04.10.1995 yildagi 386-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZJAMG‘ARMABANK”NI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BANKIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining keng ko‘lamli tizimini yaratish, erkin pul mablag‘larining omonatlarda to‘planishidan aholi manfaatdorligini oshirish, aholiga kredit berishga hamda xalq xo‘jaligining ustun tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan kredit-investitsiya resurslarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zjamg‘armabank”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi mehnat jamg‘armalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat bankini boshlang‘ich ustav fondi 100 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda xalq bankining ustav fondini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki mol-mulk, moliyaviy hamda aholi omonatlarining saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi boshqa majburiyatlar va talabnomalar bo‘yicha “O‘zjamg‘armabank”ning huquqiy vorisi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Xalq bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir qishloqda, aholi yashaydigan joyda, har bir xo‘jalik hududida bank infrastrukturasini yaratgan, respublikada yashovchi har bir kishi bank xizmatlari tizimidan foydalanishini ta’minlagan, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazgan holda aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning barcha muassasalari tomonidan aholiga taklif etilayotgan bank xizmatini sifat jihatidan yaxshilash va uning turlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatlarning yangi turlarini joriy qilish va omonatchilarning manfaatdorligini ta’minlaydigan foiz stavkalarini belgilash asosida aholining erkin pul mablag‘lari omonatlarga jalb qilinishini rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yutuqli omonatlar tizimini joriy qilish, obligatsiyalar chiqarish va ularni jismoniy shaxslar o‘rtasida tarqatish, aholini jalb qiladigan shartlarda yutug‘i darhol to‘lanadigan, maqsadli, ko‘p tirajli lotereyalarni va boshqa yutuqli tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining xorijiy valyutadagi mablag‘larini omonatlarga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilishining zamonaviy tizimini yaratish, shu jumladan pul mablag‘larini tezlik bilan o‘tkazishni, plastik kartochkalarni joriy qilish va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, sertifikatlar)ni chiqarish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga kredit-hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi jahon tajribasini o‘rganish va joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq bankining tashkiliy tuzilmasiga va 1995 — 1997-yillarda uning infrastrukturasini kengaytirishga oid chora-tadbirlarga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, xo‘jaliklarning rahbarlari Xalq banki tarkibiy bo‘linmalariga uning tarmog‘i mavjud bo‘lmagan aholi yashash joylarida shaxsiy javobgarlik ostida, zarur mukammal tuzatishlarni amalga oshirgan holda, binolar ajratsinlar hamda 2-ilovaga muvofiq mavjud binolarni doimiy foydalanish uchun biriktirib qo‘ysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki ajratilayotgan binolarni zarur asbob-uskunalar, jihozlar va aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur bandning bajarilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga 1995-yil yakunlari bo‘yicha, keyinchalik esa har yarim yillik yakunlari bo‘yicha axborot berib borsinlar, yig‘ma hisobotni 1998-yil 1-yanvargacha taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Xalq banki taqdim etilayotgan materiallarni umumlashtirsinlar va respublika Hukumatiga zarur takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan jalb qilinadigan pul mablag‘lari kredit resurslari sifatida bozor stavkalari bo‘yicha joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Xalq banki Ustavini ishlab chiqsin hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va Markaziy bankida ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda Xalq banki markaziy apparati bilan uning har qaysi boshlang‘ich bo‘linmasi o‘rtasida kompyuterli aloqa o‘rnatgan holda 1996-yilda mintaqa bo‘linmalarida, boshqarmalarida va respublika bankida ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tartibda uzatish bo‘yicha ichki tizimli kompyuter tarmog‘ini bosqichma-bosqich tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun Nukus shahrida, har bir viloyat markazida va Toshkent shahrida o‘quv bazasi tashkil etsin, bunda ikki yil mobaynida barcha toifadagi xodimlarni hozirgi zamon bank texnologiyasiga o‘qitishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 1-noyabridan boshlab Xalq bankining boshlang‘ich bo‘g‘inidan respublika bo‘g‘inigacha bo‘lgan bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash darajasi omonatlar miqdorining ko‘payishiga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lishini, shuningdek uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustama to‘lashni nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mehnatga haq to‘lashning yangi tizimiga doir uslubiy qoidalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki boshqarmalari va bo‘linmalarining aholiga keng ko‘lamda bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqilligini va javobgarligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining afzalliklari to‘g‘risida aholi o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borsin, bu afzalliklarni ommaviy axborot vositalarida keng reklama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov ikki oy muddatda Xalq bankining tuman, shahar, viloyat bo‘linmalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etsin, buning uchun maxsus attestatsiya komissiyasini tuzsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq banki 2002-yil 1-yanvargacha soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin va bo‘shaydigan mablag‘lar bank infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov Xalq banki markaziy apparati binosi qurilishining borishini va uning 1996-yil yanvar oyida foydalanishga topshirilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Xalq bankining har bir muassasasini aloqa kanallari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-avgustdagi 430-son va 1994-yil 12-avgustdagi 411-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386-son