Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarni respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko‘rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
2. Vazirlar Mahkamasi 2012-yilning 10-iyuligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni, ushbu qarorning 1-bandida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublikaning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berish chog‘ida tegishli tartib o‘rnatilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari, tavsiyanomalar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga, zarur bilim darajasiga ega bo‘lgan munosib nomzodlargagina berilishini nazarda tutishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5567-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu hujjatdan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.