Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026 19.08.2020 yildagi 495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq quyidagi tartib joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005 — 2016-yillar davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillar davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandda ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlari YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imlarni Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron ma’lumot almashishni ta’minlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun “O‘zarxiv” agentligiga zarur mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga
3-ILOVA

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.

2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi

5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.

6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)

9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

10. Davlat xizmati ko‘rsatish uchun 1 ta annotatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,47 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ushbu bandda belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:

“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;

og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)

11. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Milliy arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;

qolgan yig‘imlar summasi — O‘zbekiston Milliy arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.

13. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda O‘zbekiston Milliy arxiviga elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat arxivlari so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida 200 betgacha, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida 200 betgacha bo‘lgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlarini bajaradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va so‘ralayotgan hujjatning aniq ma’lumotlari ko‘rsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 1 ish kuni mobaynida 200 betgacha bo‘lgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari bajarilib, mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan narxlarga 50 foiz qo‘shimcha haq undiriladi.

Agar davlat xizmatini tezkor bajarish bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng, mas’ul davlat arxivi tomonidan 1 ish kunida davlat xizmati ko‘rsatilmasa to‘langan 50 foiz qo‘shimcha haq 1 ish kuni davomida tegishli davlat arxivining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)

17. Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

18. Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Milliy arxivi o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.

20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(sana)

(raqam)

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini olish uchun

SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tug‘ilgan yili va sanasi:

5. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzil:

6. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:

7. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

8. Telefon raqami:

9. Ish yoki o‘qish joyi:

10. Hujjatdan foydalanish maqsadi:

II. Hujjatga oid bo‘lgan ma’lumotlar:

11. Arxiv nomi:

12. Fondning nomi:

13. Hujjatning sanasi:

14. Fond raqami:

15. Ro‘yxat raqami:

16. Yig‘majild nomi:

17. Hujjatning qisqacha tavsifi:

18. Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yo‘q)

______________________________________
(Ariza beruvchining imzosi)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa ko‘chirish) bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ushbu bandda belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan yig‘imlar summasi — davlat xizmatini ko‘rsatgan davlat arxivining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat arxivlari so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida 200 betgacha, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida 200 betgacha bo‘lgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlarini bajaradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va so‘ralayotgan hujjatning aniq ma’lumotlari ko‘rsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 1 ish kuni mobaynida 200 betgacha bo‘lgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari bajarilib, mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan narxlarga 50 foiz qo‘shimcha haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat xizmatini tezkor bajarish bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng, mas’ul davlat arxivi tomonidan 1 ish kunida davlat xizmati ko‘rsatilmasa to‘langan 50 foiz qo‘shimcha haq 1 ish kuni davomida tegishli davlat arxivining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun

SO‘ROVNMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tug‘ilgan yili va sanasi:

5. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzil:

6. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:

7. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

8. Telefon raqami:

9. Ish yoki o‘qish joyi:

10. Hujjatdan foydalanish maqsadi:

II. Hujjatga oid bo‘lgan ma’lumotlar:

11. Arxiv nomi:

12. Fondning nomi:

13. Hujjatning sanasi:

14. Fond raqami:

15. Ro‘yxat raqami:

16. Yig‘majild nomi:

17. Hujjatning qisqacha tavsifi:

18. Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yo‘q)

_______________________________________________
(Ariza beruvchining imzosi)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIG‘IM MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Raqamlashtirish (elektron nusxa ko‘chirish va ishlov berish) formatlari

Hujjat yaratilgan davr

O‘lchov birligi

Yig‘im miqdori

1.

Raqamlashtirish (elektron nusxa ko‘chirish va ishlov berish) bir tomonlama A0 — A2 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,64 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,32 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,16 baravari

2.

Raqamlashtirish (elektron nusxa ko‘chirish va ishlov berish) bir tomonlama A3 — A5 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,04 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,02 baravari

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 09/20/495/1192-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)