

80.

Jismoniy asosi tiklab boʻlmaydigan darajada shikastlangan hujjatlardagi axborotlarni tiklash

81.

Fuqarolarning ismi, otasining ismi va familiyasiga tavsif tayyorlash

82.

Shajaraviy maʼlumotlar toʻplab berish

83.

Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilib berish

84.

Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish

85.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid qisqa muddatli (40 soatgacha hajmda) oʻquv kurslari tashkil etish

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 232-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2615-1, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

KELISHILDI

‎ ______________________________
‎ (lavozim, F.I.O.)
‎_______________________
‎ (imzo, sana) ‎‎

TASDIQLAYMAN

‎ ______________________________
‎ (lavozim, F.I.O.)
‎_______________________
‎(imzo, sana)

‎________________________________________________________________________
‎ (arxiv yoki idoraviy arxivning nomi)

‎TOMONIDAN PULLI ASOSDA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR NOMENKLATURASI

T/r‎ ‎‎Koʻrsatiladigan xizmat Eslatma*
‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

‎‎* Ushbu ustunda xizmat turini amalga oshirishdagi alohida shartlar koʻrsatiladi (masalan, ehtiyojdan kelib chiqib, shaxsiy buyurtma asosida va h. k.)

‎‎‎_______________________

_________________‎‎

_________________‎‎

(xizmatlar nomenklaturasini tuzgan ‎xodimning lavozimi)‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 480-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2615-1/0606-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)