27.04.2021 yildagi 241-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish hamda qabul qilishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
21. Nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, nomzodlar sog‘lig‘ining harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish maqsadida DXXning hududiy harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan qabul yilidan oldingi yilning dekabr oyida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va Akademiyaga o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga test sinovi natijalari bo‘yicha ular to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
421. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
422. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga Akademiyaga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(421-422-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan shaxslar 3 yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani bo‘yicha sertifikat asosida Akademiyaga test sinovlarida, imtiyoz sifatida, maksimal ball to‘plagan hisoblanadi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq, Akademiyaga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun ular dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi.
45. Nomzod bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 39 — 44-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lsa, u tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisiga imtiyozlar bo‘yicha eng yuqori ball qo‘shiladi.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikatga muvofiq ixtisoslik fani bo‘yicha kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi, hamda Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda Akademiya qabul komissiyasining qarori bilan Akademiyaning belgilangan qabul kvotasi doirasida test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

(Akademiya)

1. Akademiyaga o‘qishga yoshlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish.

Qabul yilidan oldingi yilning oktyabr oyida

2. Akademiyaga o‘qishga nomzodlar tanlovi boshlanganligi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida e’lon berish.

Qabul yilidan oldingi yilning 10-oktabriga qadar

2-bosqich

O‘qishga nomzodlar

Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan belgilangan namunadagi elektron anketa-so‘rovnomalarni to‘�ri va belgilangan talablar asosida to‘ldirish

Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar

3-bosqich

Akademiya

1. Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-sayti orqali o‘qishga nomzodlarning elektron shakldagi anketa-so‘rovnomalarini qabul qilish va bu haqida nomzodlarga elektron tarzda xabar yuborish.

Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar

2. O‘qishga nomzodlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda dastlabki saralab olish bosqichini o‘tkazish uchun Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalariga taqdim qilish.

Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabrig� qadar


I. Dastlabki saralab olish

4-bosqich

Davlat test markazi

Dastlabki saralab olish test sinovlaridan o‘tkazish.

Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha

Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari

Hujjatlarni to‘plash va dastlabki o‘rganish.

Qabul yilidan oldingi yilning 20-noyabridan 31-dekabrigacha

Mutaxassis — psixologlar

Individual psixologik hamda psixofiziologik o‘rganish.

Qabul yilida� oldingi yilning 15 — 31-dekabr

Hududiy harbiy-tibbiy komissiya

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Qabul yilidan oldingi yilning dekabr oyida

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning dastlab�i bosqichi.

Qabul yilining yanvar oyida


II. Maxsus kasbiy tanlash

5-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari

Hujjatlarni yakuniy o‘rganish.

Qabul yilining yanvar — aprel oylari

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi.

Qabul yilining mart-aprel oylari

Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari

Yakuniy suhbat o‘tkazish.

Qabul yilining aprel-may oylari

Maxsus harbiy-tibbiy komissiya

Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Qabul yilining iyun oyda


III. Test sinovlari

6-bosqich

Davlat test markazi

Test sinovi.

belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Qabul komissiyasi

1. O‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Test sinovlari natijalari taqdim etilganidan so‘ng 5 kun muddatda

2. Akademiyaga qabul qilingan harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tash joylariga buyruqdan ko‘chirma yuborish.

Buyruq chiqqandan so‘ng 10 kun muddatda