Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3298]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 5-fevraldagi 1-6/21-90/8-son taqdimnomasi talablari bajarilmaganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ hujjatlarni qonunchilikka muvofiq holga keltirish haqidagi taqdimnomasi bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi ushbu hujjatlarni davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi va bu meʼyoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻlishi;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq 2021-yil 10-avgustdan kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-may,
11-mx-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan aviatashuvlarning tarifini ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 45, 1994-yil 4-aprel).
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tomonidan 1998-yil 18-mayda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl kesishuvi joylaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 460, 1998-yil 31-iyul).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 28-yanvarda 106-V, 99-14-son bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida soliq toʻlovchilarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish uchun bank depozitorlari milliy axborot bazasi maʼlumotlaridan foydalanish tartibi (roʻyxat raqami 614, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 6-iyuldagi 15/2, 2001-62-son “Soliqqa tortish maqsadida soliq toʻlovchilarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish uchun bank depozitorlari milliy axborot bazasi maʼlumotlaridan foydalanish tartibi”ga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 614-1, 2001-yil 17-iyul).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 16-dekabrdagi 106-V-2, 2008-49-son “Soliq solish maqsadida soliq toʻlovchilarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish uchun bank depozitorlari milliy axborot bazasi maʼlumotlaridan foydalanish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 614-2, 2009-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 17-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 5-noyabrda 19530/03-1-son bilan tasdiqlangan Chet elda taʼlim olgan yosh mutaxassislar mehnat faoliyatining monitoringi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 836, 1999-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 1999-y., 11-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 16-iyundagi 30/P-son “Chet elda taʼlim olgan yosh mutaxassislar mehnat faoliyatining monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 836-1, 2009-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 357-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tomonidan 1999-yil 8-noyabrda 15/13793-son bilan tasdiqlangan “Toshkent” aeroportida diplomatik pochta (yuk)ni qabul qilib olish (joʻnatish) tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 838, 1999-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 1999-y., 11-son).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yer resurslari qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 21-aprelda 29-son bilan tasdiqlangan Hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 926, 2000-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan 2000-yil 3-iyunda tasdiqlangan Tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan hujjatlarini saqlash muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatma (roʻyxat raqami 951, 2000-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 14-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 31-martdagi 10/6-son “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-1, 2007-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 205-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 17-oktabrdagi 29/5-son “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-2, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 488-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 14-avgustdagi 27/2-son “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-3, 2010-yil 8-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 311-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 9-apreldagi 10/2-son “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-4, 2011-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 175-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/13-son “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-5, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 421-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 21-oktabrdagi 28/3-son “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari roʻyxatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmaga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 951-6, 2017-yil 1-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 10/17/951-6/0200-son).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 27/3-son “Tijorat banklarida grantlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida nizom tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1300, 2004-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 36-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻzdavneftgazinspeksiya, “Oʻzbekneftegaz” MXK va Tovar xomashyo birjasining 2004-yil 29-martdagi 21, 01/24-12, 48, 03-181, 01/AA-214-A, 42-01/137-son “Birja savdolarida avtomobil benzinini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1346, 2004-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 209-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻzdavneftgazinspeksiya, “Oʻzbekneftegaz” MXK va Tovar xomashyo birjasining 2004-yil 29-martdagi 22, 01/24-13, 49, 03-182, 01/AA-214-D, 42-01/138-son “Birja savdolarida dizel yonilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1347, 2004-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 210-modda).
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 16-apreldagi 64, 2004-15, 01-02/19-22-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1366, 2004-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 253-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 18-iyuldagi 66, 2006-30 va 01-02/8-9-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1366-1, 2006-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 339-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-oktabrdagi 90, 2010-45, 01-02/19-19-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1366-2, 2010-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 393-modda).
23. Elektr energiyada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻining 2004-yil 21-maydagi 207-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda).
24. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻining 2005-yil 7-fevraldagi 45-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1383-1, 2005-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 78-modda).
25. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 17-yanvardagi 1-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1383-2, 2012-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 53-modda).
26. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 5-yanvardagi 1-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1383-3, 2017-yil 25-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 4-son, 59-modda)
27. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 22-dekabrdagi 8-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalarining 34-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1383-4, 2018-yil 8-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1383-4/0526-son)
28. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (Oʻzdavenergonazorat) boshligʻining 2004-yil 2-avgustdagi 271-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda).
29. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (Oʻzdavenergonazorat) boshligʻining 2012-yil 28-fevraldagi 3-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga 10-ilovaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1400-1, 2012-yil 21-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 138-modda).
30. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 13-son “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga 10-ilovaning 153-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1400-2, 2013-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 73-modda).
31. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 13-dekabrdagi 119, 2004-63, 01/06-20-son “Investorlarga “nol” xarid qiymati boʻyicha berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan, ular boʻyicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1436, 2004-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 527-modda).
32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2015-yil 16-fevraldagi 11, 2015-5, 01/10-26/04-son “Investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1436-1, 2015-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 103-modda).
33. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2005-yil 7-noyabrdagi 102, 271-V, 6-son “Un ishlab chiqaruvchi korxonalarning boyitilgan unni sotishdan tushgan mablagʻlarining bir qismini akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1522, 2005-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 357-modda).
34. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 20-sentabrdagi 132, 271-V-1, 110-son “Un ishlab chiqaruvchi korxonalarning boyitilgan unni sotishdan tushgan mablagʻlarining bir qismini akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi”gi qarori (roʻyxat raqami 1522-1, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1522-1/0086-son).
35. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻining 2005-yil 26-dekabrdagi 232-son “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1546, 2006-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 57-modda).
36. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 20-apreldagi 5-son “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1546-1, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 219-modda).
37. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 13-sentabrdagi 8-son “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1546-2, 2013-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 522-modda).
38. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 10-yanvardagi 1-son “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1546-3, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/1546-3/0661).
39. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 19-iyuldagi 113, 116-son “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1614, 2006-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 337-modda).
40. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 2-fevraldagi 30, M-22-son “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1614-1, 2007-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 80-modda).
41. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010-yil 3-avgustdagi 148, 150-QQ-son “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining 11-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1614-2, 2010-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 283-modda).
42. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011-yil 2-iyundagi 8, 30-QQ-son “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1614-3, 2011-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 244-modda).
43. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2013-yil 1-iyuldagi 7, 48-q/q-son “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining 8-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1614-4, 2013-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 366-modda).
44. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 19-sentabrdagi 82, 281-V-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1627, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 404-modda).
45. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 31-iyuldagi 78, 20/4-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1627-1, 2009-yil 19-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 379-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3298/0429-son)