20.04.2021 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mablagʻlari hisobidan band boʻlmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shu jumladan, davlat mablagʻlari hisobidan band boʻlmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy mehnat organlariga ish soʻrab murojaat qilgan band boʻlmagan aholi uchun quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlash koʻzda tutilganligi hamda nafaqa va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish tartibi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya hamda grant ajratish tartibi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklarining 2021-yil 1-maydan boshlab 1-ilovada keltirilgan tuman (shahar)larda tajriba-sinov tariqasida davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilgan band boʻlmagan aholi, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan band boʻlmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari (aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari) oʻrtasida ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy masʼuliyatini belgilovchi ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyotini joriy etish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ijtimoiy kontrakt band boʻlmagan aholiga davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan maqsadli hamda samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida band boʻlmagan fuqaro va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi oʻrtasida tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholiga davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar 2-ilovada keltirilgan roʻyxat asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi band boʻlmagan aholi bilan ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt tushunchasi, mazmuni va ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etishning asosiy tamoyillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholi tomonidan davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan maqsadli va samarali foydalanishni baholash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontraktni tuzish tartibi, shu jumladan ijtimoiy kontraktning namunaviy shakli, taraflarning huquq va majburiyatlari, kontraktning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontraktga rioya qilinishi ustidan mahalliy mehnat organi inspektori tomonidan monitoring olib borilishi shakllari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholiga ijtimoiy kontrakt boʻyicha subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilishini rad etish, shuningdek, ijtimoiy kontraktni muddatidan oldin bekor qilish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyulga qadar “Bandlik xizmati” axborot tizimida ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholining FIO, yoshi, jinsi, yashash joyi, maʼlumoti, ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turi, miqdori, muddati, ijtimoiy kontraktga rioya qilinishi ustidan yuritilgan monitoring natijalari va boshqa maʼlumotlar aks ettiriladigan “shaxsiy profili”ni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabrga qadar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot jamgʻarmasi va YUNISEF koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb etib hamda ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyoti joriy etilgan tuman (shahar)larning tajribasini puxta tahlil qilib, kelgusida ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tuzilgan ijtimoiy kontrakt shartlarining band boʻlmagan aholi tomonidan bajarilishi ustidan doimiy va taʼsirchan monitoring yuritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyotining mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyoti tajriba-sinov tariqasida joriy etilayotgan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman va shahar nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani va Nukus shahri

2.

Andijon viloyati

Qoʻrgʻontepa tumani va Andijon shahri

3.

Buxoro viloyati

Vobkent tumani va Kogon shahri

4.

Jizzax viloyati

Mirzachoʻl tumani va Jizzax shahri

5.

Qashqadaryo viloyati

Gʻuzor tumani va Qarshi shahri

6.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani va Navoiy shahri

7.

Namangan viloyati

Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri

8.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani va Kattaqoʻrgʻon shahri

9.

Sirdaryo viloyati

Xovos tumani va Yangiyer shahri

10.

Surxondaryo viloyati

Oltinsoy tumani va Termiz shahri

11.

Toshkent viloyati

Oqqoʻrgʻon tumani va Chirchiq shahri

12.

Fargʻona viloyati

Beshariq tumani va Margʻilon shahri

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani va Urganch shahri

14.

Toshkent shahri

Bektemir va Olmazor tumanlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy kontrakt tuzgan holda davlat mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turi

1.

Ishsizlik nafaqasi

2.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun subsidiya

3.

Tadbirkorlik qilishni xohlovchilarga kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun subsidiya

4.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya

5.

Tadbirkorlikka oʻqish uchun subsidiya

6.

Hunarmand sifatida “Hunarmandchilik” uyushmasida roʻyxatdan oʻtish uchun subsidiya

7.

Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya

8.

Sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya

9.

Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya

10.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya

11.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini xarid qilish uchun subsidiya

12.

Kasb-hunarga oʻqitish uchun subsidiya, grant, oʻqish xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar va stipendiyalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi band boʻlmagan aholi bilan ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom mahalliy mehnat organlariga ish soʻrab murojaat qilgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan band boʻlmagan aholi bilan tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi oʻrtasida ijtimoiy kontrakt tuzish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy kontrakt band boʻlmagan aholi uchun davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash (oʻzining va oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash) maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy kontrakt — band boʻlmagan aholiga davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida band boʻlmagan aholi va tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi oʻrtasida tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadlilik — davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlardan band boʻlmagan aholi hamda ularning oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro majburiyat va ijtimoiy masʼuliyat — ijtimoiy kontrakt shartlarini bajarishning majburiyligi va bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun shartnoma taraf(lar)iga ijtimoiy masʼuliyat yuklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq qamrab olinganlik — davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlov toʻliq ijtimoiy kontrakt tizimi bilan qamrab olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual yondashuv — ijtimoiy kontraktni tuzishda band boʻlmagan aholining bandlik turi bilan shugʻullanishga xohishi, imkoniyati va kasb malakasini hisobga olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijtimoiy kontraktni tuzish tartibi, taraflarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy kontrakt mahalliy mehnat organlariga davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilishini soʻrab murojaat etgan barcha band boʻlmagan aholi bilan ushbu Nizomga ilovada keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy kontrakt quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt taraflari (band boʻlmagan aholi va tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt boʻyicha davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontraktning amal qilish muddati va uni bekor qilish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy kontraktni tuzishda band boʻlmagan aholi belgilangan roʻyxat asosida subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turlarini ixtiyoriy ravishda tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy kontrakt boʻyicha taraflar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf (band boʻlmagan aholi) shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf (band boʻlmagan aholi) shartnomadagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyalar va boshqa toʻlovlar qaytarib berilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf (band boʻlmagan aholi)ning ish faoliyati va shartnomada belgilangan majburiyatlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) band boʻlmagan aholi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf (tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi) tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turlarini mustaqil ravishda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf (tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi)dan huquqiy maslahatlar olish, shartnoma shartlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy kontrakt boʻyicha taraflar quyidagi majburiyatlarni oʻziga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt shartlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt imzolangandan soʻng unda belgilangan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilishi hisobiga band boʻlmagan aholiga tegishli xizmatlar oʻz vaqtida va toʻliq koʻrsatilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taraf (band boʻlmagan aholi) subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turiga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlik nafaqasi tayinlangandan soʻng faol ish qidirish va mahalliy mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ish joylariga ishga joylashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini, davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin uch oy davomida ijara toʻlovini qoplash uchun subsidiya ajratilgandan soʻng tadbirkorlik faoliyati bilan faol shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmand sifatida “Hunarmandchilik” uyushmasida roʻyxatdan oʻtish uchun subsidiya ajratilgandan soʻng hunarmandchilik faoliyati bilan faol shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya hisobiga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatilgandan hamda sugʻorish vositalari, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olingandan soʻng shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ajratilgan subsidiya hisobiga ishlab chiqarish jarayonlarida kooperativ aʼzosi sifatida faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya hisobiga tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, boshqa mehnat vositalarini sotib olgandan soʻng tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish va faoliyatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga oʻqitish uchun subsidiya, grant, oʻqish xarajatlarini qoplash toʻlovlari, stipendiyalar hisobidan kasb-hunar egallash, kasb-hunarga qayta oʻqish va malakasini oshirish uchun jalb etilganda oʻqish jarayonlarida muntazam ishtirok etish, egallagan kasbi boʻyicha ishga joylashish, oʻzini oʻzi band qilish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt shartlari bajarilishi toʻgʻrisida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga muntazam axborot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning miqdorini toʻliq qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy kontrakt bir shaxs bilan bir yilda bir martadan ortiq tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy kontraktni ijro etish va monitoring olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy kontrakt boʻyicha mahalliy mehnat organlari tomonidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning ajratilishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatilishi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijtimoiy kontrakt boʻyicha subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijtimoiy kontrakt bajarilishi monitoringini olib borish band boʻlmagan aholining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi mahalliy mehnat organi inspektori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy kontrakt shartlari bajarilishi monitoringini olib borish har oyda band boʻlmagan aholi bilan bevosita uchrashish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahalliy mehnat organi mehnat inspektori tomonidan har oyda taqdim qilingan maʼlumotnoma asosida ijtimoiy kontraktning samarali bajarilishini baholab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ish oʻrniga joylashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik faoliyatini boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqalardan daromad olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar egallash, kasb-hunarga qayta oʻqish va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining va oila aʼzolarining daromadi va toʻlov qobiliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini va maishiy sharoitlarni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy daromadlar oshishi hisobiga oila aʼzolari uchun taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa xizmatlarga xarajatlarni oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy kontrakt shartlarini bajarish (bajarmaslik) holatlari har oyda fuqaroning shaxsiy profiliga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijtimoiy kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, mahalliy mehnat organi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. band boʻlmagan aholi tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijtimoiy kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, kontrakt bekor qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oygacha ushbu shaxs bilan ijtimoiy kontrakt tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijtimoiy kontraktni bekor qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagi holatlar band boʻlmagan aholiga ijtimoiy kontrakt boʻyicha subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning ajratilishini rad etishga asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi bilan tuzilgan ijtimoiy kontrakt muddati murojaat etilgan kunda amal qilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi bilan oldin tuzilgan ijtimoiy kontrakt muddati tugagan kundan boshlab bir yil (oʻn ikki oy) ichida qayta murojaat qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi tomonidan ijtimoiy kontraktni tuzish rad etilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Band boʻlmagan aholi bilan tuzilgan ijtimoiy kontrakt quyidagi hollarda mahalliy mehnat organi tomonidan muddatidan oldin bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholi vafot etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholi boshqa davlatga yoki hududga doimiy yashash uchun chiqib ketsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi tomonidan ijtimoiy kontrakt shartlari bajarilishi vaqtida notoʻgʻri, yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijtimoiy kontraktning bajarilishi boʻyicha nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi band boʻlmagan aholi bilan ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

NAMUNA‎

‎_____-son Ijtimoiy kontrakt

‎ ‎ ‎ ‎

‎‎20 __y. “_____”____________.

‎‎Ushbu ijtimoiy kontraktni (keyingi oʻrinlarda — kontrakt) ____________________ tumani (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi nomidan ___________________________ asosida faoliyat yurituvchi ____________________ (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) va _____________________________ manzilida yashovchi fuqaro_________________________________(keyingi oʻrinlarda — band boʻlmagan aholi)

‎‎(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi)

‎‎quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎I. Kontraktning mazmuni

‎‎1. Ushbu kontrakt mahalliy mehnat organi bilan band boʻlmagan aholi oʻrtasida unga davlat tomonidan bandligini taʼminlash maqsadida davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni kontrakt boʻyicha olish uchun tuzildi.

II. Taraflarning huquq va majburiyatlari‎‎

‎‎2. Kontrakt boʻyicha tomonlar quyidagi huquqlarga ega:
‎mahalliy mehnat organi quyidagi huquqlarga ega:
‎taraf (band boʻlmagan aholi) kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;
‎taraf (band boʻlmagan aholi) kontraktdagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyalar va boshqa toʻlovlar qaytarib berilishini talab qilish;
‎taraf (band boʻlmagan aholi)ning ish faoliyati va kontraktda belgilangan majburiyatlarini nazorat qilish;
‎band boʻlmagan aholi quyidagi huquqlarga ega:
‎taraf mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turlarini mustaqil ravishda tanlash;
‎mahalliy mehnat organi tomonidan kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;
‎taraf mahalliy mehnat organi tomonidan huquqiy maslahatlar olish, shartnoma shartlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish.
‎3. Kontrakt boʻyicha tomonlar quyidagi majburiyatlarga ega:
‎mahalliy mehnat organi quyidagi majburiyatlarni oladi:
‎kontrakt shartlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarish;
‎kontrakt imzolangandan soʻng unda belgilangan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlab berish;
‎subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilishi hisobiga band boʻlmagan aholiga tegishli xizmatlar oʻz vaqtida va toʻliq koʻrsatilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
‎band boʻlmagan aholi subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turiga qarab quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
‎ishsizlik nafaqasi tayinlangandan soʻng faol ish qidirish va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ish joylariga ishga joylashish;
‎yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini, davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin uch oy davomida ijara toʻlovini qoplash uchun subsidiya ajratilgandan soʻng tadbirkorlik faoliyati bilan faol shugʻullanish;
‎hunarmand sifatida “Hunarmandchilik” uyushmasida roʻyxatdan oʻtish uchun subsidiya ajratilgandan soʻng hunarmandchilik faoliyati bilan faol shugʻullanish;
‎subsidiya hisobiga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatilgandan hamda sugʻorish vositalari, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olingandan soʻng shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanish;
‎qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ajratilgan subsidiya hisobiga ishlab chiqarish jarayonlarida kooperativ aʼzosi sifatida faol ishtirok etish;
‎subsidiya hisobiga tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, boshqa mehnat vositalarini sotib olgandan soʻng tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish va faoliyatini yuritish;
‎kasb-hunarga oʻqitish uchun subsidiya, grant, oʻqish xarajatlarini qoplash toʻlovlari, stipendiyalar hisobidan kasb-hunar egallash, kasb-hunarga qayta oʻqish va malakasini oshirish uchun jalb etilganda oʻqish jarayonlarida muntazam ishtirok etish, egallagan kasbi boʻyicha ishga joylashish, oʻzini oʻzi band qilish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
‎kontrakt shartlari bajarilishi toʻgʻrisida mahalliy mehnat organiga muntazam axborot berib borish;
‎uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, ajratilgan s�bsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning miqdorini toʻliq qaytarish.
‎Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaguniga qadar amal qiladi.

‎‎III. Tomonlarning javobgarligi

‎‎4. Band boʻlmagan aholi davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar kontrakt boʻyicha berilishi uchun yolgʻon, notoʻgʻri yoki notoʻliq maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi va kontrakt bekor qilinadi.
‎5. Kontrakt bajarilishi monitoringini olib borish band boʻlmagan aholining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi mahalliy mehnat organlari inspektori tomonidan amalga oshiriladi. Kontrakt shartlari bajarilishi monitoringini olib borish har oyda band boʻlmagan aholi bilan bevosita uchrashish orqali amalga oshiriladi. Kontrakt shartlarini bajarish (bajarmaslik) holatlari har oyda fuqaroning shaxsiy profiliga kiritiladi.
‎Kontrakt shartlari bajarilmagan hollarda mahalliy mehnat organi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Ishsiz tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, kontrakt bekor qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oygacha ushbu shaxs bilan kontrakt tuzilmaydi.

‎‎IV. Fors-major holatlari

‎‎6. Taraflardan hech biri ularning irodasi va xohishiga bogʻliq boʻlmagan holda kelib chiqadigan, yaʼni ishtirokchilarga bogʻliq boʻlmagan sabablar, jumladan, kasallik, kontrakt bajarilmasligiga olib keladigan xolisona sabablar tufayli bajarilmagan hollarda kontraktning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin xamda majburiyatlarni bajarmaganlik uchun boshqa taraf oldida javobgar boʻlmaydilar.

‎‎V. Kontraktning amal qilish muddati

‎‎7. Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va ______________ gacha amal qiladi. Kontrakt bir shaxs bilan bir yilda bir martadan ortiq tuzilmaydi.
‎8. Ushbu Kontrakt ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega.
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Aholi bandligiga
‎koʻmaklashish markazi
‎ ______________‎(imzo)
‎ ______________ ‎(sana)

‎‎Band boʻlmagan aholi
‎
‎______________‎(imzo)
‎_____________‎(sana)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 09/21/225/0353-son)